Mualliflar

  • Xadjayeva Baxriniso Saʼdullayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.106551

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: O‘qish dasturi ongli o‘qish aralash dars o‘qituvchi hikoyasi ta'lim-tarbiya qobiliyat idrok

Annotasiya

Annotatsiya: Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan ona tili o’qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o’qish va nutq o’stirish bo’limida o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuniga: o’quvchilarni to’g’ri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o’qishga o’rgatish; bolaning ona Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g’oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 253

BOSHLANG’ICH SINF OʻQUVCHILARIGA ZAMON TALABLARIGA

MOS RAVISHDA TAʼLIM-TARBIYA BERISH


Xadjayeva Baxriniso Saʼdullayevna

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani

45-sonli maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi


Annotatsiya:

Boshlang’ich sinflarda o’qitilayotgan ona tili o’qish darslari adabiyot

fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o’qish va nutq o’stirish bo’limida
o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuniga: o’quvchilarni to’g’ri, ravon, ma’lum darajadagi
tezlik bilan ifodali o’qishga o’rgatish; bolaning ona Vatan, uning tabiati kishilar
mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g’oyalarini ular ongiga singdirish kabi
bilimlarni boyitish orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma malakalari kengaytiriladi,
shakllanadi va mustahkamlanadi.

Kalit so‘zlar:

O‘qish dasturi, ongli o‘qish, aralash dars, o‘qituvchi hikoyasi, ta'lim-

tarbiya, qobiliyat,idrok

KIRISH

O’qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib,

hayotga bog’lab o’tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. O’qish va
nutq o’stirishning ta’limiy tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo’yicha o’qish mazmunini
o’qish ko’nikmalarining og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o’qish
mashg’ulotlarining yozma nutq bilan bog’lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.

O’qish darslari davomida o’quvchilar so’zdagi harflarni bir-biriga bog’lab yozish,

so’z va gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbe kitobida berilgan tartibda yozishga
o’rgatiladi. O’qish darslarida o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatishning, asosan ikki
yo’li bor:

1.

Dars jarayonida turli matn xarakteridan kelib chiqib, o’quvchilarni ifodali

o’qishga o’rgatish;

2.

O’qish darslari materiallariga berilgan soatlarni qisqartirish hisobiga maxsus

ifodali o’qish dasturlari tashkil etish.

Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatish usullari quyidagilarni

o’z ichiga oladi:

1.

To’g’ri o’qish. Birinchi sinfda jiddiy ahamiyat berish talab qilinadi. Har bir

so’z, bo’g’in va tovushni to’g’ri, eshitarli, talaffuz etilishiga erishish lozim.

2.

Ongli o’qish. O’quvchi har bir gap, gapdagi so’z, so’zdagi bo’ginlarni o’qish

jarayonida uning ma’nosini tushunib o’qishi kerak.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 254

3.

Tez va ravon o’qish. Sekin yoki juda tez o’qish emas, balki gapirganday,

o’rtacha tezlik sur’atiga amal qilinib, ham to’g’ri, ham ongli, ham sidirig’asiga ravon
o’qishni ta’minlash zarur. Agar o’quvchi, labi labiga tegmay, haddan yashqari tez yoki
aksincha sekin, tutilib o’qisa ko’r — ko’rona, ma’nosiga tushunmay qolishi
mumkin.O’qish darslarning turlari:

a)

yaxshi bilim berish darsi;

b)

mustahkamlash darsi;

v) nazorat darsi;
g) aralash dars;
d) takrorlash-umumlashtirish darsi o’qish.
Umumlashtiruvchi darsning o’ziga xos xususiyatlari maqsadi.
Umumlashtiruvchi o’qish darsi qurilishi jixatidan boshqa darslardan farqlanadi.

