Authors

  • Eshqulova Nasiba Normoʻminovna
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.118763

Keywords:

Makroiqtisodiy barqarorlik ichki omillar tashqi omillar I investitsiyalar ekologik barqarorlik

Abstract

Mazkur maqolada milliy iqtisodiyot barqarorligiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tizimli ravishda tahlil qilinadi. YAIM o‘sish sur’ati, inflyatsiya, investitsiyalar, fiskal barqarorlik, infratuzilma va ekologik muvozanat ichki omillar sifatida baholangan. Tashqi omillar sifatida esa eksport-import hajmi, valyuta kursi, xorijiy investitsiyalar, tashqi qarz va global narxlar o‘rganilgan. Tahlillar har bir mamlakatda ushbu omillarning iqtisodiyotga ta’siri farqli bo‘lishini ko‘rsatadi. Ayniqsa, hozirgi globallashuv sharoitida tashqi omillar ta’sirining ortib borayotganligi ularning monitoringi va bahosini dolzarb masalaga aylantiradi.

 


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

277

MAKROIQTISODIY BARQARORLIK OMILLARI

Eshqulova Nasiba Normoʻminovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

“Iqtisodiyot” kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya

Mazkur maqolada milliy iqtisodiyot barqarorligiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar
tizimli ravishda tahlil qilinadi. YAIM o‘sish sur’ati, inflyatsiya, investitsiyalar, fiskal
barqarorlik, infratuzilma va ekologik muvozanat ichki omillar sifatida baholangan. Tashqi
omillar sifatida esa eksport-import hajmi, valyuta kursi, xorijiy investitsiyalar, tashqi qarz
va global narxlar o‘rganilgan. Tahlillar har bir mamlakatda ushbu omillarning
iqtisodiyotga ta’siri farqli bo‘lishini ko‘rsatadi. Ayniqsa, hozirgi globallashuv sharoitida
tashqi omillar ta’sirining ortib borayotganligi ularning monitoringi va bahosini dolzarb
masalaga aylantiradi.

Kalit so‘zlar:

Makroiqtisodiy barqarorlik, ichki omillar, tashqi omillar, I,

investitsiyalar, ekologik barqarorlik

Annotation

This article provides a systematic analysis of the internal and external factors affecting the
stability of the national economy. Internal factors include GDP growth rate, inflation,
investment levels, fiscal stability, infrastructure development, and environmental balance.
External factors such as export and import volumes, exchange rate dynamics, foreign
direct investment, external debt, and global price trends are also examined. The analysis
shows that the impact of these factors varies across countries, depending on their
economic structure. In today's globalized environment, the growing influence of external
factors makes their monitoring and assessment crucial for ensuring sustainable
development.

Keywords:

Macroeconomic stability, internal factors, external factors, investments,

environmental sustainability


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

278

Kirish

Milliy iqtisodiyotning barqarorligi – har qanday davlatning uzoq muddatli ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy tizim
ijtimoiy farovonlik, investitsion jozibadorlik, bandlik darajasi va moliyaviy mustahkamlik
kabi asosiy ko‘rsatkichlarda ijobiy tendensiyalarni saqlab qolish imkonini beradi.
Ayniqsa, globallashuv jarayonlari jadallashgan, geoiqtisodiy notinchlik kuchaygan va
pandemiya, texnologik uzilishlar singari tahdidlar kuchaygan bir sharoitda iqtisodiy
barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarni chuqur tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillaridan boshlab iqtisodiyotda barqarorlikka

erishish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash, islohotlar izchilligi va tashqi xavflarga
nisbatan moslashuvchanlikni oshirishga qaratilgan tizimli choralarni amalga oshirib
kelmoqda. So‘nggi yillarda olib borilayotgan iqtisodiy liberallashtirish, fiskal va pul-
kredit siyosatining izchil yuritilishi, sanoatni diversifikatsiyalash, infratuzilmani
modernizatsiya qilish, eksport salohiyatini kengaytirish kabi yo‘nalishlar milliy
iqtisodiyotning mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, jahon narxlari
o‘zgaruvchanligi, global moliyaviy inqirozlar, mintaqaviy siyosiy beqarorlik, tashqi qarz
dinamikasi kabi tashqi omillar mamlakat iqtisodiyotining barqarorligiga salbiy ta’sir
o‘tkazmoqda.

