YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
20
QIZIRIQ TUMANI SHEVASINING LEKSIK VA LEKSIKOGRAFIK
XUSUSIYATLARI
Xoliqulova Zarnigor Azim qizi
Termiz davlat universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish
fakulteti (o‘zbek tili) talabasi
Xolova Muyassar Abdulhakimovna
Ilmiy rahbar: Termiz davlat universiteti
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15621388
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Qipchoq lahjasi keng tarqalgan hududlardan biri bo‘lgan
Surxondaryo viloyati tarkibiga kiruvchi Qiziriq tumani aholisi shevasining leksik va
leksikografik xususiyatlari haqida mulohaza yuritiladi va bu mulohazalarning isboti sifatida
hudud aholisi tilida ayni vaqtda qo‘llanilib kelayotgan sheva birliklaridan na’munalar keltirib
o‘tiladi. Bundan tashqari maqolada leksik, leksikografik tahlil haqida ham tushunchalar berilib,
bu yo‘nalishda ish olib borga olimlarning ilmiy tadqiqotlari to‘g’risida qisqacha bayonot berib
o‘tiladi.
Kalit so‘z:
Lahja, sheva, leksik tahlil, leksikografik tahlil, omonim, sinonim, antonim,
polisemiya, frazeologiya.
ЛЕКСИКО-ЛЕКСИКОГРАФИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ДИАЛЕКТА
КИЗИРИКСКОГО РАЙОНА
Холикулова Зарнигор Азим кызы
Термезский государственный университет
Филология и преподавание языков
Студент факультета (узбекский язык)
Холова Муяссар Абдулхакимовна
Научный руководитель: Термезский государственный университет
Доцент кафедры узбекского языкознания, PhD
Аннотация:
В данной статье рассматриваются лексические и лексикографические
особенности диалекта Кызырыкского района, входящего в состав Сурхандарьинской
области, одного из регионов, где распространен кипчакский диалект, и в качестве
доказательства этих соображений приводятся примеры диалектных единиц,
используемых в настоящее время в языке населения региона. Кроме того, в статье
дается представление о лексическом и лексикографическом анализе, а также кратко
описываются научные исследования ученых, работающих в этой области.
Ключевые слова:
Диалект, диалект, лексический анализ, лексикографический
анализ, омоним, синоним, антоним, полисемия, фразеология.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
21
LEXICAL AND LEXICOGRAPHIC FEATURES OF THE DIALECT OF KIZIRIK
DISTRICT
Kholikulova Zarnigor Azim kyzy
Termez State University
Philology and Language Teaching
Student of the Faculty (Uzbek language)
Kholova Muyassar Abdulhakimovna
Scientific Supervisor: Termez State University
Associate Professor of the Department of Uzbek Linguistics,
Candidate of Philological Sciences
Resume:
This article discusses the lexical and lexicographic features of the dialect of the
Kyzyryk district, part of the Surkhandarya region, one of the regions where the Kipchak dialect
is widespread, and provides examples of dialect units currently used in the language of the
region's population as evidence of these considerations. In addition, the article provides an
understanding of lexical and lexicographic analysis, and briefly describes the scientific research
of scientists working in this area.
Keywords:
вialect, dialect, lexical analysis, lexicographic analysis, homonym, synonym,
antonym, polysemy, phraseology.
Har bir xalq o‘z mahalliy shevalarida muloqot yuritadi, binobarin, xalq o‘z shevasi bilan
birga yashaydi va sheva ham xalqning butun borlig’ini, moddiy va ma’naviy dunyosini, his-
tuyg’ularini ifoda qiladi hamda bu jarayonda u to‘xtovsiz rivojlanish sari faoliyatda bo‘ladi va
boyib boradi. Uning boyligi fonetik, grammatik va leksik sathlarda namoyon bo‘ladi.
