https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
19
QOBILIYATNI O‘RGANISH TEST TOPSHIRIQLARINI TANLASH
Muallif:TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
“Pedagogika va psixalogiya” fakulteti 3-bosqich talabasi
Valijonova Kamola Shavkat qizi
Ilmiy rahbar:Akbaraliyeva Asila Tojiddinovna
Elektronmanzil:kamolavalijonova7@gmail.com
Anotatsiya:Qobiliyatni o‘rganish uchun test topshiriqlari turli sohalarda
foydalanilishi mumkin.Ular odatda bugungi kunda o‘quvchilarning,talabalar yoki
ishchilarning qobilyatlari va bilimlarini baholashda qo‘llaniladi.Ushbu maqola
bugungi kundagi talaba va yoshlarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va
rivojlantirishga qaratilgan.
ПОДБОР ЗАДАЧ ДЛЯ ПРОВЕРКИ СПОСОБНОСТЕЙ
Автор: ТАШКЕНТСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ ПРИКЛАДНЫХ НАУК,
Факультет “Педагогика и психалогия” студентка 3 курса
Валижонова Камола Шавкатовна
Научный руководитеь:Акбаралиева Асила Тожиддиновна
Адрес електронной почты:kamolavalijonova7@gmail.com
Аннотация:Тестовые задания на способность к обучению можнао
использовать в различных областях. Сегодня они обычно используются для
оценки навыков и знаний студентов,или работников.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
20
Kirish.
Qobiliyat-insonning individual salohiyati,imkoniyatlari.Qobiliyat bilimdan
keskin farqlanadi,bilim mutolaa natijasi hisoblanadi.Qobiliyat shaxsning psixalogik va
fizialogik tuzilishining xususiyati sanaladi.
Asosiy qism.
Qobiliyat konikma, malakadan farq qiladi.Qobiliyat insonga berilgan
in’om sifatida qaraladi.Aksaiyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat
aynanlashtiriladi.Qobiliyat inson tomonidan ko‘nikma va malakalarning egallanishi
jarayonida takomillashib boradi.Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab
psixalogik tushunchadan tashkil topgan bo‘lib,u faoliyat talablariga mutanosib
xususiyatlar tizimini o‘z ichiga oladi.Shuning uchun qobiliyat deganda birorta
hususiyatning o‘zini emas balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va
shu faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlashga imkoniyat beradigan
xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim.Barcha qobiliyat uchun tayanch xususiyat-
kuzatuvchanlikda,ya’ni insonning fahmlash,obektdan u yoki bu alomatlarni ko‘ra
bilish,ajrata olish ko‘nikmasidir.Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan biri narsa va
hodisalar mohiyatini ijodiy tasavur qilishdir.U shaxsning shakillanishi va rivojlanishi
natijasi bo’lishi bilan birga,tabiiy manbaga ham ega.Bu tabiiy manba ko‘pincha zehn
tushunchasi bilan yuritiladi.Zehn muayyan bir faoliyatga uoki ko‘plab narsalarga
ortiqcha qiziquvchanlikda,moyillikda,intilishda namoyon bo‘ladi.
Qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi.Umumiy qobiliyat deganda
yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi.Qobiliyat tabiiy ravishda shakillanishi
va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin.Qobiliyatning yuqori darajasi iste’dod
va daholikda namoyon bo‘ladi.Qobiliyatlar aslida tug‘ma bo‘lsada uning rivojlanishi
ijyimoiy muhitga ham bog‘liq bo‘ladi.
Qobiliyat – bu muayyan bir turdagi faoliyatni muvoffaqiyatli amalga oshirish
uchun shart bo‘lgan insoniy xususiyatlar.Qobiliyat faoliyat jarayonida (xususan
tarbiyaviy) moyillikda rivojlanadi.qobiliyat shaxsning bilim,ko‘nikma va qobiliyatlari
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
21
bilan chegaralanmaydi.Ular muayyan faoliyat usullari va usullarni ozlashtirish
tezligi,chuqurligi va kuchida namoyon bo‘ladi va ularni egallash imkoniyatini
belgilaydigan ichki ruhiy regulyatorlardir. V.D.Shadrikovning fikricha,qobiliyatlar – bu
individual psixik funktsiyalarni amalga oshiradigan,individual ifoda o‘lchoviga ega
bo‘lgan va faoliyatni rivojlantirish va amalga oshirishning muvaffaqiyati va sifat
jihatidan o‘ziga xosligida namayon bo‘ladigan funktsional tizimlarning
xususiyatlari.Qobiliyat moyillik va resurslar bilan birgalikda inson psixikasiningbir
sohasiga,psixik hodisalariga kiradi,ular faoliyatning barcha turlarini,umuman
hayotni,shu jumladan hayotiylikni ta’minlashga qaratilgan.
1.Intellektual qobiliyatlar axborotni idrok etish,qayta ishlash va muammolarni hal
qilish qobiliyat bilan bog‘liq.Bularga mantiqiy fikrlash,diqqat,xotira kiradi.
