ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
207
ZAMONAVIY DARSLARDA OʻZBEK TILINI OʻQITISHNING INNOVATSION
USULLARI
Toʻyliyeva Sevara Erkin qizi
Termiz davlat universiteti 2-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida oʻzbek tilini oʻqitishda
innovatsion yondashuvlarning ahamiyati yoritilgan. Bugungi avlodga bilim berishda faqat
grammatikani oʻrgatish emas, balki milliy qadriyatlar, madaniyat va tafakkurni singdirish
zarurligini ta’kidlangan. Darslar interaktiv, qiziqarli va samarali boʻlishi uchun axborot
texnologiyalaridan, yangi pedagogik metodlardan foydalanish zarurati asoslab berilgan.
Maqolada oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini singdirish, o‘quvchilarda mustaqil
fikrlashni shakllantirish, kreativ yondashuv orqali dars samaradorligini oshirish bo‘yicha
aniq tavsiyalar berilgan. Shuningdek, zamonaviy oʻqituvchining vazifalari va masʼuliyati
yoritilib, innovatsion taʼlim – bu kelajak sari qadam ekani taʼkidlanadi.
KALIT SOʻZLAR:
Innovatsion yondashuv, oʻzbek tili taʼlimi, interaktiv metodlar,
axborot texnologiyalari, mustaqil fikrlash, ta’lim samaradorligi, oʻquvchi markazli
yondashuv, til va madaniyat, zamonaviy oʻqituvchi, milliy ruh va tarbiya, innovatsion
yondashuvlar,til oʻqitish jarayonida texnologiyalardan foydalanish, interaktiv oʻqitish
usullari,raqamli vositalar, oʻquvchi va oʻqituchi hamkorligi, platformlar.
Bugun biz bilim va texnologiyalar rivojlangan zamonda yashayapmiz. Har bir kun oʻz
yangiligini,oʻz talabi va yondoshuvini olib kelmoqda.Ilm, maʼrifat va taʼlim bu jarayonda
oldingi safda turibdi. Ayniqsa, oʻzbek tilini oʻqitish- bu nafaqat bilim berish, balki milliy
ruh, madaniyat va tafakkurni yetkazish oʻzligimizni anglashdir.Bugungi kun darslari
kechagi kabi boʻla olmaydi.Endi bizdan yangilik, izlanish va samaradorlik talab
qilinadi.Shuning uchun ham zamonaviy oʻzbek tili darslarida innovatsion usullardan
foydalanish bugungi kunda zaruriyatga aylandi.Ta'lim tarbiya haqida yurtboshimiz bod-
bod takrorlaydilar.Quyidagi jumlalarida ham aynan ta'lim tarbiya haqida gapirgan.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
208
"Eng katta boylik- bu aql-zakovat va ilm,eng katta meros-bu yaxshi tarbiya,eng katta
qashshoqlik -bu bilimsizlikdir."deya keltirganlar. Til-bu nafaqat soʻzlar jamlanmasi,balki
hayot tarzi. Avvalo,til oʻqituvchisining vazifasi faqat grammatikani tushuntirish emas.Bu
har bir shaxs qalbiga yoʻl topish.Har bir shaxsning oʻz ona tilini qon- qonigacha
singdirish. Bugungi avlod boshqacha ular uchun matn emas, balki harakat,
interaktivlik,hayotiylik muhim.
Innovatsion yondashish kerak. Innovatsion usullar deganda,yangi texnologiyalar,
interaktiv metodlar oʻquvchi markaziga asoslangan yondashuvlar tushuniladi.Endi
oʻqituvchi markazda emas, oʻquvchi markazda turadi.U oʻzi izlanadi, oʻrganadi,
anglaydi.Oʻqituvchi esa yoʻl koʻrsatuvchi, yoʻlboshchi boʻladi. Interaktiv taʼlim- dars
jarayonida oʻquvchilar faolligi yuqori boʻlish kerak, savol-javob, guruhli ishlar,fikr
almashuv, munozara bularning barchasi tilni yaxshi oʻzlashtirish va dars qiziqarli
boʻlishiga xizmat qiladi. Axborot texnologiyalaridan foydalanish - kompyuter,
planshet,smartfonlar yordamida video darslar audio matnlar, testlar,slaydlar turli
platformalar Oʻzbek tili darslarini qiziqarli va samarali qiladi.
Rivojlantiruvchi metodlar tahlil, taqqoslash, insho yozish, badiiy asarlar asosida
topshiriqlar tuzish orqali oʻquvchining tafakkuri,nutqi va dunyo qarashi
shakllanadi.Zamonaviy oʻqituvchi darsga oʻzgacha yondashadi.Chunki U doim oʻz ustida
ishlaydigan, yangiliklar qilishgan intiladigan, texnologiyalardan qoʻrqmaydigan
oʻquvchining tilini topa oladigan shaxsdir. U eski usullar bilan yangi avlodni ilhomlantira
olmaydi.Bu esa yaxshi natija bermaydi.Masalan,"Oʻzbek tili-davlat tili" mavzusida dars
oʻtayotganda oʻquvchilarga davlat tiliga oid videoroliklar namoyish qilinadi,maqola
oʻqitiladi,ular mustaqil fikr bildiradi.shunda dars bahs va tahlil shaklida oʻtadi. Bunday
yondashuv oʻquvchini faollikka undaydi,darsda ishtirok etishga majbur qiladi.
Innovatsiya-bu kelajak sari qadam. Oʻzbek tilini oʻqitishda innovatsion yondashuvlar
-bu shunchaki yangilik emas, balki zaruratdir.Bugun biz oʻzbek tilining goʻzalligini,
boyligini,hayotga yaqinligini yosh avlodga yetkazishimiz shart. Bu esa faqat
yangilikdan,ijodkorlikdan, texnologiyalardan qoʻrqmagan holda oʻqitish orqali amalga
oshadi. Til bu - millat timsoli.Uni oʻrganish ham,oʻrgatish ham yuksak masʼuliyat talab
qiladi. Har bir soʻz, har bir tushuntirilgan fikr - bu kelajak avlod qalbiga singadigan
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6
209
muqaddas saboqdir. Shu sababli ham biz yoshlar innovatsion yondashuvlarni qoʻllab-
quvvatlashimiz va ulardan toʻgʻri foydalanishni oʻrganishimiz kerak.
Xulosa qilib aytganda, oʻzbek tilini oʻqitishda innovatsion yondashuvlardan
foydalanish bugungi kun talabi boʻlib, bu orqali nafaqat bilim, balki milliy qadriyatlar,
madaniyat va tafakkur ham yoshlarga singdiriladi. Zamonaviy taʼlim metodlari –
interaktivlik, texnologiyalardan foydalanish, tahlil va munozaraga asoslangan darslar –
o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytiradi, tilga bo‘lgan mehrini oshiradi. Oʻqituvchi
endilikda faqat bilim beruvchi emas, balki yoʻl ko‘rsatuvchi, ruhlantiruvchi va
ilhomlantiruvchi shaxsga aylanmoqda. Shunday ekan, biz yoshlardan talab qilinadigan
eng muhim jihat – bu doimiy izlanish, yangilikka intilish va innovatsion usullarni
qo‘llashga tayyor bo‘lishdir. Chunki til – bu millat timsoli, uni o‘rganish va o‘rgatish esa
yuksak mas’uliyatdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1. Karimov, I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim va tarbiya tizimini yanada
rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni. – 2023-yil.
3. www.edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim portali.
