Авторы

  • S.S. Mansurov
    Toshkent shahar, Shayxontohur tumani 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix va tarbiya fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46861

Аннотация

Dunyoning qator ilmiy markazlari va oliy taʼlim muassasalarida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston oʻlkasining ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻzgarishlar, jadidchilik harakatining vujudga kelishi, jadid namoyandalarining davlat va jamiyat masalalariga bagʻishlangan asarlari hamda Markaziy Osiyoning ijtimoiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotiga maʼrifatparvarlarning qoʻshgan hissasi oʻrganib kelinmoqda.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

87

O‘ZMA FONDLARIDA SAQLANAYOTGAN TURKISTON JADIDCHILIK

HARAKATIGA OID BO‘LGAN HUJJATLAR

Mansurov S.S.

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani

42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining

tarix va tarbiya fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13918555

Dunyoning qator ilmiy markazlari va oliy taʼlim muassasalarida XIX asr oxiri – XX asr

boshlarida Turkiston oʻlkasining ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻzgarishlar, jadidchilik
harakatining vujudga kelishi, jadid namoyandalarining davlat va jamiyat masalalariga
bagʻishlangan asarlari hamda Markaziy Osiyoning ijtimoiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotiga
maʼrifatparvarlarning qoʻshgan hissasi oʻrganib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan arxiv hujjatlari ilmiy tadqiqotlar hamda o‘quv loyihalari uchun

qimmatli manba hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston Milliy arxivida (O‘zMA) jadidchilik
harakatining ham ma’rifiy, ham boshqa yo‘nalishdagi faoliyatini o‘rganishda muhim va
qimmatli manba bo‘lgan noyob qo‘lyozmalar, gazeta parchalari va hujjatlar jamlangan.

Maqsad: 1. Inqilobgacha bo‘lgan davr hujjatlari. Ular alohida qiymatli va noyob

hujjatlardir (I-fond deb ajralib, IX davridan 1917-yilgacha davrni o‘z ichiga oladi) va 2. Sho‘rolar
davri tarixini o‘zida aks ettirgan arxiv hujjatlari R-fond deb ajratilib, 1917-yildan 1991-gacha
bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga olgan I-1, I-2, I-3, I-461, I-1009, I-47, R-34 jamg‘arma ish hujjatlarini
to‘plash va o‘rganishdan iborat edi. Ushbu fondlarda ijtimoiy hayotning ko‘plab jihatlari bilan
bevosita bog‘liq bo‘lgan jadidchilik harakati va uning yetakchilari faoliyatiga oid hamda 114
dan ortiq gazeta parchalari, xabarlar, buyruqlar, xatlar o‘rganildi.

Ishning o‘rganilgan hujjatlarida jadidchilik harakatining quyidagi jihatlari aniqlandi:

Tarixiy xotiramizning asosiy poydevori bo‘lgan arxiv materiallarining o‘ziga xos chegarasi

bor. Xususan, ular asosan mustamlakachi amaldorlarning ovozi yangrab, mahalliy aholining
ovozi esa unchalik eshitilmasligi bilan ajralib turadi. Muammoni yoritishda qiyosiy tahlil va
tanlangan mavzuga oid manbashunoslik hamda hujjatshunoslik fanlaridagi nazariy bilimlarni
qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi.

Dadil aytish mumkinki, O‘zbekiston tarixining Buyuk ipak yo‘li, xonliklar davri va

Turkiston davri tarixlarini va umuman boshqa tarixiy davrlarning o‘ziga xos jihatlarini chuqur
bilmasdan turib, arxiv hujjatlarini tahlil qilish nafaqat noto‘g‘ri bo‘ladi, balki noto‘g‘ri talqinga
ham olib kelishi mumkin. Ushbu jarayonga uchrab qolmaslik uchun ma’rifatparvarlar yozib
qoldirgan qo‘lyozmalar va maktublar, gazeta va jurnallar, maqolalar hamda turli xil janrdagi
asarlarni tarjima va tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

O‘zMA

fondlarida Turkiston jadidchilik harakatiga oid ma’lumotlarni tahlil qilish

jarayonida manbashunoslik, hujjatshunoslik nazariyasini bilish va shu bilan birga relatsiya,
eslatma, reskript, promemoriy, raport, yetkazma-shikoyat xati, memoriya kabi atamalarni
bilish zarur.

Turkistonda jadid maktablari vujudga kelishi turli to‘siqlarga va qarshiliklarga duch keldi.

Gubernatorlik ma’murlarining, mutaassiblarning ta’qiblariga qaramay, jadid maktablari son
jihatidan ko‘payib, sifat jihatidan mukammallashib bordi.

Jadidlar nafaqat o‘zlari ta’lim va madaniyat sohalarida ishlashdi, balki ularga mahalliy

tadbirkorlar va ziyolilar ham yordam berdi. Tadbirkor va ziyolilarning ham xorij


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

88

mamlakatlarida bo‘lganligi, savdo-sotiq jarayonlarida ko‘plab o‘zaro fikr almashuvlarning o‘rin
tutganligi bu borada muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Arxiv manbalari shuni ko‘rsatdiki, XX asr boshlarida xorij taraqqiyparvarlik g‘oyalari va

davriy matbuotning tarqalishi Turkistonga katta madaniy va siyosiy ta’sir ko‘rsatdi.

Hozirgi kunda yurtimiz olimlarining sa’y-harakatlari tufayli jadidlar masalasini

o‘rganishda yangicha yondashuvlar qaror topdi. Izlanishlar natijalari jadidlar harakati XIX asr
oxiri – XX asr boshlarida Turkiston jamiyatining chalkash siyosiy kuchlari orasida eng ilg‘or
yo‘nalish bo‘lganligini yaqqol namoyon qilmoqda. Mazkur harakat dunyoviy-gumanistik va
milliy qadriyatlarga asoslangan, o‘lka mahalliy aholisining hayotiy manfaatlari himoyasi,
ijtimoiy taraqqiyotdagi muammolarni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatgan.

O‘zMA

va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar hujjatlari Turkiston davri tarixi, ya’ni

ijtimoiy-siyosiy hodisa, jadidchilik bo‘yicha olim va mutaxassislardan keyingi tadqiqotlarni
taqozo etadi.
1.

“O‘zMA o‘rganish davrida quyidagi taklif va tavsiyalarni taqdim etish maqsadga muvofiq:

1. Turkiston jadidchilik harakatiga oid tadqiqotlarga rus, eski o‘zbek yozuvini va nemis tillarini
mukammal biladigan mutaxassislarni qiziqtirish va jalb qilish.
2.

Jadidlar.uz saytlariga o‘xshash platformalarni yaratish.

3.

Arxiv fondlarining tavsifi va ularda jadidlarlarga oid ma’lumotlarni berish bo‘yicha

kitoblar nashr etish.

Yuqorida keltirilgan taklif va tavsiyalarning amalga oshirilishi Respublika tarix va arxiv

muassasalari faoliyatini o‘rganish borasida amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, yangi izlanuvchilarni
qiziqtirishiga va o‘z navbatida tarixda o‘rganilmagan va tarjima qilinmagan dolzarb jihatlarni
o‘rganishga, ularni tadqiq etishga yo‘l ochib berishi mumkin.