Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 67
BOLALARDA KASB-HUNARGA NISBATAN TUSHUNCHALAR
SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK BOSQICHLARI
Yakupbayeva Gulnara Maratovna
Qaraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumani
1-sonli maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
: Yoshlarning kasb tanlashlari maktabdan boshlanadi. Bunga ularni
tayyorlab borish zarur bo‘ladi. Buni psixolog olim Anvar Jalolov o‘zining “Kasb qanday
tanlanadi” kitobida shunday ko‘rsatib beradi. Xilma – xil va qiziqarli kasblarni tanlashning
asosiy maqsadi yaxshi yashash va yaxshi kasbni tanlash hisoblanadi.
Kalit so’zlar:
kasb, bilish jarayonlari, nutq, xotira, kasblar tasnifi, iqtidor
KIRISH
O‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kasb insonni har doim o‘z ustida ishlashga, uni yaxshiroq
bilishga olib keladi. Insonda kasb tanlash jarayonini yana shu muallif quyidagicha
belgilaydi. Insonda ma’lum kasbga, uni egallashga xavas, mayil, orzu, ishtiyoq, xafsala
bo‘lmasa u hech qanday kasbni egallay olmaydi. Insondagi shu jarayonlar odamning o‘z
kelajagini to‘g‘ri anglashga, tushunishga olib keladi. Unda istak, xohish paydo bo‘ladi.
Bular bolada ma’lum bir maqsadni shakllanishiga va bu yo‘lda iroda kuchini sarf qilishga
olib keladi. Irodali inson o‘z maqsadi sari intiladi va orzu havaslariga erishadi. Bunda
bolaBunda bolada paydo bo‘luvchi xavas atrofdagi insonlarni kuzatish orqali, ularga
aytilgan maqtov so‘zlarini tinglash va uning mahoratiga qoyil qolish, odamlarni uning
mahoratini maqtashlari, bu insonni bilimdonligi, qo‘lidan ko‘plab ishlar kelishini kuzatishi
unda shu insonga o‘xshashga xavasni uyg‘otadi. Unda orzu, armon, tilak, ishtiyoq va
xafsala paydo bo‘ladi.
Bu jarayonlar bolada uyg‘onayotgan ehtiyojlar va manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lib uni
o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishning xissiyotlari, irodalari bilan bog‘liq
jarayondir. Katta bo‘lib borayotgan bolada xavas paydo bo‘ladi. Kasbga nisbatan olganda
bolani shu kasbga qiziqishi, intilishi, mayli, xohish, istak va orzusi bo‘lib ko‘zga
tashlanadi. Bu yo‘lda bola o‘ziga tilak tilab shu kasbni egallashga bo‘lgan intilishi sodir
bo‘ladi. Agarda bola o‘z tilaklarini xafsala bilan amalga oshirmasa, xarakat qilmasa bu
armon va orzu bo‘lib qoladi. SHuning uchun u zo‘r ishtiyoq bilan xarakat qilishi va
armonlarini amalga oshirishi zarur bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki bu jarayonlar insonga xos
bo‘lgan psixologik jarayonlarni tashkil etib. Insonning maqsadini vujudga kelishining
asosi hisoblanadi. Albatta bu jarayonda insondan iroda kuchi ham talab qilinadi. Ishtiyoq
bu – zo‘r istak, xohish hisoblanadi. Yoshlarni kasb tanlashlari yo‘lidagi bunday
jarayonlarni o‘rgangan psixolog olimlar ularni quyidagicha ta’riflaydilar. Insonni anglash
darajasiga ko‘ra kasb tanlashda quyidagi tomonlar ta’riflanadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 68
Istak – intilishning shunday bir turidirki, bunda inson faqatgina o‘zining hozirgi
holatidan norozi ekanini his qilib tursa ham, lekin qanday maqsadga intilayotganini,
binobarin, bu maqsadga erishishning yo‘l – yo‘riqlarini aniq bilmaydi. Bunda kishi nima
istayotganini o‘zi anglab etmaydi. Bola o‘zi nimani istayotganini anglamas ekan bu istakni
amalga oshirib bo‘lmaydi.
Insondagi istak ma’lum darajada anglangan bo‘lsa, tilak – xavasga aylanib ketishi
mumkin.
Kasb va kasbiy psixologik jarayonlar kasb tanlovchidan quyidagilarni talab qiladi:
•
Umumta’lim maktablarida beriladigan ta’lim darajalaridagi bilimlarga ega
bo‘lishni;
•
Kasb tushunchasining ta’rifini, uning tabiatini, xususiyatlarini kasblar sonini va
turlarini bilishni;
•
Kasbni inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunish va u haqida
tasavvurga ega bo‘lish;
•
Kasb tanlashga kerak bo‘lgan idrokni , xohishni mavjud bo‘lishi; · O‘z maqsadi va
manfaatini to‘g‘ri anglab olgan bo‘lishi; · Kelajagi haqida tasavvurlarni bo‘lishi.
Kasb tushunchasi quyidagilar bilan tavsifanadi:
•
•-Bu mehnatning alohida turi bo’lib, psixologdan qator mutaxassislar bilan
hamkorlik qilishini talab etadi.
