Mualliflar

  • Safarova Shahlo Abdurasul qizi

Muallif biografiyasi

  • Safarova Shahlo Abdurasul qizi

    mustaqil izlanuvchisi

    O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahar
    Gulxayoxolboyevna@gmail.com +998902863090

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.130235

Kalit so‘zlar:

gandbol yosh sportchilar jismoniy sifatlar innovatsion texnologiya mashg‘ulot metodikasi trening pedagogik yondashuv.

Annotasiya

Maqolada yosh gandbolchilarning jismoniy sifatlarini – kuch, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik va muvozanatni – rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion texnologiyalar va zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot asosida joriy etilgan mashg‘ulot metodikasi va trening texnologiyalari yosh sportchilarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beruvchi uslub sifatida asoslanadi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

21-to’plam 1-son Iyul 2025

327

INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA YOSH

GANDBOLCHILARNING JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH

Safarova Shahlo Abdurasul qizi, mustaqil izlanuvchisi

O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahar

Gulxayoxolboyevna@gmail.com +998902863090

Annotatsiya. Maqolada yosh gandbolchilarning jismoniy sifatlarini – kuch,

tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik va muvozanatni – rivojlantirishga xizmat qiluvchi

innovatsion texnologiyalar va zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi.

Tadqiqot asosida joriy etilgan mashg‘ulot metodikasi va trening texnologiyalari yosh

sportchilarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beruvchi uslub sifatida

asoslanadi.

Kalit so‘zlar: gandbol, yosh sportchilar, jismoniy sifatlar, innovatsion

texnologiya, mashg‘ulot metodikasi, trening, pedagogik yondashuv.

Аннотация. В данной статье анализируются инновационные

технологии и современные педагогические подходы, направленные на развитие

физических качеств юных гандболистов – силы, быстроты, выносливости,

гибкости и равновесия. Методика тренировок и тренировочные технологии,

внедрённые на основе исследования, рассматриваются как эффективный

способ всестороннего развития молодых спортсменов.

Ключевые слова: гандбол, юные спортсмены, физические качества,

инновационные технологии, методика тренировок, тренинг, педагогический

подход.

Abstract. This article analyzes innovative technologies and modern

pedagogical approaches aimed at developing the physical qualities of young handball

players – strength, speed, endurance, flexibility, and balance. The training

methodology and technologies introduced based on the research are presented as an

effective means for the comprehensive development of young athletes.

Keywords: handball, young athletes, physical qualities, innovative


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

21-to’plam 1-son Iyul 2025

328

technology, training methodology, workout, pedagogical approach.

Sport turlarini rivojlantirish, xususan, yosh sportchilarning jismoniy

tayyorgarligini takomillashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa,

15–16 yoshli gandbolchilar uchun bu davr intensiv o‘sish va har tomonlama jismoniy

rivojlanish bosqichi bo‘lib, ularda kuch, chidamlilik, tezlik, chaqqonlik kabi muhim

jismoniy sifatlarning shakllanishi yuz beradi.

Gandbol o‘yini yuqori harakat faolligi, murakkab texnika va taktikani talab

qilgani uchun sportchilarda jismoniy tayyorgarlik darajasi o‘yin samaradorligining

asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Biroq amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki,

mashg‘ulotlarda odatiy, takroriy usullar qo‘llanilishi sportchilarning jismoniy

salohiyatini to‘laqonli rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda. Shu sababli zamonaviy

pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va raqamli monitoring

vositalarini joriy etish zarurati ortib bormoqda.

Innovatsion texnologiyalar yordamida yosh sportchilarning harakat faolligi,

psixofiziologik holati, motivatsiyasi va mustahkam irodasini rivojlantirishga erishish

mumkin. Mazkur mavzuning dolzarbligi aynan mana shu ehtiyoj bilan izohlanadi –

ya’ni yosh gandbolchilarning jismoniy sifatlarini samarali, maqsadli va ilmiy asosda

rivojlantirish zaruratidir.

Tadqiqotning maqsadi

Yosh gandbolchilarning jismoniy sifatlarini oshirishga xizmat qiluvchi

innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotda sinab ko‘rish.

