Авторы

  • Salohiddin Raxmonov
    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yopa.127066

Ключевые слова:

lug‘at sheva lahja ma’nodosh so’zlar shakldosh so’zlar o’g’uz shevasi.

Аннотация

Ushbu maqolada Samarqand viloyati o‘g’uz shevalari nutqida uchraydigan ba’zi ma’nodosh so’zlar tahlil qilingan.


background image

16

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

SAMARQAND VILOYATI O‘G‘UZLARI SHEVALARIDA

MA‘NODOSH SO‘ZLAR TAHLILI

Raxmonov Salohiddin Mingboyevich

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

Samarqand kampusi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15363372

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01- May 2025 yil

Ma’qullandi: 05-May 2025 yil
Nashr qilindi: 08-May 2025 yil

Ushbu maqolada Samarqand viloyati o‘g’uz shevalari
nutqida uchraydigan ba’zi ma’nodosh so’zlar tahlil
qilingan.

KEY WORDS

lug‘at, sheva, lahja, ma’nodosh
so’zlar, shakldosh so’zlar, o’g’uz
shevasi.

Globallashuv

jarayonlari

kuchaygan

XXI

asrning

dastlabki

yuz

yilligi

Shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi hamda u milliy-ma’naviy qadriyat

hisoblanadi. Aslida ona tili deganda, shevalarni tushunish haqiqatga yaqindir, shuning uchun
ham uni asrab-avaylash, qadrlash zarur. Demak, shevalar to‘g‘risidagi fanni o‘rganish milliy
g‘oya ruhida tarbiyalash imkoniyatini tug‘diradi. To‘g‘ri, har bir madaniyatli shaxs rasmiy
doiralarda o‘zbek adabiy tilida muomala qilishi shart, lekin bu o‘z shevasini unutishi kerak
degan ma’noni anglatmaydi.

Ma’lumki, shevashunosligimiz tarixi XI asarning mashhur tilshunosi Mahmud

Qoshg‘ariyga borib taqaladi. Uning “Dеvonu lug‘atit turk” asari turkiy xalqlar shеvalarining
so‘zligini arab tilida izohlab, o‘zida jamlagan mukammal va bеbaho lug‘atlardan biri sanaladi.
Shu asarning “Indеks lug‘ati” ham olimlarimiz tomonidan tayyorlangan. Mana shu lug‘at
bahona turkiy qabila-urug‘larning tillari bir bobo tildan rivojlanib, taraqqiy etganiligi haqidagi
ilmiy-nazariy qarash dalillar asosida tasdiqlandiki, bu hol ona tilimizning o‘ziga xos nufuzini
va tarixiy taraqqiyotini dalillar vositasida tasdiqlab turibdi. Hazrat Alishеr Navoiy ham
bundan sal kam olti asr oldin mana shu turkiy tilda, ya’ni eski o‘zbek adabiy tilida shе’rlar
yozib, olamni qurolsiz holda, qalam bilan egallagan allomalardan biri sanaladi. Shu o‘rinda
hazratning “Muhok amatu-l-lug‘atayn” asaridagi “yig‘lamoq” so‘zining yuzta sinonimidan
yarmidan ko‘pi dialektal so‘z ekanligini hisobga olsak, ham taniqli shoir, ham davlat arbobi
bo‘lgan bu insonning shevalarimizga XV asrdayoq e'tibor berib, uning duru javohirlarini
tanlab-tanlab, o‘z asarlarida qo‘llay olganiga amin bo‘lamiz. Mana shuning natijasida o‘sha
vaqtda Xuroson hukmdori bo‘lgan Husayn Boyqaro tilimizga Davlat tili darajasini bеrish
to‘g‘risidagi tarixiy farmonini e’lon qilishga majbur bo‘lgan. Xonliklar davrida ham garchi
o‘sha vaqtda tilimiz bo‘yicha chuqur ilmiy asoslarda tadqiqotlar olib borilmagan bo‘lsa-da,
tilimiz ijtimoiy hayotdagi mavqеini saqlab qolganligi va kuchaytirganligi tarixda hech ham rad
qilib bo‘lmaydigan dalillar orqali o‘z ifodasini topgan.


background image

17

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

Adabiy tilimizning ichki imkoniyatlar asosida boyib borishida shevalardan so‘zlarni

qabul qilish muhim manba hisoblanadi.

