Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 87
BOLA TARBIYASIDA OILANING MUHIM
PSIXOLOGIK VAZIFALARI, BURCHLARI
Otaniyozova Gulrux Ixtiyor qizi
Qashqadaryo viloyat Muborak tumani
7-umumiy oʻrta taʼlim maktabi psixologi
Annotatsiya.
Bolalikdan tarbiya to`g`ri yo`naltirilsa bunday ’’og`ishlar’’ bo`lmaydi.
Jamiyatdagi, ijtimoiy hayotdagi talablarga javob beruvchi shaxsni shakllantirish
tarbiyaning mazmunini tashkil etadi. Talablar bilan birga boshqa insonlarni hurmat qilish
o`zgalar fikrini tinglash, insonparvarlik va ilm olish, ilmga intilish tarbiyaning muhim
tamoyillaridandir. Yana insonda e`tiqod, hayotga nisbatan qarashlar, o`zini-o`zi anglashi,
keng fikr yuritishi o`zini va boshqalarni fikri, g`oyalari, qarashlarini baholashi ham
tarbiyaning muhim unsurlaridan biridir.
Kalit so‘zlar.
Oila,
ota-ona va bola munosabatlari, me’yor, tabiya, ruhiy holat,
tushkunlik, tafakkur,psixik jarayonlar.
KIRISH
Oila deganda ko’z oldimizga birinchi navbatda ota-ona va bolalar keladi. Oila
jamiyatning bir bo’lagi hisoblanadi. Shu bilan birga oilada yurtning kelajagi ya’ni
barkamol farzandlar o’sib ulg’ayadi, kamolga yetadi. Biz oilani bir bog’ deb tasavvur
qiladigan bo’lsak oiladagi farzandlar – mevali daraxt, ota-onalar esa bog’bonlardir. Mana
shu bog ichidagi mevali daraxtlar doim bog’bonga muhtoj. Farzand ham xuddi
shunday,ota-ona parvarishiga, ota-ona ko’magiga muhtoj. Bog’bon qachonki mevali
daraxtini o’z vaqtida parvarishlasa undan mo’l hosil oladi. Ota-ona ham qachonki
farzandini to’g’ri tarbiyalasa, kelajakda u ham albatta o’z mevasini beradi. Agar aksincha
bo’lsa-chi ? Oilada ota-ona farzandga e’tibor bermasa, farzandi u uchun ahamiyatga ega
bo’lmasa, xuddi bog’dagi mevali daraxt meva bermaganidek, ota-ona bag’ridagi farzand
ham o’z yutuqlarini bermaydi.
Keling, endi ota-ona va bola munosabatlari, ularning tarbiyalari to’g’risida
gaplashsak. Aslida tabiatdagi barcha jonzot bolasi uchun jon kuydiradi. Odamzod esa nasli
davomchisi bo’lgan dilbandi uchun ulardanda ziyod qayg’uradi. Chunki ota-ona farzandi
ulg’ayib, el-yurt koriga yaraydigan, yaxshi joyda ishlab, farovon hayot kechiradigan,
hurmatga sazovor inson bo’lishini xoxlaydi. Bu ezgu orzular amalga oshishi uchun albatta
ota-ona farzandiga to’g’ri tarbiya berolishi kerak.To’g’ri tarbiya berish uchun ham ota-ona
qaysidir ma’noda ota- lik va onalik roliga tayyor bo’lishi lozim. Chunki bola dunyoga
kelgan payti hamma narsani bilib tug’ilmaydi. U xuddi “ top-toza qog’oz “. Bu qog’ozga
sekin-asta ota-ona bergan tarbiya, muhit tarbiyasi va hayot qonuniyatlari yozilib
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 88
borilaveradi. Qachonki ota-ona farzandini avaylab, e’zozlab katta qilsa u shunchalik
mehroqibatli bo’ladi.
Agar oilada farzandga to’g’ri tarbiya berilmasa, farzand bilan to’g’ri munosabat
qilinmasa, u bola kelajakda barkamol shaxs bo’lib kamolga yetolmaydi. Ota-ona o’z
farzandiga qanchalik e’tiborsiz bo’lsa bola ruhan eziladi, o’zini baxtli va kerakli inson deb
his qilmaydi. Hayotda har bir bola baxtli yashashga haqli. Chunki ular dunyodagi eng
begunoh insonlardir. Shu o’rinda psixolog olim V.I.Selivanov fikrlarini keltirib o’tsak -
“baxtli bolalik bu oiladagi quvonchni, hamjihatlikni hamda ota-onalarning bolalariga
g’amxo’rligining samarasidir”. Biz bilamizki, inson xató qilish xususiyatiga ega. Oilada
ota-ona ham farzand tarbiyasida bir qancha xatoliklarga yo’l qo’yadi. Quyida ota-ona yo’l
qo’yadigan xatolarni keltirib o’tsak.
