https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
119
MIRZO ULUG‘BEK HAYOTI VA ILMIY-MA’RIFIY MEROSI CHET EL
OLIMLARI NIGOHIDA
THE LIFE AND SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL HERITAGE OF MIRZO
ULUGBEK IN THE VIEWPOINT OF FOREIGN SCIENTISTS
ЖИЗНЬ И НАУЧНО-ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЕ НАСЛЕДИЕ МИРЗО
УЛУГБЕКА В ТОЧКЕ ЗРЕНИЯ ИНОСТРАННЫХ УЧЕНЫХ
Elboyeva Iroda Azim qizi
ShDPI Xorijiy tillar fakulteti 2-bosqich bakalavr talabasi.
+998770400517
ANNOTATSIYA : O‘rta Osiyo ilm-fan va maorif tarixining ko‘zga ko‘ringan
olimlardan biri bo‘lgan Mirzo Ulug‘bekning Temuriylar davrida astronomiya,
matematika va madaniyatga qo‘shgan hissalari uni ilm-fan rivojida muhim yetakchi
sifatida ko‘rsatdi. Men bu maqolada Mirzo Ulug‘bekning chet el olimlari tomonidan tan
olingan ilmiy faoliyatini yoritib bermoqchiman.
Kalit so‘zlar: astronomiya, Mirzo Ulug‘bek, observatoriya, temuriylar davri,
olimlar, ilm-fan, yulduzlar jadvali.
АННОТАЦИЯ: Мирзо Улугбек, один из выдающихся ученых в истории
науки и образования Центральной Азии, внес свой вклад в астрономию,
математику и культуру в период Темурийцев, что сделало его важным лидером
в развитии науки. В этой статье хотелось бы выделить научные достижения
Мирзо Улугбека, признанные зарубежными учеными.
Ключевые слова: астрономия, Мирзо Улугбек, обсерватория, эпоха
Тимуридов, ученые, наука, звездная карта.
ANNOTATION: Mirzo Ulugbek, one of the prominent scientists in the history of
science and education of Central Asia, made his contributions to astronomy,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
120
mathematics and culture during the Temurian period, which made him an important
leader in the development of science. In this article, I would like to highlight the
scientific achievements of Mirzo Ulugbek, recognized by foreign scientists.
Key words: astronomy, Mirzo Ulugbek, observatory, Timurians era, scientists
and science, star chart.
KIRISH
Amir Temurning nabirasi bo‘lmish Mirzo Ulug‘bek 1394-yilda Sultoniya
shahrida tavallud topgan. To‘liq ismi Muhammad Taragʻay ibn Shohrux ibn Temur
Ulugʻbek Koʻragon bo‘lib Amir Temurning suyukli nabiralaridan biri bo‘lgan. Uning
otasi Shohruh Buyuk Sohibqironning bevosita davomchisi sifatida Temuriylar
imperiyasini bir necha o‘n yillar mobaynida muvaffaqiyatli boshqargan. Mirzo
Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim – g‘oyatda o‘qimishli, san’atda nihoyatda nozik
didga ega malika bo‘lgan. Bo‘lajak podshoh bolalik yillaridanoq boshqalarnikiga
o‘xshamagan xotirasi, til o‘rganishga bo‘lgan iste’dodi bilan ajralib turgan. Mirzo
Ulug‘bek avvaliga arab, so‘ng fors hamda hind tillarini, notiqlik san’ati va adabiyot
sirlarini o‘rgangan. Mirzo Ulug‘bekning hayoti ilm-fan va san’atga xizmat qilish,
davlatni ilmiy markazga aylantirishga bo‘lgan ishtiyoq bilan to‘lgan edi. U urushlardan
ko‘ra ilm-fanni afzal deb bilgan hukmdor sifatida tarixda yodda qolgan.
