Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 3
QATTIQ CHIQINDILARDAN ATROF-MUHITNI HIMOYA QILISH
Akmal Ostonov Aslonovich
G‘ijduvon tuman 3-son politexnikumi O‘IBDO‘
Bekmurod Rustamov Alisher o‘g‘li
O‘quv bo‘limi uslubchisi
Laylo Bafoyeva Choriqulovna
Biologiya fani o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada sanoat korxonalari tomonidan turli xil mahsulotlar ishlab
chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalanilgandan keyin ularning
ayrimlaridan chiqadigan chiqindilarning bir necha turi va shaklini ko‘rish mumkin.
Bulardan asosiysi qattiq chiqindilar hisoblanadi. Qattiq chiqindilar to‘planib, atrof-
muhitga va tabiatga katta zarar yetkazish bo‘yicha masalalar yoritilgan. Atrof-muhitga
chiqarib yuborilayotgan chiqindilarni keskin kamaytirish va ularni zararsizlantirish chora
tadbirlari belgilangan.
Kalit so‘zlar:
Atrof-muhit, tabiiy resurslar, maishiy chiqindi, ekologiya, uglerod izi,
qattiq chiqindilar, sanoat chiqindilari, karbonat angidrid, izolatsiya materiallari, kimyoviy
moddalar.
ABSTRACT
This article describes the production of various products by industrial enterprises.
After the use of the manufactured products, several types and forms of waste are observed.
The main one is solid waste. The issues of solid waste accumulation and causing great
harm to the environment and nature are discussed. Measures are set to drastically reduce
the amount of waste released into the environment and to neutralize it.
Keywords:
Environment, natural resources, household waste, ecological carbon
footprint, solid waste, industrial waste, carbon dioxide, insulation materials, chemicals.
KIRISH
Tabiat o‘ziga xos murakkab tizim bo‘lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat
evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o‘z ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. U
tabiatdan havo, suv, oziq-ovqat, mineral va yonilg‘i xomashyolarini oladi va o‘zining
hayot faoliyati davomida tabiatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada tabiat uchun yod
bo‘lgan yangi obyektlar vujudga keladi. Bular: shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar,
yo‘llar, konlar, suv omborlari, qishloq xo‘jalik yerlari va boshqalardir. Inson aql-idroki va
mehnati tufayli yuzaga kelgan bunday antropogen landshaftlar atrof tabiiy muhitiga o‘z
ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Yer yuzida aholi sonining keskin o‘sib borishi, fan va
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 4
texnikaning shiddatli taraqqiyoti, mamlakatlar hududida tabiiy resurslarning bir tekis
tarqalmaganligi, mavjud tabiiy resurslardan imkon qadar ko‘proq foydalanish va shu yo‘l
bilan jamiyat taraqqiyotini tezlatishni taqozo qiladi. Natijada tabiat va inson o'rtasidagi
o‘zaro munosabat qonunlari buziladi. Bu qonunlarning buzilishi esa ertami-kechmi
ekologik inqirozga olib keladi. Hozirgi kunga kelib, butun dunyodagi ekologik holat
ko‘pchilikni birdek bezovta qilmoqda. Ekologik halokat ko‘z o‘ngimizda dahshatli tus
olmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va mavjud tabiiy resurslardan samarali
foydalanish masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Hozirgi ekologik inqirozning sababchisi
va o‘z aqli zakovati bilan shu inqirozdan xoli etuvchisi ham inson ekanligi ma’lum bo‘lib
qoldi. Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish
ko‘p jihatdan insonlar qaysi jamiyatda yashashlaridan qat’iy nazar insonlarning ekologik
savodxonlik darajasiga va ekologik madaniyatiga bog'liq. Mustaqil Respublikamizdagi
ekologik muammolarni hal qilish uchun aholining ekologik savodxonligini oshirish eng
ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda qattiq chiqindilar juda katta miqdorda
to‘planadi. Qattiq chiqindilar o‘zlarini, qolaversa, atrof-muhitni iflos qilish bilan bir
qatorda, juda katta yer maydonini ham band qiladi. Aslida, ushbu yerdan ekin maydoni
sifatida madaniy o‘simliklarni o‘stirib, inson uchun foydali mahsulotlar yetishtirish
mumkin. Qattiq moddalar faqatgina atmosferani ifloslantiruvchi bo‘lmasdan, balki ular
tarkibida ikkinchi xil foydali moddalar ham bor, bu moddani qayta ishlash yordamidagina
ajratib olish mumkin. Bugungi kunda atmosferaga tashlanayotgan zaharli moddalar
miqdori barchani tashvishga solmoqda. Ko‘pgina megapolis shaharlarda, “qizil”, “sariq”
va “yashil” darajalar mavjud. Ushbu tushunchalar sariq daraja endi xavfli vaziyat vujudga
kelganini bildirsa, qizil vaziyatda atmosfera havosi mutloqa xavfli ekanini bildiradi.