Bola tug’ilganidan boshlab ota-onasining bag’rida voyaga yetadi. Bola ulg’aygan sari
taqlid qilishni, ota-onasining harakatlarini bajarishni boshlaydi. Ya’ni bola ko’radi, bola
qaytaradi. Oilada ota-ona nima harakat qilsa bola o’shani bajaradi. Agar oilada ota-ona bir-
birini hurmat qilsa, to’g’riso’z, xushmuomala, mehribon bo’lsa, bola ham xuddi shunday
bo’ladi. Aksincha, oilada o’zaro hurmatsizlik, turli xil kelishmovchiliklar, ziddiyatlar
bo’lsa, bu bolaga ta’sir qiladi. U ham ulg’ayganda turli xil zo’ravonliklarni amalga
oshirishi mumkin. Agar bunday oilada ota-ona farzandiga to’g’ri yo’lda yurishni maslahat
bersa,bu hol ularning o’zida mavjudligini aytib, ota-onasining gapiga quloq solmasligi
mumkin. Unutmang farzandingiz maslahatlaringizdan ko’ra amallaringizni ko’proq
bajaradi. Shuning uchun oilada farzandingizga o’rnak bo’lish uchun avvalo o’zingiz
tarbiyalangan bo’lishingiz kerak.Farzand tarbiyasida ota-ona yo’l qo’yadigan eng katta
xatolardan biri bubolani urish. Oilada bolaga turli xil tazyiqlar o’tkazilsa, ular ham
atrofdagilarga tazyiq, ziyon yetkazishi mumkin. Bunday hollarda bolalar muammoni kuch
bilan hal qilish mumkin degan fikrda bo’ladi. Ular turli xil tazyiqlar orasida o’sganligi
sababli, ulg’ayib o’z oilasini qurganda ham xuddi shunday zo’ravonliklarni amalga
oshiradi. Bu kabi xatoliklar avloddan-avlodga o’tib borsa, butun bir kelajak yovuzlik
to’riga tushib qoladi. Shu sababli butun jamiyat aziyat chekmasligi uchun oilada turli xil
munosabatlarni, muammolarni murosa yo’li bilan hal qiling. Shu bilan birga farzandiningiz
oldida boshqalar bilan urish qilmang, boshqa insonlar to’g’risida yomonlab gapirmang. U
bu kabi holatlarni ko’rsa dunyoda yomon odamlar ko’p ekan degan xulosaga kelib qoladi.
Farzand tarbiyasida barcha narsa o’z me’yorida bo’lishi kerak. Bolani haddan tashqari
qo’rqitish, haddan ziyod erkalash ham kerak emas.Tarbiya jarayonida bolaning o’z
fikrlarini ham inobatga olish kerak. Turli xil muammolarga duch kelganda uning fikrini
to’liq eshita olish lozim. Unga muammoning tayyor yechimini o’zingiz bermasligingiz
kerak. Agar muammolarni o’zingiz hal qilsangiz, u bunga o’rganib qoladi. O’z
muammolarini o’zi hal qilishga urinmaydi, o’zining shaxsiy fikriga ham ega bo’lmaydi.
Agar farzandingiz mustaqil inson bo’lishini xoxlasangiz va barkamol inson bo’lib
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 89
ulg’ayishini istasangiz, o’z xatolaringiz ustida ishlang. Axir farzandingiz sizning
xatolaringiz evaziga badal to’lashi kerak emas.
Aziz ota-onalar farzandingizdan mehringiz va vaqtingizni qizg’onmang.Ularning
tarbiyasiga e’tiborli bo’ling. Zero farzandingiz tarbiyasidagi bugungi munosabat,
kelajakda oyoqlarinigizda kuch qolmaganda seziladi!
Tarbiya-muayyan, aniq maqsadga va har tomonlama ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
yosh avlodni tarbiyalash uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish
jarayoni. Shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma`naviy sifatlarni shakllantirishga
qaratilgan amaliy pedagogic jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo`lgan
hissiyotlarga
ega
bo`lishini
ta`minlash
yo`lida
ko`riladigan
choratadbirlar
yig`indisi.Tarbiya jarayoni- o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida tashkil etiluvchi hamda
aniq maqsadga yo`naltirilgan hamkorlik jarayoni. Demakki, insonning shaxs bo`lib
rivojlanishi, uning odatlari, xulqi qay darajada bo`lishi, dunyoqarashi, ongi his-tuyg`ularini
shakllantirish tarbiya jarayonida hosil bo`ladi. Shaxsning jamiyatdagi o`rnini topishi, his-
tuyg`u, kechinmalarini yo`nalishi, o`sishi tarbiyaga bog`liq.