ASOSIY QISM
Ulug‘bekning eng katta ilmiy yutuqlaridan biri Samarqandda bunyod etilgan
Ulug‘bek observatoriyasi hisoblanadi. Bu observatoriya 1420-yilda qurilgan bo‘lib, o‘z
davrida eng ilg‘or va mukammal astronomik asbob-uskunalar bilan jihozlangan edi. U
o‘z hamkasblari bilan birgalikda “Ziji Ko‘ragoniy” yulduzlar jadvalini tuzdi. Bu
jadvalda 1018 ta yulduzning koordinatlari aniqlik bilan belgilangan bo‘lib, bu
ma’lumotlar keyingi asrlardagi yevropalik olimlarning tadqiqotlariga katta ta’sir
ko‘rsatdi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
121
Ulug‘bek yoshligidan Samarqand va butun Movarounnahrni boshqargan. Uning
hukmronlik davri (1409-1449) ko‘plab ilm-fan va san’at sohalarida gullab-yashnagan
davr bo‘ldi. U nafaqat ilmiy ishlarga katta e’tibor qaratgan, balki Samarqandni madaniy
va ilmiy markazga aylantirish uchun ko‘plab madrasalar, masjidlar va boshqa inshootlar
qurdirgan. Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan eng mashhur madrasalardan biri
Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasidir. Bu madrasa 1417-1420-yillarda qurilgan bo‘lib,
unda matematika, astronomiya, falsafa va adabiyot fanlari o‘qitilgan. Ulug‘bek
madrasasida jahondagi eng yirik olimlardan biri bo‘lgan Abdurahmon Jomiy,
shuningdek, boshqa mashhur mutafakkirlar dars bergan. Ularning bilim va tajribalari
o‘quvchilarga katta ta'sir ko‘rsatgan. Madrasada o‘qitiladigan fanlar o‘quvchilarga keng
bilim berishga qaratilgan edi. Astronomiya darslari davomida Ulug‘bek o‘quvchilarga
amaliy kuzatuvlar olib borishni, yulduzlar harakatini o‘rganishni va ilmiy usullardan
foydalanishni o‘rgatgan. Ulug‘bekning ta'lim muassasasida ko‘plab yirik olimlar,
masalan, Ali Qushji, Jamshid al-Kashi kabi astronomlar tahsil oldilar. Ular
Ulug‘bekning ilmiy merosini davom ettirib, yangi ilmiy yutuqlarga erishdilar.
Ulug‘bek Samarqandda ulkan observatoriya tashkil etgan bo‘lib, bu o‘quvchilar
uchun amaliy tajriba va kuzatuvlarni o‘tkazish imkonini berdi. Bu observatoriya
zamonining eng ilg‘or astronomik asboblari bilan jihozlangan edi. O‘quvchilar,
Ulug‘bekning rahbarligida, astronomik jadvallarni tuzish, yulduzlar va sayyoralarning
harakatini kuzatish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordilar.
Ulug‘bek, o‘zining ilmiy faoliyati davomida, ilmiy asarlarni yozishni davom
ettirdi. Bu asarlar, jumladan, “Zij-i Sultoni” astronomik jadvali va boshqa ilmiy ishlar,
o‘quvchilarga yangi bilimlarni o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Shuningdek, “Tarixi Arba ulus” asari orqali Ulug‘bek, ilm-fan va madaniyatning
tarixini yozishga ham e’tibor qaratdi, bu esa o‘quvchilarga tarixiy va madaniy kontekstni
o‘rganishda yordam berdi. Ulug‘bek ta’lim tizimi va ilmiy tadqiqotlari orqali O‘rta
Osiyo va boshqa mamlakatlar orasida ilmiy va madaniy muloqotni mustahkamladi. U
o‘quvchilarga nafaqat mintaqaviy, balki global ilmiy yutuqlarni o‘rganish imkonini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
122
berdi. Ulug‘bek siyosiy muammolar va ichki nizolar bilan ham kurashgan. Amir
Temurning ulkan imperiyasi uning davriga kelib parchalanayotgan edi. Ulug‘bekning
o‘g‘li, Abdu Latif, siyosiy raqiblar bilan birlashib, otasiga qarshi fitna uyushtirgan.
1449-yilda Ulug‘bek o‘z o‘g‘li tomonidan qatl etilgan.
Ulug‘bekning yulduzlar jadvali va boshqa ilmiy ishlari asrlar davomida o‘z
ahamiyatini saqlab kelgan. Uning observatoriyasi 20-asr boshlarida arxeolog V. L.
Vyatkin tomonidan qayta topilgan va ilm-fan tarixiga katta hissa qo‘shgan asarlar
sifatida qayta o‘rganilgan.
Bir qator olimlar Mirzo Ulug‘bekni nafaqat buyuk astronom va matematik, balki
ilmiy madaniyatni rivojlantirgan yuksak shaxs sifatida yodga olganlar. Ularning fikrlari
uning fan va jamiyatdagi o‘rni haqida katta tasavvur beradi.