So‘nggi yillarda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda ekologik barqarorlik masalalari

ham tobora dolzarb tus olmoqda. Iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining cheklanganligi,
havoning ifloslanishi, chiqindilar muammosi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish
iqtisodiy faoliyatga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ekologik muvozanatning buzilishi
ishlab chiqarish hajmi, aholi salomatligi, oziq-ovqat xavfsizligi va energetik xavfsizlikka
tahdid solib, iqtisodiy o‘sish jarayonlarini izdan chiqarishi mumkin. Shu bois, iqtisodiy
barqarorlikni ta'minlashda ekologik omillarni ham strategik rejalashtirish va qarorlar
qabul qilish jarayonlariga integratsiyalash zarur bo‘lmoqda.

Mazkur tadqiqotda iqtisodiy barqarorlikka ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar

tizimi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Jumladan, ichki omillar – ishlab chiqarish
salohiyati, institutsional rivojlanish darajasi, fiskal barqarorlik, mehnat bozori dinamikasi
va infratuzilmaviy rivojlanish holati doirasida baholanadi. Tashqi omillar esa xalqaro
iqtisodiy kon’yunktura, eksport-import ko‘rsatkichlari, valuta bozoridagi o‘zgarishlar,
tashqi investitsiyalar oqimi va tashqi qarz yukining dinamikasi nuqtai nazaridan


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

279

o‘rganiladi. Shuningdek, ekologik barqarorlikni ta’minlashda iqtisodiyot va atrof-muhit
o‘rtasidagi muvozanatni saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Adabiyotlar tahlili

Milliy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash muammosi iqtisodiy adabiyotlarda doimo

markaziy o‘rinda turib keladi. Turli mamlakatlar tajribasiga asoslangan ilmiy tadqiqotlar
bu borada ichki va tashqi omillarning o‘zaro ta’sirini ko‘rsatib beradi.

Burns (1969) o‘zining klassik tadqiqotida iqtisodiy barqarorlikka erishish yo‘lida

fiskal va monetar siyosatning uyg‘unligi muhimligini ta’kidlagan. Uning fikricha,
iqtisodiy sikllarning tabiiy davriyligini e’tiborga olgan holda, barqarorlikka erishish faqat
qisqa muddatli choralar bilan emas, balki uzoq muddatli institutsional islohotlar bilan
bog‘liq bo‘lishi kerak (Burns, 1969).

Chirwa va Odhiambo (2016) tomonidan amalga oshirilgan adabiyotlar sharhida

iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi makroiqtisodiy omillar: inflyatsiya, real foiz stavkalari,
fiskal muvozanat, investitsiya darajasi va tashqi savdo siyosati kabi ko‘rsatkichlar tizimli
yoritilgan. Mualliflar ichki va tashqi omillar uyg‘unligini ta’minlamasdan makroiqtisodiy
barqarorlikni kafolatlab bo‘lmasligini ta’kidlaydilar (Chirwa & Odhiambo, 2016).

Janubiy Osiyo mamlakatlari misolida o‘rganilgan tadqiqotda iqtisodiy o‘sishning

asosiy drayverlari sifatida sanoatlashtirish darajasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar, savdo ochiqligi va ichki investitsiyalarning o‘sishi qayd etilgan (Rahman,
Rana, & Barua, 2019). Mualliflar System GMM yondashuvi orqali uzoq muddatli
barqaror o‘sish uchun fiskal tartib-intizom va institutsional samaradorlik muhimligini
ko‘rsatganlar.

Tanzaniya misolida iqtisodiy o‘sishni jadallashtirgan omillar tahlil qilingan

tadqiqotda infratuzilma rivoji, ijtimoiy barqarorlik, qishloq xo‘jaligi modernizatsiyasi va
siyosiy barqarorlik asosiy sabablar sifatida ajratib ko‘rsatilgan (Byaro, Pelizzo, &
Kinyondo, 2023). Ushbu yondashuv O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar uchun
dolzarb ekani bilan ajralib turadi.

