YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
133
EKOSHAHARNI SHAKLLANTIRISH TAMOYILLARI
Xoshimova Fazilat Jamshid qizi
Respublika Ixtisoslashgan Dizayn maktabi
Arxitektura bo’limi maxsus fan o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13923146
Shahar sivilzatsiyaning rivojlanish manbai hisoblanib, ayni vaqtda atrof- muhit
ekologiyasi buzilishining sababchisi ham hisoblanadi. Shuning uchun ham hayotiy faoliyatni
taminlashda faqat ekologik texnologiyalardan foydalanuvchi shaharlarni yaratish juda muhim
ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Shaharlarni “ekologik” qayta qurish kelajakdagi
rivojlanishning zaruriy talabi bo"lishi lozim. Shaharlar rivojlanishi tabiatga zarar
yetkazmasdan, inson hayotiga yuqori sifatlarda xizmat ko"rsatsishi lozim. Ekoshahar bu- atrof-
muhitga ta’sir etishini hisobga olib loyihalangan mustahkam, ustuvor, turg’un shahardir.
Mazkur shaharda yashovchi aholi energiyadan, suv va oziq-ovqat mahsulotlaridan
foydalanishni minimallashtiradi, issiqlikning behuda sarflanishiga, havoni karbonat angidrid
ifloslanishiga umuman yo’l qo’yilmaydi. Birinchi marotaba «ekoshahar» atamasini 1987-yilda
Richard Register «Sog’lom kelajak uchun shahar qurilishi» kitobida ishlatdi. Kelajak shahar
o’zini atrof-muhitga minimal darajada bog’liq holda ta’minlab, yangilanuvchi manbalar
yordamida energiya ishlab chiqaradi. Ekoshahar aholisining asosiy intilishi-uglerod isini
qisqartirishdir.
Ekoshaharlarni amaliyotga tatbiq etishning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
-
gaz, suyuqlik va qattiq holatdagi chiqindilarni texnologik jarayonlarda maksimal qayta
ishlatadigan, yopiq shakl sikliga ega bo’lgan sanoat korxonalarining ishlashi;
-
enrgiya tejuvchi texnologiyalarni qo’llash;
-
maishiy chiqindilarni qayta ishlashni ta’minlash;
-
ekologik avtomobil transportidan foydalanish;
-
kam qavatli uylarni qurish, yer osti muhitini omborlar, garajlar, bekatlar, issiqlik
energiyasi akkumulyatorlarini o'rnatish uchun foydalanish, bino va inshootlar tekisligini
gorizontal va vertikal
ko’kalamzorlashtirish (tom gazonlar, devor-gazonlar, yashil to’siqlar, yoritish
uskunalari).
Ustuvor rivojlanish inson salomatligi va ta’limni rivojlantirishi, biologik xilma-xillikni va
uning komponentlaridan foydalanishni, ma’naviy boylikka ehtiyotkorona munosabatni, normal
hayot kechirish va kelajak avlodning hayoti uchun standart me’yorlarga mos keluvchi havo, suv,
o’rmon, o’simlik va tuproqning sifatini talab qiladi.
Ekoshaharlarni ekologik talablar asosida loyihalash va qurishda ularni shakllantirishning
quyidagi tamoyillari aniqlandi:
-
hajmiy-rejaviy, konstruktiv va muxandisona yechimlarning ishlab chiqarish
maydonlaridan samarali foydalanish imkonini beruvchi mobil va egiluvchan shakllaridan
foydalanish;
-
binolar hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlarning texnologiya va jihozlarning ko"p
maqsadli yangilanishini ta"minlashlarga dosh beruvchanligini oldindan bilib loyihalash;
-
ichki ishlab chiqarishg muhitining psixologik, fiziologik va gigiyenik qulayligi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
134
Ekoustvor muhitning rivojlanish an’analari, ekostandartlar tavsiya etadigan, turli
ekologik yechimlarni qo’llovchi ko’plab loyihalarning yaratishiga olib keldi. Binolarning
ekosertifikatlashning barcha punktlari ham tushunarli va arxitektura sohasida osonlik bilan
foydalanarli emas. Shubhasiz, barcha ko’rinishni loyihalashda binolarning ekologiyaligini
oshirishning, suv tarmog’i va isitish sohasidagi muhandislarning birgalikda ishlash davomida
arxitekturaviy fazoviy yechimlar va texnolgik tadbirlarni ratsional uyg’unlashtirish natijasida
erishiladi.
Yuqoridagi fikrlardan quyidagi xulosalarga kelinadi: Shahar iqtisodiy dinamikasini
modellashtirishda ekologik tamoyillarni hulosa olish kerak, chunki ekologik hisob-kitoblar
shaharning ustuvor rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Shahar rivojlanishi modellari tizimini
real va ekspert ma"lumotlari asosidagi information ta’minlash, “ekoshahar” modellar tizimini
O"zbekiston shaharlariga qo"llash imkonini beradi.
References:
1.
Isamuxamedova D.U., Mirzayev M.K. «Zamonaviy shaharsozlik nazariyasi”. O‘quv
qo‘llanma, Toshkent, 2015 y.
2.
ВЕСТНИК ИрГТУ №5(45) -2010