Авторы

  • Diyorbek Makhammadaliev
    Master of Arts in Education and Innovation Webster University in Tashkent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.132835

Ключевые слова:

raqamli savodxonlik o‘qituvchi texnologiya ta’lim raqamlashtirish yechimlar

Аннотация

Bugungi ta’lim raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘qituvchilarning raqamli savodxonligi ularning dars o‘tish uslubi, o‘quvchilar bilan ishlash sifati va umuman ta’lim samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tezisda pedagoglar duch kelayotgan asosiy muammolar tahlil qilinadi hamda shaxsiy kuzatuv va tajribaga asoslangan amaliy yechimlar taklif etiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

40

PEDAGOGLARNING KOMPYUTER SAVODXONLIGINI OSHIRISH: DOLZARB

MUOMMOLAR VA YECHIMLAR

Diyorbek Makhammadaliev

Master of Arts in Education and Innovation

Webster University in Tashkent

Email: diyorm0720@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16759278

Annotatsiya.

Bugungi ta’lim raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

O‘qituvchilarning raqamli savodxonligi ularning dars o‘tish uslubi, o‘quvchilar bilan ishlash
sifati va umuman ta’lim samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tezisda pedagoglar
duch kelayotgan asosiy muammolar tahlil qilinadi hamda shaxsiy kuzatuv va tajribaga
asoslangan amaliy yechimlar taklif etiladi.

Kalit so‘zlar:

raqamli savodxonlik, o‘qituvchi, texnologiya, ta’lim, raqamlashtirish,

yechimlar

Bugungi kunda ta’lim sohasi tobora raqamlashtirib borilmoqda. Endi darslar davomida

elektron platformalardan foydalanish, onlayn resurslar bilan ishlash va taqdimotlar qilish
odatiy holga aylangan. Shu jarayonda o‘qituvchilardan ham zamon bilan hamnafas bo‘lish,
raqamli texnologiyalarni yaxshi tushunish va ulardan to‘g‘ri foydalanish talab qilinmoqda.
Afsuski, ko‘plab pedagoglar hali ham bu o‘zgarishlarga to‘liq moslasha olmayapti. Ayrimlari
texnik vositalarni ishlatishda qiynaladi, boshqalari esa kerakli raqamli dasturlardan bexabar.
Raqamli savodxonlikning past darajasi o‘quv jarayoniga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuning uchun bu mavzuni tanladim. Men ushbu tezisda o‘qituvchilarning raqamli savodxonligi
bo‘yicha mavjud muammolarni ko‘rsatishga va ularni bartaraf etish uchun amaliy yechimlar
taklif qilishga harakat qilaman.

O‘zbekiston ta’lim tizimida raqamlashtirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilgan

bo‘lsa-da, o‘qituvchilarning texnik va metodik tayyorgarligi har doim ham yetarli emas. Misol
uchun, 2020/2021 o‘quv yilida mamlakat bo‘yicha 13 240 ta kompyuter sinfi faoliyat
ko‘rsatgan, biroq bu sinflar faqat 9 923 ta maktabda mavjud bo‘lgan (Stat.uz, 2021). O‘rtacha
har 47 nafar o‘quvchiga 1 ta kompyuter to‘g‘ri keladi. Qishloq maktablarida esa internet sifati
past yoki umuman yo‘q. Malaka oshirish kurslari masalasiga kelsak, 2022 yilda o‘tkazilgan
raqamli savodxonlik kurslarida 78 ming nafar o‘qituvchi qatnashgan (XTV, 2022). Bu esa jami
o‘qituvchilarning 40% dan kamrog‘ini tashkil qiladi. Qolgan ko‘pchilik raqamli vositalardan
foydalanish bo‘yicha zarur ko‘nikmaga ega emas. Bundan tashqari, ayrim pedagoglar
texnologiyadan foydalanishni ortiqcha deb hisoblaydi, ba’zilar esa yosh yoki tajriba sababli uni
o‘rganishga qiziqmaydi. Bu psixologik to‘siqlar ham dars jarayonida raqamli yondashuvlarning
qo‘llanilishini sekinlashtiradi. Ayniqsa, internetga ulangan maktablar ulushi 2021 yilda atigi 63
foizni tashkil etgan (UNICEF O‘zbekiston, 2021) va bu raqam chekka hududlarda yanada past.