•
•-Bu doimiy tayyorgarlikni talab etuvchi mehnat.
•
•-Bu bajarilgan ishga rag`bat talab etuvchi mehnat.
•
•-Bu ijtimoiy foydali mehnat •-Bu shaxsga jamiyatda muayyan mavqe beruvchi
mehnat.
Shu o’rinda kasb va mutaxassislik terminlarining mazmun va mohiyatiga alohida
tuxtalib o’tgan holda ularning ma’nolarini farqlab o’tamiz,
Кasb – bu jamiyat uchun zarur bo`lgan, ijtimoiy mеhnat taqsimoti natijasida
chеgaralangan, insondan jismoniy, aqliy, ma'naviy kuch talab etuvchi va sarflangan kuch
evaziga insonga mavjud bo`lish hamda rivojlanish imkonini bеruvchi faoliyat sohasi.
Mutaxassislik – bu bitta kasb ichida tor doiradagi faoliyat turi.
“ Kasb” tushunchasining mohiyatini chuqurroq anglash uchun mashhur psixolog
S.M.Bogoslovskiyning fikrini keltirish joiz. Kasb –bu shunday faoliyatki, shaxs u orqali
jamiyat hayotida faol ishtirok etadi va uning uchun moddiy manba vazifasini bajaradi va
kasb orqali shaxs o’zini o’zi namoyon etadi.
•
Ko’pchilik qandaydir muammoni hal qilib o’zini “yaxshi psixolog” deb hisoblab
adashadi. “Ommaviy psixologiya” mavjud narsa bo’lib, ayrim psixolog mutaxassislar
o’zlarining ijtimoiy hayot tajribalariga asoslanib, ommaviy psixologiyaga murojaat
qiladilar. Biroq mutaxassislar ommaviy va mahalliy psixologlarni farqlab berdilar.
Kasb – inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat
turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo‘li
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 69
bilan erishiladi. Kasb ichida mehnat faoliyatining eng tor xarakteri bilan ajralib turuvchi
ixtisoslari bor. Ba’zi kasblarda bir qancha ixtisoslar masalan: chilangar kasbida –
remontchi chilangar, asbobsoz chilangar, yig‘uvchi chilangar kabi yo‘nalishlar mavjud.
Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming) O‘zbekistonda 6 mingdan ziyod
kasblar mavjud.
Shuni aytish joyizki jamiyat rivojlangan sari kasblar ham ko‘payib boradi.
SHu bilan birga kasb bu jamiyatdagi qabul qilingan huquqiy – normativ qonunlarga amal
qilishi zarur bo‘ladi.
Kasb – hunarli bo‘lsh inson uchun zarur bir ehtiyoj ekanligini buyuk avlodlarimiz o‘z
asarlarida aytib o‘tganlar. Deylik Kaykovus o‘zining “Qobusnoma” asarida shunday
yozadi “Bas, agar aqling bo‘lsa xunar o‘rgang‘il, nedinkim hunarsiz aql – boshsiz tan,
suratsiz badandekdir… Ey farzand, ogoh bo‘lki, xunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va
hech kishiga naf’ etkurmas.” Hozirda o‘sib kelayotgan yoshlar o‘z qiziqishlaridan kelib
chiqib minglab kasblar ichidan o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kasbni tanlab olishlari va o‘z
hayotlarini mazmunli, yaxshi o‘tkazishlari uchun intiladilar. Ularga bu kasblarni
tanlashlarida kasb psixologiyasining o‘rni va ahamiyati juda katta. “ Men kelajakda kim
bo‘laman?”, “Yaxshi yashashim uchun qaysi kasbni tanlashim kerak?”, “Mendagi iqtidor
shunga etadimi?”, “Kelajagimdan qoniqamanmikan?” degan ko‘lab savollar yoshlarni
o‘ylantiradi. Bu savollarga javob olish uchun ular ko‘plab kuzatadilar, hayotdan ma’lum
bir malakalar olishga intiladilar. Kattalarni maslahatlarini o‘ylaydilar va ikkilanib
yuradilar. Kasb psixologiyasi esa ularni to‘g‘ri yo‘lga solishga harakat qiladi. Izlanuvchi
yoshlar kasb – xunar va uni egallash, hayotlarini, kelajaklarini hal qiluvchi omil ekanligini
bilib boradilar.
Shulardan kelib chiqib kasb – bu inson hayoti uchun zarur bo‘lgan, jamiyatdagi
huquqiy normalarga javob beradigan, insonni kelajagini belgilab beradigan o‘ziga xos
murakkab bo‘lgan jarayon deb belgilashimiz mumkin. Kasbga xos bo‘lgan jarayonlar,
ularni egallash, tanlash inson psixologiyasi bilan bog‘liq. Kasb psixologiyasi aynan
shunday murakkab jarayonlarni o‘rganish orqali yoshlarni o‘zlari qiziqqan kasbga
yo‘nalish beruvchi murakkab fan hisoblanadi. Har bir kasbning o‘ziga xos bo‘lgan
tomonlari, insonlarni o‘ziga jalb qila oladigan qirralari mavjud bo‘lib, inson bu
jarayonlarni kuzatib borib shu kasbni egallashga intiladi.
