Авторы

  • Axmedov Zafarjon A’zamovich

Биография автора

  • Axmedov Zafarjon A’zamovich

     Samarqand Davlat tibbiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi, O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99413

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: davlat xususiy sog‘liqni saqlash xizmat tibbiy xizmat xarajat daromad mehnat unumdorligi rentabellik samaradorlik bemor davolanuvchi pulli xizmat bemorxona davolanish maskani. Ключевые слова: государственное частное здравоохранение услуга медицинская услуга стоимость доход производительность труда рентабельность эффективность пациент платная услуга больница лечебное учреждение. Key words: public private health care service medical service cost income labor productivity profitability efficiency patient paid service hospital place of treatment.

Аннотация

Annotatsiya: Mualif maqolada xizmatlar sohasi  tarkibida tibbiy  xizmatlarning tiri va ularning  samaradorlik ko‘rsatkichlarini tizimga keltirgan,  asosli dalillardan kelib chiqqan holda ilmiy tahlilini bayon  etgan.

Аннотация: В статье автор систематизировал услуги здравоохранения и показатели их эффективности в сфере услуг, а также представил научный анализ основанный на достоверных данных. Abstract: In the article, the author systematized the existence of medical services and their efficiency indicators in the service sector, and presented a scientific analysis based on valid evidence.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

133

XIZMATLAR SOHASI

TARKIBIDA

TIBBIY XIZMATLARNING TURI VA

ULARNING SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARINI TAHLILI

Axmedov Zafarjon A’zamovich

Samarqand Davlat tibbiyot universiteti

mustaqil tadqiqotchisi,

O‘zbekiston

Annotatsiya: Mualif maqolada

xizmatlar sohasi tarkibida tibbiy xizmatlarning

tiri va ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini tizimga keltirgan,

asosli dalillardan

kelib chiqqan holda ilmiy tahlilini bayon etgan.

Kalit so‘zlar: davlat, xususiy, sog‘liqni saqlash, xizmat, tibbiy xizmat, xarajat,

daromad, mehnat unumdorligi, rentabellik, samaradorlik, bemor, davolanuvchi, pulli

xizmat, bemorxona , davolanish maskani.

Аннотация: В статье автор систематизировал услуги здравоохранения и

показатели их эффективности в сфере услуг, а также представил научный

анализ основанный на достоверных данных.

Ключевые слова: государственное, частное, здравоохранение, услуга,

медицинская услуга, стоимость, доход, производительность труда,

рентабельность, эффективность, пациент, пациент, платная услуга, больница,

лечебное учреждение.

Abstract: In the article, the author systematized the existence of medical services

and their efficiency indicators in the service sector, and presented a scientific analysis

based on valid evidence.

Key words: public, private, health care, service, medical service, cost, income,

labor productivity, profitability, efficiency, patient, patient, paid service, hospital, place

of treatment.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

134

Kirish:

Sog‘liqni saqlash vazirligining bayonotiga ko‘ra, O‘zbekiston davlat

dasturiga binoan tibbiyot sohasi endilikda “iste’molchi soha emas, balki sarmoyalar

sohasi sifatida” ko‘riladi. Islohotlar natijasida uch xil ko‘rinishdagi tibbiyot maskanlari

yuzaga keldi. Bular davlat tomonidan ta’minlanib, to‘la bepul xizmat ko‘rsatishi lozim

bo‘lgan tizim, davlat va boshqa manbalardan mablag‘ oluvchi hamda bosqichma-

bosqich pulli xizmatga o‘tuvchi tizim. Uchinchisi esa to‘la pulli xizmat ko‘rsatuvchi

xususiy sektordir.

Sog‘liqni saqlash tizimidan yaxshi xabardor bir kuzatuvchining aytishicha,

O‘zbekiston tibbiyoti yuz tutgan islohotlar ayrim sobiq Sho‘ro respublikalari, jumladan,

qo‘shni mamlakatlar orasida ham anchayin ilg‘or bo‘lib, G’arbiy Ovro‘pa, xususan,

