https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
156
MIRZO ULUG`BEK – O`TKIR ZEHN VA AQL-IDROK SOHIBI
Xusanov Obidjon Ibodullayevich
Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumani 14-maktabning oliy toifali Tarix fani
o`qituvchisi
Annotatsiya: Mirzo Ulug`bek nafaqat davlat arbobi, u shuningdek buyuk olim va
astranom bo`lgan. Uning ilm-ma`rifatga qo`shgan hissasi beqiyos. U siyosatdan ilmni
ustun bilib, buyuk asarlar qoldirdi. Uning asarlari xalqaro miqyosda ham juda muhim
o`rin tutadi. Mirzo Ulug`bekning ilmu-zakovati o`quvchilarni kelajakda ilm-ma`rifat
cho`qqilarini egallashda muhim rol o`ynaydi.
Kalit so`zlar: Mordin qal`asi, Qorabog`, “Zafarnoma”, ko`ragon, qissaxon
Mirzo Ulug`bek Shohruh Mirzo o`g`li – bobosi Sohibqiron Amir Temurning “besh
yillik” yurishida (1392-1396) Iroqdagi Mordin qal`asini qamal qilish chog`ida
tug`ilgan. Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida yozishicha, Amir Temur
huzuriga chopar kelib nabira ko`rganligi va munajjimlar bu nabira kelajakda ham olim,
ham hukmdor bo`lishini bashorat qilganlari xushxabarini yetkazadi. Sohibqiron
xursandligidan Mordin qal`asi qamalini to`xtatib, uning xalqiga yuklangan to`lovni
bekor qiladi.
Sohibqironning o`z nabirasiga Muhammad Tarag`ay va Ulug`bek deb ism
qo`yganini ham munajjimlarning yuqoridagi bashorati bilan bog`lash mumkin. Amir
Temur Ulug`bek tarbiyasiga alohida e`tibor bergan va uni davlat ahamiyatiga molik
tadbirlarda qatnshtirgan. Klavixoning qayd etishicha, Ulug`bek bobosining xorijiy
elchilarni qabul qilish marosimlarida ishtirok etgan. Amir Temur vafotidan so`ng
bo`lgan taxt uchun kurashlarda Shohruh Movarounnahrni o`z tasarrufiga kiritgach, uni
idora etishnii Turkiston viloyati bilan birga Ulug`bekka topshirib, Sohibqiron vasiyatini
ado etgan.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
157
Rivoyatlarga ko`ra, Mirzo Ulug`bek Samarqand atrofida yurganda, yo`l yoqasida
yotgan bir burda nonni ko`rib qoladi-da, otdan tushib, uni qo`yniga soladi. Shunda,
uning yonidagilardan biri: “Sultonim, nega bizga buyurmay, o`zingiz otdan tushdingiz”
deb so`raganida Ulug`bek: “Nonni dastlab men ko`rdim, uni yerdan olishni birovga
buyurish nonga nisbatan hurmatsizlik bo`lardi. Non oldida mening sultonligim,
martabam hechdir”, - deb javob bergan ekan
Mirzo Ulug`bek farosati va xotirasining quvvati shu darjada edikim, har joyda
biron jonivorga o`q otib ov qilsa, bu tarixni eslab qolar, voqea qaysi kuni, qayerda sodir
bo`lganligini, jonivorlardan qaysilari ovlanganligini daftarga bitib qo`yar edi. Tasodifan
o`sha daftar g`oyib bo`ldi va qancha qidirsalar ham uni topolmadilar. Daftarni
saqlovchilar sarosimaga tushdilar. Mirzo Ulug`bek dedi: “Tashvish tortmanglar, men
daftarga yozilgan gaplarni boshdan-oyoq yoddan bilaman”. Shundan so`ng podshoh
kotiblarni chaqirtirib aytib turdi, ular yozib oldilar. Yangi daftar to`lgan ham ediki,
avvalgi yo`qolgan daftar topildi. Har ikkala daftarni solishtirib, to`rt-besh ixtilofdan
bo`lak farq topmadilar.
Mirzo Ulug`bekning o`tkir zehni borasida ko`plab hikoyatlar mavjud. Ayniqsa
uning bolalik chog`larida ko`rgan insonlarni oradan uzoq vaqt o`tsa ham unutmasligi
g`oyat diqqatga sazovordir. Bu haqda Shayx Ozariy shunday hikoyat qiladi:
“Men 1398 yili Qorabog`da, ulug` Amir Temur Ko`ragon qissaxoni – tog`am
bilan edi. Ulug`bek Mirzo xizmatiga tayinlandim. O`sha vaqtda hali yosh bola edim va
bir necha yil go`daklik shodligini shahzoda bilan o`tkazdim. U bilan birga o`ynar, naqlu
hikoyatlar aytar edim. U men bilan yaqin do`st va o`rtoq bo`lib qoldi. 1448 yili mazkur
podshoh Xurosonni zabt etdi va Isfaroinga kelib tushdi. Yosh o`tib qarib qolgan edim.
O`rnimdan turib, shoh huzuriga bordim. Meni uzoqdan faqiru taqvodor libosida ko`rdi.
Salom-alikdan keyin so`radi: “Ey, darvish, sen eski hamsuhbatimiz ko`rinasan,
qissaxonimizning jiyani emasmisan?” Shohning o`tkir zehni, farosatu pok idrokidan lol
1
Yusupov E., Ismoilov F. Inson barkamolligi.
–
T.: “O`zbekiston”, 1990.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
158
qolib, dedim: “Ha, janoblari qissaxonning jiyaniman”. Ulug`bek Qorabog`da aytilgan
hikoyatlar, Gurjiston g`azovoti hamda Ozarbayjon ajoyibotlarini o`rtaga soldi. Men
yodimda qolganlarini aytib berdim”
Mirzo Ulug`bekdan so`radilar:
- Siz nega siyosatni qo`yib, ilm bilan mashg`ul bo`ldingiz?
Mirzo javob berdilarki:
- Men ilmning qudratini bobomdan bildim. Bir safar men bobomning tizzasida
o`ltirar edim, shu payt huzuriga bir kishi kirdi, bobom shoshib uning istiqboliga o`rnidan
turdi – men tizzasidan tushib ketdim. Keyin bilsam, u zot olim ekan, bobomning piri
komili ekan. Ilmning obro`-nufuzini men o`shanda ko`rdim
Xulosa qilib aytganda, Mirzo Ulug`bek ham ilmu-ma`rifatda, ham davlat
boshqaruvida piru komillarni ardoqlagan o`tkir zehn va aql-idrok sohibi bo`lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Temur tuzuklari”.-T.:G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi,
1991
2. Ahmedov B. Amir Temur haqida. //”Fan va turmush”, 1990
3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar.-T., 1992
4. Boboyev H.B. Amir Temur va temuriylar saltanati.-T.:”Kamalak”, 1996
2
Davlatshoh Samarqandiy. Shoirlar bo`stoni/Fors-tojik tilidan B.Ahmedov tarjimasi.-T.:Gafur G`ulom nomidagi adabiyot
va san`at nashriyoti, 1981.