Авторы

  • Mirzataev Salamat Muratbaevich
  • Askarov Baxtiyar Mamitovich

Биографии авторов

  • Mirzataev Salamat Muratbaevich

    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti

  • Askarov Baxtiyar Mamitovich

    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tatqiqatchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.92446

Ключевые слова:

Kalit so‘zlari: Baliqchilik sohasida optimallashtirish Simplex algoritmi axborot tizimi chiziqli dasturlash Python dasturlash tili resurslarni boshqarish ekonomik samaradorlik. Ключевые слова: Оптимизация в рыболовстве Симплексный алгоритм информационная система линейное программирование язык программирования Python управление ресурсами экономическая эффективность. Keywords: Optimization in the fisheries sector Simplex algorithm information system linear programming Python programming language resource management economic efficiency.

Аннотация

Annotatsiya. Ushbu maqolada baliqchilik sohasida resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash uchun simplex algoritmiga asoslangan axborot tizim ishlab chiqish jarayoni yoritilgan. Ushbu tizim baliqchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda cheklangan resurslarni optimal taqsimlashga yordam beradi. Python dasturlash tili va “scipy.optimize.linprog” kutubxonasidan foydalanib, algoritm amalda qo‘llanilib, real ma’lumotlar bilan sinovdan o‘tkazildi. Natijalar resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni ta’minlash va iqtisodiy samaradorlikni oshirishda tizimning samarali ekanligini ko‘rsatdi.

Аннотация. В данной статье описан процесс разработки информационной системы на основе симплексного алгоритма для обеспечения эффективного использования ресурсов в секторе рыбного хозяйства. Эта система помогает оптимально распределить ограниченные ресурсы при производстве рыбной продукции. С помощью языка программирования Python и библиотеки scipy.optimize.linprog алгоритм был реализован и протестирован на реальных данных. Результаты показали, что система эффективна в обеспечении эффективного использования ресурсов и повышении экономической эффективности.

Abstract. This article describes the process of developing an information system based on the simplex algorithm to ensure the efficient use of resources in the fisheries sector. This system helps to optimally allocate limited resources in the production of fishery products. Using the Python programming language and the “scipy.optimize.linprog” library, the algorithm was applied in practice and tested with real data. The results showed that the system is effective in ensuring the economical use of resources and increasing economic efficiency.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

150

BALIQCHILIK SOHASIDA RESURSLARDAN FOYDALANISHNI

OPTIMALLASHTIRISHDA SIMPLEX ALGORITMIDAN FOYDALANISH

Mirzataev Salamat Muratbaevich

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti

e-mail:

salamat_mm@mail.ru

Telefon: + 99 893 209 20 02

Askarov Baxtiyar Mamitovich

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tatqiqatchisi

e-mail:

dosikkim3@gmail.com

Telefon: + 99 897 308 19 79

Annotatsiya. Ushbu maqolada baliqchilik sohasida resurslardan samarali

foydalanishni ta’minlash uchun simplex algoritmiga asoslangan axborot tizim ishlab

chiqish jarayoni yoritilgan. Ushbu tizim baliqchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda

cheklangan resurslarni optimal taqsimlashga yordam beradi. Python dasturlash tili va

“scipy.optimize.linprog” kutubxonasidan foydalanib, algoritm amalda qo‘llanilib, real

ma’lumotlar bilan sinovdan o‘tkazildi. Natijalar resurslardan tejamkorlik bilan

foydalanishni ta’minlash va iqtisodiy samaradorlikni oshirishda tizimning samarali

ekanligini ko‘rsatdi.

Kalit so‘zlari: Baliqchilik sohasida optimallashtirish, Simplex algoritmi, axborot

tizimi, chiziqli dasturlash, Python dasturlash tili, resurslarni boshqarish, ekonomik

samaradorlik.

Аннотация. В данной статье описан процесс разработки информационной

системы на основе симплексного алгоритма для обеспечения эффективного

использования ресурсов в секторе рыбного хозяйства. Эта система помогает


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

151

оптимально распределить ограниченные ресурсы при производстве рыбной

продукции. С помощью языка программирования Python и библиотеки

scipy.optimize.linprog алгоритм был реализован и протестирован на реальных

данных. Результаты показали, что система эффективна в обеспечении

эффективного

использования

ресурсов

и

повышении

экономической

эффективности.