O‘zbek tili boshqa turkiy tillardan ko‘p shevaliligi bilan farqlanadi. O‘tgan tarixiy davr
ichida o‘zbek shevalari to‘xtovsiz taraqqiy etdi. O‘zbek tili o‘z tarixiy taraqqiyotida uchta
lahjaning birligidan tarkib topgan. Ular qarluq lahjasi, qipchoq lahjasi, o‘g’uz lahjasidir. Biz
ushbu shevalardan qipchoq lahjasi haqida so‘z yuritamiz.
Qipchoq qabilalari uzoq o‘tmishda Oltoy o‘lkasida yashaganlar. 7-8- asrlarda Turk
hoqonligi tarkibida bo‘lgan. 13- asr o‘rtalarida ular
kimak// imak
(yimak)lar davlati tarkibida
qoladilar. 11- asrda bu davlat parchalanib ketgach, qipchoqlar siyosiy jihatdan faollashadi.
Qipchoqlarning avlodlari hozirgi Mongoliya, Oltoy, O‘rta Osiyo, Itil bo‘yi hududlarida istiqomat
qiladilar. Bu lahja vakillari O‘zbekiston Respublikasining Toshkent viloyati, Sirdaryo,
Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax viloyatlarida, Tojikistonning janubiy
hududlarida, Turkistonning Suvnoq, Cho‘moq qishloqlarida yashaydilar
1
.
Qipchoq lahjasi bo‘yicha ko‘plab olimlar, jumladan, A.Shermatov, A. Jo‘rayev, A. Ishayev,
Q. Mamayevlar bir qancha tadqiqotlar olib borgan. Bu tadqiqotlar ichida S. Raximovning
“Surxondaryo o‘zbek shevalari lug’ati” nomli ilmiy-tadqiqot ishi alohida o‘rin tutadi. Biz tahlilga
tortmoqchi bo‘lgan sheva aynan qipchoq lahjasiga kiruvchi Surxondaryo viloyatining hududida
joylashgan tumandir.
1
Fayziyeva X,“O`zbek dialektologiyasi”. “KITOB NASHR” . Termiz-2024. 55-bet.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
22
Qiziriq tumani o‘zida shevasini to‘liq saqlagan hududlardan biri bo‘lib, aholisining deyarli
barcha qismi to‘liq shevada so‘zlashadi. Bu sheva o‘zining fonetik va grammatik xususiyatlari
qatorida xilma-xil leksik xususiyatlarga ham ega. Bu xususiyatlar shevani adabiy tildan va ayni
vaqtda boshqa shevalardan farqlaydi.
Qiziriq tumani shevasida boshqa hudud shevalari kabi o‘zbek adabiy tilida yo‘q bo‘lgan
so‘zlar uchraydi. Masalan,
čātïrïq
(o‘rgimchak ini),
äŋŋärä
(bug’doy ekinidan bo‘shagan
maydon),
bӧbäk
(chaqaloq),
ǯerǯāγïč
(buzoqboshi),
väläsävit,
välsävit
(velosiped),
mäšinä
(to‘g’nog’ich),
šüllä
(shavla),
bāvïr
(jigar) kabi singarmonizmni o‘zida to‘liq saqlagan so‘zlar
misol sifatida keltirishimiz mumkin. Shevalar o‘zbek tilining bir tarmog’i bo‘lishi bilan birga,
adabiy til bilan o‘zaro umumiy va xususiy leksik qatlamlarga ega. Bu shevalardagi ma’nodosh,
ko‘p ma’noli va zid ma’noli kabi munosabatlar tufaylidir.
Ma’nodosh so‘zlar.
Ma’nodosh(sinonim) so‘zlar yozilishi va shakli har xil,ammo o‘zaro
umumlashtiruvchi ma’noga ega bo‘lgan bir guruh so‘zlarning o‘z ma’nolari bilan bir xil yoki
o‘xshash bo‘lib, talaffuz va yozuvda farqlanishi, jumladan, turli xil uslubiy bo‘yoqdorlikka ega
bo‘ladi. Qiziriq tumani shevasida ham ma’nodosh so‘zlar adabiy tildagiga nisbatan ko‘proq
ko‘rinishlarga ega bo‘lib, o‘zida rang-barang ma’no nozikliklarini mujassam etgan.
