Authors

  • Jo‘raqulova Hilola O‘ktam qizi
    Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida prokuror yordamchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.110196

Abstract

Regress majburiyatlar nima va fuqarolik huquqida bu qanday ishlaydi, burgungi kunda regress majburriyatlar dolzard mavzu bo‘lib, zamonaviy tashkilotlar, sug‘urta kompaniyalari ham bundan samarali foydalanishadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

141

REGRESS MAJBURIYATLAR VA REGRESS TALAB

Jo‘raqulova Hilola O‘ktam qizi

Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida prokuror yordamchisi


Regress majburiyatlar nima va fuqarolik huquqida bu qanday ishlaydi, burgungi kunda
regress majburriyatlar dolzard mavzu bo‘lib, zamonaviy tashkilotlar, sug‘urta
kompaniyalari ham bundan samarali foydalanishadi.

Regress majburiyatlar – qaytarma talab bo‘lib, bu bir jismoniy yoki yuridik shaxs
tomonidan boshqa majburiyatli shaxsga taqdim etilgan to‘langan summani qaytarish
bo‘yicha teskari da‘vo hisoblanadi.

Buni misollarda ko‘radigan bo‘lsak, “A” firma mahsulot yetkazib berish bo‘yicha “B”
firma bilan shartnoma qilgan, biroq “A” firma xodimimning texnik xatosi tufayli
mahsulotlar vaqtida yetkazib berilmadi, yetkazib berilgan mahsulotlar esa yetkazib
beruvchining aybi tufayli natijada yicha “B” firmaning huquqlari va qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetdi.
Bunday vaziyatda “A” firma o‘z xodimining mas’uliyatsizligini o‘z hisobidan to‘lab,
ya’ni singan mahsulotlarni boshqasiga almashtirib, shartnoma predmetining kechikkanligi
uchun kompensatsiya qilib beradi.

Regress talab bu yerda qanday ishlaydi?

“A” firma o‘z xodimining aybini xodimidan qaytarma talab qilish orqali moddiy jihatdan
talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Buni o‘zaro kelishuv yoki kelishuvga erishilmagan taqdirda sud orqali undiruvni amalga
oshirsa bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo‘lsak, regress majburiyat “A” firma xodimining o‘z
aybi uchun moddiy talabni majburiyat shaklida bajarishi, regress talab esa firmaning o‘z
huquqlarini xodimdan talab qilib olishi hisoblanib, tashkilotning xodimning yetarli
malakaga ega emasligi va mas’uliyatsizligi uchun to‘lagan navbatdan tashqari, ko‘zda
tutilmagan to‘lovlarini amalga oshirganligi uchun javobgarlik hisoblanadi.
Qonunda bu qanday tartibga solingan -

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining

1001-moddasida

boshqa shaxs (mehnat majburiyatlarini bajarayotgan xodim, transport

vositasini boshqaruvchi shaxs va h.k) tomonidan yetkazilgan zararni to‘lagan shaxs bu
shaxsga nisbatan, agar qonunda boshqacha miqdor belgilanmagan bo‘lsa,

to‘langan tovon


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

142

miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega ekanligi

, birgalikda yetkazilgan

zararni to‘lagan zarar yetkazuvchi zarar yetkazuvchilarning har biridan jabrlanuvchiga
to‘langan tovonning har bir zarar yetkazuvchining aybi darajasiga mos ulushini talab
qilishga haqli bo‘lib, aybning darajasini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda ulushlar teng
baravar deb hisoblanishi belgilangan.
Shuningdek, terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazish natijasida yetkazilgan zararning
o‘rnini qoplagan davlat sodir etilgan aybli harakatlari terrorchilikka qarshi operatsiya
o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan shaxsga nisbatan to‘langan tovon miqdorida qayta talab
qilish (regress) huquqiga ega.
Shu bilan birga, yuqoridagi kodeksning

15-moddasida

davlat organi yoki fuqarolarning

o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan hujjat qabul
qilinishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari
(harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan

zarar

ning o‘rni

davlat tomonidan yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan qoplanishi
lozim.
Bunday zararning o‘rni davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari yoki fuqarolar
o‘zini o‘zi boshqarish organining mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Qoplangan zarar summasi davlat xizmatchilaridan regress tartibida fuqarolik, mehnat
kodeksi asosida undiriladi.

Fuqarolik kodeksining 254-moddasi

da agar qonun hujjatlarida yoki shartnomalarda

boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, solidar majburiyatni bajargan qarzdor o‘z
ulushini chegirib tashlab, boshqa qarzdorlarga teng ulushlarda

regress talabi

qo‘yish

huquqiga ega bo‘ladi.
Solidar va subsidiar javobgarlikda ham regress huquqining amaliyotda ishlashini ko‘plab
ko‘rish mumkin, bu amaliyotning ayniqsa kredit to‘lovlarida banklarning pulni
qaytarishdagi riskni (xavfki tavakkalchilikni) kamaytrish uchun qo‘llaniladi.