Авторы

  • Axmadxon Murxashev
    Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya yoʻnalishi 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47184

Ключевые слова:

O’spirinlik psixologik zo’riqishlar xulq-atvor stress affektiv mimika hissiyot (emotsiyalar) mashakqatli mehnat sabr-qanoat ongli munosabat (psixologik immunitet).

Аннотация

Ushbu maqolada o‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari, bu davrdagi aqliy, psixologik zo’riqishlar, hissiy zo’riqishlarning namoyon bo’lishidagi shaxs xususiyatlari yoritiladi. Ularning ong va dunyoqarashining shakllanishi, o‘spirinlik yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ular bilan birga ishlash, kun tartibining buzilishi, o’spirinlikdagi organizimning o’zgarishlari kabi masalalariga to’xtalinadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

142

O’SPIRINLIK DAVRIDA STRESS (RUHIY ZO’RIQISH) HOLATI VA UNI

BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Murxashev Axmadxon Olimjon oʻgʻli

Andijon davlat universiteti

Ijtimoiy iqtisodiy fanlar fakulteti

Amaliy psixologiya yoʻnalishi 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12792373

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘spirinlik davrining psixik xususiyatlari, bu davrdagi

aqliy, psixologik zo’riqishlar, hissiy zo’riqishlarning namoyon bo’lishidagi shaxs xususiyatlari
yoritiladi. Ularning ong va dunyoqarashining shakllanishi, o‘spirinlik yoshdagi bolalarning
yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ular bilan birga ishlash, kun
tartibining buzilishi, o’spirinlikdagi organizimning o’zgarishlari kabi masalalariga to’xtalinadi.

Kalit so’zlar:

O’spirinlik, psixologik zo’riqishlar, xulq-atvor, stress, affektiv, mimika,

hissiyot (emotsiyalar), mashakqatli mehnat, sabr-qanoat, ongli munosabat (psixologik
immunitet).

Аннотация

: В статье описаны психические особенности подросткового возраста,

психические и психологические нагрузки в этот период, а также особенности личности
в проявлении эмоционального напряжения. Обсуждаются такие вопросы, как
формирование их сознания и мировоззрения, работа с подростками с учетом их
возрастных и психологических особенностей, нарушение распорядка дня, изменения в
организме в подростковом возрасте.

Ключевые слова

: Подростковый возраст, психологический стресс, поведение,

стресс, аффективность, мимика, чувство (эмоции), трудолюбие, терпение, осознанная
установка (психологический иммунитет).

Abstract:

This article describes the mental characteristics of adolescence, mental and

psychological stress during this period, and personality characteristics in the manifestation of
emotional stress. Issues such as the formation of their consciousness and worldview, working
with adolescents taking into account their age and psychological characteristics, disruption of
daily routines, and changes in the organism in adolescence are discussed.

Key words:

Adolescence, psychological stress, behavior, stress, affective, facial

expressions, feeling (emotions), hard work, patience, conscious attitude (psychological
immunity)

Kundalik hayotning tobora shiddatli tus olayotgani insonga bo’layotgan axborot

xurujining ko’pligi, ijtimoiy muammolarning haddan ziyod zidlashuvi natijasida asablarning
taranglashishi juda ko’p insonlarni stress holatiga duchor etmoqda. O’z navatiga ko’ra
o’spirinlik davri ham undan mustasno emas. Bu kabi muammolar insonlarning yosh davrlar
psixologiyasiga ko’ra har xil namoyon bo’ladi. Olimning talqiniga binoan, go’daklik
hayvonlarga xos taraqqiyot pallasini qaytarsa, bolalik davri esa qadimgi odamlarning asosiy
mashg’uloti bo’lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi. 8-12 yosh oralig’ida
o’sish davri o’smir oldi yoshidan iborat bo’lib, toki 12-13 yoshga qadar davom etadi. Bu davr
olimlar tili bilan aytganda yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolot
cho’qqisiga hamohangdir. O’spirinlik esa jinsiy yetilishidan (12-13) boshlanib, to yetuklik
davri kirib kelgunga qadar (22-25 yoshgacha) davom etib boradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