Masalan,
bokïrmaq//ulumaq// šāŋllamaq//bāqïrmaq
kabi so‘zlar adabiy tildagi
qattiq
gapirmoq
so‘ziga teng bo‘lib, uslubiy jihatdan salbiy bo‘yoqdorlikni ta’minlaydi.
Olïp qāptï,
ӧtip qāptï, bomaj qāptï
so‘zlari esa
vafot etibdi
so‘zining aynan shevadagi muqobili
hisoblanadi. Bundan tashqari
tuzuv, durïs, binäji
(yaxshi),
qātïq, čäkki,
čüčči qātïq
(qatiq),
ǯïlama, ïzïllama
(yig’lama) kabi ma’nodosh so‘zlar Qiziriq shevasining xususiyatlarini aks
ettiradi. Qipchoq shevalaridagi ma’nodosh so‘zlar tuzilishi jihatdan sodda, juft va birikmali
ma’nodosh so‘zlarga bo‘linadi, shu jumladan, Qiziriq tumani shevasi ham bu xususiyatdan
mustasno emas. 1.Sodda sinonimlar:
tentäk//gäräŋ; qarïndaš//aγajïn; belqars//belbāv;
tājaq ǯedi//ǯegičini ǯedi
. Misol:
Quda tāman tӧjdä dädämdiŋ beligä belqars bäjläpti
. 2.
Juft sinonimlar. Bunday tuzilishdagi sinonimlar odatda jamlik, umumiylik, to‘dalik kabi turli xil
ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi.
urp//ädät; uruγ//ajmāq
.M.:
Käsä-tāvaγïmdï
sindirdiŋqu, uruγ-ajmāγïŋa
ѵ
ot tušgur
. 3. Birikmali sinonimlar:
äškädi; mālxana
. Misol:
Bārïp māllardï mālxanaγa kirgizip ke
.
Shakldosh so‘zlar
. Shakli, tuzilishi, talaffuzi jihatidan bir xil yoki bir-biriga o‘xshash,
biroq turli xil atash ma’nolariga ega bo‘lgan so‘zlar shakldosh (omonim) so‘zlar deb yuritiladi.
Agar turkiy tillar tarixiy taraqqiyotiga nazar solinsa, tilda shakldosh so‘zlarning hosil bo‘lishi
umumiy leksik qonuniyatlardan biri ekanligi ma’lum bo‘ladi. Demak, shakldosh so‘zlarning
mavjudligi tilning so‘z jihatdan, ayrim kishilar o‘ylagandek, kambag’alligini ko‘rsatmasdan,
balki ular tilni boyitish, yangi so‘zlar yasash uchun baza bo‘lib xizmat qiladi
2
. O‘zbek tili lahja va
shevalarida shakldosh so‘zlarning o‘zaro ma’nolarini farqlash, ularning vujudga kelishi va
ma’nolari o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan,
qulaq
so‘zi Qiziriq shevasida ikki xil ma’noni
anglatadi:
qulaq
- inson tana a’zosi,
qulaq-
egatning suv keladigan bosh qismi. Misol:
Üliŋiz
tāvuγïmdi ājaγïnï sïndïrγanï üčün qulaγïdan bir-jeki tārtïp qojdïm. Ülim, bārïp qulaqdï
āčïp ke, tāmarqaγa suv čïqsïn.
Ӧräq
so‘zini olib qaraydigan bo‘lsak:
Ӧräq
- kishi nomi, atoqli
ot,
Ӧräq
-mehnat quroli kabi atash ma’nolariga ega. Misol:
Ӧräq bāvanïŋ neväräsi oqïšga
kiripti. Hämsijäniŋ ӧräγïnï äpkep bedäni
ѵ
ӧr.