2.Ijodiy qobiliyatlar – yangi va o‘ziga xos narsalarni yaratish qobiliyati,masalan
badiiy ijodkorlik yoki ixtirochilik.
3.Jismoniy qobiliyat deganda jismoniy chidamlilik,kuch va harakatlarni
muvofiqlashtirish tushuniladi.Masalan sport yoki raqsda.
4.Ijtimoiy
qobiliyatlar
– odamlarga jamiyatda samarali munosabatda
bo‘lish,munosabatlarni o‘rnatish va jamoada ishlashga yordam beradigan qobiliyatlar.
Qobilyatlarning miqdori va tavsifi
Psixalogiyada qobiliyatlar individual psixalogik xususiyatlar sifatida tavsiflanadi
va buning asosida tafovutlanadigan xislatlar fazilatlar yotadi.Shuning uchun har bir
shaxsda bir xil natija bir xil sifat kutish mumkin emas,chunki insonlar o‘z qobiliyatlari
bo‘yicha bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar,binobarin ular o‘rtasidagi farqlar
sifat va miqdor jihatidan bo‘lishi mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
22
Qobiliyatning tabiiy asoslari
Odatda qobiliyatlar insonga shaxsning barcha individual psixalogik xususiyatlar
kabi tabiat tomonidan tug‘ma ravishda tayyor holda berilmaydi.Balki hayot davomida
va faoliyat jarayonida shakillanadi.Ilmiy psixalogiya qobiliyatlarning noma’lum tabiiy
omillar tomonidan azaliy belgilanishi to‘g‘risidagi tasavvurlarga qarshi zarba beradi.
F.A.Galling
fikricha,odamning hamma qobiliyatlari “aql” va “qobiliyat” sifatlari
miya yarim sharlarida o‘zining maxsus qat’iy markazlariga ega, ya’ni bu sifatlarning
taraqqiyot darajasi miya tegishli qismlarning miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
1675-yilda
F.Galtonning
“Talantning irsiyatga bog‘liqligi qonunlari va
oqibatlari”degan kitobi nashr etildi.Bunda muallif bir necha yuzlab mashhur
kishilarning qarindoshlik aloqalarini o‘rganib,qobiliyat ota-onadan irsiyat yo‘li orqali
o‘tadi degan xulosaga kelgan.Biroq Galtonning xulosalariilmiy jihatdan asoslanmagan
edi.
Qobiliyat borasidagi psixologik nazariyalar
G‘arbiy Yevropalik olimlar psixologiyadagi irsiyat nazariyasiga qarshi
chiqdilar.Masalan,shveysariyalik psixolog V.Boven qalbaki doktirina deb tarbiyaviy
tadbirlardan voz kechish jinoyat bo‘lur edi,deb ta’kidlaydi.
Ingiliz bioximigi
S.Gouz
kishi qobiliyatning rivojlanishi uchun to‘siqlar
biologiyaga qaraganda ijtimoiy sharoitda ko‘proqdir,deb uqtiradi.
Ingiliz psixologi,
D.Kidjin
ham aynan shunday xulosaga kelib,tarbiyaning kishi
intellektual rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir haqida fikr yuritiladi.Ikkinchi
konsepsiyaning vakillari qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning ijtimoiy sharoiti
belgilaydi deb uqtiradilar
Mamlakatimiz psixologi
M.Davletshin
texnikaviy qobiliyat ustida tadqiqot ishlari
olib borgan yetakchi mutaxassis hisoblanadi.Muallif texnikaviy qobiliyat deganda
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-5_ Январь-2025
23
shaxsning individual psixik xususiyatlaridan tuzilgan shunday o‘ziga hos birikmalarni
tushunadiki,u shaxsning texnikaviy faoliyatiga yaroqlilik darajasini va u bilan
muvoffaqiyatli ravishda shug‘llana olishini aniqlaydi.
M.G.Davletshin ham an’anaviy yo‘lda borib texnikaviy qobiliyatlarni ikkita o‘sha
nomdagi tipga ajratadi hamda yetakchi tayanch xususiyatarini o‘zgarishsiz
qoldiradi.Lekin boshqalardan farqli o‘laroq,bunda yetakchi xususiyatlar rivojlangan
texnikaviy fikrlash va fazoviy tassavurlardan iboratdir
Keyingi yillar ichida o‘zbekiston psixologiyasida ham qobiliyat va iste’dod
masalalari bo‘yicha bir qancha psixologlar bir qancha ish olib bormoqdalar.Bu sohada
B.R.Qodirov,B.S.Sodiqov,E.G‘.G‘oziyev,V.A.Tokareva,Z.Nishonovalarning tadqiqot
ishlari ma’lum bo‘lib,qobiliyat,iste’dod tushunchalariga o‘z ta’riflarini berganlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.N.S.Safayev,N.A.Mirashirova,N.G.Odilova
“Umumiy
psixalogiya
nazariyasi va amliyoti”
2.F.I.Xaydarov N.I.Xalilova “Umumiy psixologiya”