O’ylashimcha, bu muammolarga qarshi kurashish uchun birinchi navbatda amaliyotga

yaqin, oddiy tilda tushuntirilgan kurslar zarur. Ayrim o‘qituvchilar uchun “Google Slidesda
qanday taqdimot qilish”, “Zoomda darsni qanday boshlash” kabi savollar juda muhim. Ular
uchun uzoq nazariyaga qaraganda, sodda, bosqichma-bosqich video yoki interaktiv darslar
ancha foydali bo‘ladi. Shuningdek, har bir maktabda texnologiyadan yaxshi foydalanadigan
o‘qituvchini “raqamli yordamchi” sifatida belgilash foydali bo‘lardi. Bu o‘qituvchi boshqa
hamkasblariga yordam ko‘rsatishi, amaliy ko‘rsatmalar berishi mumkin. Men bunday tajribani


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

41

real hayotda ko‘rganman va uning samaradorligiga ishonaman. Yana bir muhim jihat — yangi
raqamli platformalar joriy qilinishidan oldin o‘qituvchilarning fikri so‘ralishi kerak. Chunki
ularni ishlatadiganlar aynan pedagoglarning o‘zlari. Ular uchun qulay bo‘lmagan tizimlar foyda
o‘rniga yuk bo‘lishi mumkin. Va albatta, sabr-toqat bilan yondashish zarur. Har bir o‘qituvchi
texnologiyani tez o‘zlashtira olmaydi. Ularni tanqid qilish o‘rniga, vaqt berish, yordam taklif
qilish, muvaffaqiyatlari uchun rag‘batlantirish kerak.

Pedagoglarning raqamli savodxonligi — zamonaviy ta’lim sifatining ajralmas qismidir. Bu

yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar natijador bo‘lishi uchun muammolarni ochiq tan
olish, o‘qituvchilarga amaliy yordam berish va ularning ovozini eshitish kerak. Raqamli
o‘zgarishlar bosqichma-bosqich, tushunarli va insoniy yondashuv orqali amalga oshirilsa, bu
nafaqat o‘qituvchilarga, balki o‘quvchilarga ham foyda keltiradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Stat.uz.

(2021).

Maktablarda

kompyuter

sinflari

soni

haqida

ma’lumot

.

https://www.instat.uz
2.

Xalq ta’limi vazirligi. (2022).

O‘qituvchilarning raqamli savodxonlik kurslari statistikasi

.

https://uzedu.uz
3.

UNICEF Uzbekistan. (2021).

Maktab infratuzilmasi va internet ta’minoti bo‘yicha

ma’lumot

. https://www.unicef.org/uzbekistan

4.

UNESCO. (2023).

Guidance on the Use of Digital Technologies in Education

. Paris: UNESCO

Publishing.
5.

OECD. (2021).

Teachers and Leaders in Vocational Education and Training

. OECD

Publishing.

Библиографические ссылки

Stat.uz. (2021). Maktablarda kompyuter sinflari soni haqida ma’lumot. https://www.instat.uz

Xalq ta’limi vazirligi. (2022). O‘qituvchilarning raqamli savodxonlik kurslari statistikasi. https://uzedu.uz

UNICEF Uzbekistan. (2021). Maktab infratuzilmasi va internet ta’minoti bo‘yicha ma’lumot. https://www.unicef.org/uzbekistan

UNESCO. (2023). Guidance on the Use of Digital Technologies in Education. Paris: UNESCO Publishing.

OECD. (2021). Teachers and Leaders in Vocational Education and Training. OECD Publishing.