Ключевые слова: Оптимизация в рыболовстве, Симплексный алгоритм,

информационная система, линейное программирование, язык программирования

Python, управление ресурсами, экономическая эффективность.

Abstract. This article describes the process of developing an information system

based on the simplex algorithm to ensure the efficient use of resources in the fisheries

sector. This system helps to optimally allocate limited resources in the production of

fishery

products.

Using

the

Python

programming

language

and

the

“scipy.optimize.linprog” library, the algorithm was applied in practice and tested with

real data. The results showed that the system is effective in ensuring the economical use

of resources and increasing economic efficiency.

Keywords: Optimization in the fisheries sector, Simplex algorithm, information

system, linear programming, Python programming language, resource management,

economic efficiency.

Kirish.

Baliqchilik sohasi iqtisodiy va ekologik muhim bo‘lib, resurslardan

samarali foydalanish ushbu sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning asosiy

omillaridan biridir. Cheklangan yer maydoni, ishchi kuchi va moddiy resurslar kabi

omillar baliqchilik mahsulotlarini yetishtirishda optimal qarorlar qabul qilishni talab

qiladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun matematik modellar va algoritmlar asosida

axborot tizimlarini ishlab chiqish zamonaviy yechimlardan biridir [1]. Ushbu maqolada


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

152

simplex algoritmi yordamida baliqchilik faoliyatini optimallashtirishga mo‘ljallangan

axborot tizimi ishlab chiqilishi va uning samaradorligi yoritiladi. Simplex algoritmi

resurslarni taqsimlashda eng maqbul yechimlarni topish imkonini beradi va ushbu tizim

baliqchilik sohasidagi iqtisodiy natijalarni yaxshilashga xizmat qiladi.

Baliqchilik sohasida optimallashtirish zarurati.

Baliqchilik sohasida resurslarni

samarali boshqarish iqtisodiy barqarorlik va ekologik muvozanatni ta’minlash uchun

muhim hisoblanadi. Mavjud cheklangan resurslardan foydalanishda samaradorlikka

erishish ko‘p hollarda murakkab matematik hisob-kitoblarni talab qiladi [2]. An’anaviy

usullar o‘rniga, zamonaviy texnologiyalar va algoritmlar yordamida muammoni hal

qilish yanada samarali yechimlarni taqdim etadi.

Simplex algoritmi optimallashtirish masalalarida keng qo‘llaniladigan vosita

bo‘lib, resurslar chegarasini hisobga olgan holda maksimal foydani ta’minlaydi. Ushbu

algoritm yordamida bir vaqtning o‘zida bir nechta cheklovlar va maqsad funksiyalarini

hisobga olish mumkin [3]. Tadqiqotimizda ishlab chiqilgan axborot tizimi ushbu

algoritmni amaliyotga tatbiq etib, baliqchilik sohasida real vaziyatlarga mos yechimlar

topishga xizmat qiladi.

Material va metodlar.

Simpleks algoritmini qo’llash uchun dastlab maqsad

funksiyasini belgilab olishimiz zarur bo’ladi. Maqsad funksiyasi baliqchilik faoliyatidan

olinadigan foydani maksimallashtirishdan iborat. Ammo python kutubxonasidagi

funksiya foyda o‘rniga minimal qiymatni hisoblaydi, shuning uchun foyda funksiyasini

minimallashtirish ko‘rinishida qayta yozib, salbiy qiymatga o‘zgartirish talab etiladi.

Quyida maqsad funksiyasi va cheklovlar batafsil keltirilgan [4].

Maqsad funksiyasi:

𝑍 = − ∑ 𝑐

𝑖

8

𝑖=1

𝑥

𝑖


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

153

Bu yerda:

𝑐

𝑖

-har bir baliqchilik mahsulotining daromadi (1 kilosi uchun hisoblangan narx).

𝑥

𝑖

-har bir mahsulotning optimal miqdorini belgilash uchun o‘zgaruvchilari.

Cheklovlar:

Cheklovlar resurslarning cheklanganligini hisobga olgan holda berilgan. Bunda

quyidagicha cheklovlar tanlab olindi [5]:

1.

