YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
7
QONUNLARNING QISQA IFODALASH SABABLARI VA UNING BA`ZI
KAMCHILIKLARI
Muhammadiyev Bahromjon Qodirjon og‘li
Namangan davlat universteti Yurisprudensiya yo‘nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12664452
Annotatsiya
: Ushbu maqolada o`zbekiston kodekslarlari nima uchun yuzaga kelishi
mumkin bo`lgan har bir holatni emas, balki qisqaroq tarzda asosiy masalalarnigina yoritib
berishining sababini ko`rsataman. Shuningdek, bu qisqalikning ba`zi kamchiliklarini tahlil qilib,
unga yechimlar berishga harakat qilaman.
Kalit so‘zlar:
Kodifikatsiya, mukammallik, aniqlik.
Abstract:
In this article, I will show the reason why the codes of Uzbekistan do not cover
every possible situation, but only the main issues in a shorter way. I will also analyze some of
the shortcomings of this brevity and try to give solutions to it.
Key words:
Codification, perfection, precision.
Аннотатция:
В этой статье я покажу причину, по которой кодексы Узбекистана не
охватывают все возможные ситуации, а лишь в более кратком виде покажу основные
вопросы.
Я также проанализирую некоторые недостатки этой краткости и
попытаюсь дать им пути решения.
Ключевые:
Кодификация, совершенство, точность.
Kirish.
Normativ huquqiy hujjatlar tog`risidagi qonunning 6-moddasiga ko`ra
o`zbekistonda normative huquqiy hujjatlar quyidagi turlarga bo`linadi
1
:
-O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
-O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
-Vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari bo‘lib, ular O‘zbekiston
Respublikasining qonunchiligini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjatlari
bo`lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda
qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir.
Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar ichida konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega bo`lgan
qonun hujjati hisoblanadi. Qolgan qonunlar va qonun osti hujjatlar esa ushbu konstitutsiyada
ko`rsatilgan maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi, va ayni paytda ularning mazmuni
konstitutsiyaga zid bo`lmasligi zarur
Asosiy qism.
Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega hisoblanib, qolgan barcha qonun va
qonun osti hujjatlar konstitutsiya asosida qabul qilinadi. Ayni paytda konstitutsiya ma`lum bir
munosabatlarni umumiy asosda ifodalasa qolgan qonun va qonun osti hujjatlar anashu
masalalarni chuqurroq yoritib tartibga solidi. Demak, konstitutsiya ijtimoiy munosabatlarni
1
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 24-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “ Normativ-
huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonuni
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
8
umumiy tarzda ifodalasa, kodekslashgan qonunlarimiz bu konstitutsiyada yoritilgan
munosabatlarni konstitutsiyadan ko`ra chuqurroq yoritadi, lekin kodekslar ham bu
munosabatlarni batafsil ochib berolmaydi. Kodeksdagi bo`shliqlar asosan ushbu qonunni
qo`llash davomida oliy sud plenum qarorlarida har bir masala bo`yicha e`tibor berilishi kerak
bo`lgan jihatlari batafsilroq va chuqurroq yoritiladi. Lekin shu yerda savol tug`ilishi mumkin: “
nega plenum qarorlariga hojat qoldirmay, barcha masalalar kodeksning o`zida yoritib
qo`yilavermaydi” deb. Bu savolga quyida Prussiyada qonunchiligidagi tajribadan foydalangan
holatda javob beraman.
Prussiyada Fridrix davrida 17 000 dan ortiq moddalarni o`z ichiga oluvchi kodeks qabul
qilingan. Taqqoslash uchun bizning qonunchiligimizdagi eng yirik kodeks Fuqarolik kodeksi
bo`lib u 1199 moddadan iborat
2
. Prussiya kodeksida batafsil yoritilgan har bir alohida holat
uchun batafsil yechim berishga urinilgan, bundan ko`zlangan maqsad esa sudyalarga
oldilaridagi ishlarni hal qilishlari uchun tayyor yechimlar katalogini yaratish edi. Shu bilan bir
paytda, sudyalar kodekslarni sharxlashi mumkin emasdi. Ikkilnishlar yuzaga kelgan paytda esa,
ular masalani Qonunlar bo`yicha maxsus Komissiyaga yuborishlari kerak bo`lib, ushbu
Komissiya aynan shu maqsad uchun tashkil etilgan edi. Agar sudyalar qonunlarni sharxlashda
qo`lga tushsalar, Fridrixning qahriga duchor bo`lar va qattiq jazolanar edilar. Nemis huquq
tarixchilarining ta`kidlashicha, Qonunlar bo`yicha Komissiya hech qachon Fridrix nazarda
tutgan rolni bajarmagan. Kodeks qanchalar batafsil bo`lmasin, barcha holatlar uchun aniq javob
berolmagan va sudyalar kodeks normalarini istar-istamas kundalik ishlarida sharxlashlariga
to`g`ri kelgan. Fridrix kodeksi, Komissiyasi va uning sud sharxini taqiqlashga urinishlarining
barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchragan, deb hisoblanadi
3
.