Buyuk Britaniya tajribasiga asoslangan. Biroq mavjud sharoit tizimni Ovro‘padagidek

samarali ishlashiga xalaqit beradi.“Korruptsiya, ma’muriy buyruqbozlik va

byurokratiya bu islohotlarning og‘ir kechishi, malakali mutaxassislarning sohani tashlab

ketishi va yoki chet ellarga ish qidirib ketishiga sabab bo‘ldi. Tibbiyot tizimida avj olgan

poraxo‘rlikning og‘irligi esa, yana aylanib oddiy odamlar yelkasiga tushmoqda,” deydi

u. Uning aytishicha, sobiq Sho‘roning bepul tibbiyot tizimidan butkul yangi tizimga

o‘tish ko‘pchilik uchun og‘ir kechgan. 1990 yillar o‘rtasida o‘sha paytdagi sobiq vazir

britaniyalik tibbiyot ekspertlari bilan uchrashuvda o‘zlari qo‘l urgan islohotlar haqida

hazil aralash shunday degandi: “Biz qisqa vaqt ichida tizimda shunday o‘zgarishlar qilib

tashladikki, bu sohada nimalar yuz berganini aniqlash uchun bizdan keyingilarga o‘n

yillab vaqt kerak bo‘ladi”.

Shu o‘rinda ayrim raqamlar: Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda har o‘n

ming kishiga 26 nafar shifokor va umuman 100 nafar tibbiyot xodimi to‘g‘ri keladi.

Shifokorlarning jami soni 71 ming va mamlakatda 890 ta kasalxona mavjud.

Mavzuga doir adabiyotlar tahlili:

Xizmatlar sohasi tarkibida tibbiy

xizmatlarning o‘rni va ularning samaradorligini oshirish muammolari

iqtisodiy

adabiyotlarda kam yoritilgan. Xususan, Yu.F.Volkov, M.Q.Pardayev, R.Atabayev,

A.E.Saak,

M.V.Yakimenko,

E.S.Fayziyev,

V.G.Fedsov,

V.S.Bogolyubov,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

135

V.P.Orlovskaya, L.P.Shmatko rahbarligidagi bir guruh olimlar bemorxonalar va

davolanish maskanlari biznesi iqtisodiyotiga bag‘ishlab darsliklar, o‘quv qo‘llanma va

boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni nashrdan chiqarishga muvaffaq bo‘lganlar. Ammo

ushbu asarlarda tibbiy xo‘jalik samaradorligining nazariy masalalari va uni ifodalovchi

ko‘rsatkichlar bir tizimga keltirilgan holda ifoda etilmagan.

Tadqiqot va natijalar:

Tibbiy xizmatlar sohasida bir qancha xizmatlar

ko‘rsatiladi. Ularni yirik ikki guruhga bo‘lish mumkin: davlat tibbiy bepul va xususiy

tibbiy pullik xizmatlari. Davlat tibbiy bepul xizmatlari ham bir qancha yo‘nalishlarga

ega. Ulardan biri bemorlarga davlat mehmonlarni joylashtirish va vaqtincha yashashini

ta’minlash bilan bog‘liq xizmatlardir. Bular tarkibiga mehmonxona xo‘jaligi tomonidan

ko‘rsatiladigan xizmatlar ham kiradi. Ularning bir-biri bilan bog‘liqligi quyidagi rasmda

keltirilgan (1-rasm).

1-rasm. Tibbiy xizmatlar sohasida aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning

turlari

Tibbiy

xizmatlar

Davlat

tibbiy

xizmatlari

Shifokorlik, hamshiralik

Shifoxonalar xizmatlari

Shoshilinch tez yordam markazi

xizmatlari

Dam olish reabiliatatsi markazi xizmatlari

Xususiy

tibbiy

xizmatlar

Xususiy tibbiy klinika xizmatlari

Davlat-xususiy sherikchilik tibbiyot xizmati

markazlari

Xususiy sog'lamlashtirish

markazlari

Xorijiy xuxusiy klinika xizmatlari


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

136

Tibbiy xizmatlar sohasida

o‘z navbatida yana bir qancha guruhlarga bo‘linadi.

Bular tibbiy xo‘jalik xizmatlari, transport xizmatlari, bundan tashqari tibbiy xizmatlar

tarkibiga hozirgi paytda bemorlarga ertalabki nonushtani tashkil qilish xizmatlari

kiritilgan va ularning narxi shifoxonaga joylashtirish bahosiga qo‘shiladi.

Tibbiy xizmatlar sohasida band bo‘lgan xodimlarning asosiy qismi shifoxonalarda

va klinikalarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Tadqiqotlarimiz ko‘rsatdiki, tibbiy xizmatlar

sohasid

a

band bo‘lgan barcha xodimlar tarkibida shifoxonalarda va klinikalarda band

bo‘lgan va yashash bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatuvchi xodimlarning ulushi 90 foizni

tashkil qiladi. Mos ravishda tibbiy xizmatlarning ham 90 foizdan ortiqrog‘i shu soha

ulushiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rinib turibdiki, tibbiy xizmatlar sohasida katta ahamiyatga ega.

