Авторы

  • Sharipova Lobar

Биография автора

  • Sharipova Lobar

    Urganch davlat universiteti 2-bosqich magistratura talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99315

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: shoir ijod tabiat xalq Orif bobo muxbir inson harakter archa she’r tog‘ iste’dod she’riyat yoshlik Moskva Kreml quruvchi gultoj hayot falsafasi faylasuv

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada taniqli munaqqid  Matyoqub Qo‘shjonovning shoir Abdulla Oripov ijodi tadqiqi o‘z ifodasini topgan.  Tadqiqotni Matyoqub Qo‘shjonov “Abdulla Oripov” asari asosida tadqiq qiladi. Asarda shoirning yoshligidan katta shoir bo’lib yetishguniga qadar bo‘lgan davr qalamga olingan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

29

MATYOQUB QO‘SHJONOV TADQIQOTLARIDA ABDULLA ORIPOV

IJODI

Sharipova Lobar

Urganch davlat universiteti

2-bosqich magistratura talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada taniqli munaqqid Matyoqub Qo‘shjonovning shoir

Abdulla Oripov ijodi tadqiqi o‘z ifodasini topgan. Tadqiqotni Matyoqub Qo‘shjonov

“Abdulla Oripov” asari asosida tadqiq qiladi. Asarda shoirning yoshligidan katta shoir

bo’lib yetishguniga qadar bo‘lgan davr qalamga olingan.

Kalit so‘zlar: shoir, ijod, tabiat, xalq, Orif bobo, muxbir, inson, harakter, archa,

she’r, tog‘, iste’dod, she’riyat, yoshlik, Moskva, Kreml, quruvchi, gultoj, hayot falsafasi,

faylasuv

XX asrning dahosi bo‘lib tanilgan, yurtimizning chekka qismidan,

Qashqadaryoning Qo‘ng’irtov etagida joylashgan Neko‘z qishlog‘ida voyaga yetgan,

o‘zining falsafiy fikrlari bilan haligacha kitobxonlar dilida va tilida yashayotgan ulug‘

shoirimiz Abdulla Oripov nazmiga razm solamiz. Bilamizki, jamiyatimizda Abdulla

Oripovning she’rlarini eshitmagan, bilmagan inson yo‘q. Shu paytgacha shoir ijodi

ko‘plab tahlillarga tortilib kelindi. Bu tahlillar orasida ijobiylari ham salbiylari ham bor,

albatta. Adabiyotshunoslar o‘z tadqiqotlarida Abdulla Oripovning ijodini har

tomonlama o‘rganganlar. Bu maqolada taniqli adabiyotshunos, qalami o‘tkir munaqqid

Matyoqub Qo‘shjonovning tadqiqotlariga to‘xtalamiz. Tanqidchi Suvon Meli bilan

birgalikda tayyorlagan “Abdulla Oripov” nomli kitobida shoir ijodi haqida o‘zining

qarashlarini yoritib beradi. Muallif asarida Muxbir Farmon Omonov bilan

Nekóz qishloğiga qilgan safari bayonini keltiradi. Safar davomida Abdulla Oripovning

padari bólmish Orif bobo huzurida bólganliklari, uning chinakam insoniylik fazilatlari,

vatani uchun qilgan yaxshiliklarini keltiradi. Haqiqatan ham bu insonni chin inson


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

30

sifatida bilishimiz mumkin. Chunki kamdan kam inson óz nafsidan kechib, ózining

mehnati evaziga kelgan beminnat oshni boshqaga ravo kóra oladi, undan kóra atrofidagi

insonlarga, yurtiga yaxshilik qilishni ózining chinakam burchi deb biladi. Matyoqub

Qóshjonov asaridagi 1-bobni Orif boboga bağishlaydi. Abdulla Oripovdagi

vatanparvarlik, insoniylik, xalqiga yordam qólini chózish singari ezgu fazilatlarida

otasining, oila muhitining órni borligini ta'kidlab ótadi. Keyingi boblarda Abdulla

Oripovning ijod yóliga kirib kelishi, ilk she'rlari haqida gap boradi.

Abdulla Oripovning talabalik yillarida yozgan "Archa" she'ridagi falsafasi,

ma'noning teranligi tanqidchini óziga jalb qiladi. She'rning mazmuni shunday:

toshyónar usta toshdan tegirmon yasamoqchi bólib, qoyadan tosh yónib olayotgan

paytda tosh pastga qulaydi-yu endigina bóy chózayotgan yoshgina archa ustiga tushadi.

Oradan vaqt ótib usta yana ósha joyga keladi va kózi boshida toshi bor katta archaga

tushadi. She'rda archaning boshidagi toshni shoir "gultoj" deya chiroyli tashbeh bilan

keltiradi.