Shanxay, Seul shaharlarida doimo qizil daraja turib qolmoqda, bu holat inson hayoti uchun
juda xavflidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD
O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni O‘zbekiston
Respublikasi hududida chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasi fuqarolar
hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga chiqindilar zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar
hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanish
munosabatlarini tartibga solishni belgilab berdi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - 2028-yillar davrida
O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga
oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2019-yil PQ-4291-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga ko‘ra, mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, hududlarning sanitariya va ekologik holatini
yaxshilash sohasida izchil siyosat amalga oshirilmoqda.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 5
Xususan, 2017-2018-yillarda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga
oshirish tizimining infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib
borildi, 13 ta sanitariya jihatidan tozalash davlat unitar korxonalari hamda ularning tuman
va shaharlardagi 172 ta filiali, shuningdek, 9 ta maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni
kompleks amalga oshirish klasterlari tashkil etildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar aholining
deyarli yarmini sanitariya jihatidan tozalash xizmatlari bilan qamrab olinishiga imkon
berdi.
Shu bilan birga qishloq aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib
chiqib ketish bo‘yicha xizmatlarning yetarli darajada ta’minlanmaganligi, qattiq maishiy
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi infratuzilmaning qoniqarsiz
holatda ekanligi, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarining sanitariya talablari va
ekologik me’yorlarga muvofiq kelmasligi mazkur sohada kompleksli chora-tadbirlarni
qabul qilishni talab etmoqda.
Ekologiya mutaxassislar 2018-yilda dunyodagi eng ekologik jihatdan ifloslangan
xavfli shaharlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Aholi punktlarining ifloslanish ro‘yxati
dunyodagi uglerod izi xususiyatlari modeli loyihasi (GGMCF) tomonidan taqdim etilgan.
Ekologik ifloslangan shahar reytingni tuzish uchun norvegiyalik, shvesiyalik, amerikalik
va yaponiyalik olimlar ma’lumot yig‘ishdilar va atmosferaga tashlanayotgan karbonat
angidrid gazi miqdori bilan belgiladilar. Atrof-muhitni eng ifloslantiruvchi shahar sifatida
ko‘p millionli Seul shahri tan olindi. Janubiy Koreya poytaxti yiliga 276.1 megatonna
karbonat angidrid gazi ishlab chiqaradi. Undan keyin Xitoyninig Guanchjou shahri (272
megatonna), yana ko‘p millionli yirik megapolislardan biri Nyu-York shahri (233,5
megatonna), bugun tezlik bilan rivojlanib borayotgan Gonkong shahri esa (208,5
megatonna) joy oldi. Karbonat angidirid ishlab chiqaruvchi shaharlarni “yetakchilar” 110
beshligiga esa Los-Anjeles yiliga 196,4 megatonna karbonat angidrid gazi bilan yakun
yasab berdi. Shuningdek, ilk o‘nlikdan Shanxay (181 megatonna), Singapur (161,1
megatonna), Chikago (152,9 megatonna), Tokio va Yokogama shaharlari aglomeratsiyasi
(132,8 megatonna) hamda Ar-Riyod (118,8 megatonna) joy oldi. Dubay esa 110,8
megatonna bilan 11-pog‘onani egalladi. Rossiya davlatining poytaxti Moskva shahri
ro‘yxatda 15-o‘rinni (99,5 megatonna) egallagan bo‘lsa, Qozog‘istonning Olmaota shahri
95-pog‘onadan (25 megatonna) joy oldi. Shuningdek, Qozog‘iston poytaxti Ostona 12,9
megatonna bilan 178-o‘rinda ekanligi qayd etildi. Markaziy Osiyoning katta shaharlaridan
Turkmaniston poytaxti Ashxobod hozircha 211-pog‘onani egalladi (10,5 megatonna
karbonat angidrid tashlaydi). Ozarboyjon davlatining poytaxti Boku shahri esa 8,7
megatonna tashlanadigan karbonat angidridi bilan 260-o‘rindan joy olgan. O‘zbekiston
poytaxti Toshkent ekologiyaga eng ko‘p zarar yetkazuvchi shaharlar ro‘yxatida-yiliga 7,1
megatonna karbonat angidrid gazi bilan 305-pog‘onadan joy oldi. Qozog‘istonning yana
bir shahri Aktyubinsk 421-pog‘onada qayd etildi (5,3 megatonna). Ammo shuni qayd
qilish lozimki, bu shaharlardan atmosferaga tashlanadigan karbonad angidrid miqdori
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 6
uzluksiz oshib bormoqda, hozirgacha bironta shaharda atmosferaga tashlanayotgan
karbonad angidrid miqdori kamaymadi.
