Авторы

  • Sanegul Genjebaeva
    Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.115453

Ключевые слова:

no-till g‘o‘za chigitning ko‘karib chiqishi o‘tlo‘qi allyuvial tuproq.

Аннотация

Maqolada  Nukus tumani sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda no-till texnologiyasi asosida olib borilgan paxta yetishtirish tajribasida chigitning ko‘karib chiqish dinamikasi o‘rganildi. Tajriba maydonida 6 ta variant va 3 martalik takroriylikda chigit 30-aprel kuni ekilib, 7-maydan 15-maygacha kuzatuvlar olib borildi. Tadqiqot davomida g‘o‘za chigitining ko‘karib chiqish sur’atiga haydamasdan ekish, tuproq namligi va oldindan ekilgan beda o‘simligi muhim ta’sir ko‘rsatdi. Olingan natijalar asosida optimal agrotexnologik yondashuvlar aniqlanib, resurs tejamkor va ekologik xavfsiz usullarning afzalliklari ko‘rsatildi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

80

CHIGITNING KO‘KARIB CHIQISH DINAMIKASI NO-TILL TEXNOLOGIYASI

SHAROITIDA (NUKUS TUMANI MISOLIDA)

Genjebaeva Sanegul Sarsenbaevna

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15774296

Annotatsiya.

Maqolada Nukus tumani sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda no-till

texnologiyasi asosida olib borilgan paxta yetishtirish tajribasida chigitning ko‘karib chiqish
dinamikasi o‘rganildi. Tajriba maydonida 6 ta variant va 3 martalik takroriylikda chigit 30-aprel
kuni ekilib, 7-maydan 15-maygacha kuzatuvlar olib borildi. Tadqiqot davomida g‘o‘za
chigitining ko‘karib chiqish sur’atiga haydamasdan ekish, tuproq namligi va oldindan ekilgan
beda o‘simligi muhim ta’sir ko‘rsatdi. Olingan natijalar asosida optimal agrotexnologik
yondashuvlar aniqlanib, resurs tejamkor va ekologik xavfsiz usullarning afzalliklari ko‘rsatildi.

Kalit so’zlar:

no-till, g‘o‘za, chigitning ko‘karib chiqishi, o‘tlo‘qi allyuvial tuproq.

Kirish.

Qishloq xo‘jaligi sohasida barqaror hosildorlikka erishish, tuproq unumdorligini

saqlash va suv resurslarini tejashda resurs tejamkor texnologiyalar, xususan, no-till
(haydashsiz) texnologiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur texnologiya, ayniqsa,
Qoraqalpog‘istonning Nukus tumani kabi iqlimi qurg‘oqchil hududlarida yanada dolzarbdir.
Tadqiqotning asosiy maqsadi – no-till texnologiyasi sharoitida paxta chigitining ko‘karib
chiqish dinamikasini o‘rganish, ko‘karib chiqish bosqichlarini qayd etish va bu jarayonga beda
o‘simligi bilan aralash ekishning ta’sirini baholashdan iborat.

Adabiyotlar tahlili.

So‘nggi yillarda paxtachilikda no-till texnologiyasini joriy etish

bo‘yicha qator tadqiqotlar olib borilgan. Kuznetsovning fikricha [1; 25-37b.] no-tillning
birinchi va ehtimol, eng aniq foydasi tuproq eroziyasini kamaytirishdir. An'anaviy ishlov berish
usullari, shu jumladan shudgorlash, ko'pincha o'simliklarning sog'lig'i uchun muhim bo'lgan
tuproqning yuqori qatlamini yo'q qilishga olib keladi. S. Ivanov va M.Petrovaning fikricha [2;
45-58b.] no-till texnologiyasi tuproq tuzilishini yaxshilashga yordam beradi. Minimal aralashuv
bilan tuproq sog'lig'ini saqlashda muhim rol o'ynaydigan foydali mikroorganizmlar va
qurtlarning faol rivojlanishi mavjud. Natijada, tuproqning tuzilishi yaxshilanadi va uning suvni
ushlab turish xususiyatlari yaxshilanadi, bu ekinlarning muvaffaqiyatli o'sishi uchun juda
muhimdir. K.V. Grebenyuk [3; 71-73 b.] oʻz maqolasida Qozogʻistonning shimoliy mintaqasida
sideratlardan foydalanib haydamasdan ekish texnologiyasini qoʻllashning abzalliklari haqida
aytib oʻtadi. Bu mintaqa iqlim sharoitida kushli shamol va suv eroziyasi kuzatiladi. Analiz
natijalari shuni koʻrsatgan, bu yerlarda no-till texnolgiyasini qoʻllash tuproqning agrofizik,
agrokimyoviy va biologik koʻrsatkishlarini ijobiy tomonga oʻzgarttirgan yani tuproq yuzasini
tekislash va sideratlarni ekish tuproqni organik moddalarga boyitib, struktura yaxshilanib,
tuproq zishligi kamayib, haydalma va haydalma osti qatlamlarning aeratsiyasi yaxshilangan.