Afrika mamlakatlari misolida olib borilgan tadqiqotda inflyatsiyaning pastligi, savdo

balansining sog‘lomligi, investitsion muhit va hukumat xarajatlarining samaradorligi
iqtisodiy barqarorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan (Oyebowale & Algarhi,
2020). Bu omillar ichki va tashqi makro muhitning uzviy bog‘liqligini aks ettiradi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

280

Eksport va investitsiya munosabatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotda esa eksport

salohiyati yuqori bo‘lgan davlatlarda ichki investitsiyalarning ko‘payishi barqaror
iqtisodiy o‘sishga xizmat qilishi ta’kidlanadi (Bakari, 2022). Xususan, eksport
diversifikatsiyasi iqtisodiy muvozanatni ta’minlovchi strategik omil sifatida baholanadi.

Rossiya

va

MDH

mamlakatlari

doirasidagi

tadqiqotda

makroiqtisodiy

barqarorlikning turli shakllari, jumladan narxlar barqarorligi, moliyaviy muvozanat,
tashqi savdo balansining barqarorligi haqida tushunchalar keng yoritilgan (Mutalimov &
Zenati, 2022).

O‘zbekiston kontekstida olib borilgan tadqiqotlarda iqtisodiy barqarorlikni

ta’minlash uchun eksport tarkibini diversifikatsiyalash, investitsion faoliyatni
rag‘batlantirish, hamda institutsional islohotlarni chuqurlashtirish zarurligi ko‘rsatib
o‘tiladi (Yormonqulova, 2024; Eshqulova, 2023). Ushbu tadqiqotlar ichki siyosiy va
iqtisodiy omillarni chuqur o‘rganishga e’tibor qaratgan bo‘lib, ekologik barqarorlik,
resurslardan oqilona foydalanish va innovatsion rivojlanish masalalariga ham urg‘u
beradi.

Umuman olganda, ilmiy adabiyotlarda iqtisodiy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillar

tizimli tarzda o‘rganilgan bo‘lib, ularning aksariyati milliy makroiqtisodiy siyosat, tashqi
savdo sharoitlari, investitsion muhit va ekologik omillar bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur
maqolada shu omillar O‘zbekiston misolida chuqur tahlil qilinadi.

Tahlil va natijalar muzokarasi

Makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarni, odatda, ichki (endogen) va

tashqi (ekzogen) omillarga bo‘lish mumkin. Bu ikki omillar tizimi o‘zaro chambarchas
bog‘liq bo‘lib, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda ularning muvozanati muhim
ahamiyat kasb etadi.

Milliy iqtisodiyotning ichki barqarorligini baholashda bir qator asosiy

makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan birinchisi – YAIM
(ya’ni, yalpi ichki mahsulot)ning real o‘sish sur’ati bo‘lib, u iqtisodiy o‘sishning miqdoriy
darajasini ifodalaydi. YAIMning barqaror va ijobiy o‘sish sur’atlari mamlakat
iqtisodiyotining sog‘lom rivojlanayotganidan dalolat beradi va iqtisodiy siyosatning
samaradorligini ko‘rsatadi (1-jadval).


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

281

Inflyatsiya darajasi esa narxlar barqarorligining asosiy ko‘rsatkichidir. Yuqori

inflyatsiya aholining xarid qobiliyatini pasaytirib, ijtimoiy norozilikni keltirib chiqarishi
mumkin. Shu bois inflyatsiya darajasini past va boshqariladigan holatda ushlab turish
iqtisodiy barqarorlik uchun muhim omil hisoblanadi.

Ishsizlik darajasi ham iqtisodiy barqarorlikning ijtimoiy o‘lchovi sifatida qaraladi.

Mehnat bozorining barqaror ishlashi, ish o‘rinlarining yetarliligi va ish bilan ta’minlangan
aholi ulushi – aholining real daromadlari va ijtimoiy farovonligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir
qiladi. Yuqori ishsizlik esa iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiruvchi salbiy omil sifatida
baholanadi.

Byudjet taqchilligi yoki ortig‘i (YAIMga nisbatan foizda) fiskal barqarorlik holatini

aks ettiradi. Davlat byudjetining mutanosibligi – ya’ni daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi
muvozanat – davlat moliyasining sog‘lomligini ko‘rsatadi. Doimiy byudjet taqchilligi
moliyaviy beqarorlik va qarz yukining oshishiga olib kelishi mumkin.

Davlat qarzining YAIMga nisbati mamlakatning moliyaviy xavfsizligini belgilovchi

muhim indikatorlardan biridir. Qarz yukining haddan tashqari ortishi kredit reytingining
pasayishiga va moliyaviy mustaqillikning cheklanishiga olib keladi. Shu bois qarz yuki
boshqaruv ostida bo‘lishi zarur.