Bemorlarning asosiy ta’surot manbai tibbiyot obyektlarida shifo topish , ammo hudud

haqidagi umumiy xulosasida xususiy tibbiy xizmatlarining ahamiyati katta. Shuning

uchun xususiy tibbiy xizmatlariga faqatgina xizmatlar emas, xalqaro ahamiyatga molik

tibbiy xizmatlar sifatida qaralsa maqsadgga muvofiq bo‘ladi.

Tibbiy xizmatlar sohasni rivojlanishida alohida ahamiyatga ega turi, bemorlarga

ko‘rsatiladigan davlat va xususiy tibbiy xizmatlari hisoblanadi. Bu sohadagi ikkita turi

ko‘rsatkich tibbiy xizmatlarning sifati, raqobatbardoshligni ta’minlovchi asosiy omillar

bo‘lib, shu ikki jihati ta’surotning boyishiga va shakllanishiga olib keladi.

Hozirgi paytda zamonaviy tibbiy xizmatlarni transport xizmatisiz tasavvur qilish

qiyin. Ularning barcha turlaridan, tibbiyot subyektlari foydanaib kelmoqdalar. Ular

avtomobil, temir yo‘l, havo, suv kabi transport vositalaridir. Ular bemorlarni yashash

joyidan davolanish obyekti bor joyga va qayta manzillarga yetkazishda xizmat qiladilar.

Bularning qulayligi, xavfsizligi turistlar uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirgi

sharoitda xususiy tibbiy firmalarning bemorlar uchun mo‘ljallangan maxsus transport

vositalari mavjud. Bu turistlar uchun ham xususiy tibbiy firmalar uchun ham qulaydir.

Bemorlarning davolanishi bilan birgalikda dam olishini turli ko‘ngilochar

tadbirlarni tashkil qilish ham tibbiy xizmatlarning bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Buning


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

137

uchun bemorxonaga joylashgan joyda bog‘lar (parklar), muzey, teatr, sirk, kutubxona,

suv havzalari, sport zallari kabi inshoatlarning yaqin joylashgan yoki ularning bir qismi

bevosita davolanish maskanlarining o‘zlarida bo‘lishini taqozo qiladi. Bunga yondoshuv

turli bo‘lishi mumkin. Bemorlarning hohishiga binoan bir qismi uchun tashkil qilinishi

yoki turistik marshrutlarga kiritilgan bo‘lishi lozim.

Davolanish maskanlariga joylashgan bemorlarning har biridan hamisha takliflarni

oladigan anketalar ishlab chiqilib, ularga manzur bo‘lgan jihatlarini va

bemorxonalardagi kamchiliklar bo‘yicha fikrlarini ham olish lozim. Ularning fikrlaridan

foydalangan holda bemorxonalar va davolanish maskanlari faoliyatini takomillashtirib

borish va shu orqali samaradorligini oshirib borish maqsadga muvofiq.

Mazkur

masalalar

tibbiy

xo‘jaliklarining

samaradorligini

ifodalovchi

ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash yo‘llarini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Chunki

iqtisodiyotning erkinlashib borishi, islohotlarning chuqurlashuvi, turli inqiroz va

iqtisodiy beqarorliklarning sodir bo‘lib turishi, raqobatning mavjudligi har bir xo‘jalik

yurituvchi subyektlar, xususan, bemorxonalar va davolanish maskanlarining ham

faoliyati samaradorligini oshirish zaruratini tug‘diradi. Chunki samaradorlik

ta’minlanmagan joyda, foyda ko‘rsatkichi past bo‘ladi, bu holat mulkiy (iqtisodiy)

o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatib korxonalarni bankrot xolatga olib keladi. Shu tufayli

barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining samaradorligini oshirishga erishish

lozim.

Biz tibbiy xo‘jaligi samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq nazariy

va amaliy qarashlarni tahlil qilib va o‘rganib, ikki nuqtai nazardan qarash maqsadga

muvofiq, degan xulosaga keldik.

Birinchisi, samaradorlikni ifodalovchi

ko‘rsatkichlarga uning klassik ta’rifiga va umum metodologik asosiga tayangan

holda yondoshish bo‘lsa, ikkinchidan, tibbiy xo‘jalikning xizmat ko‘rsatuvchi

subyekt sifatida o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondoshish

lozimligidir.