Bu jarayonlarda inson o‘zini ruhiyati bilan shu kasbga xos bo‘lgan psixologik
tomonlarni ham shakllantirib boradi. Jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar yoshlarni ham
kasb tanlashda o‘ylantirib qo‘ymoqda.
Ko‘plab yangi kasblar paydo bo‘lmoqda, ularni fan yangiliklari, texnika va
texnologik yangiliklar asosida ko‘plab mutaxassisliklar bilan tanishishlari kasb tanlashda
qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda. Bundan tashqari jamiyatni olg‘a rivojlanib borishi
yoshlarni olayotgan kasblarini raqobatbardoshligini, kerakligini va yashashlari uchun
imkoniyatlar yaratib bera olishlariga ishontira bilishini ham talab qilib bormoqda. Hayotiy
jarayonlar, yashashga beriladigan imkoniyatlar, kasbga bo‘lgan intilishlar tabiiy ravishda
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 70
amaliy psixologiyaning bir bo‘lagi bo‘lgan kasb psixologiyasiga bo‘lgan talabni zaruriy
qilib qo‘ydi va bu fanni paydo bo‘lishiga olib keldi. Hozirda O‘zbekistonda bu fan endi
rivojlanishi kerak bo‘lgan va yoshlarni tarbiyalashda, ularga kasb tanlashlariga yordam
beruvchi asosiy mutaxassislik fani bo‘lib bormoqda.
Kasb psixologiyasini mohiyati bu insonni kasbga xos xatti – harakatini va kasb tarixi
bilan bog‘liq tomonlarni ko‘rsatib berish, shuningdek yoshlarni, kasb tanlovchilarni o‘zi
qiziqqan kasbni tanlashlarida yo‘nalishlar berish, keyinchalik kasbdan ketishlariga yordam
berish kabilar hisoblanadi. Dunyoga kelgan bola haqida, uning kelajagi haqida, qanday
kasbni egallashi haqida ko‘proq uning ota – onasi bosh qotiradi. Bolani maktabga
chiqqanidan boshlab uning ota – onasi “Mening bolam kelajakda vrach bo‘ladi”, yoki
ma’lum bir kasbni oldindan tayyorlab qo‘yadilar. Lekin hayotni o‘zi bolani shaxs sifatida
rivojlanishi, biologik taraqqiyoti, psixologik imkoniyatlari asosida o‘ziga xos bo‘lgan
kasbni tanlashlariga imkoniyat yaratadi. Dunyoga kelgan bolada kurtak tarzida o‘ziga xos
bo‘lgan imkoniyatlar bo‘ladi. Bola rivojlanib borgan sari unda ma’lum bir tamonga
ixtidorlik ham taraqqiy etib boradi. SHaxs bo‘lib borayotgan bolada psixologik
xususiyatlar yuzaga chiqib, uni borliqqa bo‘lgan qiziqishini ortirib boradi. Ayrim bolalar
yosh davrlaridanoq o‘simliklarga, ularning tuzilishlariga qiziqadilar, ayrimlari xarakatdagi
xashoratlarga, xayvonlarga qiziqadilar.
XULOSA
Qo‘ng‘izni ko‘rgan bola uni xarakatlanishini tekshirib uni nima xarakatlantirmoqda
degan savol bilan tekshirib ko‘radilar. Uni bo‘laklarga ajratadilar. Bunday bolalardan
ko‘plab yaxshi vrachlar, injinerlar, konstruktorlar, qassoblar chiqadi. Keyinchalik bunday
shaxslar o‘zida shu kasbga xos bo‘lgan xususiyatlarni rivojlantirib boradilar. Bular
ularning qiziqishlaridan kelib chiqadi. Shaxs sifatida bolada shu sohani bilishga ehtiyojlar
rivojlanadi. Tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha bilimlar to‘plab boradi. Bu maktabda,
oliygohda, atrofdagilarning aytib berishlari va o‘zining mustaqil o‘rganishlari bilan
shakllanib boradi. Maktabda bolalarga kasb bilan bog‘liq bo‘lgan tanishtirish darslarini
ham tashkil etish zarur bo‘ladi. Bunda bolalar ko‘pchilik kasblar haqida bilib oladilar va
kasb tanlashlari uchun imkoniyatlar kengayadi. Ularni yuqori sinflarga o‘tib borishlari
bilan birga keyingi etaplarda qaysi kollejga va litseyga kirishlari ham aniqroq bo‘lib
boradi. Ular o‘zlari qiziqqan kasbni olishga mustaqil qarorlar qabul qilgan holda
intiladilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. А.Jalalov KASB QANDAY TANLANADI. 2010 Y. 62 b.
2.I.A.Karimov
Barkamol
avlod
– O'zbekiston
taraqqiyotining
poydevori.1998.17b
3.Kaykaus. “Qobusnoma” T., 1994 y. 26 b.
4. Gurevich K.M. Дифференциальная психология и психодиагностика. 2008 y. 21b.