Bunday darslar har bir sinfda 4-5 marta o’tkaziladi.YAngi dastur va metodik
qo’llanmalarda tavsiya qilinganidek, har bir o’qish darsida o’qilgan asar haqidagi
o’quvchilar tasavvuri va bilimini umlashtiruvchi darsning qurilishi umumlashtirishning
maqsadi va xarakteriga qarab belgilanadi.O’qishdan o’tkaziladigan umumlashtiruvchi
dars o’quvchilar bilimini sistemaga solish, o’rganilganlarni takrorlab umumlashtirish
maqsadiga xizmat qiladi. Umumlashtiruvchi dars, odatda, o’qish dasturidagi biror muhim
mavzu yuzasidan o’tkaziladi. Umumlashtiruvchi dars dasturning butun bir bo’limini
yakunlashga xizmat qilishi ham mumkin.Umumlashtiruvchi dars bolalar tasavvuri va
tushunchalarini kengaytirishga yordam beradi; bunday darslarda o’quvchilar egallagan
bilimlarining sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o’quvchi hayotidagi ahamiyatini
tushunadilar. Bu darsda o’qituvchi bolalar bilimini boyitadigan qo’shimcha materiallar
berishi ham mumkin. Umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari o’qilganlarning
mazmunini o’quvchilar yodida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda
bo’lishi, bolalar bilimini sistemalashtirishga, ayrim tasavvur va tushunchalarni tartibga
solishga yordam berishi lozim. SHunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan
o’qilganlargina emas, balki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idrok etilgan
tabiatdagi fan va hodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy tajribalari ham material
bo’ladi. Maktab hayoti, oila va tabiatshunoslikka oid mavzuga bag’ishlangan
umumlashtiruvchi darslarning vazifasi kitob materialini o’quvchilarning kuzatishlari,
ekskursiyalardan olgan bilimlari bilan bog’lashdir.Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari
xilma-xil bo’lib, o’qilganlar, ko’rilgan-kechirilganlar yuzasidan suhbat, illyustrativ
materiallar (rasmlar, misollar)ni ko’rsatish va tahlil qilish, o’quvchilarning ayrim
asarlardan parchalar o’qishi, ekskursiya va kuzatishlar haqida bolalarning og’zaki hikoya
qilishi kabilardan fodalaniladi. Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq
maqsadidan kelib chiqib ta’minlanadi. Umumlashtiruvchi darslarga, asosan, quyidagi
pedagogik talablar qo’yiladi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 255

O’quvchilar dasturdagi muayyan mavzu ustida ishlab, o’qiganlari, ko’rgan,

eshitgani, kuzatganlari haqida o’z fikr-mulohazalarini dalil va erkin aytish imkoniyatlariga
ega bo’lsinlar. Masalan, ma’lum bir mavzuni yakunlab o’tkazilgan umumlashtiruvchi
darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o’qigan hikoya va maqolalardan qaysi biri
qiziqarliroq ekanini, shuningdek, biror hikoya yoki maqoladagi qatnashuvchi shaxslar,
ularning xulq-atvorlari haqida o’z fikrlarini aytadilar, zarur bo’lsa, o’qilgan asar
mazmunini qisqa bayon qiladilar. Agar mavzuni o’rganish jarayonida o’quvchilar bilan
ekskursiya o’tkazilgan bo’lsa, ular ekskursiyadan ko’rganlaridan nimalar qiziqarli
bo’lganini, qaysilari kuchli taassurot qoldirganini aytib berishlariga o’qituvchi yordam
beradi. Bular o’quvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni faol fikrlashga o’rgatadi,
o’stiruvchi ta’limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.O’qish kitoblarida berilgan
savol va topshiriqlar bolalar qiziqishiga yaqin, ularning yosh xususiyatiga mos, shuning
uchun ular yuzasidan bolalar to’g’ri yakun va umumiy xulosa chiqara oladilar. Mustaqil
xulosa chiqarish tarbiyalovchi ta’limda muhim ahamiyatga ega.Umumlashtiruvchi
darsning muvaffaqiyati unga o’qituvchining qanday tayyorgarlik ko’rishiga
bog’liq.Bunday darsda juda ko’p material yuzasidan umumiy xulosa chiqarishni
rejalashtirib bo’lmaydi; bu darsda ko’p material yuklash o’quvchilar diqqatini chalg’itadi;
idrok etish qobiliyatlarini pasaytiradi va faol fikrlashlariga xalal beradi.O’qituvchi
umumlashtiruvchi darsda o’quvchilardan nimalarni so’rashini, biror narsaga oid yana
nimalarni umumlashtirishini belgilab oladi; darsning maqsadi haqida o’ylab, bolalar
tafakkuri va faoliyatini faollashtirishga ta’sir etadigan ish shakllaridan foydalanishni
rejalashtiradi.