Shevalardan leksik qatlamga oid ma’lumotlar to‘plash shevashunoslik ilmida murakkab

kechadigan jarayondir. Shu jumladan, so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga oid turlarini
to‘plashda o‘zbek shevalar doirasida ko‘pgina leksik manbalar to‘plash birgina o‘zbek shevasi
doirasida ma’lumot to‘plash salmoqli ishni yuzaga keltiradi

Xususan, Xorazm shevalarini maxsus tadqiq etgan F.Abdullaev turkiy tillarning tasnifida

ham¸ aniq bir tilning shevalarini tasnif qilishda ham yolg’iz leksik materialga asoslanish
kutilgan natijani bermasligini¸ faqat tilning boshqa yaruslari (fonetika¸ morfologiya¸ sintaksis)
bo‘yicha to‘plangan materiallar bilan birgalikdagina ilmiy jihatdan ishonarli biror xulosaga
kelish mumkin bo‘ladi¸ degan fikrni ilgari suradi. Olim bu fikrni turkiy tillar bo‘yicha
A.N.Baskakov tasnifiga e’tiroz bildirib aytadi. Ma’lumki¸ A.N.Baskakov turkiy tillarni¸ asosan¸
leksik xususiyatlarini hisobga olib tasnif etgan.

F.Abdullaev turkiy tillar leksikasini tarixiy-qiyosiy aspektda o‘rganish¸ birinchi

navbatda¸ urug’dosh tillar bo‘yicha¸ ayniqsa¸ jonli shevalar bo‘yicha mukammalroq faktik
materiallar to‘plash lozim¸ deb hisoblaydi. Tadqiqotiga qarindosh-urug’ nomlari (

әkiz

egizak;

bөvәk

― chaqaloq kabi) Samarqand chandir o‘g‘uz shevasida

babak

-chaqaloq fonetik

shakli o‘zgargan holda bugungi kunda ham shevada faol qo’llanadi. Bu variant o’zbek
shevalarida qo’llanib turadigan erkalash ma’nosida keladigan

bo’pa, bo’pi

so’zga ham asos

bo’lib xizmat qilgan bo’lsa ajab emas. Shunga o’xshash (

bag’ыr

― jigar;) kabi so’zlarga

ma’nodoshi sifatida chandir o‘g‘uz shevasida

bovur, qardash,

gohida shu so’z ma’nosida

qo’llanadigan

do’g’an- tuqqan, tug’ishgan kabi;

odam va uning hayoti¸ tirikchiligi bilan bog’liq

so‘z-terminlar (

alchaq

― chaqqon¸ qobiliyatli¸ uddaburon lug’atini ilova qiladi. Samarqand

chandir o‘g‘uz shevasida

alg‘ir

yoki ko’chma ma’nodagi xalq ishlab chiqqan variantida

g‘irra

kesa-

tez bajaradi kabi qo’llaniladi.

F.Abdullayevning fikriga tayanadigan bo‘lsak, shevalarning leksik tomonini o‘rganishni

tilning barcha bo‘limlariga bog’lab qiyosiy metoddan foydalanish soha bo‘yicha izlanish olib
borishdagi to‘g’ri yol deb belgilangan. O‘z navbatida sheva bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar,
yaratilgan darslik, o‘quv qo‘llanmalarda ham shu yo‘ldagi tahlillar o‘rin egallagan.