Bulardan tashqari tibbiy xo‘jalik samaradorligiga bir tomondan bemorlar


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

138

(aksariyat hollarda bemorlar) va ikkinchi tomondan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar

nuqtai nazaridan qarash maqsadga muvofiqdir.

Bemorlarning

(davolanuvchilarning)

nuqtai

nazaridan,

tibbiy

xo‘jalik

samaradorligini baholashda quyidagi yo‘nalishlar inobatga olinadi:

bemorlarni joylashtirish;

ularni ovqatlantirish;

bemorlarga tibbiy xizmatlarini ko‘rsatish;

mehmonlarga transport xizmatlarini ko‘rsatish;

bemorlarga davolanishlari va dam olishlari uchun zarur bo‘lgan turli madaniy

xizmatlarni ko‘rsatish;

bemorlarga maishiy xizmatlarni ko‘rsatish.

Barcha hollarda ularning xavfsizligini ta’minlash kafolatlangan bo‘lishi

lozimdir.

Bunday xizmatlarni yuqori saviyada ko‘rsatish va bemorlarning talablarini to‘liq

qondirish uchun tibbiyot xizmatchilari professional malakaga ega bo‘lishlari lozim.

Hozirgi sharoitda, ushbu xodimlardan ko‘rsatilgan xizmat turlarini a’lo darajada

bajarish, xushmuomalalik, ziyrak va hushyor bo‘lishligini, bir qancha xorijiy tillarni

ham bilish lozimligini talab qiladi.

Tibbiy xo‘jalikda samaradorlikni baholashning ikkinchi yo‘nalish, xususiy

shifoxona egasi yoki shu xo‘jalik yurituvchi subyekt sohaga qo‘ygan investisiyasidan

yetarli darajada foyda olishi, mavjud moddiy-texnika asoslaridan samarali foydalanishi,

tibbiy xodimlarning yuqori mehnat unumdorligiga erishmog‘i va xarajatlardan ham

samarali foydalanishi lozim. Bizning fikrimizcha tibbiy xo‘jalikda samaradorlikni

baholash uchun, ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bunday

ko‘rsatkichlar tizimini to‘rtta guruhga bo‘lishni tavsiya qilamiz:

tibbiy xo‘jaligiga qo‘yilgan aktivlar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

tibbiy

xo‘jaligi

moddiy-texnika

asoslari

samaradorligini

ifodalovchi

ko‘rsatkichlar;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

139

tibbiy xo‘jalikda mehnat samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

tibbiy xo‘jalik xarajatlari samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar.

Buni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (2-rasm).

2-rasm. Tibbiy xizmatlar samaradorligini xo‘jalik yurituvchi subyektlar nuqtai

nazaridan ifodalovchi ko‘rsatkichlar.

Har bir guruh ko‘rsatkichlar o‘z navbatida bir qancha guruhlarni qamrab oladi.

Masalan, ulardan biri tibbiy xo‘jaligiga qo‘yilgan aktivlar samaradorligini ifodalovchi

ko‘rsatkichlar. Bu guruh ko‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

uzoq muddatli aktivlar rentabelligi;

joriy aktivlar rentabelligi;

umumiy investisiyaning qoplanish koeffisiyenti. Bularning chizmasi quyidagicha

ifodalanadi

(3-rasm).

Tibbiy xo'jalik samaradorligini

ifodalovchi ko'rsatkichlar

Tibbiy

xo'jalikka

qo'yilgan

aktivlar

samaradorligi

ifodalovchi

ko'rsatkichlar

Tibbiy xo'jalik

modiiy-texnika

ta'minoti

samaradorligi

ifodalovchi

ko'rsatkichlar

Tibbiy xo'jalik

mehnat

samaradorligi

ifodalovchi

ko'rsatkichlar

Tibbiy xo'jalik

xarajatlari

samaradorligi

ifodalovchi

ko'rsatkichlar


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

140

3-rasm. Tibbiy

xo‘jalikka qo‘yilgan aktivlar samaradorligini ifodalovchi

ko‘rsatkichlar.

Tibbiy

xo‘jaligi

moddiy-texnika

asoslari

samaradorligini

ifodalovchi

ko‘rsatkichlar ham o‘z navbatida bir qancha ko‘rsatkichlarni qamrab oladi.

