Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 160
BOLALARDA EMOTSIONAL STRESSLARNI KELIB CHIQISHI
VA BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Usvaliyeva Hamidaxon Usmonovna
Buvayda tum6 4- maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Emotsiyalami xususiyatlariga ta’sir qiladigan muhim omil bu vaqtdir.
Qisqa vaqtda intensiv sodir bo‘ladigan emotsiyalar affekt xislardir, uzoq vaqtda kuchsiz
namoyon bo‘ladiganlan esa kayfiyat hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
o‘smirlar, axborot vositalari, globallashuv jarayoni, muomala,
emotsional soha, stress, psixika, ruhiy holat,tushkunlik
KIRISH
Jamiyat
taraqqiyotinig
zamonaviy
bosqichi
axborot
asri
hisoblanadi.
Globallashuvning oqibati va bir vaqtning o‘zida uni ta’minlaydigan omil sifatida axborot
oqimini haddan ziyod kengayib ketganini e'tirof etishimiz mumkin. Axborotlar sport, shou
biznes va san’at olami yangiliklari bilan cheklanmay siyosiy, ilmiy, badiy, rasmiy,
norasmiy sohalardagi ma'lumotlarni ham taqdim qilishi bilan birga ularni oson qo‘lga
kirtish imkoniyati ham paydo bo‘lgan. Yoshi, kasbi, qiziqishlaridan qatiy nazar xar bir
inson axborotlar olamiga kirib boradi, ularni qabul qiladi, о’zlashtiradi, muomalada
bo‘ladi.
Mana shu keng qo‘lamdagi axborotlari istemolchilarini katta qatlami sifatida
o‘smirlarni ko‘rsatish mumkin. Sir emaski, zamonaviy o‘smir o‘z rivojlanish mohiyatiga
ko‘ra murakkab dunyoda yashamoqda.
Butun dunyo miqyosida kuzatilayotgan tezkor o‘zgarishlar va taraqqiyot psixologik
amaliyot soxasiga yangi vazifalarini kirib kelishiga olib kelmoqda. Insonda kuzatiladigan
stresslarni tabiati va kelib chiqish sabablariga bo‘gliq xolatda yoritish maqsadga muvofiq.
O‘smir shaxsning dinamik rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy strukturalar tizimi
jumladan, oila, maktab, norasmiy uyushmalarda ham globallashuv ta'sirida keskin
o‘zgarishlar roy bermoqda. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan
ma’lumotlar ham o‘smirlarning emotsional-irodaviy jabxalari hamda qiziqishlar tizimiga
ta’sir etib ularning xulq-atvori va psixikasida turli buzilishlarga sabab bo‘lmoqda. Shunday
bizilishlardan biri stress holati bo‘lib, tan olish kerakki, to hozirga qadar mazkur
tushunchaning mohiyati munozaralidir.
Emotsiya bu - inson tomonidan turli voqea-hodisa va faktlarga bildiradigan subektiv
munosabati. Emotsiyalar somatik sohada (mimika va jest) va fiziologik sohada (yurak
urishi va nafas olish) turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Emotsiyalar ma’lum qonuniyatlar asosida yuzaga keladi: emotsiyam kuchi va sifati,
uni ijobiy yoki salbiyligi bu emotsiyani keltirib chiqargan ehtiyojiarga bogliq.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 161
Emotsiyalami xususiyatlariga ta’sir qiladigan muhim omil bu vaqtdir. Qisqa vaqtda
intensiv sodir bo‘ladigan emotsiyalar affekt xislardir, uzoq vaqtda kuchsiz namoyon
bo‘ladiganlan esa kayfiyat hisoblanadi. Ma’lumki, har bir paydo bo‘lgan muammoli
vaziyat stressni keltirib-chiqarishi mumkin. Stress insonda nerv tizimining qattiq
emotsional zo‘riqishi oqibatida yuzaga keladigan, kuchli va uzoq davom etuvchi
psixologik tanglik holatidir. Stressni insonga safarbar qilivchi ijobiy ta’siri eustress deb
nomlanadi, salbiy ta’siri esa distress deyiladi. Eustress insonga ruxiy kuch beradi,
faoliyatga undaydi. Distress odamga salbiy tasir qiladi. Uning oqibati aqliy, jismoniy,
emotsional va ruhiy zo‘riqishga organizmning holdan toyishiga va qon bosimining oshishi,
yurak faoliyatining buzilishi, oshqozon yallig’lanishiga olib kelishi mumkin. Stresslar
doimo subektiv bo‘ladi. О’smirlarda stressni paydo bo‘lishi va rivojlanishi bolalik
davridagi ijtimoiylashuvga bog liq.