Tadqiqot davomida quyidagi usullar qo‘llanildi:

Ilmiy va uslubiy adabiyotlar tahlili;

Tajriba-sinov mashg‘ulotlari (6 oy davomida);

Diagnostika testlari (30m yugurish, uch hatlab sakrash, tibbiy to‘p uloqtirish

va Kuper testi);

Metrik tahlil va statistik qayta ishlash (variatsiya koeffitsienti asosida).

Tadqiqotning obyekti:

Samarqand Olimpiya zaxiralari kolleji tadqiqot obyekti qilib olindi va ushbu

kollejning dastlabki tayyorgarlik bosqichiga tanlab olingan 15-16 yoshli


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

21-to’plam 1-son Iyul 2025

329

gandbolchilarning 12 nafari tanlab olindi va ularning jismoniy tayyorgarligi olti oy

mobaynida nazorat qilindi.

Ilmiy tadqiqot uslublari:

Ilmiy adabiyotlarni o‘rganish uslubi.

Test me’yorlarini qabul qilish.

Matematik statistika uslubi.

Yosh gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda an’anaviy

mashg‘ulot tizimlari ko‘pincha standart va takroriy yondashuvlarga asoslanadi. Shu

sababli, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda samaradorlikni ta'minlash uchun yangicha

yondashuvlar, ya’ni innovatsion uslublar yoki trening vositalari ishlab chiqishga

ehtiyoj mavjud.

1-jadval

15–16 yoshli gandbolchilar uchun jismoniy sifatlarni rivojlantirishga

mo‘ljallangan trening uslubi

Bosqich

Mashg‘ulot

yo‘nalishi

Mashq turlari

Innovatsion

elementlar

Mashg‘ulot

maqsadi

1.

Tayyorlov

bosqichi

(1–2

hafta)

Umumiy

jismoniy

faollikni

oshirish

Engil yugurish,

umumiy

rivojlantiruvchi

mashqlar,

cho‘ziluvchanlik

mashqlari

Video-yordamli

mashqlar, mobil

ilova

bilan

baholash

Sportchilarni

mashg‘ulot

rejimiga

moslashtirish

2. Asosiy

bosqich

(3–8

hafta)

Kuch,

chidamlilik,

tezlik

va

egiluvchanlik

Reaksiyaga

asoslangan

yugurishlar,

sakrashlar, to‘p

uloqtirish,

aylanma

mashqlar

QR-kodli

monitoring,

o‘yinli elementlar

bilan trening

Jismoniy

sifatlarni

maqsadli

ravishda

rivojlantirish

3.

Tezlik-

Individual tezlik Virtual baholash Sportchilarning


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

21-to’plam 1-son Iyul 2025

330

Yakuniy

bosqich

(9–12

hafta)

koordinatsiya,

muvozanat,

o‘yin

texnikasi

sinovlari, o‘yin

holatidagi

harakatlar,

muvozanat

mashqlari

tizimi,

mashg‘ulotni

videoga olish

musobaqaga

tayyorligini

shakllantirish

O‘yinli elementlar: murakkab mashqlar soddalashtirib, raqobat shaklida

o‘tkaziladi (masalan, "kim tezroq yuguradi", "to‘pni ko‘proq uloqtiradi").

Sport amaliyotida o‘lchash natijalarining tebranuvchanligi variatsiya

koeffitsientining qiymatiga bog‘liq holda quyidagicha baholanadi:

0 ÷ 10% — kichik;

11 ÷ 20% — o‘rtacha;

V > 20% — katta.

2-jadval

Yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash

Jismoniy

sifat

Test nomi

O‘lchov

birligi

Baholash

mezoni

(yaxshi

ko‘rsatkich

)

Test maqsadi

Tezlik

30

metrga

yugurish

Sekund

(sek.)

4.8 sek.

Tezkorlik

darajasini aniqlash

Kuch

700 g tibbiy

to‘pni

uloqtirish

Metr

24 m (o‘ng

qo‘l bilan)

Yelkama-bel

mushaklari

kuchini aniqlash

Chidamlilik

6 daqiqalik

Kuper testi

Metr

2500 m

Yurak-qon tomir

va

nafas

olish

chidamliligini

baholash

Chaqqonlik

Makkajo‘xor Sekund

9.5 sek.

