Авторы

  • Shodiyona Abdiyeva
    Shahrisabz davlat pedogogika instituti Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (BT) yoʻnalishi 1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yopa.127061

Ключевые слова:

Pedagogik qobiliyat innovatsion yondashuv zamonaviy ta’lim interaktiv metodlar pedagogik texnologiyalar kreativ ta’lim kasbiy mahorat o’qituvchi kompetensiyasi..

Аннотация

Pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish jarayonida innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy ta’lim tizimi o’qituvchilardan nafaqat an’anaviy metodlarni, balki yangi pedagogik texnologiyalar, interaktiv usullar va kreativ ta’lim yondashuvlarini qo’llashni talab qiladi. Ushbu maqolada innovatsion pedagogik yondashuvlarning mohiyati, ularning talim jarayoniga ta’siri va o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishdagi o’rni tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish yo’llari va pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirishga oid tavsiyalar beriladi.


background image

36

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

PEDAGOGIK QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA

INNOVATSION YONDASHUVLAR

Abdiyeva Shodiyona Yodgor qizi

Shahrisabz davlat pedogogika instituti

Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (BT) yoʻnalishi

1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15401018

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05- May 2025 yil

Ma’qullandi: 10-May 2025 yil
Nashr qilindi: 14-May 2025 yil

Pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish jarayonida
innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy ta’lim tizimi o’qituvchilardan nafaqat
an’anaviy

metodlarni,

balki

yangi

pedagogik

texnologiyalar, interaktiv usullar va kreativ ta’lim
yondashuvlarini qo’llashni talab qiladi. Ushbu maqolada
innovatsion pedagogik yondashuvlarning mohiyati,
ularning ta’lim jarayoniga ta’siri va o’qituvchilarning
kasbiy mahoratini oshirishdagi o’rni tahlil qilinadi.
Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan
samarali foydalanish yo’llari va pedagogik qobiliyatlarni
rivojlantirishga oid tavsiyalar beriladi.

KEY WORDS

Pedagogik qobiliyat, innovatsion
yondashuv,

zamonaviy

ta’lim,

interaktiv metodlar, pedagogik
texnologiyalar,

kreativ

ta’lim,

kasbiy

mahorat,

o’qituvchi

kompetensiyasi..

Bugun mamlakatimiz ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta'lim-

tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, har tomonlama
kompetentli, ijtimoiy faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon andozalari
darajasiga olib chiqish muammolariga oid ko'plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Ta'lim
sohasidagi sifat o’zgarishlari va yuqori samaradorlik ularning jahon ta'lim talablari bilan
mosligi va pedagoglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o'zlashtirgan kompetensiyalari qay
darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bog'liq. Ta'lim-tarbiyadagi sifat o'zgarishlari va
yuqori samaradorlik esa mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish natijasida ta'limda sifat va
samaradorlik ta'minlanib, pedagogik innovatsion jarayon vujudga keladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning ...Yosh avlodni barkamol,

ma'naviy va jismonan sog’lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalash, ularni mustakil
fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy saloxiyatga ega bulib, dunyo miqyosida o'z
tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli
bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.[1],
degan fikrlari yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning yaratuvchisi sifatida
shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim
olishi, shaxs sifatida kamol topishi, pedagogika sirlarini o'rganishi va kundalik turmush
yumushlarini hal etishga tayyorlab borish masalasi asosiy muammolar tariqasida talim
jarayonida ko'ndalang bo'lib turibdi.

Ko'rinib turibdiki, bugungi kun ta'limi oldida turgan asosiy vazifa bu talim oluvchilarga

bilim berish bilan birga ularda hayotiy ko’nikmalarni tarkib toptirish hamda zaruriy


background image

37

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

kompetentlikka ega bo’lishlarini ta'minlashdan iborat. Ushbu talablarni sifatli amalga
oshirishda innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

Ma’lumki, har bir zamonaviy sifatli ta’lim avvalo insonda kommunikativ

kompetensiyaning shakllanganligi bilan baholanadi. Demak, ta’lim jarayonida pedagogning
mahorati asosida o’quvchi bilan kommunikativ munosabatlarni yangi bosqichga o’tishi
quyidagilarni talab etadi:

- o’qituvchi va o’quvchining o’zaro do’stona munosabatlarga asoslangan

kommunikativligini ta’minlash;