Tibbiy xo‘jalik xususiyatlaridan kelib chiqib, ushbu guruh ko‘rsatkichlariga

quyidagilarni kiritishni tavsiya qilinadi:

bitta joyga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha tushum;

tibbiy xo‘jaligi koyka/kunlaridan foydalanish koeffisiyenti;

tibbiy xo‘jaligi koyka/kunlari samaradorligi koeffisiyenti.

Ushbu ko‘rsatkichlar guruhi quyidagi chizmada o‘z aksini topgan (4-rasm):

Tibbiy xo‘jaligida mehnat samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ham muhim

iqtisodiy ko‘rsatkichlar sifatida o‘z o‘rniga ega. Mazkur guruh ko‘rsatkichlarga

quyidagilarni kiritish mumkin:

Tibbiy xo'jalikka qo'yilgan

aktivlar samaradorligi

ifodalovchi ko'rsatkichlar

Uzoq muddatli

aktivlar rentabelligi

Joriy aktivlar

rentabelligi

Umumiy

investsitsiyaning

qoplanish

koeffitsiyenti


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

141

4-rasm. Tibbiy xo‘jalik moddiy-texnika asoslari samaradorligini ifodalovchi

ko‘rsatkichlar.

bitta xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha tushum (tibbiy xodimlarining mehnat

unumdorligi, qiymatda);

bitta tibbiy xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha koyka/kunlari (tibbiy xodimlarining

mehnat unumdorligi, natural ko‘rinishda). Bularning chizmasi quyidagicha

ifodalanishi mumkin (5-rasm).

5-rasm. Tibbiy xo‘jalikda mehnat samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar.

Tibbiy xo'jalik

modiiy-texnika

ta'minoti

samaradorligi

ifodalovchi

ko'rsatkichlar

Bitta joyga to'g'ri

keladigan o'rtacha

tushum

Tibbiy xo'jalik koyka

/kunlaridan

foydalanish

koeffitsiyenti

Tibbiy xo'jalik koyka

/kunlaridan

foydalanish

samaradorligi

koeffitsiyenti

Tibbiy xo'jalik mehnat

samaradorligi

ifodalovchi

ko'rsatkichlar

Bitta xodimga to‘g‘ri

keladigan o‘rtacha tushum

(tibbiy xodimlarining

mehnat unumdorligi,

qiymatda)

Bitta tibbiy xodimga to‘g‘ri

keladigan o‘rtacha koyka/kunlari

(tibbiy xodimlarining mehnat

unumdorligi, natural ko‘rinishda)


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

142

Tibbiy xo‘jalikda yana bir muhim ko‘rsatkichlardan biri, ularga joriy yilda

sarflangan xarajatlari samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. Ushbu guruh

ko‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritishni tavsiya qilamiz:

joriy yilda qilingan xarajatlar rentabelligi;

har bir foydalanilgan koyka/kunlarning tannarxi.

Bularning chizmasini quyidagicha ifodalashni tavsiya qilamiz (6-rasm).

6-rasm. Tibbiy xo‘jaligi xarajatlari samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar.

Xulosa:

Tadqiqot jarayonida ushbu ko‘rsatkichlarni aniqlash, ularning

o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni hisoblash orqali har birining yaxshilanishi uchun

ichki imkoniyatlarni axtarib topish yo‘llarini ko‘rsatib berish lozim bo‘ladi. Bu masala

tibbiy xo‘jaliklari va uning o‘quv jarayoni ham muhim. Chunki, tibbiy xo‘jaliklarda

samaradorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimli tarzda ishlab chiqilmagan va mos

ravishda amaliyotda qo‘llanilmasdan kelinayotgan edi. Shu tufayli biz ishlab chiqqan

mazkur tavsiya nafaqat nazariy, balki muhim amaliy ahamiyatga molik masalalardan

biridir.

Tibbiy xo'jalik xarajatlari

samaradorligi ifodalovchi

ko'rsatkichlar

Joriy yilda qilingan xarajatlar

rentabelligi

Har bir foydalanilgan

koyka/kunlarning tannarxi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025

143

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2023.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi yangi tahriri, qonun hujjatlari

ma’lumotlari milliy bazasi , 2021.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi qonun

hujjatlari to’plami, 2013.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni

saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori,

07.12.2018 yil, PQ-4055-son.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ O‘zbekiston -2030 ” to‘g‘risidagi

Farmoni, 11.09.2023 yil, PQ-158-son.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va

ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori, 06.05.2019

yil, PQ-4310-son.