Harakatdagi


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

21-to’plam 1-son Iyul 2025

331

i

yugurish

(shakl:

3x10m)

yo‘nalishni

tez

o‘zgartirish

qobiliyatini

aniqlash

Sakrash

kuchi

Uch

hatlab

sakrash

Santimet

r (sm)

720 sm

Oyoq

mushaklarining

kuch

va

chaqqonlik

salohiyatini

aniqlash

Egiluvchanli

k

Oldinga

egilish

(qomat test)

Santimet

r

15 sm

Bel

va

son

mushaklarining

cho‘ziluvchanligin

i aniqlash

Muvozanat

“T”

test

(konuslar

atrofida

harakat)

Sekund

10 sek.

Koordinatsiya va

muvozanatni

baholash

Yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashda testlash

muhim diagnostik vosita hisoblanadi. Tadqiqot davomida yosh gandbolchilarning

jismoniy sifatlarini aniqlashga xizmat qiluvchi maxsus testlar tanlab olindi. Har bir

test ikki martadan bajarildi va eng yaxshi natija hisobga olindi. Testlar mashg‘ulot

bosqichining boshida (boshlang‘ich holat) va oxirida (yakuniy holat) o‘tkazildi.

Natijalar matematik-statistik usullar – o‘rtacha qiymat (

𝑋

± S), variatsiya

koeffitsienti (V%) kabi mezonlar orqali tahlil qilindi.

Quyidagi jismoniy sifatlar va ularni o‘lchash testlariga alohida yondashuv

ishlab chiqildi:

Tezlik – 30 metrga yugurish testi orqali baholandi. Bu mashq sportchining

qisqa masofadagi maksimal harakat tezligini aniqlashga xizmat qiladi. Gandbol


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

21-to’plam 1-son Iyul 2025

332

o‘yinida qarshi hujum, himoyadan hujumga o‘tish yoki to‘p uchun kurashish

jarayonlarida tez harakat muhim omil bo‘lib, 4,8 sekund va undan past

ko‘rsatkichlar yuqori sport salohiyatini ifodalaydi.

Kuch – 700 grammli to‘pni uloqtirish bilan o‘lchandi. Ushbu test yelka,

qo‘l va bel mushaklarining kuch salohiyatini aniqlash imkonini beradi. To‘pni uzoq

va kuchli uloqtirish, ayniqsa, zarba berish texnikasi uchun muhim. Natijalar qancha

katta bo‘lsa, sportchining kuch darajasi shuncha yuqori hisoblanadi.

Chidamlilik – 6 daqiqalik Kuper testi orqali baholandi. Bu test sportchining

yurak-qon tomir va nafas olish tizimining ishlash samaradorligini aniqlaydi. Uzoq

davom etadigan o‘yinda kuch va tezlikni saqlab qolish qobiliyati aynan chidamlilik

bilan chambarchas bog‘liq. 2500 metr va undan ortiq natijalar yaxshi tayyorgarlik

darajasini bildiradi.

Chaqqonlik – 3x10 metr masofaga “Makkajo‘xori yugurishi” orqali

aniqlanadi. Sportchi bu testda tez-tez yo‘nalish o‘zgartirib yuguradi. U o‘yinda tez

qaror qabul qilish, harakatni aniqlik bilan yo‘naltirish qobiliyatini baholaydi. 9,5

sekunddan past natijalar chaqqonlik darajasining yuqoriligini ko‘rsatadi.

Sakrash kuchi – Uch hatlab sakrash testi orqali baholandi. Oyoq

mushaklarining portlovchi kuchi, chaqqonligi va dinamizmini aniqlash uchun

samarali vositadir. Bu, ayniqsa, gandbolda sakrab to‘p uzatish, zarba berish yoki

raqibdan to‘pni olib qo‘yishda ahamiyatlidir. 720 sm va undan yuqori natijalar

yaxshi tayyorgarlik ko‘rsatkichidir.

Egiluvchanlik – Oldinga egilish testi orqali baholandi. Bu test bel, orqa va

son mushaklarining cho‘ziluvchanlik darajasini aniqlashga xizmat qiladi.

Egiluvchanlik sport jarohatlarini kamaytirish va harakat amplitudasini oshirishda

muhim rol o‘ynaydi. 15 sm va undan ortiq natijalar egiluvchanlikning yetarliligini

bildiradi.

2-jadval

Yosh gandbolchilarning jismoniy tayyorgarlik ko`rsatgichlari tahlili

Ko‘rsatkich nomlari

Tadqiqot boshida Ẋ ±

V, %

Tadqiqot oxirida Ẋ ±

V, %


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

21-to’plam 1-son Iyul 2025

333

30 m ga yugurish (sek.)