O`z-o`zini tarbiyalash shaxsni o`zida ijtimoiy qadrga ega bo`lgan fazilatlarni hosil
qilish, takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarini bartaraf etishga qaratilgan ichki
faoliyat.Inson hayotidagi har xil illat va nojo`ya holatlar tarbiyadagi xato tufayli kelib
chiqadi. Bolalikdan tarbiya to`g`ri yo`naltirilsa bunday ’’og`ishlar’’ bo`lmaydi.
Jamiyatdagi, ijtimoiy hayotdagi talablarga javob beruvchi shaxsni shakllantirish
tarbiyaning mazmunini tashkil etadi. Talablar bilan birga boshqa insonlarni hurmat qilish
o`zgalar fikrini tinglash, insonparvarlik va ilm olish, ilmga intilish tarbiyaning muhim
tamoyillaridandir. Yana insonda e`tiqod, hayotga nisbatan qarashlar, o`zini-o`zi anglashi,
keng fikr yuritishi o`zini va boshqalarni fikri, g`oyalari, qarashlarini baholashi ham
tarbiyaning muhim unsurlaridan biridir.
Jamoa bilan ishlash, boshqalarga nisbatan hurmat hissini oshirish, insonda
hamkorlik tuyg`usini shakllantirish ham tarbiya asosida vujudga keladi. Bizning olam,
borliqqa nisbatan qarashlarimiz paydo bo`layotgan g`oyalarimiz negizida ham aynan shu
tarbiya tamoyillari yotadi.
Tarbiya pedagogikaning ham asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi.
Pedagogikada tarbiya ikki ma`noda farqlanadi: keng ma`nodagi tarbiya va tor ma`nodagi
tarbiya. Keng ma`noda tarbiya- shaxsga jamiyatning ta`sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida
qaraladi. Ya`ni, shaxsning jamiyat talablariga javob berishiga va jamiyatning ta`siri
natijasida shaxsni rivojlantirishga yo`naltirilgan tarbiya. Tor ma`nodagi tarbiya- pedagogik
jarayon
sharoitida
ta`lim
maqsadini
amalga
oshirish
uchun
pedagog
va
tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati hisoblanadi. Bunda, tarbiya
ma`lum bir ta`limni o`rganish maqsadida tashkil etiladi va pedagog va o`quvchining
faoliyat jarayoni tushuniladi. Bundan bilinadiki, jamiyat uchun komil, ilmli, yetuk,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 90
barkamol insonni shakllantirishdan iboratdir tarbiyaning maqsadi. Shaxsni kamol
toptirishdagi asosiy tushuncha ham bu tarbiyadir.
XULOSA
Shaxsni jamiyat talabidan kelib chiqib shakllantirishni tarbiya desak, tarbiya ham
sohasiga ko`ra turlarga bo`linadi. Aqliy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya. Ta`lim
muassasasidagi yo`nalishlarga asosan ekologik, iqtisodiy, huquqiy, fuqarolik, siyosiy,
axloqiy tarbiyaga bo`linadi. Mamlakatimizda yoshlarning ma’naviy qiyofasini mustaqillik
mafkurasi, uning insoniy tamoyillari asosida shakillantirishga bosh vazifa sifatida
qaralayotgani bejiz emas. Eng quvonarlisi shundaki, davlatimiz rahbari yoshlarning
ma’naviy tarbiyasiga, ularning bilim va kasb mahoratini oshirish masalalariga alohida
e’tibor berib kelmoqdalar. Chunki mustaqilligimizning uch tayanchi – mustaqil siyosat,
iqtisodiy qudrat va xalq ma’naviyati bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning
uyg‘un rivoji ta’minlansagina O‘zbekiston buyuk yurt sifatida jahon hamjamiyatida o‘z
munosib o‘rnini egallay oladi.
Oila - oziga xos ijtimioy birlik. Uning asosida er-xotin
ittifoqi, qarindoshlik munosabatlari, maishiy hayot birligi, axloqiy va huquqiy ma’suliyat
hamda eng asosiysi ota-onalarning bolalarini tarbiyalash majburiyatlari turadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. Toshkent, «Adolat», 1998, 46-bet 2.
Yo’ldoshev J.G’. O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish (qo’llanma)-T.:2000. 54-bet
3.
Карабанова О.А. Психология семейных отношений и основы семейного
консультирования: Учебное пособие. М.: Гардарики, 2005. - 320 с.
4.
Uzoqov H, G’oziyev E, Tojiyev A. Oila etikasi va psixologiyasi. T: O’qituvchi 1992.
128 b.
5.
Xo’jayev N. Tarbiya nazariyasi. – T.: 2003. 75-bet.
6.
Internet materiallari