Umumlashtiruvchi darsni dasturdagi har bir mavzu o’rganilgandan so’ng o’tkazish

shart emas. Uni faqat muhim va katta bo’lim materiallari o’rganilgandan keyin o’tkazish
kifoya. Umumlashtiruvchi darslarda ko’rgazma qo’llanmalar, savol va topshiriqlar,
ekskursiya, kuzatish, uchrashuv va suhbat materiallaridan mavzularni o’rganish
davridagidek foydalanish tavsiya etilmaydi. Umumlashtiruvchi dars oldiga qo’yilgan
vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o’qituvchi kundalik mashg’ulotlarda
foydalanilgan juda ko’p materiallardan har bir mavzu uchun muhim va xarakterlilarini
tanlashi, o’quvchilar mustaqil xulosa chiqara olishlariga va o’z fikr-mulohazalarini bayon
etishlariga imkon yaratib berishlari zarur. Buning uchun o’quvchilar o’zlarining
ekskursiya va kuzatish vaqtida yozgan xotiralarini (agar bo’lsa) o’qib chiqishlari, ilgari
tayyorlangan rasmlarini, kitobdagi materiallarni ko’zdan kechirib, qiziqarli o’rinlarini
belgilashlari, biror asardan ayrim parchani yod olishlari yoki matnga yaqin bayon etishga
tayyorlanishlari lozim

O’qish darslari atrof-muhit, insoniy munosabatlar, Vatanning o’tmishi va hozirgi

kundagi hayoti, unda insonlarning o’rni haqidagi o’quvchilar bilimlarini kengaytiradi,
dunyoqarashlarining shakllanishiga, ma’naviy- axloqiy tarbiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Natijada o’quvchilarda ijobiy- axloqiy sifatlar shakllana boshlaydi, vatanparvarlik,


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 256

vatanga muhabbat, insonparvarlik hislari rivojlanadi. Shuning bilan birga kitobda mustaqil
o’qish uchun ham materiallar berilgan. Darslikning har bir bo’limi ma’lum maqsad
asosida tuzilgan. Har bir bo’lim so’ngida mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar,
turli boshqotirma va rebuslar berilganki, bular o’quvchilarda erkin fikrlashni, izlanish
qobiliyatini rivojlantirish bilan birga, ularda o’qish motivlarini rivojlanishiga xizmat
qiladi.

Birinchi bo’lim - “O’zbekiston – mening vatanim” o’quvchilarni vatan tushunchasi

bilan tanishtirib, uning qiyosi yo’qligiga ishontiradi, uni asrab avaylashga, u bilan
faxrlanish o’rgatadi. Shuningdek, vatanning o’tmishi va hozirgi kuni haqidagi materiallar
ham o’quvchilarda vatnparvarlik, vatanga muhabbat hislarini rivojlantirishga ham ta’sir
ko’rsatadi.

Ikkinchi bo’lim – “Biz – buyuklar avlodi” deb nomlangan. Bu bo’limda o’quvchilar

o’zbek xalqining buyuk xalq ekanligini, uning donishmand farzandlarini butun dunyo
bilishini o’rganib, ularda vatanparvarlik, insonparvarlik sifatlari tarbiyalanadi. Bu
bo’limda ular millatimiz faxri bo’lgan Amir Temur, Alisher Navoiy , Mirzo Ulug’bek,
Abu Ali ibn Sino, Bobur kabi allomalar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishadilar. Ularning
hayoti haqidagi rivoyatlarni o’rganadilar.

Uchinchi bo’lim- “Ko’klam- yashardi olam” deb nomlangan. Bu bo’limda

o’quvchilar bahor fasli unda o’tadigan bayramlar, bahorda bajariladigan ishlar haqidagi
ma’lumotlar bilan tanishadilar, fasllar haqida, bayramlar, urf- odatlar haqida
ma’lumotlarga ega bo’lishadi.

To’rtinchi bo’lim – “Ilm – aql chirog’i” deb nomlangan bo’lib, o’quvchilar bu

bo’limda ilmga, o’qishga, kitobga mehrli bo’lish haqida bilim va ko’nikmalar hosil
qilishadi. O’quvchilar bu bo’limni o’rganishorqali ilmning inson hayotidagi ahamiyatini
bilib oladilar. Bilimli bo’lish uchun ko’proq o’qish, o’rganish lozimligini anglaydilar.