Maydon (yer) cheklovi:

1

400

𝑥

1

+

1

450

𝑥

2

+ ⋯ +

1

423

𝑥

8

≤ 𝐵

1

Bu yerda

𝐵

1

– jami mavjud yer resursi (metr kvadratda).

2.

Ishchi kuchi cheklovi:

1

680

𝑥

1

+

1

850

𝑥

2

+ ⋯ +

1

780

𝑥

8

≤ 𝐵

2

Bu yerda

𝐵

2

– jami mavjud ishchi kuchi resursi (soat).

3.

Ozuqa cheklovi:

3𝑥

1

+ 2.8𝑥

2

+ ⋯ + 4.1𝑥

8

≤ 𝐵

3

Bu yerda

𝐵

3

– jami mavjud umumiy ozuqa miqdori (kg).

4.

Mineral o‘g‘it cheklovi:

0.3𝑥

1

+ 0.2𝑥

2

+ ⋯ + 0.34𝑥

8

≤ 𝐵

4

Bu yerda

𝐵

4

– jami mavjud mineral o‘g‘it miqdori (kg).

5.

Organik o‘g‘it cheklovi:

2.1𝑥

1

+ 1.9𝑥

2

+ ⋯ + 2.2𝑥

8

≤ 𝐵

5

Bu yerda

𝐵

5

– jami mavjud organik o‘g‘it miqdori (kg).


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

154

6.

Ohak cheklovi:

𝑥

1

+ 0.5𝑥

2

+ ⋯ + 1.3𝑥

8

≤ 𝐵

6

Bu yerda

𝐵

6

– jami mavjud ohak miqdori (kg).

Bularning barchasida har bir cheklov

𝑥

𝑖

≥ 0

(manfiy bo‘lmasligi) sharti kiritiladi.

Yuqorida keltirilgan maqsad funksiyasi va cheklovlarni shakllantirishda

foydalanuvchidan unda mavjud bo’lgan resurslar ya’ni

𝐵

1

, 𝐵

2

, … , 𝐵

6

qiymatlarini

qo‘shimcha argumentlar sifatida kiritishni talab qiladi. Buning uchun qulay

foydalanuvchi interfeysi yaratilib ma’lumotlarni qabul qilish amalga oshiriladi [6].

Maqsad funksiyasi va chegaraviy shartlar asosida simpleks algoritmini amalga oshirish

quyida keltirilgan. Buning uchun Python dasturlash tilidan foydalanildi.

Simplex

algoritmining

Python’da

qo‘llanilishi.

Python

tilida

“scipy.optimize.linprog” kutubxonasi orqali simplex algoritmini amalga oshirish

nisbatan oson va samarali bo’lib hisoblanadi. Ushbu kutubxona chiziqli dasturlash

masalalarini hal qilish uchun mo‘ljallangan va quyidagi afzalliklarga ega [7]:

1.

Qulay sintaksis

– algoritmni bir necha qator kod bilan yozish mumkin.

2.

Samaradorlik

– katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyati.

3.

Moslashuvchanlik

– maqsad funksiyasi va cheklovlar o‘zgaruvchilarining

miqdorini tezkor o‘zgartirish mumkin.

Ushbu tadqiqot ishida maqsad funksiyasi va cheklovlar quyidagi shaklda berilgan

[4]:

Maqsad funksiyasi

– mahsulotlar bo‘yicha maksimal foydani hisoblash uchun

salbiy koeffitsientlar shaklida kiritilgan.

Cheklovlar

– yer maydoni, ishchi kuchi va boshqa resurslarni hisobga olgan

holda, ma’lum chegaralar bilan aniqlangan.

Algoritm bajarilish ketma-ketligi quyidagicha:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

155

1.

Cheklovlarni aniqlash

– har bir resurs uchun birinchi darajali tenglamalar

hosil qilinadi.

2.

Simplex algoritmini ishga tushirish

– “linprog” funksiyasi yordamida

optimallashtirish amalga oshiriladi.

3.

Natijalarni tahlil qilish

– Optimal qaror o‘zgaruvchilari

𝑥

𝑖

va

cheklovlardagi resurslar natija sifatida olinadi [8].

Algoritm blok sxemasi quyidagi keltirilgan (1-rasm).

1-rasm. Asosiy algoritm blok sxemasi [9].

Natijalar va tahlil.