Adabiyotshunos " Abdullaning hali studentlik choğlarida yozilgan bu she'ri uchun

tanlangan voqeada bir oz sun'iylik sezilsa ham, unda katta ma'joziy ma'no bor: hayotga

intilayotgan buyuk tabiat, boshiga har qancha kulfat tushmasin, "yengaman, ósaman,

kórkam bólaman", deydi. Bu yosh shoir sodiq bólgan hayot falsafasi, tabiat falsafasi

edi"

1

, - deya she'r haqida ózining fikrini bildiradi. Darhaqiqat, bu she'r qalblarni larzaga,

ta'sirchan insonning kóziga yosh ham keltiradi.

Matyoqub Qóshjonov kitobida "Isteʼdodning tuğilishi" bobiga shoirning ilk

havaskorlik she'rlarini kiritadi va yana bir qiziq voqeani ham keltirib ótadi. Bir kuni

Abdulla Oripov dóstlari bilan Qashqadaryo viloyatining bir qancha tumanlariga safar

uyushtiradi. Bir qishloqqa borganda tuman rahbari A.Oripovning muhlisi bóladi,

she'rlarini yoddan aytib beradi. Shoirdan ustozingiz kim deb sóraganda, Abdulla Oripov

she'riyatga umuman aloqasi yóq quruvchini nomini keltiradi. Nimaga deganda shoir ilk

1

Matyoqub Qo'

shjonov. Abdulla Oripov,T.,”Ma’naviyat”,2000, 8

-bet


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

31

she'rlarini ósha quruvchiga aytib berardi. Shoir quruvchiga Moskva, Kreml haqidagi

she'rini óqib berganda, quruvchi "she'rlaring yaxshi-yu, ammo u shaharlarni ôzing borib

kórganmisan"

2

- deydi. Shoir ósha voqeadan keyin inson óz kózi bilan kôrgan narsasini,

ózi bilgan, anglagan narsasini qoğozga tushirish kerakligini tushunadi. Bu hozirgi

havaskor shoirlar uchun ibrat olgulik voqea hisoblanadi.

Abdulla Oripov ijodini ôrganish davomida Matyoqub Qóshjonov uning fikrlash

doirasi kengligini, har bir hodisadan óziga ibrat olishini ta'kidlab ôtadi.

Muallif ijodkor lirikasini tahlil qilar ekan, she'rda sózlarning qóllanish shakli, ifoda

yósini, shoirning qay órinda nima demoqchiligini birma-bir injalab órganadi.

Muallif asarda Abdulla Oripovning ijodini bir tekisda tuzadi. Dastlabki boblariga

shoirning ota uyini, yoshlik paytlarini, she'riyatga ilk qadami, sóngra bugungi kungacha

yozilgan ba'zi she'rlarining tahlillarini beradi. " Abdulla Oripovning bir yaxshi odati bor

edi, she'r yozdimi, uning qachon, qayerda yozilganini ham shu payt yozib ketardi”

3

-

deydi muallif o’z so’zi davomida.

Muallif o’z so’zini shunday izoxlar bilan berib o’tadi. Abdulla Oripov shoirlik

ilmida ham, adabiyot nazariyasi sohasida ham kuchli mutaxassisligini asar davomida

yoritib beradi.

Nahotki dunyoda haqsizlik mangu,

Nahotki odamzod qilingandir oq?!

Nahot o’sha Freyd haq bo’lsa, yoxu,

Nahot qotil bo’lsa o’sib chaqaloq?!

2

Shu manba. 11-bet

3

Matyoqub Qo‘shjonov. Abdulla Oripov, T., Ma’naviyat, 2000, 13

-bet


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

32

Bu yuqoridagi she’r shoirning “Yuzma-yuz” she’rining oxirgi bandidan olingan.

Bunda jamiyatdagi “boshqaruvchilar va bo’ysunuvchilar” hayoti tasvirlangan. Mazlum

xalq ustidan o’z hukmronligini o’rnatgan hukumat odamlari haqida, ularning jamiyatda

yuritayotgan adolatsiz siyosati haqida kuyinib yozilgan katta syujetli asar. She’rda

asosan o’zbek xalqining mustamlaka davridagi hayoti hikoya qilingan, balki, bizga

qo’shni bo’lgan turkiy davlatlarning ham hayot tarzi aks ettirilgan. U paytda indamay,

barcha zulmga chidab, bo’ysunib yurgan aholining boshi qora mehnatdan chiqmagan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Matyoqub Qo‘shjonov shoir hayoti

va ijodi bo‘yicha izlanish olib borarkan, fikrlari aniq va to‘g‘ri yoritilgan. Abdulla

Oripov she’riyati barcha yosh kitobxonlarga ibrat bo‘la oladigan ijod maktabini yaratdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

M. Qo‘shjonov, S. Meli. Abdulla Oripov. T: “Ma’naviyat” nashriyoti. 2000

2.

A. Oripov. Extiyoj farzandi. T: “Yosh gvardiya” nashriyoti, 1998

3.

A. Oripov. Yillar armoni. T: G‘afur G‘ulom nomli adabiyot va san’at

nashriyoti, 1984