Shuningdek, investitsiyalar darajasi iqtisodiyotdagi faoliyatning kelajagi haqida

signal beradi. Yuqori investitsion faollik yangi ishlab chiqarish quvvatlarining yaratilishi,
texnologik yangilanish va bandlikni oshiradi, bu esa iqtisodiy barqarorlikni
mustahkamlovchi muhim omildir.

Infratuzilma rivoji – yo‘llar, elektr energiyasi ta’minoti, internet infratuzilmasi –

ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutni
kamaytiradi. Infratuzilmaviy barqarorlik biznes muhitni yaxshilaydi va investorlar uchun
jozibadorlikni oshiradi.

Yana bir muhim omil bu – ekologik ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular CO₂ chiqindilari, suv

resurslaridan foydalanish, chiqindilar hajmi kabi parametrlardan iborat. Ekologik
muvozanat iqtisodiy barqarorlikning barakali rivojlanishini ta’minlaydi. Ekologik
beqarorlik esa sog‘liqni saqlash xarajatlarini ko‘paytiradi, ishlab chiqarishga salbiy ta’sir
qiladi va resurs tanqisligiga olib keladi.

Umuman olganda, mazkur ichki ko‘rsatkichlar iqtisodiy barqarorlikning asosiy

poydevorini tashkil etadi. Ularning har biri alohida ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birga,


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

282

ular o‘zaro chambarchas bog‘liq holda milliy iqtisodiyotning sog‘lom rivojlanishini
belgilaydi.

1-jadval

Makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sir etuvchi ichki omillar

Ko‘rsatkich nomi

Mazmuni

YAIM (real o‘sish sur’ati)

Iqtisodiy o‘sishning umumiy
barqarorligini baholash

Inflyatsiya darajasi

Narxlar barqarorligi, aholi xarid
qobiliyati

Ishsizlik darajasi

Mehnat bozoridagi barqarorlik

Byudjet taqchilligi / ortig‘i

Fiskal barqarorlik, davlat moliyasining
holati

Davlat qarzi

Qarz yukining iqtisodiy barqarorlikka
ta’siri

Investitsiyalar darajasi (YAIM
foizida)

Ichki iqtisodiy faollik va kelajakdagi
o‘sish imkoniyatlari

Infratuzilma indeksi (yo‘llar,
energiya, AKT)

Ishlab chiqarish samaradorligi va
hududiy barqarorlik

Ekologik ko‘rsatkichlar

Barqaror ekologik muhitning iqtisodiy
jarayonlarga ta’siri


Makroiqtisodiy barqarorlikka tashqi omillar orqali ta’sir etuvchi omillar asosan

xalqaro iqtisodiy munosabatlar va global moliyaviy sharoitlar bilan bog‘liqdir. Ulardan
biri — eksport hajmi va tarkibi bo‘lib, u milliy iqtisodiyotning tashqi bozorga
integratsiyalashuv darajasi va eksport diversifikatsiyasining holatini aks ettiradi.
Eksportda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ulushining ko‘pligi iqtisodiy
barqarorlikni mustahkamlaydi, xomashyo eksportiga haddan tashqari tayanish esa tashqi
narxlar tebranishiga bog‘liqlikni kuchaytiradi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

283

2-jadval

Makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sir etuvchi tashqi omillar

Ko‘rsatkich nomi

Mazmuni

Eksport hajmi va tarkibi

Eksport diversifikatsiyasi darajasi

Import hajmi

Iqtisodiy ochiqlik, resurslarga qaramlik

Tashqi savdo balansining saldosi

Valuta barqarorligi va milliy iqtisodiy
xavfsizlik

Xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalar

Tashqi moliyaviy oqimlar barqarorligi

Valyuta kursi (va
o‘zgaruvchanligi)

Pul-kredit siyosati va tashqi
raqobatbardoshlik

Xalqaro zahiralar (oylik importni
qoplash yetarliligi)

Tashqi zarbalarga qarshi moliyaviy
xavfsizlik

Tashqi davlat qarzi (GDP foizida)

Xalqaro qarz xavfsizligi darajasi

Jahon narx indeksi (mamlakat
ekportidagi muhim bo’lgan
mahsulotlar.)