1

Lekin

shevaning aynan leksik tomonini o‘rganib, shevaga oid turli lug’atlar yaratish ko‘p mehnat va
vaqt talab qiladi. Chunki yuqoridagi tahlillarning o‘zi shuni ko‘rsatib turibdiki, shevalarga oid
leksik materiallarda shevalarning fonetik jihati bilan bog’liqlikda amalga oshirilgan.
Mustaqillikdan keyin sohaga bo‘lgan e’tibor natijasida ko‘pgina ilmiy tadqiqot ishlari olib
borilmoqdaki, bu tadqiqotlar ma’lum bir ijodkorlarimizning asarlaridagi sheva so‘zlari yoki
ma’lum bir hududning shevasiga bag’ishlanganligi bilan yuqoridagi kabi tahlilga tortilgan. Bu
o‘z navbatida shevalarning leksikografiyasi borasida qilinadigan ishlar anchagina borligidan
dalolat beradi. Shu o‘rinda T.J.Enazarov, X.T.Abdullayevlar tomonidan “Dialektologik amaliyot
so‘roqligi”

2

2018 yilda nashr etilgan o‘quv qo‘llanmasida “… haligacha shevalarimiz

materiallari asosida 1971 yilda nashr etilgan “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”dan boshqa biron
bir lug‘at nashr etilmagan. U ham bor-yo‘g‘i 9,5(to‘qqiz yarim ming)ta dialektal so‘zdangina

1

Абдуллаев Ф. Ўзбек тилининг ўғуз лаҳжаси. –Т.: Фан¸ 1978; Ўзбек тилининг Хоразм шевалари. –Т.: Фан¸

1964.

2

Saidov Yoqub. O’zbek dialektologiyasi, o’quv metodik qo’llanma, Buxoro: Durdona nashriyoti, 2021.


background image

18

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

iborat lug‘at. Uning ham yarmi f.f.n., katta ilmiy xodim Ahmad Ishaev tomonidan to‘plangan
“Qarindosh-urug‘ nomlari”ni bildiruvchi so‘zlardir deya ma’lumot berilgan.

Biz tahlil qiladigan Samarqand viloyati o‘g’uzlarining leksikasidagi sinonim so‘zlarning

tahlili shu sheva vakillarining Samarqand shahri eroniylari, Samarqand viloyati Pastdarg’om
tumani chandirlar va boshqa Samarqand viloyatidagi o‘g’uz shevasida muloqot qiluvchi aholi
hamda hududdagi qipchoq va qarluq lahjasidagi shevaga oid so‘zlar bilan sinonimik holati
tahlil qilinadi.

Dastlab bu shevada boshqa shevalarda ham ko‘p sinonimik qatorni tashkil qiladigan

so‘zlardan qarindoshlik oid sinonim so‘zlarga e’tibor qaratsak

:

qarindosh-urug’ nomlari

ona

so‘zining chandir o‘g’uz

shevasida

ene

(fonetik jihatdan o‘zgarishga uchragan), shu so‘z

eroniylar shevasida quyidagicha qo‘llanadi:

“-mi”

so‘roq qo‘shimchasi o‘rniga so‘roq ohangiga

urg‘u beriladi-da

Ha,

unay

yaxsh

i

?

-

Ha, onang yaxshimi?

Bu so‘z eroniy o‘g’uzlarining

shevasida muloqot jarayonida alohida so‘zning ozi qo‘llanganda

ona

adabiy tildagi varianti va

Samarqand shahar shevasidagi

biyi(-ng)

shakli uchrab turadi. Shahardagi tojik tilida muloqot

qiluvchi aholining ta’sirida

biyi

varianti urganji o‘g’uzlari shevasida to‘lig’icha shu variantini

kuzatishimiz mumkin. Dialektologik manbalarda berilgan bu so‘z Xorazim o‘g’uzlari shevasida
ona so‘zi o‘rnida qo‘llanadigan

opa

so‘zi, viloyatning Pastdarg’om tumanida yashovchi

novchandir, enakeychandir, turkmanlar deb nomlanuvchi o‘g’uz shevasida so‘zlovchi aholi
tomonidan

opa, ene

variantlari qo‘llanadi. Bu so‘z o‘z navbatida Samarqand viloyatining

Payariq, Bulung’ur, Jomboy va boshqa viloyatlarining qipchoq shevasi vakillarining nutqida
uchrab turadi

Shevadagi kishining ko‘rinishi va xarakteri asosida ro‘y beradigan sinonim so‘zlar:

novcha -

uzun bo‘yli ma’nosida (o‘g’uz

chandir shevasida)

, daroz (

eroniy shevasida)

– uzun

(bo‘yi daroz - bo‘yi uzun, daroz galinchak - uzun bo‘yli kelinchak) ma’nosida.