- o’qituvchi va o’quvchilardagi kommunikativ munosabatlar uzluksiz ta’lim tizimining

alohida bir pog’onasi ekanligini bilish;

- tezkor axborotlar hajmining uzluksiz kengayib borishi o’qituvchi bilan o’quvchilar

kommunikativ munosabatlar shakllariga o’zgartirishlar kiritishga ehtiyojni e’tiborga olish;

- o’qituvchining shaxsiy sifatlari, kasbiy bilimdonligi, pedagogik mahoratiga qo’yiladigan

mezon va talablarni bilish va o’z ustida muntazam ishlash;

- o’quvchilarning dunyoqarashi, qiziqishi va qobiliyatini, ehtiyojlarini inobatga olib ish

jarayonini tashkil etish;

- ta'lim samaradorligini ta'minlashda o’qituvchi bilan o’quvchilar kommunikativ

munosabat usullariga ilmiy asoslangan holda o’zgartirishlar kiritib borish;

- o’qituvchining nutq madaniyati, muomala odobi, shaxslararo muloqotga kirishishi, o’z-

o’zini boshqarishi, muammoli vaziyatlarda yechim topa olishi, psixologik bilimlarga ega
bo’lishi kabilar [2; 432-b].

Pedagogik qobiliyatlarni shakllantirishda innovatsion yondashuvlarning yana bir muhim

omili - bu turli xil muloqot uslublari va vaziyatlariga ta'sir qilishdir. Bu kitoblar, filmlar va
yangiliklar maqolalari kabi ommaviy axborot vositalarining turli shakllari bilan shug'ullanish,
shuningdek, turli kelib chiqishi va madaniyatiga ega bo'lgan shaxslar bilan muloqotni o'z
ichiga olishi mumkin. O'zimizni turli xil muloqot uslublari bilan tanishtirish orqali biz tilning
turli kontekstlarda qanday ishlatilishi va talqin qilinishi haqidagi tushunchamizni
kengaytirishimiz mumkin. Bundan tashqari, texnologiya o'rta maktab o'quvchilari sifatida
qanday muloqot qilishimizni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Ijtimoiy tarmoqlar, xabar
almashish ilovalari va videokonferensaloqa vositalari kabi platformalar bizning kundalik
hayotimizning ajralmas qismiga aylandi, bu bizga real vaqtda va uzoq masofalarda boshqalar
bilan muloqot qilish imkonini beradi. Texnologiyadan aloqa vositasi sifatida foydalanish
orqali biz raqamli asrda o'zimizni samarali ifoda etish qobiliyatimizni yanada
rivojlantirishimiz mumkin.

Bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri o‘qituvchilarning

pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni zamonaviy ta’lim talablariga mos holda
shakllantirishdir. An’anaviy ta’lim metodlari o’quv jarayonida samarali natijalar berishi
mumkin, ammo innovatsion yondashuvlardan foydalanish ta’lim sifati va samaradorligini
yanada oshirishga xizmat qiladi.

Pedagogik qobiliyat bu o’qituvchining o’quvchilar bilan samarali muloqot o’rnatish,

ularga bilim berish va tarbiyalash jarayonida ilg’or metodlardan foydalanish qobiliyatidir.
Zamonaviy o’qituvchi quyidagi asosiy pedagogik qobiliyatlarga ega bo’lishi lozim:

Didaktik qobiliyat murakkab bilimlarni oson va tushunarli shaklda yetkazish.
Tashkiliy qobiliyat o’quv jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish.


background image

38

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

Kreativ qobiliyat ‘ innovatsion va ijodiy yondashuvlarni qo’llash.
Psixologik qobiliyat o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini inobatga olish va ularning

ehtiyojlariga mos yondashish.

Kommunikativ qobiliyat samarali muloqot o’rnatish va o’quvchilar bilan yaqin aloqa

qilish.

Ushbu qobiliyatlarni shakllantirish va rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar katta

ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar o’qituvchi va o’quvchilarning

faol ishtirokini ta’minlaydi, o’quv jarayonini qiziqarli va samarali tashkil etishga yordam
beradi. Quyida pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirishda qo’llanilayotgan asosiy innovatsion
yondashuvlar keltirilgan:

1.

Interfaol ta’lim metodlari.