143

Psixologik zo’riqishlar organizmning turli funksional tizimlaridagi o’zgarishlarda

namoyon bo’lsa, uning jadalligi yoki kuchi kayfiyatning buzilishidan tortib, oshqozon yarasi
yoki yurak infarktigacha olib kelishi mumkin. Hissiy zo’riqishlarning namoyon bo’lishi har bir
shaxs uchun turlicha bo’ladi. Kimdadir kayfiyat yoki hayajon bo’lsa, kimdadir stres va
tushkunlik ko’rinishida o’tadi. Kun tartibining buzilishi, uyquning qisqarishi, ish vaqtining
tungi davrga o’tib qolishi, foydali odatlardan voz kechish, hissiy zo’riqishlarni bartaraf
etishning mos keluvchi usullarini topa olmaslikda ko’rinadi. Ijtimoiy rollarga xos vazifalardagi
buzilishlar, yaqinlar va do’stlar bilan munosabatga yetarlicha vaqt yetishmasligi, nizolarning
kuchayishi, muloqot davomida sezgirlikning pasayishi, ijtimoiy qoidalarga zid xulq-atvor
belgilarining ko’rinishida namoyon bo’ladi. Shuningdek, uzoq muddat hissiy zo’riqishda
bo’lgan o’spirin ijtimoiy me‘yor va standartlarga e‘tiborsiz bo’lib qoladi. Hatto o’zining tashqi
ko’rinishiga ham e‘tibor bermasligi mumkin. Bunda muhim ob‘ektlar ustida diqqatning
to’planishi qiyinlashadi, tez chalg’ish kuzatiladi. Ongning doimo hissiy zo’riqishni vujudga
keltirgan sabablarini tahlil qilish bilan bandligi, undan chiqish yo’llarini axtarish xotira
ko’lamini toraytiradi, zarur materialni qayta esga tushirishni qiyinlashtiradi. Aqliy
faoliyatning susayishi stressni vujudga kelishiga ta‘sir ko’rsatgan vaziyatdan chiqish yo’llarini
topishni cheklaydi. Bu salbiy ko’rsatkichlarni bartaraf etish eng katta vazifalardan biridir.

Psixologiya fanining markaziy kategoriyasi hisoblanmish shaxs ijtimoiy hayotning

barcha sohalarida muayyan funksiyalarni bajarish orqali jamiyatning taraqqiyotiga o‘z
hissasini qo‘shib kelmoqda. O‘spirinlik davrida psixologik muammolarni bartaraf etish hamda
tarbiyalash masalalari hozirgi davrning eng dolzarb muammosiga aylangan. Bugungi kunda
kelajak avlodga ta‘sir qilayotgan hamda uning kechinmalarini o‘zgartiradigan ichki va tashqi
omillarni ko‘z oldimizga keltirish juda qiyin. Shunday qilib stress o’zi nima?

Stress – inglizcha (stress) so’zidan olingan bo’lib, asabiylik, keskinlik degan ma‘nolarni

anglatadi. Asabiylik turli jismoniy va aqliy ishlar xaddan oshib ketishi, xavfli vaziyat tug’ilgan
paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo’lganda vujudga keladigan ruhiy
holatdir. Stressning psixologik ta‘rifiga kora affektiv holatga yaqin turadi. Stress kishining o’ta
faol yoki o’ta sust harakatida ifodalanadi. Hissiy zo’riqish holatida individning hatti-harakati
kishi nerv tizimining tipiga, nerv jarayonlarining kuchliligi yoki ojizligiga jiddiy ravishda
bog’liqdir. (Masalan, imtihon oldidagi holat). His-tuyg’ularning hissiyot (emotsiyalar),
kayfiyatlar, kuchli hayajonlanish tarzida boshdan kechirilishi chog’ida ma‘lum darajada
seziladigan tashqi belgilariga ham ega bo’ladi. Yuzning ifodali harakatlari (mimika), qo’l va
gavdaningma‘noli harakatlari, kabilar shular jumlasiga kiradi. Kishi o’zining qahr-g’azabini
tevarak atrofdagilarga qo’llarini musht qilishi, ko’zlarini chimirib qarash, do’q – po’pisali
ohang bilan namoyish qiladi. Stressning sodir bo’lishiga asosan ikki yo’nalishdagi omillar
sabab bo’ladi:

Ish faoliyatidan qoniqmaslik stressga sabab bo’luvchi eng muhim omillardan

hisoblanadi. O’spirin undan nima kutilayotganligini, bu ishni qanday qilish kerakligi va bu ish
qanday baholanishini bilsagina xotirjam ishlaydi.Ish qobiliyati va omadsizlik inson
salomatligiga qattiq ta‘sir ko’rsatadi. Haddan tashqari ko’p ish yoki, aksincha, ishsizlik xam
stressga olib keladi. Bunday sabablar tufayli sodir bo’lgan asabiylashish eng ko’p tarqalgandir.
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, ish qancha qiziqarli bo’lsa, inson shuncha kam bezovtalanadi,
kam betob bo’ladi. Yana bu sabablarga qo’shimcha yomon ish sharoitlari, ish jarayonida
odamlarning bir-biriga asossiz talablarni qo’yishi, o’quvsiz ota-onaningning o’quvsiz


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

144

muomalasi, demotivlashtirishning ustuvor ekanligi va boshqalar ham stressni vujudga
keltiradi. Xullas o’spirinlik davrida stressni bartaraf etish,uning tasir doirasini kamaytirish
eng muhim choradir. Eng avvalo nazorat ko’proq natija beradi. Stressni bartarafetishda
asosan inson sabr-qanoatli bo’lish, har qanday mushkul vaziyatga tayyor bo’lish, o’zini
chalg’itish lozim. Mashakqatli mehnatni yaxshi dam bilan birga olib borish, hech bo’lmasa bir
oz orom olish, tinchlanish kerak. Ishda xush fe‘l, tavozelik bo’lish, o’zaro hurmat va
xushmuomalali inson bo’lish lozim. Stressni bartaraf etish uchun birinchi navbatda shaxs
psixologik jihatdan tashqi ta‘sirlarga nisbatan ongli munosabat (psixologik immunitet)ni
shakllantira olishi zarur.

1. Har qanday stress holatini yengish uchun uni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash

va xolisona baholash darkor.

2. Yuz bergan stress holatini bartaraf etish uchun aniq yo’l-yo’riq izlab toppish kerak.
3. Biror muammo va tashvishga duchor bo’lsangiz, bu haqda kamroq o’ylashga va doimo

nima bilandir band bo’lishga harakat qiling. Mehnat sizning qalbingizdan behalovatlik
tuyg’usini siqib chiqaradi.

4. Arzimagan narsalarni deb asabingizni yeb tugatmang. Hayotda nima muhim va

nomuhimligini anglab oling. Arzimas narsalarning aksariyati umringizni qisqartiradi.

Stress holatiga tushgan shaxs xuddi shu stressga qarshi quyidagi usul va vositalarni

qo’llash yaxshi natija beradi:

a) stress holatiga nisbatan antistress kayfiyatini shakllantirish (ro’y bergan vaziyat,

holat, emotsiyalarga nisbatan o’z ruhiyatidagi munosabatni o’zgartirish);

b) ko’proq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish (badantarbiya, sport turi, jismoniy

mehnat);

v) o’z-o’zini bo’shashtirish (rasslabneniya) tananing oyoq uchi qismidan to qo’l

barmoqlarigacha bo’shashishga erishish;

g) autotrening (O’z-o’zini ishontirish);
d) relaksatsiya (o’z-o’zini yengillashtirish) orqali stress holatiga barham berish mumkin.
O‘smir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi kichkina bola emas, balki

katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga
uringan o‘smir shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini-o‘zi ishontiradi, chunki men endi «katta
bolib qoldim» deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham psixologlar «katta bolib qolganlik tuyg‘usi»ni
shaxsning o‘smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar.