Bundan tashqari
bel
so‘zi ham shakldosh
bo‘lib, ikki xil:
bel
-
inson beli,
bel
- mehnat quroli singari ma’noni anglatadi. Misol:
Jenkäjämän
2
Fayziyeva X, “O`zbek dialektologiyasi“. “KITOB NASHR” . Termiz-2024. 168-169-bet.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
23
dep belim āvrïp qāldï. Tāmarqanïŋ hämmä ǯerini bel bilän āvdarïp čïγïptï. Bāzar
- kishi
nomi, atoqli ot, savdo-sotiq bo‘ladigan maydon;
šāx
- sigirning bosh qismida joylashgan tana
a’zosi, daraxt shoxchalari;
ǯeti
-son, marhum o‘lgan kuniga yetti kun to‘lgan kun, marosim,
ma’raka;
qurt
- suzmani yumaloq shaklda quritib tayyorlanadigan mahsulot, ipak qurti,
umurtqasiz sudralib yuradigan jonivor;
tur
-yengni turmoq, o‘rnidan turmoq. Ushbu shakldosh
so‘zlarning barchasi Qiziriq shevasida faol hisoblanadi.
Ko‘p ma’noli so‘zlar (Polisemiya)
.Ushbu jarayon voqelikdagi bir narsa-buyum
xususiyatini, nomini, belgisini boshqa bir narsa- predmetga ko‘chirish, o‘tkazish orqali sodir
bo‘ladi. Qiziriq shevasida so‘zlarda ko‘p ma’nolilik kishilarning tana a’zolariga, kishi yoki
narsalarning boshqa biror belgisiga nisbatan berish natijasida yuzaga keladi. Chunonchi,
āγïz
-
ādamdïŋ āγzï, tāndïrdïŋ āγzï;
kӧz
- insändiŋ kӧzi, daraxtiŋ kӧzi, jeläktiŋ kӧzi, üzüktiŋ kӧzi,
ijnäniŋ kӧzi;
bāš
-ādamdiŋ bāšï, däläniŋ bāšï, kӧčäniŋ bāšï, qāzannïŋ bāšï (yoni), ārïqtïŋ bāšï
(ariq qulog’ining boshlanishi), tāvdïŋ bāšï;
sāč
- ādamdïŋ sāčï, mäkkäjiniŋ sāčï (makkajo‘xori);
ušmaq
- quš uštï, hälinčäk uštï, samaljāt uštï;
tiš
- ādamnïŋ tiši, ärräniŋ tiši, tāraqtiŋ tiši;
ӧtmaq
-
kӧpridän
ѵ
ӧtti, imtihännän
ѵ
ӧtti kabi polisemantik so‘zlarni gapimizning isboti sifatida
keltirishimiz mumkin. Ko‘p ma’noli so‘zlarning qanday shaklda bo‘lishi va qaysi yo‘l bilan
yuzaga kelishida qat’iy nazar, ularning har birida asosiy boshlang’ich ma’no, asl mazmun
mavjud bo‘ladi. Shu ma’no asosida boshqa ma’no kelib chiqadi.
Zid ma’noli so‘zlar (antonimlar).
Ushbu xususiyatga ega bo‘lgan so‘zlar ma’no jihatidan
bir-biriga qarama-qarshi, zid bo‘lib, narsa va hodisalarning belgi, xususiyatlarini solishtirish,
fikrlarni ta’sirchan ifodalash vazifalarini bajaradi. Qiziriq tumaning shevasida ham zid ma’noli
so‘zlar talaygina:
beparasat- pārasatlï, ārzan- qïmmat, xursan(d)- xāpa, urïšti- ǯāraštï, jesi
kӧp- jesi ǯӧq, tentäk- sāv, uzāq- ǯāqïn, āččï- širin, bār- ǯoq, čiräjli- xunïk, ārqa- āldï, kӧp-
käm, kečä- bugun, qālïn- ǯuqa, jaŋi- jeski, ǯābïštï- āǯradï
. Misol:
Dӧkändägi mävälär
ārzanakan. Kӧjlägiŋdi qïmmatqa āpsan
.
Hej beparasat, pārasatlï bӧsäŋ bӧmäjdimä
.