NATIJALAR
Qattiq chiqindilar to‘planib, uzoq vaqt turib qolgan joylarda, tozalanganidan so‘ng
ham uzoq vaqt bu joyda o‘simliklarni ekish mumkin emas. Modomiki, o‘simlik ekib
o‘stirilar ekan, bu mahsulotlarni iste’mol qilish xavflidir. Chunki bu o‘simliklar tuproqdagi
ozuqa moddalar orqali ko‘pgina zaharli moddalarni o‘zi bilan olib chiqadi. Bu tuproqlarda
temir, xrom va boshqa moddalar yoki qaysi tur qattiq chiqindi bo‘lishigi qarab o‘sha
moddalar ko‘p bo‘ladi. Sanoat chiqindilari 12.1.007-76 Davlat standarti bo‘yicha
tarkibidagi zaharli moddalar va tashqi muhitni ifloslantirishi bilan to‘rt guruhga bo‘linadi:
1. Favqulodda xavfli.
2. Juda xavfli.
3. O‘rtacha xavfli.
4. Sal xavfli.
1-guruh – kutilmaganda portlash, yong‘in, zilzilalar ta’sirida zaharli moddalar va
gazlar xavfli ta’sir ko‘rsatadi.
2-guruhdagi korxona chiqindilari tarkibida inson hayoti uchun xavf soladigan simob,
margimush, xrom, qo‘rg‘oshinli azot va boshqa zaharli tuzlarni saqlashi bilan juda xavfli
hisoblanadi.
3-guruhdagi korxona chiqindilari tarkibida mis sulfati, misning otquloq kislotasi
tuzlari, nikelning xlorli tuzi, qo‘rg‘oshin oksidi va boshqalarni saqlashi bilan inson
hayotiga xavf soladi.
4-guruhga sanoat chiqindilari tarkibida zaharli moddalar saqlamaydiganlar kiradi. Bu
guruh chiqindilar tarkibida fosfotlarni, marganets, ruxning simob tuzlarini saqlaydi.
Korxona chiqindilari ikkiga bo‘linadi, ya’ni biridan foydalanish mumkin, ikkinchi turidan
mutlaq foydalanib bo‘lmaydi. Sanoat korxonasi chiqindilaridan g‘isht, qurilish
materiallari, yoqilg‘i mahsulotlari, shuningdek, ayrim elementlarni sof holda ajratib
olinadi. Masalan, neftni qayta ishlash sanoatida chiqadigan shlam qoldiqlari qayta ishlansa,
1 mln tonnasidan 4300 tonna kobet olish mumkin. Metallurgiya kombinati shlaklaridan
va issiqlik energiya ishlab chiqaradigan bo‘limlaridan chiqqan kuldan sement, o‘g‘it
material tolalar qayta ishlab olinadi. Shuningdek, ulardan kislotalarga chidamli izolyatsiya
materiallari va beton quyish uchun qurilmalar tayyorlanadi. Inson va tabiat uchun xavfli
bo‘lgan chiqindilar zararsizlantirilib, aholi punktlaridan mutlaq uzoq joylarda ko‘mib
tashlanadi. Chiqindilarni termik usul bilan zararsizlantirishda maxsus o‘choqlarda ular
1000-1200 °C da kuydiriladi, ammo ularning yonishidan zaharli gazlar hosil bo‘lsa, ular
albatta maxsus ushlagichlar yordamida ushlab qolinadi. Bizdagi sanoat korxonalaridan
Olmaliq va Angrenda chiqindilar miqdori juda ko‘payib ketadi. Ba’zan to‘plangan
chiqindilar miqdori 40 mln. tonnagacha yetishi mumkin, bu korxonalardagi
chiqindilarning ko‘pchiligi qayta ishlanadi. Ba’zilari ko‘mib tashlanadi. O‘ta zaharli
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 7
bo‘lgan chiqindilar qalinligi 10 mm bo‘lgan temir konteynerlarga solinib mahkamlab, to‘rt
tomoni betonlangan chuqurlarga ko‘miladi, suyuq chiqindilar uchun ajratilgan
chuqurliklar hamma tomoni betonlanib, chetlariga tuproq solinib, ko‘miladi. Betonlangan
chuqur yer yuzasidan kamida 80-100 sm pastda qoladi.