Beshinchi bo’lim – “Xalq o’giti – baxt kaliti” deb nomlanib, xalq og’zaki ijodini

o’rganishga bag’ishlangan, bunda 1-sinf o’quvchilarining yoshi, o’zlashtirish
xususiyatlariga mos materiallar tanlangan. Asosiy maqsad o’quvchilarda umuminsoniy
sifatlarni, qadriyatlarni tarbiyalashga qaratilgan.

Oltinchi bo’lim – “Odob – insonga husn”. Bu bo’limda insonning eng go’zal

fazilatlaridan biri – odoblilik haqida gap boradi. Bu bo’limni o’rganish orqali o’quvchilar
kundalik hayotidagi insoniy munosabatlarni, undagi axloq normalarini, umuminsoniy
sifatlarni bilib o’zlashtirib oladilar.

Yettinchi bo’lim – “Mehnatning tagi rohat”. Bunda o’quvchilar mehnat insonga baxt

keltirishini, insonlar hayotida baxtli yashash uchun birorkasbni egallashlari zarurligi
haqidagi mavzularni o’rganadilar. Ularda mehnatga hurmat, mehntsevarlik, kasb
egallashga qiziqish tarbiyalanadi.O’qituvchi badiiy matn ustida ishlaganda mavjud savol
va topshiriqlardan foydalanadi. U matnni avval ifodali qilib o’qib beradi. Keyin matn
mazmuni ustida suhbat uyishtiradi. Bunda o’qituvchi savollar va tasviriy vositalardan


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 257

foydalanadi. O’quvchilarning o’zlariga ovoz chiqarmay o’qish, mazmunini tushunish
topshiriladi. Keyin navbatma - navbat o’qitiladi. Lug’at ustida ishlab, yangi so’zlarning
ma’nosi tushuntiriladi, o’quvchilarning lug’at boyligini oshorishga e’tibor qaratiladi.
Oxirida savol – javob, test, boshqotirma, rebus yechib o’quvchilar umumlashtiriladi,
reytingi e’lon qilinadi.

XULOSA

O’quvchilarning borliq, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlari, bilimlarini ma’lum

bir tizimga solish va boyitish, dunyoqarashini shakllantirish kabi vazifalar
bajariladi.O’quvchilarning o’qish tezligini oshirish.O’qituvchi 1-sinfning 2-yarim
yilligida o’quvchining bir daqiqada 20-25 so’zni o’qiy olishiga erishishi kerak. Bu o’qish
tezligi o’quvchilarning asar mazmunini o’zlashtirishini ta’minlashi lozim. Lekin o’qish
tezligi har bir o’quvchining og’zaki nutq tempiga ham bog’liq bo’ladi. Bu o’qituvchining
diqqat markazida bo’lishi lozim. Sekin gapiradigan bola ravon, to’g’ri o’qisa-yu, bir
daqiqada 22-23 so’zni o’qisa, uni o’qish talabini bajarmadi deb bo’lmaydi.
O’quvchilarning o’qish sur’atini tezlashtirish uchun turli topshiriqlar asosida o’qishni
mashq qilish, o’quvchida o’qishga qiziqish uyg’otish, rollarga bo’lib o’qitish, dialogli
matnlarni avval tez o’qiydigan o’quvchiga, so’ng sekin o’qiydigan o’quvchiga taqsimlash
kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Karimov I.A “Yuksak m’naviyat yingilmas kuch “. Toshkent: O’zbekiston 2008. 202
b.

2.

Tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi. 2005y.

3.

A. Avloniy “Turkiy Guluston yohud ahloq” (nashirga tayyorlovchi Holiqov L)-
Toshkent: O’qituvchi, 1992. 160b. 4.Sh. Shodmonov, M. Halimov, N. Fayzullayeva.
Tarbiyaviy ishlar uslubiyati. T.2008y.

4.

Ziyo.net

Bibliografik manbalar

Karimov I.A “Yuksak m’naviyat yingilmas kuch “. Toshkent: O’zbekiston 2008. 202 b.

Tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi. 2005y.

A. Avloniy “Turkiy Guluston yohud ahloq” (nashirga tayyorlovchi Holiqov L)- Toshkent: O’qituvchi, 1992. 160b. 4.Sh. Shodmonov, M. Halimov, N. Fayzullayeva. Tarbiyaviy ishlar uslubiyati. T.2008y.

Ziyo.net