Oilaning konfliktliligi, salbiy muhitning bo‘lishi ham ijtmoiylashuvga tasir
ko‘rsatadi. Oiladagi kechgan ijtimoilashuv natijasida o‘smir otish davrini boshidan
okazayotganligi bois stresslarga beriluvchan bo‘lib qoladi. Stresslarni bir necha turlarini
ko‘rsatish mumkin, ammo ulardan so‘nggi davrlarda ко'p uchraydigan turi bu informatsion
stress hisoblanadi. Informatsion stress emotsional stress turlaridan biri hisoblanadi.
Atrofimizda fan va texnika taraqqiyoti va uni insonga bo‘lgan ta'siri jamiyat va
tabiatning tasiridan kuchli va ustun bo‘lib bormoqda. Insoniyat tomonidan to‘plangan va
yaratilgan axborot hajmi kengaymoqda va har o‘n yillikda yanada kengayib borishi
kuzatilmoqda, ammo inson miyasi va uni tashkil etadigan hujayralarning soni
o‘zgarmagan, qolaversa ta’limning davomiyligi ortib bormoqda va shuning о’zi
informatsion stress ortishi xavfini tug'diradi. Miyaning o‘z imkoniyatlari axborotni qabul
qilishi keng, axborot hajmini ortishi xafli, ammo qisqa muddatda katta hajmdagi axborotni
qayta ishlash zaruriyati paydo bo‘lsa bu kuchli asab zo‘rqishini olib keladi va infarmatsion
stressni keltirib chiqaradi, ya’ni miyaga kirib turgan axborot hajmi va tezligi, bioiogik va
ijtimoiy imkoniyatlarga to‘g’ri kelmasligi ham infarmatsion stress yuzaga kelishiga sabab
bo‘ladi. Bu yerda axborot hajmi bir omil bo‘lsa, ikkinchidan vaqt kamligi va unga shaxs
motivatsiyasi ijtimoiy sabablar ham qo‘shilsa miyani o‘z o‘zini himoyalash mexanizmi
ishlamay qoladi, va inson o‘zini informatsion stresslardan muxofaza qilaolmay qoladi.
O‘smirlar bunday holatda eng zaif tasirchan guruh sifatida namoyon boladi.
O‘smirlarda informatsion stressnig salbiy o‘qibati sifatida: yolg’izlikka moyillik,
diqqatning tarqoqligi va parishonxotirlik, doimiy charchash, befarqlik va holsizlik, uyqu
rejimining buzilishi, ovqatlanishning izdan chiqishi, sababsiz agressiyani namoyon etish,
o‘z-o‘zini past baholashi, o‘z kuchiga nisbatan ishonchsizlik kabi holatlarni ko‘rsatish
mumkin. Bu esa o‘z navbatida pedagoglar, murabbiylar, ota-onalar va yoshlar tarbiyasi
bilan shugullanayotgan barcha insonlar oldida farzandlarimizni informatsion va boshqa
stresslsrdan ximoyalash kabi muxim vazifalarni qoymoqda. Bu vazifani amalga oshirish
yo‘llarini aniqlash uchun Maxatma Gandining fikrini keltirish o‘rinlidir.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 162
XULOSA
M. Gandiga “Globallashuv jarayoniga qanday qaraysiz?" degan savolni berishganda,
u shunday ma’noda javob bergan ekan: “Men tashqaridagi bo‘rondan qo‘rqib, derazamni
yopib qo‘ya olmayman, chunki menga toza havo kerak. Shu bilan birga, toza havo kerak
ekan deb derazamni katta ochib ham qo‘ya olmayman, chunki mening uyimni changto‘zon
bosib ketishini xohlamayman”.Globallashuv ta'siri natijasida kelib chiqayotgan salbiy
holatlarni sun’iy to‘siqlar bilan chegaralab bolmaydigan jarayondir. Shu sababdan har bir
inson ozida shaxsiy psixologik xafsizlik imkoniyatlarini oshirishi maqsadga muvofiq.
O‘zida muxofaza imkoniyatlarini shakllantiribgina qolmay o‘smir yoshidagi farzandiga
ham to‘g’ri tarbiyaviy tasir
qo‘rsatishi lozim. Bu borada axolini psixologik savodxonligini oshirish dolzarb vazifa
sifatida namoyon bo‘ladi. Qolaversa psixologik amaliyot soxasida axborotlarni qabul
qilish va saralashga to‘g‘ri yondoshish masalalariga oid xizmat ko‘rsatishni ham yo‘lga
qo‘yish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
M.V.Voxidov Umumiy psixologiya. Toshkent 1992 yil.
2.
Tigranyan R.A. Stress i yego znachenie dlya organizma. –M., 1998
3.
Xaydarov F., Jo‘raev N. Stress yoki ruhiy muvozanatni saqlash osonmi? –T., 1997
Abduazimov O. Ommaviy axborot vositalari – fuqarolik jamiyatini barpo etish omili.
–Toshkent: Akademiya, 2008 98 b.
4.
Kenjaboyev A.T. Axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish muammolari. –
Toshkent: Ibn-Sino, 2004. – 252 b.
5.
Internet materiallari