YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
170
TIJORATDA PORA EVAZIGA OG‘DIRIB OLISHNING OBYEKTIV
BELGILARINING NAZARIY-HUQUQIY TAHLILI
Xolmatova Sadoqat Salimjon qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.13143353
Annotatsiya:
Ushbu tezisda Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish
jinoyati tushunchasi va
ushbu jinoyatning obyektiv belgilari belgilari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
nodavlat tijorat tashkiloti, mansabdor shaxs, mansab vakolati, mansab
vakolatini suiste’mol qilish, obyekt, obyektiv tomon, moddiy haq yoki mulkiy manfaatdor etish,
Qonunga xilof ekanligini bila turib haq berish, vakolati bilan bog‘liq harakatlarni bajarish yoki
bajarmaslik.
2015 yil 15 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish
yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida 2015 yil 20
avgustda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik
subyektlarini ishonchli himoya qilishni yana-da kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish
yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
qonuni qabul qilindi. Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun yana-da qulay sharoitlar yaratish, biznes
muhitni yaxshilash, pirovardida, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga qaratildi.
Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi
Sakkizinchi bo‘limi Atamalarning huquqiy maʼnosidan “masʼul mansabdor shaxs” atamasi
batamom chiqarib tashlandi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik tuzilmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarida maʼmuriy-
taqsimot va maʼmuriy-xo‘jalik vakolatlarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
javobgarligini yumshatish va tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda
aralashish bilan bog‘liq hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy
manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar uchun javobgarlik belgilandi. Jumladan,
Jinoyat kodeksiga xususiy mulk huquqini buzish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini
tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish, tadbirkorlik
subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha
operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish, tadbirkorlik subyektlarini homiylikka
va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, litsenziyalash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va
ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, imtiyozlar va
preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga
to‘sqinlik qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga pul mablag‘lari
berishni asossiz ravishda kechiktirish, tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul
mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish, tijoratda
pora evaziga og‘dirib olish va boshqa qilmishlar uchun javobgarlik belgilandi. Shu munosabat
bilan Jinoyat kodeksi 205-214-moddalari yangi tahrirda bayon etildi.
Jinoyat kodeksining XIII
1
bobining 192
9
-moddasida tijoratda pora evaziga og‘dirib
olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, nodavlat tijorat tashkilotining
yoki boshqa nodavlat tashkilotining mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
171
vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni
uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki
bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni
mulkiy manfaatdor etishi tijoratda pora evaziga og‘dirib olish hisoblanadi.
Shu bilan birga, nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor
shaxsining o‘z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan
muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab
bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar
olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi uchun mazkur moddaning ikkinchi qismida jinoiy
javobgarlik belgilangan.
Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish jinoyatini, umuman barcha jinoyatlarni to‘g‘ri
kvalifikatsiya qilishda jinoyatlarning tarkibi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday ekan, tijoratda pora evaziga og‘dirib olish jinoyatning
maxsus obyekti
mamlakatning iqtisodiyot sohasidagi ijtimoiy munosabatlari hisoblanadi.
Mazkur jinoyatning
turdosh obyekti
tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish
bilan bog‘liq hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
Jinoyat kodeksi 1929-moddasidan javobgarlik belgilangan jinoyatning
bevosita obyekti
nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkilotining obro‘yi va uning normal
faoliyatini taʼminlaydigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Pul, valyuta, qimmatliklari qimmatbaho buyumlar, avtomobillar va boshqa har qanday
mol-mulk, oziq-ovqat mahsulotlari, spirtli ichimliklar, antiqa buyumlar va boshqalar, yaʼni
moddiy qimmatga ega bo‘lgan har qanday narsalar yoxud mulkiy xususiyatdagi naf ko‘rish
(sanatoriyga yo‘llanma, turistik yo‘llanma, biron-bir pulli xizmatni ko‘rsatish kabilar) mazkur
jinoyatning
predmeti
bo‘lishi mumkin.
Obyektiv tomondan
mazkur jinoyat
nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat
tashkilotining mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z vakolatlaridan
foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga
o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga
qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor
etishida ifodalanadi.