Mamadjonova N. (4; 379-382 b.) takidlashicha, gʻoʻza parvarishidagi agrotadbirlar tizimi,

yuqori va sifatli, shuningdek ertapishar hosil yetishtirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Xususan, maydon birlikda tekis va barqaror koʻchat olish, koʻchat qalinligining optimal
darajada taʼminlanishi, oʻsimlik tupining morfologik tuzilishi, oʻsuv va hosil shoxlarining
rivojlanishi, hosil elementlarining salmogʻi va nisbati, hamda ularning umumiy hosilga taʼsiri
oʻta muhim koʻrsatkichlar hisoblanadi. Bu omillar gʻoʻza oʻsishi, rivojlanishi, hosil toʻplashi va
hosilning sifat hamda miqdoriga bevosita taʼsir koʻrsatadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

81

Tadqiqot metodologiyasi.

Tajriba Nukus tumanida joylashgan sug‘oriladigan o‘tloqi

allyuvial tuproqli dalada olib borildi. Paxta chigiti (S-4727 navi) 2025-yil 30-aprel kuni no-till
texnologiyasi asosida ekildi. Har bir variantga beda urug‘i ham aralash ekildi. Tajriba 6 ta
variant va 3 takroriylikda tashkil etildi. Tajribada mineral o’g’itlardan fosfor va kaliyning yilllik
me’yorlari to’liq qo’llanildi. Sug‘orish tomchilatib sug‘orish usulida olib boriladi.

Chigitning ko‘karib chiqishi dalada bevosita kuzatuv va hisoblash usuli orqali har 2–3

kunda 1 pog‘onali metrda aniqlanib, natijalar o‘rtacha qiymatda qayd etildi. Kuzatuvlar 7-
maydan 15-maygacha bo‘lgan davrda olib borildi.

Natijalar va muhokama.

Quyidagi jadvalda kuzatuv kunlari bo‘yicha 1 pogonometr

oralig‘idagi ko‘karib chiqqan nihollar soni va ularning arifmetik o‘rtachasi ko‘rsatilgan (1-
jadval).

1-jadval
S-4727 g‘o‘za navi chigitining unib chiqishi, 1 p.m.dona

V

ar

iant

lar

07.05.2025

09.05.2025

11.05.2025

13.05.2025

15.05.2025

1 p.m
oraliq

O’

rtac

ha

1 p.m

oraliq

O’

rtac

ha

1 p.m
oraliq

O’

rtac

ha

1 p.m
oraliq

O’

rtac

ha

1 p.m
oraliq

O’

rtac

ha

1

2

1

2

1

2

1

2

1

2

1

0

1

0,5

3

3

3

8

11

9,5

12

16

14

18

20

19

2

1

1

1

4

5

4,5

9

12

10,5 15

19

17

23

26

24,5

3

2

0

1

2

3

2,5

6

8

7

16

18

17

22

25

23,5

4

2

1

1,5

4

4

4

6

9

7,5

18

22

15

24

27

25,5

5

1

1

1

4

3

3,5

7

11

9

17

23

15

26

28

27

6

1

0

0,5

5

4

4,5

8

13

10,5 21

24 22,5 28

30

29

Dala sharoitida chigit unuvchangligini aniqlash bo‘yicha o’tkazilgan kuzatuv natijasiga