Interfaol usullar o’quvchilarni dars jarayoniga faol jalb etishga yordam beradi. Bularga

quyidagilar kiradi:

Klaster usuli o’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lib, birgalikda muammolarni hal qilish.
Rol o’yinlari turli vaziyatlarni sahnalashtirish orqali bilimlarni mustahkamlash.
Aqliy hujum muayyan mavzu bo’yicha erkin fikr bildirish orqali kreativ tafakkurni

rivojlantirish.

2. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT) dan foydalanish.
Raqamli texnologiyalar ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o’ynaydi. Masalan:
Elektron darsliklar va platformalar masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytiradi.
Interaktiv doskalar dars jarayonini yanada jonli va qiziqarli qiladi.
Virtual laboratoriyalar ilmiy tajribalarni onlayn shaklda bajarish imkonini beradi.
3. Differensial va individual yondashuv.
Har bir o’quvchining bilim darajasi va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularga mos

ta’lim berish samaradorlikni oshiradi. Bu usul o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini
inobatga olib, ularga individual yondashish imkonini beradi.

4. Muammoli ta’lim.
Bu metod o’quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. O’qituvchi muayyan muammoni

qo’yadi va o’quvchilar uni yechish yo’llarini izlaydilar. Bu usul mantiqiy tafakkurni
rivojlantirishga xizmat qiladi.

5. STEAM-talim yondashuvi.
STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi fanlararo

bog’liqlikni kuchaytirib, amaliy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Bu yondashuv orqali
o’quvchilar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo’ladilar, balki ularni hayotda qo’llash
imkoniyatiga ham ega bo’ladilar.[3; 435, 438-b]

Bu bevosita pedagogik faoliyatni zamon talablaridan kelib chiqib, yoʻlga qoʻyish

masalasiga ham daxldordir.

Zero, bugun taʼlim muassasalarida innovatsion pedagogik faoliyatga har qachongidan

ham koʻproq zaruriyat tugʻilyapti. Bu darslarni samarali oʻtish, vujudga kelishi mumkin
boʻlgan ziddiyatlarni oqilona hal etish imkonini beradi. Binobarin, taʼlim xodimi – eng avvalo,
innovator “xavfsiz sinovlar oʻtkazish” psixologiyasining bilimdoni boʻlishi kerak [6].

Oʻqituvchini aniq maqsadni koʻzlagan holda innovatsion faoliyatga tayyorlash – bu

yaxlit, bir butun jarayon. U oʻzaro bogʻliq va bir-biri bilan shartlangan davrdan tashkil topgan:


background image

39

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

oliy taʼlim muassasalarida oʻqish va tarbiyalash, shuningdek, maxsus muassasalarda oʻqish va
maktabdagi amaliy pedagogik faoliyatning oʻzaro almashib kelishi asosida tashkil qilingan.
Qayd etib oʻtilgan davrlarni pedagog shaxsini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishning
yaxlit jarayoniga birlashtirilishi – uni innovatsion faoliyatga kiritishning asosidir.

Oʻqituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash konsepsiyasini yaratishda oʻqituvchi

shaxsini shakllantirishning bir butun jarayonini loyihalashni va faoliyat olib borishini
taʼminlovchi tizimli, refleksiv-faoliyatli, individual-ijodiy yondashuvlar asos qilib olinadi.

Masalan, tizimli yondashuv jihatdan – pedagogik taʼlimning barcha boʻgʻinlari

innovatsion faoliyatning barcha komponentlarini ularning yaxlitligida yuzaga chiqishini
maksimal darajada ragʻbatlantirishi kerak.

Refleksiv-faoliyatli yondashuvni amalga oshirish esa oʻqituvchining oʻz faoliyatiga

nisbatan, faoliyat subyekti sifatida oʻquvchi shaxsini rivojlantirish borasidagi samaradorligini
tanqidiy tahlil etish, mulohaza qilish va uni baholash maqsadida oʻziga nisbatan ham
faol tadqiqiy mavqeiga kirishish qobiliyatini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Individual-ijodiy yondashuv oʻqituvchida ijodiy individuallikni aniqlash va

shakllantirish, unda innovatsion ongni rivojlantirishni takrorlanmas faoliyat texnologiyasini
taʼminlovchi shaxsiy darajaga olib chiqadi.