Fazeologiya
. Ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan, ma’noviy jihatdan o‘zaro
bog’liq so‘z birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha ko‘chma ma’noda qo‘llaniladigan
ba bo‘linmaydigan, turg’un bog’lamalarning umumiy nomi. Qiziriq shevasida ham frazeologik
iboralar uchraydi, ular qo‘llanishi, tuzilishi va ta’sirli bo‘yog’i bilan xilma-xildir:
Ješäkä toqïm
qojγandaj
- biror narsaning yarashib turganligini kinoya yoki kulgili tarzda ifodalash;
bārdï-
keldisi bār
- aloqasi bor;
ǯegičini ǯedi
-tayoq yemoq yoki adabini yemoq;
ulapasïnï āldï
-
nasibasini oldi (kinoya);
bāšïγa ǯāŋŋaq čāqmaq
- azob bermoq, qiynamoq, jazolamoq;
jesi
āγïp qālmaq
- hayoli joyida bo‘lmaslik, nimadir haqida o‘y hayollar bilan band bo‘lish;
u
qulaqdan kirip, bu qulaqdan čïγïp ketmaq
- e’tibor bermay, xotirasida tutib qololmaslik,
esidan chiqmoq;
ǯuragï ǯārïlïp ketmaq
- qattiq qo‘rqib ketmoq;
bāšïγa kotarmaq
- qattiq
shovqin qilmoq.
Maqollar
. Xalq donoligining samarasi asosida vujudga kelgan o‘zbek xalq maqollari
Qiziriq tumani shevasida ham turli-tuman ma’no nozikliklari, tarbiyaviy ahamiyati va go‘zal
ifodalarini saqlab qola olgan. Quyida ushbu tuman hududida keng qo‘llaniladigan maqollardan
namunalar keltirib o‘tamiz:
–
Bir kättäniŋ, bir kiččiniŋ ājtqanïnï qïl
–
Bïrāvga ӧlim tiläginčä,
ѵ
ӧziŋä umr tilä
–
Bäččägä iš buyïr, izidän
ѵ
ӧziŋ ǯugïr
–
Ǯāmanγa
ѵ
olïm ǯoq
–
Quš inidä kӧrgänini qïladï
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
24
–
It hürär, karvān
ѵ
otar
–
Kӧz qorqaq, qol bātïr
–
Kӧp gap ješäkä ǯuk
–
Kӧrpäŋä qārap ājaq uzat
O‘zbek shevalarining leksik tarkibida an’anaviy leksika asosiy o‘rin egallaydi. O‘zbek xalq
shevalari an’anaviy leksikasida paydo bo‘lishi jihatidan turli tarixiy davrlarga xos bo‘lgan leksik
qatlamlarni uchratamiz. Dialekt so‘zlarning semantik guruhlari juda ko‘p bo‘lib, ulardan Qiziriq
shevasiga kiruvchi ayrim na’munalarini keltiramiz.
1. Kishi tana a’zolarining nomlari: čāč, āvïz, bet, qulaq, ijin, ǯelkä, bārmaq, ājaq.
2.Qavm- qarindoshlikka oid so‘zlar: jenä, čümäki, bāva, māma, ǯezzä.
3. Tabiat hodisalari, hayvonot va nabotot olamini ifodalovchi: hāva, azizmāma, čuvaq, hüd,
pišäk, ulaq, ješak, kürrä, mājmïn, ǯerǯārγïč, kesätki, čātïrïq.
4.Oziq-ovqat nomlari: nānpalāv, ǯupqa, šüllä, šorpa, gilägäj, γïlmïndï, pïraška.
5. Uy- ro‘zg’or buyumlari: dāstïq, ädijäl, tarïlka, sāndïq, svït, nāmpar, ǯeŋsä, rapïda,
šibirtki, ѵočaq, ѵočaq- tāndïr, mālxana.
6. Kiyim- kechak, taqinchoqlar nomlari: telpak, ïštan, pālta, sipičkä, münčäq, paranǯï,
čimmät.