4,9 ± 0,26 (5,3%)

4,6 ± 0,22 (4,7%)

Uch hatlab sakrash (sm)

692,9 ± 27,6 (3,9%)

750,4 ± 21,7 (2,8%)

700 gr to‘pni otish, m:

O‘ng qo‘l

21,5 ± 1,7 (7,9%)

25,2 ± 1,3 (5,1%)

Chap qo‘l

10,5 ± 1,3 (12,3%)

14 ± 1 (7,1%)

Ikki qo‘llab

7,9 ± 1,4 (17,7%)

10 ± 1 (10%)

Moki-simon

yugurish

(88-90 m)

26,4 ± 1,5 (5,6%)

23,9 ± 0,79 (3,3%)

6 daqiqalik Kuper testi

(m)

2288,2 ± 111 (4,8%)

2568,8 ± 79,5 (3,0%)

Muvozanat va koordinatsiya – “T” test (konuslar atrofida yugurish) orqali

o‘lchandi. Bu test sportchining burilish, to‘xtash, yo‘nalish o‘zgartirish va

harakatdagi muvozanatni saqlash qobiliyatini baholaydi. 10 sekund va undan past

natijalar yaxshi koordinatsiya va muvozanatga ega bo‘lgan sportchini ifodalaydi.

Umuman olganda, test natijalari yosh gandbolchilarning jismoniy

tayyorgarlik darajasini ilmiy asosda baholashga, individual mashg‘ulot rejasini

tuzishga va ularning sport salohiyatini rivojlantirishda samarali qarorlar qabul

qilishga imkon yaratdi.

XULOSALAR

Yosh gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligini baholashda tizimli testlash

usullaridan foydalanish sportchilar salohiyatini aniqlash va rivojlantirishda muhim

ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot davomida qo‘llanilgan testlar — tezlik, kuch,

chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik va muvozanat kabi jismoniy sifatlarni

o‘lchashga qaratilgan bo‘lib, ularning natijalari yosh sportchilarning jismoniy

tayyorgarlik darajasini tahlil qilishga imkon beradi.

Testlar orqali olingan ma’lumotlar asosida:

har bir sportchi uchun individual rivojlanish darajasi aniqlanadi;

mashg‘ulot jarayoniga moslashtirilgan individual yuklama berish imkoniyati

yaratiladi;


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

21-to’plam 1-son Iyul 2025

334

innovatsion trening texnologiyalarining samaradorligi ilmiy asosda

isbotlanadi.

Shuningdek, test natijalarining statistik tahlili jismoniy sifatlarning qaysi

yo‘nalishda kuchli yoki sust rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Bu esa trener va

pedagoglar uchun metodik yondashuvni yangilash, mashg‘ulotlarni takomillashtirish

va musobaqaviy tayyorgarlikni ilmiy asosda olib borish imkonini beradi.

Shunday qilib, jismoniy sifatlarni muntazam testlash va ularning natijalari

asosida trening dasturlarini yangilab borish — yosh gandbolchilarning sport

mahoratini bosqichma-bosqich, samarali rivojlantirishning muhim vositasidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Abdurahmanov F.A., Kariyeva R.R.

Individual texniko-taktik harakatlar

gandbolchilarning himoya va hujumdagi roli

. Toshkent, 2015.

2.

Pavlov Sh.K., Abdurahmanov F.A., Raxmanova M.M.

Gandbol

, o‘quv

qo‘llanma. 2010, 32–45 b.

3.

Pavlov Sh.K., Azizova R.I.

Gandbol – BOSHlar uchun dastur

. 2009.

4.

Pavlov Sh.K., Abdurahmanov F.A.

Gandbolchilarning tayyorgarligi –

UzGIFK

. Toshkent, 2006. 299 b.

5.

Pavlov Sh.K., Tulaganov Sh.F.

Gandbol – umumiy bosqich talabalari

uchun

, o‘quv-uslubiy qo‘llanma. 2015.

6.

Pavlov Sh.K., Yusupov Z.E.

Yosh gandbolchilarning tezkor-kuch sifatlarini

samaradorligini oshirish texnologiyasi

, uslubiy qo‘llanma. 2015.