Tovarlar bo‘yicha narx kon’yunkturasi
ta’siri


Import hajmi iqtisodiy ochiqlikning, ya’ni tashqi bozorlarga qaramlikning

ko‘rsatkichidir. Import hajmining yuqoriligi, ayniqsa strategik mahsulotlarda, milliy
ishlab chiqarishning cheklanganligini va tashqi omillarga bog‘liqlikni bildiradi. Bu esa
iqtisodiy xavfsizlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Tashqi savdo balansining saldosi, ya’ni eksport va import o‘rtasidagi farq, valuta

barqarorligi va tashqi to‘lovlar muvozanatini aks ettiradi. Tashqi savdo saldosining
doimiy manfiy holatda bo‘lishi valyuta kursi bosimi, tashqi qarz ehtiyoji va xalqaro
rezervlar kamayishiga olib keladi.

Xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar (FDI) esa mamlakatga kirib kelayotgan

tashqi moliyaviy resurslar va texnologiyalar oqimini bildiradi. Barqaror va yillik asosda
o‘sib boruvchi FDI oqimi iqtisodiyotga ishonch va raqobatbardoshlik darajasining belgisi


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

284

bo‘lib xizmat qiladi. Aksincha, FDI pasayishi tashqi siyosiy va iqtisodiy xavflarning
oshganini ko‘rsatadi.

Valyuta kursi va uning o‘zgaruvchanligi tashqi savdo va investitsiyalarga bevosita

ta’sir ko‘rsatadi. Kursning haddan tashqari o‘zgaruvchanligi eksportchilar va importchilar
uchun noaniqlik tug‘diradi, pul-kredit siyosatining samaradorligini pasaytiradi.

Xalqaro rezervlar, odatda, necha oylik import hajmini qoplashga yetarli darajada

bo‘lishi kerak. Rezervlarning yetarliligi mamlakatning tashqi zarbalarga bardosh berish
qobiliyatini ko‘rsatadi. Ularning kamayishi esa valyuta kursining beqarorligiga va tashqi
moliyaviy tavakkalchilikka olib keladi.

Tashqi davlat qarzining YAIMga nisbati esa xalqaro qarz xavfsizligining muhim

ko‘rsatkichidir. Qarzdorlikning yuqori darajasi byudjet bosimini kuchaytiradi, suveren
kredit reytingiga salbiy ta’sir qiladi hamda iqtisodiy mustaqillikni cheklaydi.

Oxirgi muhim ko‘rsatkich — global narx indeksi (neft, gaz, paxta kabi eksport

qilinadigan xomashyo narxlari). Bu narxlar xalqaro bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotlar
uchun iqtisodiy daromadlar oqimini bevosita belgilaydi. Tovar narxlarining keskin
pasayishi eksport tushumining kamayishiga, demak, makroiqtisodiy barqarorlikning
izdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Umuman olganda, yuqoridagi tashqi omillar global iqtisodiy muhitdagi

o‘zgarishlarga nisbatan milliy iqtisodiyotning moslashuvchanligini va xavfsizlik
darajasini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashda bu omillar doimiy monitoring va boshqaruvni talab etadi.

Xulosa

Makroiqtisodiy barqarorlik har bir davlatning uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishida

hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, u ko‘plab ichki va tashqi omillar tizimiga bog‘liq
holda shakllanadi. Ushbu maqolada iqtisodiy barqarorlikka ta’sir etuvchi asosiy ichki
omillar – YAIM o‘sish sur’ati, inflyatsiya, ishsizlik, fiskal holat, investitsiyalar,
infratuzilma va ekologik muvozanat tahlil qilindi. Shu bilan birga, tashqi omillar –
eksport-import hajmi, tashqi savdo balansining holati, xorijiy investitsiyalar, valyuta
kursi, xalqaro rezervlar va global narxlar kon’yunkturasi kabi omillar iqtisodiy
barqarorlikka kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida ko‘rsatildi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, har bir mamlakatda bu omillarning iqtisodiyotga ta’siri

o‘ziga xos bo‘lib, ularning nisbiy ahamiyati mamlakatning iqtisodiy tuzilmasi, ochiqlik


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

285

darajasi va institutsional salohiyatiga qarab farqlanadi. Ayni paytda globallashuv
kuchayib, xalqaro iqtisodiy muhit tobora o‘zgaruvchan tus olayotgani sababli, tashqi
omillarning milliy iqtisodiyotlarga ta’siri yanada kuchayib bormoqda.