ko‘ra, nazorat variantida chigit 7-mayda ko‘karishni boshlagan (0,5 ta). 15-mayda maksimal 19
ta ko‘karib chiqqan. Ko‘karish sur’ati muvozanatli bo‘lib, 9-maydan 15-maygacha o‘rtacha 3,5–
4 ta ko‘payish bilan kechgan. Nihollar bir maromda ko‘karib chiqqan. Ikkinchi variantda chigit
7-may kuni 2,5 ta bilan ko‘karishni boshlagan bo‘lib, bu eng tez boshlagan variant hisoblanadi.
15-mayda 23,5 taga yetgan. Bu barcha variantlar ichida eng yuqori ko‘rsatkich. Bu variantda
11-mayda 7 ta, 13-mayda 17 ta, 15-mayda esa 23,5 ta bo‘lishi, uning eng faol ko‘karib chiqish
sur’atiga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. Uchinchi variantda 7-mayda 3,5 ta nihol bilan boshlagan va
15-mayda 27 taga yetgan. Bu ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Ayniqsa 13–15-may
oralig‘ida nihollar 11 tadan 27 tagacha oshgan — bu juda intensiv ko‘karish sur’ati bo‘lganini
ko‘rsatadi. To’rtinchi variantda 7-mayda 7 ta, 15-mayda 28 ta ko‘karib chiqishi kuzatilgan. Bu
variant nihollar soni bo‘yicha eng yuqori natija bergan variantdir. Bu shuni anglatadiki, ushbu
variantda chigitning unish sharoiti eng qulay bo‘lgan. U o‘zining barqaror va tez ko‘karib
chiqish sur’ati bilan ajralib turadi. Beshinchi variantda esa 7-mayda 9 ta, 15-mayda esa 26 ta
nihol ko‘karib chiqqan. Bu variantda ham ko‘karib chiqish intensivligi yuqori bo‘lib, 9–13-may
oralig‘ida keskin ko‘payish kuzatilgan. Lekin 15-mayga kelib biroz sekinlashgan. Oltinchi
variantda nihollar 7-mayda 17 ta, 15-mayda 27 ta ko‘karib chiqish qayd etilgan. Bu variant eng
erta va eng faol ko‘karishni ko‘rsatgan variantlardan biri. Dastlabki ko‘rsatkich yuqori bo‘lishi
tufayli bu variantda chigit tez unib chiqqan, lekin oxirgi bosqichda (13–15-may) o‘sish sur’ati
biroz barqarorlashgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

82

Xulosa.

Nukus tumanining sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarida no-till

texnologiyasi asosida chigit ekilganda, chigitning ko‘karib chiqishi 7-maydan 15-maygacha
davom etgan. Kuzatuvlar 6 ta variantda olib borildi va ularning har birida chigitning unib
chiqish sur’ati va natijalari turlicha bo‘ldi. Eng yuqori ko‘rsatkich 4-variantda qayd etilib, 15-
mayda o‘rtacha 28 ta nihol 1 pogonometr oraliqda ko‘karib chiqqan. Eng erta va intensiv
ko‘karib chiqqan variant

– bu 6-variant bo‘lib, 7-mayda 17 ta nihol bilan boshlangan. no-till

texnologiyasi va beda bilan aralash ekish sharoitida chigitning ko‘karib chiqish muddati
odatdagi agrofonlarga nisbatan tez va bir maromda

kechgan.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ivanov S., Petrova M. Vliyaniye traditsionnix metodov na zdorovie pochvi. Jurnal

selskoxozyaystvennix nauk. 25(3), 2019. S.45-58.
2.

Grebenyuk K.V. «Analiz effektivnosti primeniya sideratov po sistema no-till dlya

severnogo regiona Kazaxstana». Jurnal: «Nauchno-texnicheskiy vestnik: texnicheskie sistemi b
APK». №2 (10), Sankt peterburg. 2021. C. 71-73.
3.

Kuznetsov V. Ekologicheskie aspekti izmeneniya klimata i selskoe xozyaystvo. Voprosi

ekologiy, 30(1).2022. S.25-37.
4.

Mamadjonova N. Noan’anaviy agrorudalarni g‘o‘zaning “Andijon-37” va “Sulton” navlari

chigitlarini unib chiqishi va ko‘chat qalinligiga ta’siri. “Gloval iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq
xo‘jaligini innovatsion texnologiyalar asosida barqaror rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi
xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjuman. №1, Andijon.2024. 379-382b.

Библиографические ссылки

Ivanov S., Petrova M. Vliyaniye traditsionnix metodov na zdorovie pochvi. Jurnal selskoxozyaystvennix nauk. 25(3), 2019. S.45-58.

Grebenyuk K.V. «Analiz effektivnosti primeniya sideratov po sistema no-till dlya severnogo regiona Kazaxstana». Jurnal: «Nauchno-texnicheskiy vestnik: texnicheskie sistemi b APK». №2 (10), Sankt peterburg. 2021. C. 71-73.

Kuznetsov V. Ekologicheskie aspekti izmeneniya klimata i selskoe xozyaystvo. Voprosi ekologiy, 30(1).2022. S.25-37.

Mamadjonova N. Noan’anaviy agrorudalarni g‘o‘zaning “Andijon-37” va “Sulton” navlari chigitlarini unib chiqishi va ko‘chat qalinligiga ta’siri. “Gloval iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini innovatsion texnologiyalar asosida barqaror rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjuman. №1, Andijon.2024. 379-382b.