George Sarton Mirzo
Ulug‘bek haqida “Introduction to the History of Science” nomli ko‘p jildli asarida aytib
o‘tgan. Ushbu asar ilm-fan tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda u islom olami ilm-
fanining oltin davri haqida ham batafsil ma’lumot beradi. Sarton Ulug‘bekni o‘rta
asrlardagi eng yuksak astronomlardan biri deb e’tirof etadi va uning Zij-i Sultoni
yulduzlar jadvalining aniqligini yuksak baholaydi. Sarton, shuningdek, Ulug‘bekning
Samarqandda barpo etgan observatoriyasi haqida ham maqtov bilan so‘z yuritadi. Sarton
Mirzo Ulug‘bekning ilm-fan sohasidagi hissasini yuqori baholagan. U Ulug‘bekni faqat
urush va bosqinchilik bilan emas, balki ilmiy yutuqlari bilan ham mashhur bo‘lgan
tarixiy shaxs deb ta'kidlaydi. Sarton Ulug‘bekning astronomiyaga bo‘lgan cheksiz
qiziqishini alohida e’tirof etib, uning Samarqandni nafaqat siyosiy, balki ilmiy markazga
aylantirganini ta'kidlaydi. Ayniqsa, Ulug‘bekning yulduzlar jadvali va observatoriyasi
o‘z davri uchun misli ko‘rilmagan darajada aniq va muhim ilmiy asarlar hisoblangan va
Tycho Brahe kashfiyotlarigacha o‘z nufuzini saqlab qolgan edi deya takidlaydi. [1]
Vasiliy Vyatkin, taniqli sovet arxeologi va sharqshunos, Ulug‘bekning
Samarqanddagi observatoriyasini qayta kashf qilgan va tadqiqotlar olib borgan. U
Ulug‘bekni nafaqat buyuk astronom, balki ilm-fan homiysi va donishmand hukmdor
sifatida ulug‘laydi. Vyatkinning so‘zlariga ko‘ra, Ulug‘bekning ilm-fan va ma’rifatga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
123
qaratilgan sa’y-harakatlari musulmon dunyosining madaniy va ilmiy yuksalishiga katta
ta’sir ko‘rsatgan. U Ulug‘bekning ilmiy ishlarini Yevropa fani uchun katta ahamiyatga
ega deb baholaydi va uni “osmon yulduzlarini o‘rganishga bag‘ishlangan hukmdor” deb
ataydi. [2] Edward Stewart Kennedy, musulmon astronomiyasi bo‘yicha yetuk
mutaxassis, Ulug‘bekning Zij-i Sultonini “o‘z davri uchun eng muhim va aniqlikda
tengsiz astronomik asar” deb ta’riflagan. Kennedy Ulug‘bekning ilmiy ishlarini
zamonidan ilgarilab ketgan deb hisoblaydi va bu ilmiy asarlarning Yevropada
qo‘llanilganini ta'kidlaydi.[3]
Shu bilan bir qatorda Ming Vasili Vladimirovich Barthold, taniqli rus
sharqshunosi, Ulug‘bekning hayoti va ilmiy merosi haqida chuqur tadqiqotlar olib
borgan. Barthold Ulug‘bekni nafaqat buyuk davlat arbobi, balki fan va astronomiyaga
katta hissa qo‘shgan olim sifatida tasvirlaydi. U Ulug‘bekning ilm-fan rivojiga bo‘lgan
qiziqishini, Samarqandda astronomik rasadxonani barpo etganini va zamonasining eng
ilg‘or astronomik asarlarini yaratganini yuqori baholaydi. Barthold, shuningdek,
Ulug‘bekning hukmdorlik faoliyati haqida ham yozib, uni murakkab tarixiy sharoitda
davlatni boshqargan arbob sifatida ko‘rsatadi.[4]
XULOSA
Chet el olimlari Mirzo Ulug‘bekni nafaqat o‘z davrining eng yirik
astronomlaridan biri sifatida, balki ilmiy metodologiya va ma'rifat tarqatishdagi roli
bilan ham tan olishadi. U o‘z asarlarida matematikani va astronomiyani birlashtirib,
ilmiy tadqiqotlarda yangi usullarni joriy etgan. Mirzo Ulug‘bekning hayoti va ilmiy
merosi chet el olimlari tomonidan yuqori baholanadi. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston,
balki butun insoniyat tarixida muhim o‘rin egallaydi. U zamonining eng ilg‘or fikrlarini
rivojlantirgan va bugungi kunda ham ilm-fan sohasida ilhom manbai bo‘lib qolmoqda.
Mirzo Ulug‘bekning ta'limiy faoliyati O‘rta Osiyo ilm-fanining rivojlanishida juda
muhim rol o‘ynadi. U o‘z madrasasida ilg‘or ta'lim tizimini yaratgan va o‘quvchilarni
keng bilim bilan ta’minlagan. Uning ilmiy asarlari va observatoriyadagi faoliyati esa
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
124
o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan boyitdi, bu esa bugungi kunda
ham ilm-fan va ta’lim sohalarida ilhom manbai bo‘lib qolmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Sarton, G. (1952). Introduction to the History of Science. Waltham, MA:
Chronica Botanica.
2. Раскопки обсерватории Улугбека проводились В. Л. Вяткиным в 1908–
1909 годах и в 1914 году.
3. Edward Stewart Kennedy 1956: A survey of Islamic astronomical
tables, Transactions of the American Philosophical Society, N. S. Vol. 46, Part
2 ISBN 0-87169-462-X.
4. Ming Vasili Vladimirovich Barthold «Улугбек и его время» Mirzo Ulug‘bek,
No. 1, 1935, ISSN 0567-4980
.