Shu bois, har qanday davlat, xususan, O‘zbekiston uchun ham, makroiqtisodiy

barqarorlikni ta’minlash yo‘lida nafaqat ichki siyosatni samarali olib borish, balki tashqi
omillar ta’sirini oldindan baholash, tahlil qilish va zaruriy himoya mexanizmlarini
shakllantirish dolzarb masalaga aylangan. Bunday yondashuv iqtisodiy zarbalarga
bardosh bera oladigan, sog‘lom va barqaror iqtisodiy modelni shakllantirish imkonini
beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

Bakari, S. (2022).

The Nexus between Domestic Investment and Economic Growth in

Developed Countries: Do Exports matter?

Burns, A. F. (1969). Progress towards economic stability. In

The business cycle in a

changing world

(pp. 101–128). NBER.

Byaro, M., Pelizzo, R., & Kinyondo, A. (2023). What are the main drivers behind the
acceleration of Tanzania’s economic growth over the past three decades?

African

Journal of Economic Review, 11

(4), 85–107.

Chirwa, T. G., & Odhiambo, N. M. (2016). Macroeconomic determinants of economic
growth: A review of international literature.

The South East European Journal of

Economics and Business, 11

(2).

Eshqulova, N. (2023). O’zbekiston eksporti diversifikatsiyasining yo’nalishlari.

Journal

of Universal Science Research, 1

, 599–610.

Mutalimov, V. A., & Zenati, Y. (2022). Формы проявления макроэкономической
стабильности. In

Государство, экономика, бизнес: стратегия будущего в условиях

санкционного давления

.

Oyebowale, A. Y., & Algarhi, A. S. (2020). Macroeconomic determinants of economic
growth in Africa.

International Review of Applied Economics, 34

(6), 839–857.

Rahman, M. M., Rana, R. H., & Barua, S. (2019). The drivers of economic growth in
South Asia: Evidence from a dynamic system GMM approach.

Journal of Economic

Studies, 46

(3), 564–577.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

286

Yormonqulova, N. (2024). Iqtisodiy o‘sish omillarini takomillashtirish va barqaror
rivojlanishga erishish.

Qo‘qon Universiteti Xabarnomasi, 10

, 109–112.

Normoʼminovna, Eshqulova Nasiba. "O’zbekiston eksporti diversifikatsiyasining
yo’nalishlari." Journal of Universal Science Research 1 (2023): 599-610.

References

Bakari, S. (2022). The Nexus between Domestic Investment and Economic Growth in Developed Countries: Do Exports matter?

Burns, A. F. (1969). Progress towards economic stability. In The business cycle in a changing world (pp. 101–128). NBER.

Byaro, M., Pelizzo, R., & Kinyondo, A. (2023). What are the main drivers behind the acceleration of Tanzania’s economic growth over the past three decades? African Journal of Economic Review, 11(4), 85–107.

Chirwa, T. G., & Odhiambo, N. M. (2016). Macroeconomic determinants of economic growth: A review of international literature. The South East European Journal of Economics and Business, 11(2).

Eshqulova, N. (2023). O’zbekiston eksporti diversifikatsiyasining yo’nalishlari. Journal of Universal Science Research, 1, 599–610.

Mutalimov, V. A., & Zenati, Y. (2022). Формы проявления макроэкономической стабильности. In Государство, экономика, бизнес: стратегия будущего в условиях санкционного давления.

Oyebowale, A. Y., & Algarhi, A. S. (2020). Macroeconomic determinants of economic growth in Africa. International Review of Applied Economics, 34(6), 839–857.

Rahman, M. M., Rana, R. H., & Barua, S. (2019). The drivers of economic growth in South Asia: Evidence from a dynamic system GMM approach. Journal of Economic Studies, 46(3), 564–577.

Yormonqulova, N. (2024). Iqtisodiy o‘sish omillarini takomillashtirish va barqaror rivojlanishga erishish. Qo‘qon Universiteti Xabarnomasi, 10, 109–112.

Normoʼminovna, Eshqulova Nasiba. "O’zbekiston eksporti diversifikatsiyasining yo’nalishlari." Journal of Universal Science Research 1 (2023): 599-610.