O‘g’uzlarda kishilarga laqab qo‘yish masalasi boshqa sheva vakillariga nisbatan ajralib

turadigan holatlardan biridir. Bu borada laqab qo‘yish asosida yig’ilib qolgan so‘zlar ham ko’p
uchrab turadi. Shundayy so‘zlardan ba’zilarini tahlilga tortamiz:

lo‘ppi,

pizze

Joraqul

pizze

-

sal narsaga ko‘tarilib ketadigan kishiga qo‘yiladigan (Pasdarg’om tumani chandir o‘g‘uz
shevasi) laqab. Bunda lo‘ppi so‘zi adbiy tilimizdagi kishining harakteridagi lov etib yonadi
iborasining shevaga o‘tgan shakli. Bu so‘z boshqa ma’noda qo‘llanganda kishining ko‘rinishini
ifodalaydi: lo‘ppi- to‘ladan kelgan kishi ma’nosida qo‘llanib shakldoshlikni ham hosil qiladi.
Yana shunday kishining xarakterini ifodalaydigan so‘zlardan. quyidagi so‘zga e’tibor
qaratamiz:

guppi

-men qila olaman deydigan, hech narsani bajara olmasa-da men qila olaman

deydigan kishiga nisbatan,

o‘tborda

-guppiga ma’nodosh (bu so‘z xalq topqirligi asosida

ko‘chma ma’noda kishilarning nafsi orqali o‘t organizmiga azob beradigan kishilarga nisbatan
olingan) so‘z. Ba’zan shevada bu so‘zning o‘rnida

o‘pke

(o‘pka) so‘zi ham ishlatilib turadi. Bu

so‘z orqali olingan laqabda chorvaning (qoramol, qo‘y) tanovul qilinadigan ichki a’zolari
qatorida o‘pkaning mazasiga kesatiq sifatida olingan ekan. O‘pka ichki organizmlar orasida
serharakat organ, tanovulga kelganda mazasi yo‘qligi yuqoridagi ko‘rinish inson xarakteriga
o‘xshatilgan. Aslida shevadagi guppi so‘zi o‘pkaning harakatidan olingan va sinekdoxa asosida
ma’no ko‘chishidan shakllangan. Bu so‘z kishilarga laqab qo‘yishda boshqa ma’noda ham
qo‘llanar ekan: Turdi o‘pke- bu o‘rinda shu kishining nimjonligi, ozg’in ko‘rinishiga nisbatan
ham qo‘llanib turar ekan.

Chandir o‘g’uzlar shevasining o‘zlarida ham turli variantda qo‘llaniladigan sinonim


background image

19

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

so‘zlar anchagina:

negoydi, geyin

(-da yoki -na qo‘shimchalari qo‘shilib keladi) – ba’zan,

gohida yordamchi so‘z turkumlari o‘rnida qo‘llanadigan sinonimlar bo‘lib, ular shevadagi
fonetik o‘zgarishlar natijasida paydo bo‘lgan. Bu o‘rinda

geyin

so‘zini qisman tahliga oladigan

bo‘lsak, adabiy tilimizdagi keyin so‘zimizga nisbatan olingan ma’nosida emas, balki yuqoridagi
paytni ifodalab keladigan ba’zan, gohida yordamchi so‘zlarimizga to‘g’ri kelishiga guvoh
bo‘ldik. Chandir o‘g’izlarining shevasida keyin so‘zini o‘rnida qo‘llanadigan

