Mualliflar

  • Otaxonova Dilnozaxon Shokirjon qizi

Muallif biografiyasi

  • Otaxonova Dilnozaxon Shokirjon qizi

    Qo‘qon universiteti Andijon filiali, Tibbiyot fakulteti,
    Davolash ishi yo‘nalishi, 24-02-guruh

    (otaxonovadilnoza926@gmail.com)

    +998930630108

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.130238

Kalit so‘zlar:

ko‘rish qobiliyatining pasayishi tibbiyot talabalari raqamli texnologiyalar ko‘z salomatligi gadjetlardan foydalanish profilaktika sog‘lom raqamli odatlar

Annotasiya

Zamonaviy jamiyatda texnologiyalarning jadal rivojlanishi inson salomatligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yoshlar, jumladan tibbiyot talabalari orasida kompyuter va smartfon kabi gadjetlardan ortiqcha foydalanish tufayli ko‘rish qobiliyatining pasayishi holatlari tobora ko‘paymoqda. Ushbu tadqiqotda Qo‘qon universiteti Andijon filialida tahsil olayotgan tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida ko‘rish muammolari, ularning sabablari va keng tarqalgan simptomlari tahlil qilindi. Olingan natijalar, gadjetlardan noto‘g‘ri va haddan tashqari foydalanish holatlarining ko‘rish salomatligiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniq tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari asosida muammoga qarshi samarali profilaktika va ongli foydalanish choralarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

21-to’plam 1-son Iyul 2025

273

TIBBIYOT TALABALARI ORASIDA KO‘RISH QOBILIYATINING

PASAYISHIGA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING TA’SIRI

Otaxonova Dilnozaxon Shokirjon qizi

Qo‘qon universiteti Andijon filiali, Tibbiyot fakulteti,

Davolash ishi yo‘nalishi, 24-02-guruh

(

otaxonovadilnoza926@gmail.com

)

+998930630108

Annotatsiya: Zamonaviy jamiyatda texnologiyalarning jadal rivojlanishi

inson salomatligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yoshlar,

jumladan tibbiyot talabalari orasida kompyuter va smartfon kabi gadjetlardan

ortiqcha foydalanish tufayli ko‘rish qobiliyatining pasayishi holatlari tobora

ko‘paymoqda. Ushbu tadqiqotda Qo‘qon universiteti Andijon filialida tahsil

olayotgan tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan

so‘rovnoma asosida ko‘rish muammolari, ularning sabablari va keng tarqalgan

simptomlari tahlil qilindi. Olingan natijalar, gadjetlardan noto‘g‘ri va haddan

tashqari foydalanish holatlarining ko‘rish salomatligiga qanday salbiy ta’sir

ko‘rsatishini aniq tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari asosida muammoga qarshi

samarali profilaktika va ongli foydalanish choralarini ishlab chiqish bo‘yicha

tavsiyalar berildi.

Kalit so‘zlar:ko‘rish qobiliyatining pasayishi, tibbiyot talabalari, raqamli

texnologiyalar, ko‘z salomatligi, gadjetlardan foydalanish, profilaktika, sog‘lom

raqamli odatlar

Zamonaviy

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari

hayotimizning

ajralmas qismiga aylangan. Internet, smartfon, kompyuter va boshqa gadjetlardan

foydalanish kundalik faoliyatda qulaylik yaratayotgan bo‘lsa-da, ularning inson

salomatligiga, xususan, ko‘z salomatligiga ta’siri ham dolzarb muammoga

aylanmoqda. Ayniqsa, ta’lim jarayonining raqamlashtirilishi, onlayn darslar,

elektron darsliklar va doimiy ekran qarshisida vaqt o‘tkazish holatlari yoshlar,


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

21-to’plam 1-son Iyul 2025

274

jumladan, tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar orasida ko‘rish qobiliyatining

pasayishiga olib kelmoqda. Uzoq vaqt davomida ekran nurlanishiga qarash,

yoritish sharoitining noto‘g‘riligiga e’tibor bermaslik, ko‘zga dam berilmasligi

kabi omillar ko‘zni zo‘riqtiradi va asta-sekin turli ko‘z muammolariga sabab

bo‘ladi. Mazkur holat kelajakda salomatlik muammolarini kuchaytirishi

mumkinligi tufayli erta aniqlash va oldini olish zarurdir. Tibbiyot yo‘nalishida

tahsil olayotgan talabalar orasida zamonaviy texnologiyalardan — smartfon,

planshet va kompyuterlardan — foydalanish odatlari bilan ko‘rish qobiliyatining

pasayishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash, asosiy xavf omillarini tahlil qilish va

ko‘z salomatligini saqlash bo‘yicha profilaktik tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot

Qo‘qon universiteti Andijon filialining Tibbiyot fakulteti talabalari va professor-

o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazildi. Umumiy hisobda 100 nafar talaba va 30 nafar

o‘qituvchi ishtirok etdi. So‘rovnoma shaklida tashkil etilgan tadqiqotda

respondentlarning gadjetlardan foydalanish vaqti, ko‘rishdagi o‘zgarishlar, ko‘z

bilan bog‘liq simptomlar (qizarish, quruqlik, xiralashish, og‘riq va h.k.) haqida

savollar berildi. So‘rov natijalari tahlil qilinib, yosh guruhlar, foydalanish

chastotasi va simptomlar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanib, grafik va statistik

ko‘rsatkichlar asosida baholandi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, talabalarning 78

foizi kundalik hayotda smartfon yoki kompyuterdan 5 soatdan ortiq foydalanishini

bildirgan. Ularning aksariyatida ko‘zning qizarishi (67%), xiralashish (53%), ko‘z

og‘rishi (45%) va bosh og‘rig‘i (38%) kabi shikoyatlar mavjud bo‘lib, bu holatlar

gadjetlardan foydalanish davomiyligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib chiqqan.

O‘qituvchilar orasida bunday belgilar sezilarli darajada kam kuzatilgan. Bu esa

texnologiyalardan me’yorida va ehtiyotkorlik bilan foydalanish ko‘z salomatligini

saqlashda muhim omil ekanligini tasdiqlaydi.

Xulosa

Olib

borilgan

tadqiqotlar

shuni

ko‘rsatmoqdaki,

zamonaviy

texnologiyalardan me’yordan ortiq foydalanish, ayniqsa yoshlar orasida ko‘z

salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tibbiyot talabalari orasida bu muammo

dolzarb bo‘lib, kelajakda sog‘liq muammolarining kuchayishiga olib kelishi


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

21-to’plam 1-son Iyul 2025

275

mumkin. Shuning uchun, ko‘z salomatligini saqlash maqsadida texnologik

vositalardan foydalanish madaniyatini shakllantirish, muntazam dam olish, ko‘z

mashqlari, yoritish sharoitini to‘g‘ri tashkil etish va sog‘lom raqamli odatlar

bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish muhim hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Gulyamova N.X. Ko‘z salomatligi va texnologik xavf omillari. – Toshkent:

Tibbiyot, 2022. – 154 b.

2.

WHO. Screen time and children’s health. Geneva: World Health

Organization, 2021.

3.

Lee M. et al. “Impact of Digital Devices on Vision in Students.”

Journal of

Eye Health

, 2020; 13(4): 201–210.