7. Vaqt tushunchali so‘zlar: čillä, čäškäj, abït, abïttan kejin.
8. Turli kasblarga oid so‘zlar: kunnïkčï, duxtïr, traktrčï.
O‘zbek shevalari leksik jihatdan boy bo‘lib, uni yozma ifodalash masalasi lug’atchilik
deyiladi. Uning xalqaro termini leksikografiyadir. Bu soha o‘zbek tilshunosligida endigina
rivojlanayotgan soha ekanligi barchamizga ma’lum. O‘zbek shevalarining lug’atlarini tuzish
murakkab ish bo‘lib, u shevalarning o‘rganilishi bilan teng olib borilmoqda. Bu sohada
F.Abdullayev, V.Jo‘rayev, S.Raximov, A. Ishayev, O.Madrahimov, E. O‘rozov kabi olimlar ilmiy
izlanishlar va tadqiqotlar olib borib, ba’zilari turli hudud shevalarining lug’atlarini ishlab
chiqishgan bo‘lsa, ayrimlari shu soha bo‘yicha monografiyalar yozgan.
Qipchoq lahjasi leksikografiyasining shakllanishida boshqa tumanlar singari Qiziriq
tumani shevasining ham o‘rni beqiyos. Quyida Qiziriq shevasiga xos ayrim so‘zlarni keltiramiz:
äškädi- oshqovoq, läpätkä- kurak, täpčän- karavot, teräskä- dahliz, lājšïbaq- loy suvoq,
zämbäriq- qo‘ziqorin, dobaγa- kosa, dašïnbāvaq- bekinmachoq, ǯilävüq- yig’loqi, mäjäk- tuxum,
āvuz- og’iz, varaǯa- titroq, ǯeŋsä- yengcha, räpidä- rapida, värinni- murabbo, ješäk- eshak, ǯuqa-
yupqa, duxtïr- shifokor, čuvaq- oftob, üjitkilik- sutni qatiq qilish uchun qo‘shiladigan qatiq,
čïnaqaj- jimjiloq, ǯāŋŋaq- yong’oq, künnikči- mardikor, čäšgäj- choshgoh, ijin- yelka, ārqāv-
o‘rmak iplarining nomi, určïq- yigirish asbobi. Yuqorida Qiziriq tumani shevasining leksik va
leksikografik tahlilini ko‘rib chiqar ekanmiz, bundan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki,
qipchoq lahjasining bir qismi hisoblanuvchi ushbu shevaning leksik boyligi umumxalq o‘zbek
tilining asosiy lug’at fondi va lug’at tarkibidagi so‘zlardan tashkil topgan. Shu bilan birga
shevaning leksikasida uning o‘ziga xos so‘zlari, atamalari ham mavjud bo‘lib, bunday so‘zlar
adabiy til va uning ko‘pchilik shevalarida uchramaydi. Ushbu shevadagi so‘zlar, maqollar,
iboralar o‘z-o‘zidan xalq o‘tmish tarixi, urf-odatlarini aks ettirish bilan bir qatorda Qiziriq
tumanida yashayotgan aholining milliy o‘zligini ham namoyon etib, o‘zbek tilining
shakllanishiga va yo‘qolib ketmasligiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Bu jumladan shunday
fikr kelib chiqadiki, shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi hamda u milliy-ma’naviy
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
25
qadriyat hisoblanadi. Aslida, ona tili deganda shevalarni tushunish haqiqatga yaqindir, shuning
uchun ham uni asrab- avaylash, qadrlash zarurdir.
3
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“O‘zbek dialektologiyasi” X.Fayziyeva. “KITOB NASHR” nashriyoti. Termiz, 2024.
2.
“O‘zbek dialektologiyasi” S.Ashirboyev. “Nodirabegim” nashriyoti. Toshkent, 2021.
3.
“O‘zbek dialektologiyasi” B.To‘ychiboyev, B.Hasanov. A. Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti. Toshkent, 2004.
3
Ashirboyev Samixon. “O`zbek dialektologiyasi”. Toshkent. “Nodirabegim” nashriyoti, 2021. 3-bet.