Yuqoridagi misoldan ham ko`rinib turibdiki kodeks qanchalik batafsil yozilmasin, yuzaga
kelishi mumkin bo`lgan ijtimoiy munosabatlar qanchalar batafsil yoritib, tartibga solishga
harakat qilinmasin, baribir barcha masalalarni qamrab olib bo`lmaydi. Chunki yuzaga kelishi
mumkin bo`lgan ijtimoiy munosabatlarning barchasini oldindan tasavvur qilish imkonsiz bir
ishdir. Shu bois bizning qonunlarimiz ham o`zida eng asosiy bo`lgan masalalarni qamrab olgan
holda mukammal, aniq va qisqa yaratilishni maqsad qilib, yaratilgan. Bu qonunlarni qo`llash
davomida qandaydir bo`shliqlar aniqlansa yoki yuzaga kelgan muayyan munosabatga nisbatan
kodeksdagi normalarni to`ldiribroq talqin qilish zarurati tug`ilsa, bu tegishli ravishda sudyalar
tomonidan plenum qarori shaklida to`ldiriladi.
Lekin, qonunlarni bunday qisqaroq tarzda ifodalash davomida ba`zi masalalar to`liqroq
yoritilmaganligi sababli uni qo`llash davomida ba`zi noqulayliklarni ham keltirib chiqarishi
mumkin. Masalan, 30.04.2023 yil kuni qabul qilingan yangi tahrirdagi konstitutsiyamizning 31-
moddasining 2- va 5- qismlarida
4
“Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta,
elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat
qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi”, “Hech kim uy-joyga unda
yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek
unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda
va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning
2
O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. Manba lex uz:
https://lex.uz/docs/-180552?ONDATE=05.11.2023
3
“Kontinental huquq an`anasi” Jon Genri Merriman va Rogelio Peres-Perdemo. Tarjimonlar A.Umirdinov,
N.Mahmudova, A.Tojiboyev.
4
O‘zbekiston respublikasining 30.04.2023 yil kungi konstitutsiyasi. Manba, lex uz:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
9
qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi” deyilgan. Lekin bu yerda “huquqning cheklanishiga yoki tintuv
o`tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo`l qo`yiladi” degan jumlalarda
aynan qaysi qonunga ko`ra yo`l qo`yilishi mumkinligi aytilmagan.
Yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 21.05.2012 yildagi 139-son
“O‘zbekiston respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga
solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandida “Ta’lim muassasasida ta’lim
oluvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur
holatlarda ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta’lim
muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida
telefonlardan foydalanishga (qo‘ng‘iroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo‘natishga, Bluetooth,
Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi”
5
, deyilgan. Ushbu bandda
“asosli va kechiktirib bo`lmaydigan hollarda ruxsat etiladi” deganda kelayotgan habar yoki
telefon qo`ng`irog`ini dars mashg`uloti o`tayotgan o`qituvchi asosli va shoshilinch ekanligini
qanday aniqlaydi. Darsni tashlab, faqat shu masala bilan shug`ullanadimi, ahifr bu qisqa
fursatda aniqlanadigan masala emasku.
Yuqoridagi kabi noaniqliklar ushbu qonunlarni boshqa shaxslar tomonidan qo`llashda
noqulaylik tug`diradi, qolaversa ba`zi korrupsiyaga moyil bo`lgan shaxslar qonunning shu kabi
noaniq qismlaridan o`zlarining manfaatlari yo`lida hohlagancha foydalanishlariga yo`l beradi
nazarimda.
Xulosa.
Xulosa o`rnida aytishimiz mumkinki, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan masalalarni
qonunlarda qanchalik batafsil yoritishga harakat qilmaylik baribir ularning barchasini qamrab
olib bo`lmaydi. Shu bois, qonunlarni aniq va qisqaroq tarzda asosiy negizini yoritgan ma`qul
albatta. Lekin, qonunni bu tarzda qisqa ifodalash davomida undagi mavhuq bo`lgan so`zlardan
foydalanmasligi kerak. Bundan tashqari, “boshqa qonunlarda nazarda tutilgan xollarda yo`l
qo`yiladi” kabi jumlalar o`rniga ayni qaysi qonun ekanligini ham ko`rsatib o`tilishi kerak.
Qonunchilikdagi bu kabi noaniqliklar yaqin yillar davomida bartaraf etilishiga umid qilamiz.
References:
1.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 24-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonuni
2.
O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. Manba lex uz:
3.
“Kontinental huquq an`anasi” Jon Genri Merriman va Rogelio Peres-Perdemo. Tarjimonlar
A.Umirdinov, N.Mahmudova, A.Tojiboyev.
4.
O‘zbekiston respublikasining 30.04.2023 yil kungi konstitutsiyasi. Manba, lex uz:
5
O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining “
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil
telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi qarori. Manba, lex uz: