Авторы

  • Marjonabonu Umirjonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46881

Ключевые слова:

klaster ta'lim klasteri model nazoratchi element sinergitik klaster sub'ektlari yaxlitlik innovasiya biznes tuzilma ” Barkamol avlod”

Аннотация

Maqola ta'lim klasteri mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, unda ta'lim  klasterning nazariy asoslari va uning xususiyatlari ochib koʻrsatilgan. Klaster elementlarining oʻzaro aloqaga asoslangan belgilari yoritib berilgan va oʻrganilgan tadqiqotlar natijasida ilmiy xulosalar bildirilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

23

TA'LIM KLASTERI VA UNING MOHIYATI

Umirjonova Marjonabonu Jaxongir qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13911723

Annotasiya:

Maqola ta'lim klasteri mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, unda ta'lim

klasterning nazariy asoslari va uning xususiyatlari ochib koʻrsatilgan. Klaster elementlarining
oʻzaro aloqaga asoslangan belgilari yoritib berilgan va oʻrganilgan tadqiqotlar natijasida ilmiy
xulosalar bildirilgan.

Kalit soʻzlar:

klaster, ta'lim klasteri,model,nazoratchi, element, sinergitik, model, klaster

sub'ektlari, nazoratchi, element, sinergitik, yaxlitlik, innovasiya, biznes tuzilma,” Barkamol
avlod”

ОБРАЗОВАТЕЛЬНИЙ КЛАСТЕР И ЕГО СУШНОСТЬ

Умиржонова Маржонабону Жахонгир кизи

Аннотация

Статья посвящена теме образовательного кластера, в которой

раскрываются теоретические основы образовательного кластера и его особенности.
Выделены характеристики элементов кластера на основе их взаимодействия и
представлены научные выводы по результатам проведенных исследований

Ключевые слова

кластер, образовательный кластер, модель, супервизор, элемент,

синергетика, модель, субъекты кластера, супервизор, элемент, синергетика,
целостность, инновация, бизнес-структура, «Баркамол Авлод».

EDUCATIONAL CLUSTER AND IT`S ESSENCE

Umirjonova Marjonabonu Jaxongir qizi

Annotation.

The article is devoted to the topic of educational cluster, in which the

theoretical basis of the educational cluster and its features are revealed. The characteristics of
the cluster elements based on their interaction are highlighted and scientific conclusions are
presented as a result of the research studies.

Keywords

cluster, educational cluster, model, supervisor, element, synergistic, model,

cluster entities, supervisor, element, synergistic, integrity, innovation, business structure,
"Barkamol Avlod".


“Klaster” soʻzi ilmiy atama sifatida birinchi marta Maykkl Evgeniy tomonidan ishlatilgan

inglizcha soʻz boʻlib, cluster, cluster, clyster (dasta, toʻplash, bir-biriga juda yaqin boʻlgan
narsalar yoki odamlar hamkorlik tizimi) kabi soʻzlar ma'nosiga borib taqaladi. Klaster atamasi
oʻtgan asrning 90-yillarida iqtisodiy adabiyotlarda faol qoʻllanila boshlandi va xalqaro
tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, u asosan, hozirgi kungacha iqtisodiyot va tibbiyot sohalarida
keng qoʻllanilgan. Rus olimi S.P. Postnikov ta'rifi boʻyicha,

Klaster

[S.P.

Postnikov

Ekaterinburg “ Konseptualnie osnovi uchebno-nauchnogo proizvodstvennogo klastera
(genderniy aspekt)” / NaUKMA. t. 18. -K., 2010 -b . 479.] bu - birlashtiruvchi murakkab
tuzilmadir-fan, ta'lim va ishlab chiqarishning yagona butunligi, demakdir. Ta'lim klasteri esa
– ta'lim muassasasi va ish beruvchilarning hamkorlik asosida korxona uchun mutaxassislarni
bir necha bosqichli kadrlar tayyorlashning ajralmas tizimi boʻlib, uning bir qancha afzalliklari
mavjud. Oʻzingizga ma'lumki, ba'zi maktablar markazdan yiroqda (olis hududlarda joylashgan)
va juda kam resurslarga ega va ta'lim nazoratchilari ularga kamdan-kam tashrif buyurishadi va


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

24

kerakli maslahat va metodik yordamlarni oʻz vaqtida olaolmaydilar. Xalqaro tajribaga e'tibor
qaratadigan e'tibor qaratadigan boʻlsak, shu muammoni hal qilish maqsadida 1960-yillarda
Lotin Amerikasida jamiki, ta'lim resurslarini integrasiya qilish, koʻnikma va tajribalarni
almashish uchun maktablarni bir-biri bilan bogʻlash gʻoyasi paydo boʻlgan va bu amalda
qoʻllanilib, ijobiy natijalar bergan[ Global education cluster 2010-2011, 3-bet]. Uning asosiy
vazifalariga quyidagilar kirgan: tayyorlanayotgan kadr (kompetentligini) sifatini oshirishga,
darslardan tashqari mashgʻulotlar davomida maktabda olingan bilimni mustahkamlash va
ta'lim muassasasini bitirgandan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri ish bilan ta'minlanishga, bitiruvchilarni
hamkorlikdagi korxonaga nisabatan pozitiv munosabatini ta'minlash( ish shart-sharoitlari
bilan yaqindan tanishgan boʻlajak mutaxassis oʻzining oldiga malaka oshirgan korxonasida
ishlash uchun istak paydo boʻladi) kabilar.

Klaster atamasi yaqinda keng qoʻllanila boshlangan soʻz boʻlib, ingliz tilidan tarjima

qilinganda "klaster" – “toʻda”, “bogʻ”, “shingil” ma'nosini anglatadi. Ilmiy termin sifatida bir
necha oʻxshash narsalarning guruhlashishi, deb tushunish mumkin. Ta'limda esa maktab
klasteri bu- maktablarning oʻzaro boshqaruv va ta'lim maqsadlarida hamkorligi yoki
birlashuvidir. Umumiy klaster modulida bir maktab asosiy, markaziy va lider maqomida boʻladi
va boshqalari esa unga birlashgan maktablar boʻladi. Asosiy maktab boshqalarini birligini,
resurslarni boʻlishishni va shuningdek, pedagoglarni kompetentlik darajasini rivojlanishini
nazorat qiladi. 1-rasmda maktablar klaster modelining umumiy koʻrinishi tasvirlangan boʻlib,
bunda ettita maktab misol tariqasida olinib, oltita maktab bitta asosiy maktab atrofida oʻzaro
hamkorlik hosil qiladi.

1-rasm
Маktab klaster modeli

_______ nazoratchi
------------ o`zaro munosabat

Ta'lim klasteri atamasi Maykl Evgeniy Porter tomonidan ilmiy qoʻllanishga kiritilganligi

yuqorida qayd etilgandi, u oʻz ilmiy ishlarida klasterga shunday ta'rif beradi: "klaster - bu bir -
biriga bogʻlangan kompaniyalar, ixtisoslashgan etkazib beruvchilar, xizmat koʻrsatuvchi
provayderlar, tegishli sohalardagi firmalar, shuningdek, ma'lum sohalardagi faoliyati bilan
bogʻliq boʻlgan, raqobatlashadigan, lekin shu bilan birga birgalikdagi ishlarni olib boradigan
tashkilotlardir[ Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of
International Research Journals Shuningdek, klasterni tizim, deb ham hisoblash mumkin,
ushbu tizim element qoʻshilishi natijasida uning ishlashi yaxshilanadigan va tizimdan bir
elementni olib tashlash salbiy oqibatlarga olib kelmaydigan maxsus turdagi tizim boʻlib, olib

М

М

М

Аsosiy

М

М

21

М

М


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

25

tashlangan element tizim yaxlitlikni buzmaydi. Ta'lim klasterining elementlari - bu tashkilot
(universitet, biznes tuzilmasi, ta'lim muassasasi va boshqalar) yoki uning alohida tuzilmalari
vazifasini hal qilishda ishtirok etadigan tuzilmalarning kombinasiyasi boʻlishi mumkin. Ta'lim
klasteri ishtirokchilarining tarkibini (uning elementlarini) vaziyatga qarab toʻldirilish mumkin.
Klasterda maktab infratuzilmasi - zamonaviy maktab infratuzilmasini ta'minlash boʻyicha
chora - tadbirlar roʻyxati turli sohalarda ta'lim muassasalari va tashkilotlar, madaniyat,
sogʻliqni saqlash, sport, biznes va boshqa muassasalar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni
rivojlantirishni oʻz ichiga olishi kerak.

Infratuzilma ta'lim makonining oʻlchamlari va

boshqa topologik xususiyatlarini belgilaydi, bu ta'lim xizmatlarining hajmi, ta'lim
ma'lumotlarining imkoniyatlari va intensivligi bilan tavsiflanadi.Ta'lim klasteri - bu maktab
infratuzilmasini tashkil etish usullaridan biri, ta'limga bogʻliq undagi muassasalar esa - bu
infratuzilmaning elementlaridir. Klasterni shakllantirish jarayoni sheriklar oʻrtasida ehtiyojlar,
texnologiyalar haqida ma'lumot almashishga asoslangan. Klasterli yondashuvda klasterning
barcha a'zolari uchun turli aloqa vositalari yordamida erkin ma'lumot almashish va
yangiliklarni tez tarqatish imkoniyati mavjud. Klasterli yondashuv metodining rivojlanishini
belgilovchi muhim omillaridan biri uning tilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan oʻzaro aloqaga
asoslanligidir. Klaster munosabatlarining asosiy belgilari:

izchillik

maqsad birligi;

Innovatsiyaga yo`nalganlik;

yaxlitlik;

sinergetik;

natijaviylik
Ta'lim klasteri uzluksiz ta'lim tizimidagi barcha ta'lim turlari, ilmiy tadqiqot institutlari

va markazlari, amaliyot bazalari, ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalarning bir butunligi boʻlib,
ularning birgalikdagi vazifalar taqsimlangan faoliyati pedagogik ta'lim tizimini sifat jihatidan
yangi darajaga koʻtarish imkonini beradi, deb fikr bildirish mumkin.

Klaster miqyosida qator ta'lim muassasalari birlashishadi va oʻz resurslarini oʻzaro

bogʻlashadi. Ta'lim muassasalari bilan bir qatorda maktabdan tashqari ta'lim muassasalari
(“Barkamol avlod” bolalar maktablari,bandlik markazlari, oʻquv markazlari va shu kabilar),
mahalliy sanoat korxonalari va turli ijtimoiy birlashmalar ham qoʻshilishi mumkin. Shu tarzda
oʻsha hududdagi maktablar oʻzaro aloqalari jadallashadi.

Xulosa oʻrnida, ta'lim klasterining quyidagi asosiy xususiyatlarni ajratib koʻrsatish

mumkin:

yagona umumiy aniqlangan maqsadning mavjudligi;

klaster sub'ektlari faoliyatining birgalikdagi huquqiy asosning mavjudligi

sub'ektlarning oʻzaro birgalikda harakat qilish mexanizmlarining mavjudligi;

sub'ektlarning klasterni boshqarish boʻyicha ishlab chiqilgan mexanizmlarining

mavjudligi;

maqsadlarni amalga oshirish metod va texnologiyalarining mavjudligidan iborat.
Tadqiqotlarni oʻrganish natijasida ta'lim klasteri nazariyasining rivojlanishini quyidagi

asosiy tamoyillarini sanab oʻtish mumkin:

Geografik joylashuvga e'tibor qaratish;

Mutaxassislik-yoʻnalishiga e'tibor berish;


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

26

Klaster sub'ektlarining sonini miqdoriga;

Raqobatdoshlik prinsiplariga;

Bir birini qoʻllab quvvatlash tamoyiliga;

Klasterning hayotiy sikliga;

Innovasiyalarni joriy etish;

Tizimli natijalar nazoratini tashkil etish;

Monitoring natijalari asosida tuzatish va oʻzgartishlar kiritish;

Doimiy rivojlanish;
Va shuningdek, ta'lim klasterining shakllanishida oliy ta'lim muassasalari va ta'lim berish

xizmati bilan shugʻullanadigan tashkilotlar, ilmiy institutlar va ishlab chiqarish va xizmat
koʻrsatish korxonalari bu tashkilotlarni klasterda birlashishi asosida quyidagilar yotadi:

yuqori malakali kadrlar tayyorlash

innovasion faoliyatni faollashtirish;

innovasion faoliyatni faollashtirish;

ta'lim sifatini yaxshilash;

moddiy resurslarni talab darajasiga etkazish.

References:

1.

Гао Иншуан От концентрации к совершенству: исследование французской

кластерной организации высшего образования // Образовательное исследование
Университета Цинхуа. — 2012г.
2.

С.П. Постников Екатеринбург “ Концептуальные основы учебно-научного

производственного кластера (гендерний аспект)” / НаУКМА. т. 18. -K., 2010г.
3.

Global education cluster 2010-2011г.

4.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International

Research Journals

Библиографические ссылки

Гао Иншуан От концентрации к совершенству: исследование французской кластерной организации высшего образования // Образовательное исследование Университета Цинхуа. — 2012г.

С.П. Постников Екатеринбург “ Концептуальные основы учебно-научного производственного кластера (гендерний аспект)” / НаУКМА. т. 18. -K., 2010г.

Global education cluster 2010-2011г.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals