Авторы

  • Maftuna Abduvoitova
    Rustam Bosimov xususiy maktabi o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46856

Ключевые слова:

leksema fe'l ma’no ifoda sema omillar.

Аннотация

Maqolada fe'l leksemalarida vazifa semalari ma’nosi, uning tarkibi, nutqiy xususiyatlari tadqiqiga doir fikr-mulohaza, tahlil va tasniflar yoritilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

104

FE'L LEKSEMALARIDA VAZIFA SEMALARI

Abduvoitova Maftuna

Rustam Bosimov xususiy maktabi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13922758

Annotatsiya:

Maqolada fe'l leksemalarida vazifa semalari ma’nosi, uning tarkibi, nutqiy

xususiyatlari tadqiqiga doir fikr-mulohaza, tahlil va tasniflar yoritilgan.

Kalit so‘zlar

: leksema, fe'l, ma’no, ifoda sema, omillar.


Semema vazifa semasining o‘zgarib voqealanishini fe’l leksemaning sifatdosh, ravishdosh

va harakat nomi shakllari affikslarini olib qo‘llanishida yaqqol kuzatish mumkin. Masalan,
ravishdosh shakllarini olgan fe’l leksema semantikasida fe’llik ma’nosi zaiflashib ravishga xos
belgi kuchayadi. Qiyoslang: U shoshildi – U shoshilib gapirdi. Ayrim lug‘aviy shakl hosil
qiluvchilar fe’lning atash semalarini modifikatsiya qiladi. Masalan, [kitob] leksemasi
sememasidagi belgilanmagan miqdor semasi nutqda voqealangan (kitoblar) so‘z shaklida,
[son+ot] qolipi sintaktik qurilmalarda muayyanlashadi [2]. Bu esa uni shartli ravishda
“sememaning atash semalari o‘zgarishi” deb talqin qilish imkonini beradi.

Leksema so‘z yasash qoliplari vositasida nutqiy yasama so‘zlarni vujudga keltiradi. Nutqiy

yasama so‘zlarga ham, boshqa nutqiy birliklar belgilari xosdir. Yasama so‘zlarda uch tur lisoniy
birlikning voqealanishi kuzatiladi: a) asos leksema; b) yasovchi morfema (yoki leksema); v) so‘z
yasash qolipi. Nutqiy yasama so‘zlar deyilganda, so‘z yasash qoliplari asosida ma’lum bir nutq
jarayonida vujudga keltirilgan va ushbu nutq jarayonidagina mavjud bo‘lgan hosilalar
anglashiladi [3].

Bir xil yoki o’xshash tushunchani ifodalaganligi sababli leksemada ko’p holda atash

semasi bir xil bo’ladi [2]. Masalan, “yaxshi”, “tuzuk”, “durust”, “ajoyib” yoki “yuz”, “chehra”,
“oraz”, “turq”, “aft”, “bet” ma’nodoshlik qatoridagi barcha leksemalarning atash semasi bir xil.
“Yaxshi”, “tuzuk”, “durust”, “ajoyib” leksemalarining atash semalari quyidagilar: 1) “belgi”; 2)
“barqaror belgi”; 3) “sifat belgi”; 4) “shaxsiy baho”; 5) “ijobiy”; 6) “ichki – tashqi”.

Leksema lisoniy ma’nosining

nutqiy xoslanishini quyidagicha

guruhlash mumkin:

sememaning so‘z ma’no

bo‘lakchasi sifatida

voqelanishi;

sememaning atash

semalari so‘nishi

natijasida vazifa

semalari kuchayishi va

ifoda semalari o‘zgarib

voqelanishi;

sememaning atash

semalari o‘zgarib

voqelanishi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

105

Shu bilan birgalikda, bu leksemalarda farqlanuvchi atash semalari ham mavjud bo’lib, ular

“tuzuk” leksemasida “me’yordan bir pog’ona pastlik”, “yaxshi” leksemasida “me’yorchilik”,
“ajoyib” leksemasida “meyordan bir pag’ona yuqorilik” semalaridir [1]. “Yuz”, “chehra”, “oraz”,
“turq”, “aft”, “bet” leksemalarida esa; 1) “inson bosh old tomoniga xos”; 2) “peshanadan
iyakkacha bo’lgan qism” semasi atash semasi. Ingliz tilida talkative, conversational, chatty, nosy
so’zlarini oladigan bo’lsak, bularning bari “sergap (full of trivial conversation)” ma’nosini
beradi. Bu ularning atash semasi.

Fe’l leksemalar sememalarini nutqqa moslashtirishda ikki yoqlama tabiatli bo‘lganligi

sababli lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi deb baholangan ravishdosh, sifatdosh va harakat
nomi ko‘rsatkichlarining roli ham o‘ziga xosdir [1].

Harakat tarzi shakllari [2] fe’l leksema sememasini nutqqa chiqarishda, asosan, uning

tarkibidagi ifoda semalarini modifikatsiya qiladi. Atash va vazifa semalari o‘zgarmasdan
qolaveradi.








Birinchi juftlikdagi 2- gapda harakat tarzi shakli (-ib yubordi) [o‘qimoq] fe’lining

voqelanishida uning lisoniy mohiyatida belgilanmagan “to‘satdanlik”, ikkinchi va uchinchi
juftlikning 2-gapida (-b yotibdi), 3-gapda (-i/b borayotgan) shakllari “davomiylik” nutqiy ma’no
bo‘lakchalarini namoyon qilgan va natijada sememadagi “noaniq tarz” semasi muayyanlashgan.

Masalan, mustaqil qo‘llanishdagi nutqiy ma’noda [qoyil] leksemasining «narsa-predmet

yoki shaxsga oid», «belgi», «tasanno aytishga loyiq», «ijobiy», «so‘zlashuvga xos», «umumiy
xususiyat», «shaxsiy baho», «me’yordan ortiq» semalari voqelanishini kuzatish mumkin.
Semalar qatorida «belgi», «tasanno aytishga loyiq», «shaxsiy baho» semalari uyushtiruvchi
mavqeda bo‘lib, leksemaning asl mohiyati shularda parchalangan. Leksema o‘z semantik
tabiatiga ko‘ra [ajoyib], [zo‘r] leksemalari bilan paradigmatik munosabatda bo‘ladi. Bu
leksemalar ham narsa-predmet yoki shaxsning biror me’yordan ortiq belgi-xususiyatga bo‘lgan
shaxsiy munosabatini ifodalaydi. Biroq ular shaxsiy munosabatning belgiga ko‘ra
darajalanishini namoyon qiladi. «Biror xususiyatning me’yordan ortiqligi» belgisining oshib
borishi» darajalanish qatori [zo‘r] - [ajoyib] - [qoyil] tarzida bo‘ladi [3]. Demak, mualliflar
aytmoqchi, leksema asosida hosil bo‘lgan qo‘shma fe’llarda ham leksemaning asosiy semalari
o‘z mavqeyida qoladi, yordamchi fe’l uni harakat/holatga aylantiradi va hosila shaxsning ichki
holatini ifodalaydi. Shu tariqa, [qoyil] leksemasi asosida hosil bo‘lgan nutqiy hosilada [qoyil] va
[qilmoq] leksemalari semalari qorishgan holda tajallilanadi. Hosila holat/belgi ifodasi sifatida
namoyon bo‘ladi. [qoyil] leksemasi ikkinchi sememasi bilan so‘z-gap vazifasida keladi:




QIYOSLANG:

1. Salim o‘qidi. Salim o‘qib yubordi.

2. Bola uxlayapti. Bola uxlab yotibdi.

3. Chopayotgan olapar. Chopib borayotgan olapar.

1. Qoyil! Men buni hech kimdan kutmagan edim.

2. Qoyil! - Komil o‘tirgan еrida chapak chalib ketdi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

106

Bu nutqiy ma’nolarda leksemaning vazifa semasi bo‘rtadi va leksema mohiyatidagi

ma’noviy «mag‘iz»ni o‘z vazifasiga moslab voqelantiradi

Aytilganlardan shunday xulosa qilish mumkin, leksema lisoniy ma’nosining lisoniy-nutqiy

xususiyatlari, ularning o‘zaro munosabati, lisoniy ma’noning boshqa turkumga xoslanishi va
xoslovchi omillar kabilar tadqiqi har bir lug‘aviy birlikka xos lisoniy ma’noning tarkibi, lisoniy
imkoniyatlarini xolis va mukammal belgilash, tavsiflashda nazariy-amaliy ahamiyat kasb etadi,
ularning lingvistik va leksikografik talqinlarini muayyanlashtirish uchun asosiy omil bo‘lib
xizmat qiladi.

References:

1.

Mengliyev B. Hozirgi o’zbek tili. Darslik. T:. “Tafakkur bo’stoni” 2018.

2.

Neʼmatov H., Rasulov R. Oʼzbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: Oʼqituvchi,

1995.
3.

Bobojonov S. O‘zbek tili fe’llarining lisoniy ma’nosi va uning nutqiy voqelanish vosita

hamda omillari//O‘zbek amaliy filologiyasi istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi. B. 42-45.

Библиографические ссылки

Mengliyev B. Hozirgi o’zbek tili. Darslik. T:. “Tafakkur bo’stoni” 2018.

Neʼmatov H., Rasulov R. Oʼzbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: Oʼqituvchi, 1995.

Bobojonov S. O‘zbek tili fe’llarining lisoniy ma’nosi va uning nutqiy voqelanish vosita hamda omillari//O‘zbek amaliy filologiyasi istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. B. 42-45.