L.S.Vigotskiy o‘smirlik davrida qiziqishlarning o‘zgarishiga bogliq ravishda ikki fazani

(salbiy va ijobiy) ajratib kolsatgan. Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarning so‘nishi va yangi
dastlabki jinsiy qiziqishlarning paydo bolishi bilan bogliq. Bunda quyidagi salbiy xulq-atvor
kolinishlari namoyon boladi: ish qobiliyatining, o‘zlashtirishning pasayishi, o‘smirning
qo'polligi va yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, uning o‘zidan qoniqmasligi va xavotirlanish va b. Ijobiy
faza keng, chuqur yangi qiziqishlarning paydo bolishi bilan xarakterlanadi. O‘smirda
boshqalarning va o‘zining psixologik kechinmalariga qiziqish paydo boladi.

O‘smirlik davridagi inqiroz — o‘smir kechinmalari, uning strukturasi, mazmunining

qat’iy o‘zgarishi, buzilishidir. L.S.Vigotskiy 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb
atagan. Inqirozdan keyingi davrlar (14—15 yosh) ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan
subyektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi psixologik tuzilmalar shakllanadi. Inqirozning
kechishi kattalarning o‘sayotgan boladagi o‘zgarishlarni sezuvchanligiga, tarbiya taktikasini


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

145

mohirona o‘zgartirishiga, o‘smirning yangi ehtiyojlari, yangi qobiliyatlariga bogliq ravishda
munosabatlarni o‘zgartirishiga bogliq.

Yuqoridagi fikrlarga xulosa qilib shuni aytish mumkinki: Stress, nafaqat o’spirinlik, balki

barcha yosh davrlarida xam shaxs taraqqiyotiga muhim to’siq bo’luvchi omildir.O’spirinlik
davrida o’spiringa yaqin va ishonchli do’st yoki dugona kerak deb o’ylashadi. Menimcha esa
o’spiringa uni eshtadigon va uni qarashlarini qo’llab-quvatlaydigan shaxs bo’lishining o’zi
yetarli deb o’ylayman.

References:

1.

E.G’oziyev “Umumiy psixologiya” Toshkent 2008 y.

2.

Y.Jumanazarov”Yosh davrlar psixologiyasi” Namangan 2013 y.

3.

T.Sodiqova “Sevib qolgan qizning onasiga maslaxat” qo’llanma. Toshkent 2018.

4.

Z.T.NISHANOVA,N.G.KAMILOVA,D.U.ABDULLAYEVA, M.X.XOLNAZAROVA- RIVOJLANISH

PSIXOLOGIYASI. PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA. «O ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»
nashriyoti TOSHKENT – 2018
5.

Madumarov, T., & Ogli, G. O. R. (2023). O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KORRUPSIYAGA

QARSHI KURASHISH (TA’LIM TIZIMI MISOLIDA). Ta’lim fidoyilari, 2(1), 194-197.
6.

Ибрахимов, Б. (2023). ПОНЯТИЕ И ОСОБЕННОСТИ “ГЛУБОКИХ ФЕЙКОВ”. Namangan

davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi, (6), 201-206.
7.

Nasriddinovich, A. A. (2021). Civil society and the transformation of islamic values.

ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 709-714.

Библиографические ссылки

E.G’oziyev “Umumiy psixologiya” Toshkent 2008 y.

Y.Jumanazarov”Yosh davrlar psixologiyasi” Namangan 2013 y.

T.Sodiqova “Sevib qolgan qizning onasiga maslaxat” qo’llanma. Toshkent 2018.

Z.T.NISHANOVA,N.G.KAMILOVA,D.U.ABDULLAYEVA, M.X.XOLNAZAROVA- RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI. PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA. «O ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti TOSHKENT – 2018

Madumarov, T., & Ogli, G. O. R. (2023). O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH (TA’LIM TIZIMI MISOLIDA). Ta’lim fidoyilari, 2(1), 194-197.

Ибрахимов, Б. (2023). ПОНЯТИЕ И ОСОБЕННОСТИ “ГЛУБОКИХ ФЕЙКОВ”. Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi, (6), 201-206.

Nasriddinovich, A. A. (2021). Civil society and the transformation of islamic values. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 709-714.