Tizimni real ma’lumotlar bilan sinab ko‘rish natijasida

quyidagi jihatlar kuzatildi:

1.

Optimal qarorlar

– maksimal foyda olish uchun har bir baliq turidan

qancha miqdorda saqlash kerakligi aniqlab berildi.

2.

Resurslarni tejamkorlik bilan ishlatish

– cheklovlardagi resurslardan

foydalanish samaradorligini oshirishga erishildi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

156

3.

Tizimning tezligi

– ishlab chiqilgan algoritm yordamida ma’lumotlarni

qayta ishlash tezligini oshirishga erishildi [10].

Shunday qilib, ishlab chiqilgan tizim resurslardan samarali foydalanish va foydani

maksimal darajaga yetkazishga xizmat qiladi. Bu yondashuv baliqchilik sohasida

samaradorlikni oshirish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Xulosa.

Mazkur tadqiqotda simplex algoritmi asosida baliqchilik sohasida

resurslarni optimal taqsimlash imkonini beruvchi axborot tizimi ishlab chiqildi. Ushbu

tizim yordamida cheklangan yer maydoni, ishchi kuchi va moddiy resurslardan samarali

foydalanish yo‘llari aniqlanib, foyda ko‘rsatkichlari maksimallashtirildi. Tizimning

ishlash jarayonida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, resurslarni to‘g‘ri taqsimlash

va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratildi. Kelajakda ushbu

tizimni yanada takomillashtirib, yangi texnologiyalar bilan integratsiya qilish baliqchilik

sohasining ekologik va iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb

etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Yoqubjonovich V. A. Baliq yetishtirishga ixtisoslashtirilgan xo ‘jaliklarni

moliyaviy qo ‘llab-quvvatlash mexanizimlari //Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq

etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari. – 2024. – Т. 36. – №. 1. – С.

124-130.

2.

Bakhrankova K., Midthun K. T., Uggen K. T. Stochastic optimization of

operational production planning for fisheries //Fisheries research. – 2014. – Т. 157. – С.

147-153.

3.

Nelder J. A., Mead R. A simplex method for function minimization //The

computer journal. – 1965. – Т. 7. – №. 4. – С. 308-313.

4.

Patcharaprakiti J., Jakkawan R., Patcharaprakiti N. Optimization of Batik

Production Using the Quick Simplex Method //Burapha Science Journal. – 2024. – Т.

29. – №. 1 January-April. – С. 147-159.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

157

5.

Samuelsson C. Comparative evaluation of the stochastic simplex bisection

algorithm and the scipy. optimize module //2015 Federated Conference on Computer

Science and Information Systems (FedCSIS). – IEEE, 2015. – С. 573-578.

6.

Craveiro J. et al. A system to optimize fish production: a case study of semi-

intensive Colossoma macropomum (Osteichthyes, Serrasalmidae) aquaculture //Latin

american journal of aquatic research. – 2019. – Т. 47. – №. 3. – С. 492-501.

7.

Askarov Baxtiyar Mamitovich. Bаliqсhilik sоhаsidа kichik biznes va

xususiy tadbirkorlikni rivоjlаntirishdagi omillar. // Агро илм журнали.–T., 2024, № 1

(98). 100 – 102 b.

8.

Аскаров Бахтияр Мамытович. Ведущие иностранные исследования

развития индивидуального предпринимательства в области малой коммерций. //

Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi, 2024-7/2, 108-110 стр.

9.

Mırzataev Salamat Muratbaevich, Askarov Baxtiyar Mamitovich.

Bаliqсhilik sоhаsidа samaradorlikni oshirish va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni

rivоjlаntirish. // Международный научно-образовательный электронный журнал

«Образование, наука и инновационные идеи в мире», Выпуск журнала №57 Часть–

6, ноябрь 2024 г., 90-93 b.

10.

Askarov Baxtiyar Mamitovich, Paluanov Salamatbay Amangeldievich.

Barqaror iqtisodiy o‘sishning mintaqada kichik biznesning ishlab chiqarish salohiyati

tahlili. // “Hududda barqaror iqtisodiy o'sishni taʻminlashning ustuvor yónalishlari”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari tóplami. «Urganch Ranch

Universiteti - Innovasion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2024 y. 18-19-dekabr,

309-311 b.