Yirik shaharlarda sanoat chiqindilari juda ko‘plab chiqadi. Masalan, eng katta
shaharlardan biri bo‘lgan Moskva shahrida qattiq, uy-ro‘zg‘or chiqindilari bir odam
boshiga bir yilda 300 kg to‘g‘ri keladi. Shundan qog‘oz va kartonlar 28.8%; metall jinslar
5.7%; oziq-ovqat chiqindilari 28.5%; plastmassa 5.1%; tekstil 3.1%; oyna 4.4%; yoqilg‘i
materiallari 1.8%; inert materiallar 3.4%; mayda chang chiqindilarning 19.2% hajmini
tashkil qiladi. Respublikamizda qattiq chiqindilar asosan energetika beruvchi
inshootlardan kul va shlaklar; qora va rangli metallurgiyadan shlaklar, koks qoldiqlari;
ko‘mir qazib oluvchi sanoatdan chang chiqindilari; yog‘ochni qayta ishlovchi
xo‘jaliklardan qipiq va qirindilar; kimyo sanoatidan fosfogipslar shaklida hosil bo‘ladi.
Qattiq chiqindilar tarkibida turli kimyoviy moddalar bo‘lib, o‘ta zaharli moddalar –
mishyak, ftor, fosfor, simobdan tortib inert moddalargacha bo‘ladi, bular bo‘r, gips va
loylardir.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, maishiy chiqindilar butun dunyoda arzon
xomashyo hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi yaqin kelajakda chiqindilarning
85% ni qayta ishlash mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ayrim mamlakatlarda chiqindilarni
alohida yig‘ish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Natijada qog‘oz, plastik, alyuminiy kabi
chiqindilarning katta qismi qayta ishlashga yuboriladi. Bu jarayonning ekomuhitga ijobiy
ta’siri juda katta. Chiqindilarni qayta ishlash energiya va xomashyoni sezilarli darajada
tejaydi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada rezina va kabel buyumlarining 34%,
shisha buyumlarning 43%, qog‘oz va kartonning 54% chiqindini qayta ishlash evaziga
olinar ekan. Bu borada Xitoy tajribasi yanada hayratlanarli. Ular alyuminiy, temir, mis kabi
metallardan yasalgan buyumlarning 33% ni, jun, ipak, charm-attorlik buyumlarining 34%
ni turli chiqindilarni qayta ishlashdan olishadi. Ko‘rinib turubdiki, chiqindilarni paydo
bo‘lishi va yig‘ilib qolishi katta ekologik muammo ekanligi, ularni qayta ishlash va
utillashtirish insoniyat oldidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelayapti.
Tabiiy ekotizimlarda ishlab chiqarish bilan parchalanish muvoffiqlashgan, ularda
chiqindilar bo‘lmaydi: bir turdagi organizmlar chiqindilari boshqa bir tur uchun yashash
muhiti bo‘lib xizmat qiladi va shunday qilib, tabiatda yopiq moddalar almashinuvi ro‘y
beradi. Tabiiy ekotizimlardan 90% ga yaqin energiya moddalarning parchalanishiga va
biogeokimyoviy aylanishiga sarf bo‘ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda 90% ga yaqin
moddiy resurslar chiqindiga aylanadi, energiyaning asosiy miqdori esa ishlab chiqarish va
boshqa ehtiyojlar uchun foydalaniladi. Shuning uchun, bizning bosh vazifamiz, tabiiy
resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini topish, ularning kamayib ketishini, atrof -
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 8
muhitning ifloslanishini va degradatsiyasini bartaraf etish, pirovard natijada esa,
moddalarning texnogen va biogeokimyoviy almashinuvini qo‘shib yuborishdir.
XULOSA
Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda respublikamizda yiliga, 100 million tonnadan ortiq
sanoat chiqindisi (uning 14 % toksik chiqindilar toifasiga mansub), shundan 35 million
tonnaga yaqin maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. Chiqindixonalar va chiqindi saqlash
omborxonalarida 2 milliard tonnaga yaqin sanoat, qurilish va maishiy chiqindi
saqlanayotgani hamda ular 12 ming gektar maydonni egallab turganini inobatga olsak,
chiqindilarning salbiy ta’sirini tasavvur etish qiyin emas. Xabarlarga ko‘ra
Respublikamizda hosil bo‘layotgan chiqindilarning atigi 5-10 % qayta ishlanadi yoki
utilizatsiya qilinadi. Bu ko‘rsatgich chet ellarda 55-60% ni tashkil etadi.
Bugun dunyo hamjamiyatini havotirga solayotgan dolzarb muammolardan biri
atmosfera havosiga, Yer yuziga turli sanoat korxonalaridan har xil ko‘rinishdagi-
gazsimon, suyuq va qattiq chiqindilar chiqarib tashlanayotganligidir. Bu o‘z navbatida,
atrof- muhitning, qolaversa zaminimizning ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Chunki
chiqindilarning aksariyat qismi zararsizlantirilmay, tozalanmay atrof-muhitga chiqarib
tashlanmoqda. Ularning salbiy ta’siri natijasida esa atrofmuhit uchun turli noxush
holatlar yuzaga kelmoqda.
Taraqqiyot va yutuqlarga erishish davrida turli xil elektron qurilmalar va xo‘jalik
texnikasini ishlab chiqarish yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bugungi kunda, bizga
odat bo‘lib qolgan ofis, ishdagi elektronikasiz hayotni tasavvur qilish qiyin. Yirik
elektronika kompaniyalari katta raqobat sabab, har kuni yangi va raqobatbardosh
elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishadi. Bu esa o‘z navbatida eski texnikalar
chiqindisi hajmini oshiradi.
Respublikamizning ko‘pgina sanoat shaharlari chetlarida chiqindilardan iborat sun’iy
tog‘lar paydo bo‘lgan. Bu sanoat chiqindilari 1 mlrd. tonnaga yaqin bo‘lib, 10 ming
gektardan ortiq yerni egallagan. Ularning tarkibida nodir hamda rangli madanlar va boshqa
foydali qazilmalardan tashqari, zahar birikmalar ham mavjud. Bu chiqindilar tarkibidagi
foydali moddalarni ajratib olib, bir qismini qurilish yoki boshqa maqsadlarda foydalanilsa
minglab gektar ekinzor, bog‘lar, barpo etishga imkon tug‘ilar edi. Respublikamizda 159 ta
axlatxonalari mavjud bo‘lib, yiliga kommunal xo‘jaliklardan o‘rtacha 30 mln t. chiqindi
chiqadi. Uning 29% i axlatxonalarga, jarliklarga, daryo va ariqlarga to‘kib yuboriladi.
Ishlab chiqarilayotgan xomashyo va materiallar, mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni
ortish, tashish, saqlash va foydalanish kabilar insonlar salomatligi uchun mutlaqo zararsiz
hamda hozir ham, kelgusida ham xavfsiz bo‘lishi, barcha ishlarda sanitariya qoidalariga
rioya qilinishi kerak.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 9
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - 2028-yillar davrida O‘zbekiston
Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2019-yil PQ-4291-sonli qarori.
2.
A.Ergashev. Umumiy ekologiya. Toshkent – 2003
3.
A.Ergashev, T.Ergashev. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. Toshkent.
“Yangi asr avlodi”, 2005.
4.
D.Yo. Yormatova, X.S.Xushvaqtova Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish.
Toshkent – 2018.
5.
N.I.Ibragimov, I.S Raximova. Qattiq maishiy chiqindilarini utilizatsiyalash. Toshkent
– 2018.
6.
P.S.Sultonov. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. <<MUSIQA>>
nashriyoti Toshkent – 2017.
7.
O‘.E.Xo‘janazarov, Sh.Yakubjonova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish. O‘quv
qo‘llanma Toshkent – 2018.
8.
B.Sh.Ismoilxo‘jayev, J.B.Mirzaqobulov. Ekologik ekspertiza. Uslubiy qo‘llanma
Toshkent – 2019.