Pedagogni innovatsion faoliyatini yoʻlga qoʻyish obyektiv voqelikni qabul qilishdagi

qarashlarini aniqlab beradi. Pedagogni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosi maʼlum
maqsadlarga boʻysunuvchi bir necha oʻzaro aloqador va funksional komponentlarni oʻz ichiga
olgan tizim sifatida ifodalanishi mumkin.

Oʻqituvchining

innovatsion

tayyorligi

uzluksiz

taʼlim

sharoitida

pedagogik innovatikaning toʻliq mazmun-mohiyatini egallash boʻyicha uning nazariy, amaliy
va psixologik-fiziologik saviyasidir. Bunday tayyorlik pedagogik tizim natijasi sifatida nazariya
va amaliyotning bir butunligini taʼminlash, oʻquv ishlariga vijdonan munosabatda boʻlishni
tarbiyalash hamda ijodiy faollikni rivojlantirish asosida oʻquvchilarda maʼlum
fanlar, umumkasbiy faoliyat koʻrinishlari boʻyicha bir butun bilimlar va malakalarni
shakllantirishga koʻmak berishi kerak.

Xulosa qilib aytganda, pedagogik qobiliyatlarni shakllantirishda innovatsion

yondashuvlardan foydalanish ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Interfaol metodlar,
AKT, differensial yondashuv, muammoli ta’lim va STEAM texnologiyalaridan foydalanish
o‘qituvchilarga zamonaviy va samarali darslarni tashkil qilish imkonini beradi.
O‘qituvchilarning doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi va innovatsion metodlarni o‘zlashtirishi
ta’lim sifati va o‘quvchilarning bilim darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда
барпо этамиз. – Т: Ўзбекистон, 2016
2.Zamonaviy ta’lim texnologiyalari: darslik / mualliflar jamoasi; ed. Bordovskoy N.V. - 2-nashr,
o'chirilgan - M.: KNORUS, 2011. - 432 b.
3.Aminova, S., & Qurbonova, U. (2022). The Role Technology Plays In The Knowledge Creation
Process. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 435-439.
4.Zaxarova, I.G. Ta'limda axborot texnologiyalari: oliy ta'lim uchun darslik. darslik
muassasalar / I.G. Zaxarov. - M.: “Akademiya”, 2008., 338-bet.
5. Oliy ta’limda faol va interaktiv ta’lim texnologiyalari (darslarni o'tkazish shakllari): darslik /


background image

40

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

komp. T.G. Muxin. - Nijniy Novgorod: NNGASU, 2013. - 97 p.
6. Самиева Ш. Х., Рузиева Ш. Ф. ПРОЕКТИРОВАНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ПРОЦЕССА КАК
ОБ-РАЗОВАТЕЛЬНАЯ ИННОВАЦИЯ //ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ. – 2024. – С. 102.
7.Abdiyeva Shodiyona Yodgor qizi. (2025). Pedagogik qobiliyatlarni shakllantirishda
innovatsion yondashuvlar.IQRO INDEXING, 14(02), 1215-1219

Библиографические ссылки

Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Т: Ўзбекистон, 2016

Zamonaviy ta’lim texnologiyalari: darslik / mualliflar jamoasi; ed. Bordovskoy N.V. - 2-nashr, o'chirilgan - M.: KNORUS, 2011. - 432 b.

Aminova, S., & Qurbonova, U. (2022). The Role Technology Plays In The Knowledge Creation Process. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 435-439.

Zaxarova, I.G. Ta'limda axborot texnologiyalari: oliy ta'lim uchun darslik. darslik muassasalar / I.G. Zaxarov. - M.: “Akademiya”, 2008., 338-bet.

Oliy ta’limda faol va interaktiv ta’lim texnologiyalari (darslarni o'tkazish shakllari): darslik / komp. T.G. Muxin. - Nijniy Novgorod: NNGASU, 2013. - 97 p.

Самиева Ш. Х., Рузиева Ш. Ф. ПРОЕКТИРОВАНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ПРОЦЕССА КАК ОБ-РАЗОВАТЕЛЬНАЯ ИННОВАЦИЯ //ВЕСТНИК МАГИСТРАТУРЫ. – 2024. – С. 102.

Abdiyeva Shodiyona Yodgor qizi. (2025). Pedagogik qobiliyatlarni shakllantirishda innovatsion yondashuvlar.IQRO INDEXING, 14(02), 1215-1219