so‘na, unanin

(undan keyin) kabi bir necha o‘g’iz shevasining morfemik qisqartmalari asosida shakllangan
variantlari bor bo‘lib, u ham bo‘lsa shevalardagi so‘z qo‘llash erkinligining kengligi asosida
yuzaga kelishini ko‘rsatib turadi.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, shevalardagi so‘zlarning turli mavzu doirasida

sinonimlik, omonimlik va boshqa leksik birliklar asosida so‘zliklarning hosil qilinishi
mutaxassislar ta’kidlaganidek shevadagi so‘zlar to‘plamini leksemalar asosida tashkil qilish
murakkablikni yuzaga keltiradi. Shuning uchun shevadagi so‘zlarni lug’atga solish o‘z- o‘zidan
so‘zning fonetik va morfologik tomonlarini ham qamrab oladi. Shevalarimizni adabiy tilimizni
boyitishda muhim ichki manbaligi bilan turkiy so’zlarni negizini topishda ham o’z o’rniga
egadir. Shevaning o’rganilishi tilshunoslikning kechagi va bugungi kunida ham dolzarb
masalalaridandir. Xususan, badiiy adabiyotimiz obraz yaratishda portret chizish, xalq og’zaki
ijodiga yaqinligi borasida milliy qadryatlar qatorida qadrli manba bo’lib, shuning bilan birga
millat yakdilligida ham muhim ahamiyat kasb etadi

Adabiyotlar:

1.

Каримов И. Ватан ва халқ мангу қолади. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги

Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2010. – Б.123.
2.

Ғози Олим Юнусов. Ўзбек лаҳжаларининг таснифида бир тажриба. –Т.: Ўздавнашрёт

1935. (лотин алифбосида).
3.

Решетов В. В., Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек диалектологияси. -Т.: Ўқитувчи¸ 1978.

4.

Абдуллаев Ф. Ўзбек тилининг ўғуз лаҳжаси. –Т.: Фан¸ 1978; Ўзбек тилининг Хоразм

шевалари. –Т.: Фан¸ 1964.
5.

Жуманазаров Ю. Ҳазорасп шевасининг морфологик хусусиятлар. –Т.: Фанё 1961.

6.

Ишаев А. Қорақалпоғистондаги ўзбек шевалари. –Т.: Фанё 1977.

7.

Аҳмедов А. Ўзбек адабий тили тарихида ўғуз унсур ва кўринишларининг қўлланиши:

Филол. фан. ном. ... дис. автореф. –Самарқанд: СамДУ, 2006. -26 б.
8.

Saidov Yoqub. O‘zbek dialektologiyasi, o‘quv metodik qo‘llanma, Buxoro: Durdona

nashriyoti, 2021.

Библиографические ссылки

Каримов И. Ватан ва халқ мангу қолади. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2010. – Б.123.

Ғози Олим Юнусов. Ўзбек лаҳжаларининг таснифида бир тажриба. –Т.: Ўздавнашрёт 1935. (лотин алифбосида).

Решетов В. В., Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек диалектологияси. -Т.: Ўқитувчи¸ 1978.

Абдуллаев Ф. Ўзбек тилининг ўғуз лаҳжаси. –Т.: Фан¸ 1978; Ўзбек тилининг Хоразм шевалари. –Т.: Фан¸ 1964.

Жуманазаров Ю. Ҳазорасп шевасининг морфологик хусусиятлар. –Т.: Фанё 1961.

Ишаев А. Қорақалпоғистондаги ўзбек шевалари. –Т.: Фанё 1977.

Аҳмедов А. Ўзбек адабий тили тарихида ўғуз унсур ва кўринишларининг қўлланиши: Филол. фан. ном. ... дис. автореф. –Самарқанд: СамДУ, 2006. -26 б.

Saidov Yoqub. O‘zbek dialektologiyasi, o‘quv metodik qo‘llanma, Buxoro: Durdona nashriyoti, 2021.