Moddiy haq berish yoki mulkiy manfaatdor etish deganda,
nodavlat tijorat tashkiloti
yoki boshqa nodavlat tashkilotining mansabdor shaxsga uni o‘ziga og‘dirayotgan shaxs
manfaatini ko‘zlab vakolatiga kiradigan harakatlarni bajarish yoki bajarmasligi uchun unga
mulkiy xarakterdagi qimmatliklar yoki qonuniy mulkiy bahoda beriladigan foydani berish
tushuniladi.
Qonunga xilof ekanligini bila turib haq berish deganda,
ushbu harakat (harakatsizlik)
normativ-huquqiy hujjatlar yoki taʼsis hujjatlari bilan taqiqlanganligi, shuningdek, qonunga
muvofiq shaxsning faoliyat xususiyatidan kelib chiqmasligi tushuniladi.
Vakolati bilan bog‘liq harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik
huquqiy va faktik
imkoniyatlardan foydalanishda ifodalanib, nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat
tashkilotining mansabdor shaxs vakolatiga kiradigan harakat (harakatsizlik), shuningdek,
xizmat obro‘yi, axborot olishga ushbu shaxsning huquqiga asoslangan, lekin vakolatiga
kirmaydigan harakat (harakatsizlik)ni o‘z ichiga oladi. Harakatni bajarish yoki bajarmaslik o‘z
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
172
xususiyati bo‘yicha g‘ayriqonuniy bo‘lishi yoki mansabdor shaxs tijorat tashkiloti yoki boshqa
nodavlat tashkilotining qonuniy manfaatiga zid bo‘lishi lozim.
Tijoratda pora evaziga og‘dirish nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat
tashkilotining mansabdor shaxsi o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki
mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab
amalga oshirganligi evaziga mulkiy manfaatning bir qismini qo‘lga kiritgan paytdan eʼtiboran
tugallangan
jinoyat hisoblanadi.
Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkilotining mansabdor shaxs uni pora
evaziga og‘dirayotgan shaxs manfaatini ko‘zlab jinoiy harakatlarni sodir etsa, uning harakatini
jinoyatlar majmui sifatida kvalifikatsiya qilish kerak (masalan, tijorat tashkiloti yoki boshqa
nodavlat tashkilotining mansabdor shaxsi haq evaziga hujjatlarni soxtalashtirsa, uning
harakatlari jinoyatlar majmui tariqasida JK 1929-moddasi 1-qismi va 228-moddasi (Hujjat,
muhr, shtamp, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish, foydalanish) bo‘yicha
kvalifikatsiya qilinadi).
Jinoyat kodeksi 1929-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan qilmish
obyektiv tomondan
nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining o‘z
vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni
uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki
bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy
manfaatdor bo‘lishida ifodalanadi.
Mohiyatiga ko‘ra, JK 1929-moddasi 2-qismida belgilangan jinoyatning alomatlari pora
olish (JK 210-moddasi) alomatlaridan farq qilmaydi. Mazkur jinoyatda haqni qonunga xilof
ravishda davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organi mansabdor shaxsi emas, balki nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti
mansabdor shaxsi o‘z vakolatidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan
muayyan harakatni bajarganligi uchun oladi.
Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining
qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy haq olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi, qonunga
zid bo‘lgan haqning bir qismini olgan paytdan eʼtiboran,
tugallangan
jinoyat
deb hisoblanadi.
References:
1.
Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus
qism/M.Rustambayev. – Toshkent: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021. – 696 b.
2.
Тумаркина Л П Коммерческий подкуп Монография Издательский дом «Камерон»,
М , 2005
3.
Тумаркина Л П Общественная опасность коммерческого подкупа // Право и жизнь
№ 108 2007
4.
Грошев А.В., Камышанский В.П.Обычный подарок или взятка: проблемы
соотношения в Российском законодательстве // Власть Закона. 2019. № 3 (39). С. 18-38.
5.
Немтина Ю.О. Коммерческий подкуп: вопросы квалификации и освобождения от
уголовной ответственности // Актуальные вопросы борьбы с преступлениями. 2015. №
2. С. 106-107.
6.
Кучерявый Н.П. Ответственность за взяточничество по советскому уголовному
праву. М. : Госюриздат, 1957. 188 с.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
173
7.
Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida
ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 441 bet