Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 118
MAKTABGACHA YOSHDAGILAR VA VERTUAL OLAM XATARLARI
Termiz davlat universiteti talabasi
Sharabidinova Nigora
Ilmiy rahbar:
Mamaradjabova Bog’zoda
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning virtual hayotga
duch kelishi va raqamli texnalogiyalarning bolalarga ko’rsatadigan ta’siri tahlil qilingan.
Ayniqsa televizor telefon, kampyuter kabi qurilmalar orqali bolalarning ruhiy, jismoniy va
ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir etishi haqida yozilgan. Maqola virtual olamning salbiy va
ijobiy jihatlari muvozanatli tarzda ko’rib chiqilib, ota onalar va tarbiyachilarning bu
boradagi ma’sulyati haqida aytib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Maktabgacha yoshdagi bolalar, virtual hayot, raqamli texnalogiyalar,
ekran ta’siri bolalarning rivojlanishi, onlayn havflar, ota ona nazorati, tarbiya, psixologik
ta’sir, raqamli qurilmalar.
Kirish
Raqamli texnalogiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bir davrda
yashayapmiz. Bugungi kunda hatto maktabgacha yoshdagi bolalar ham planshet, telefon
yoki televizor orqali ham virtual olam bilan tanishmoqda. Uzoq vaqt davomida ekran
qarshisida o’tirish, yoshga mos bo’lmagan axboratga duch kelish va raqamli qurilmalarga
bog’lanish holatlari bolarning ruhiy va jismoniy rivojlanishiga bevosita ta’sir
ko’rsatmoqda. Kichkintoylar real hayotni endigina o’rganayotgn bir vaqtda, ularning
fikrlashi, ta’savuri va ijtimoiy ko’nikmalari shu davrda shakillanadi. Shunday bir muhim
bosqichda virtual olamning chegaralanmagan axborat oqimiga duch kelishi salbiy
oqibatlarga olib keladi.
Asosiy qism
Bugungi kunda raqamli qurilmalar har bir honadonda mavjud. Ula rorqali bolalar
turli multfilmlarni tomosha qiladi, o’yinlar o’ynaydi va musiqalar tinglaydi. Bu vositalar
yordamida ular juda erta virtual olamga kirib borishmoqda. Ko’pchilik ota onalar bu
vositalarni Bolani tinchlanishi yoki band bo’lishi uchun ishlatmoqda. Ammo virtual
hayotning haddan tashqari ta’siri bolaning sog’ligi va rivojlanishiga zarar yetkazishi
mumkin. Salbiy oqibatlarini bazilarini sanab o’tamiz:
1)
Nutqa rivojlanishing sekinlashuvi: Bolalar real muloqat o’rniga ekranga qarab
vaqt o’tkazganlarida, ularning so’z boyligi va muloqat qobilyatlari yetarlicha
shakillanmaydi.
2)
Diqqat va xotiraning susayishi: Tez tez o’zgaruvchi rang- barang o’zgaruvchi
tasvirlar bolaning tabiiy diqqatini qisqa muddatliga o’rgatadi.
3)
Jismoniy faollikning kamayishi: Bolalar ko’proq o’tirgan holatda bo’lib
harakatlanishga bo’lgan ehtiyoji kamayadi. Bu esa ortiqcha vazn va mushaklar
rivojlanishiganing sustlashuviga olib keladi.
4)
Ko’z salomatligiga zarari: Uzoq vaqt ekran qarshisida bo’lish ko’z
zo’riqishiga, ko’rish qobilyating pasayishiga olib keladi.
5)
Emotsional va ijtimoiy rivojlanishdagi muomolar: Virtual hayot bolani
yolg’izlamtiradi, hissiy bog’lanish va empatiya shakillanishiga to’sqinlik qiladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 119
Shunga qaramay, texnalogiyalardan to’g’ri foydalansa foydali tomonlari ham bor.
Bularni ham ko’rib o’tamiz:
1)
Interaktiv o’yinlar orqali o’rganish: raqamli o’yinlar orqali ranglar, shakillar,
harflar, va sonlarni o’rganish mumkin.
2)
Muloqatni qo’llab quvatlash: Ba’zi ilovalar bolaning tovush chiqarishi va
so’zlashuvini rag’batlantirishi mumkin.
3)
Tarbiyaviy multfilmlar: Yoshga mos va ma’naviy tarbiya beradigan
multfilmlar bolaning axloqiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Bolani virtual hayotdan butkul ajratish mumkin emas, ammo uni nazoratli va foydali
ishlatish mumkin. Undan bir hil meyorda foydalanish buning uchun ekran vaqtini
cheklash, bu bolaning real hayotdagi faolyatiga zarar bermasligi uchun. Bolaning yoshiga
mos content tanlashimiz ham muhim sababi uning rivojlanish darajasiga mos bo’lishi
kerak biroq televizor va telefonlarda yosh bolaga to’g’ri kelmaydigan multfilm yoki
kinolarniga ham ko’zimiz tushadi. Bu bolaning rivojlanishini tezlashtirib salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin va axloqiy taraflama ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Televizordagi kinolarni joyi kelsa kattalar ko’rishga uyaladi. Sababi bo’lar bo’lmas behayo
sahnalar va voshqalar targ’ib qilingan. Buni ko’rgan bolaning ham hayolida bu narsalar
aylanadi. Erta ulg’ayishga olib keladi. Bu borada juda e’tiborli bo’lish zarur.
Xulosa
Bugungi rivojlangan davrda virtual olam maktabgacha yoshdagi yoshdagi bolalar
hayotiga chuqurroq kirib bormoqda. Texnalogiyalar to’g’ri va maqsadli foydalanilganda
bolalar uchun foydali bo’lishi mumkin. Biroq ularning ularning noaniq va nazoratsiz
qo’llanishi bolalarning jismoniy, ruhiy holatlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Shuning uchun ota onalar, tarbiyachilar va pedagoglar bolaning ekran bilan bo’lgan
munosabatini ongli tarzda yo’naltirishi zarur. Bu bugungi kunning eng muhim
vazifalaridan biridir. Farzandlarni virtual olamda yo’qolib qolmasligi uchun unda ongli va
sog’lom tarzda raqamli axboratlardan foydalanishni o’rgatishimiz zarur. Bunga biz
kattalar ma’sulmiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xasanboyeva, O. (2020). Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi Toshkent:
«Fan va texnologiya» nashriyoti.
2.
2. Karimova, D. (2021). Raqamli texnologiyalar ta’sirida bolaning rivojlanishi.
Toshkent: «Yangi asr avlodi».
3.
Маҳмудова, G. (2022). “Erta yoshdagi bolalarga media vositalarining psixologik
ta’siri”. Ilmiy-amaliy pedagogika jurnali, №2.
4.
Turdiyeva, N. (2023). “Bolalar va raqamli olam: xavf va imkoniyatlar”. Maktabgacha
ta’lim muammolari jurnali, №1(45).