Авторы

  • Mashhura Jo‘raqulova
    Termiz davlat universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.77877

Ключевые слова:

O‘zbek detektivi izquvar loqaydlik badiiy tahlil jinoyat.

Аннотация

Ushbu tezisda Komiljon Sindorovning falsafiy dunyosi va detektiv asarlarida badiiy voqelik yoritib o‘tilgan. Yozuvchining asarlarida yagona obrazlar tahlili keltirib o‘tilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

12

KOMILJON SINDOROVNING FALSAFIY DUNYOSI VA DETEKTIV ASARLARIDA

BADIIY VOQELIK

Jo‘raqulova Mashhura

Termiz davlat universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15165569

Annotatsiya:

Ushbu tezisda Komiljon Sindorovning falsafiy dunyosi va detektiv

asarlarida badiiy voqelik yoritib o‘tilgan. Yozuvchining asarlarida yagona obrazlar tahlili
keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

O‘zbek detektivi, izquvar, loqaydlik, badiiy tahlil, jinoyat.

Hayotda shunday insonlar bo’ladiki, ular umri davomida xalq qalbidagi nozik tuyg’ularni

topib, ularga badiiy jilo berib, yana xalqqa hadya etadilar. Ana shunday ijodkorlarimizdan biri,
o’nlab kitoblar muallifi, huquqshunos, yuridik fanlari doktori, dotsent, “O’zbekiston
Respublikasi Mustaqilligi” esdalik nishoni sovrindori, Respublika Shaxmat Federatsiyasining
vitse-prezidenti hamda Xalqaro Shaxmat akademiyasi direktori, O’zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi a’zosi, detektiv asarlarni hayotiy tajribalari asosida kitobga sola olgan yozuvchi
Komil Sindarovni o’zbek kitobxonlari yaxshigina detektiv ustasi sifatida bilishadi. Komil
Sindarov asosan, o‘zi ko‘rgan, bilgan va eshitganlari haqida, aniq faktlarga tayangan holda
yozadi. Uning yozganlari shunisi bilan qiziq. Yozuvchi asarlarida ortiqcha pafos va me’daga
teguvchi uydurmalar yo‘q. Har bir kitob biri ikkinchisining davomi tarzda o‘qiladi. Komil
Sindarovning kitoblari bugun o‘z o‘quvchisiga ega turkum asarlar sirasiga kirib ulgurdi.
Yozuvchining soha vakili ekanligi aksariyat kitobxonlarga ayon, bilmaganlar esa asar
mutolaasidayoq muallifning sohani yaxshi bilishini anglaydi. Bu jihatni ta’kidlashimizning
sababi aynan shu nuqta muallif asarlarining muvaffakiyat garovidir. Yozuvchi qalamga olgan
jinoyat turi davr uchun ahamiyatsiz mavzu emas, ikkinchidan, ijtimoiy vokelik qayta
takrorlanmasligi uchun mohiyatni oshkor qilish va uni bor asrori bilan ko‘rsatish, so‘zsiz, qo‘l
siltab qo‘yadigan mavzu emas.

1

Bola voyaga yetar ekan, oiladagi nosog‘lom muhit, ota-onaning tarbiya masʼuliyatini his

etmasligi, eʼtiborsizlik va loqaydlik kabi illatlar uning oxir-oqibat jinoyat ko‘chasiga kirishiga
sabab bo‘ladi. Komil Sindarov qalamiga mansub «O‘zbek detektivi» ruknida nashr yuzini
ko‘rgan yangi asar - «O‘g‘irlangan bolalik» yuqoridagi mulohazalar haqida birma-bir
kitobxonlarga so‘zlaydi.

Kitobni varaqlar ekansiz, norasida go‘daklarning sirli ravishda yo‘qolib qolishi,

gumondorlarning xatti-harakati jinoyat motiviga tasodifan mos kelishi va sizga yaxshi tanish
bo‘lgan prokuratura tergovchisi Sanjarbek va hamkasblarining ustalik bilan yo‘qotilgan
qotillik izlari va dalillarini mohirlik bilan fosh etishdagi kasbiy mahorati asarni bir nafasda
o‘qib chiqishingizga xizmat qiladi.

2

“XXI asr o‘zbek detektivi” turkumida yozilgan yana bir qiziqarli kitob o‘zbek

sarguzashtsevar kitobxonlariga o‘zbek adibi tomonidan taqdim etildi. Kitob “Hidoyat ortidagi
zalolat” deb nomlangan, bu ikki qarama-qarshi so‘zlarning o‘ziyoq diqqatimizni tortib,
o‘ylanishga majbur qiladi. Asar bosh qahramoni – Bosh prokuratura tergovchisi Sanjarbek
Toshkent viloyatida sodir etilgan mudhish qotillikni fosh etishga kirishadi. Ammo o‘ta puxta

1

https://uza.uz/posts/386756

2

https://uza.uz/posts/702703


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

13

o‘ylab qilingan jinoyatni ochish oson kechmaydi. Kitobni o‘qish jarayonida o‘quvchi
tergovchining ishi naqadar murakkab ekanligini his eta boshlaydi, voqealar ichiga kirgach,
Sanjarbek bilan birga o‘ylanadi, izlanadi, qiynalib, iztirob chekadi. Komil Sindorovning avvalgi
detektiv asarlaridan farqli o‘laroq, kitobdagi voqealar asosan din niqobi ostida kechadi,
dinning muqaddasligi mentalitetimizga singib ketganligi uchun hidoyat ortida yashiringan
zalolat qa’ridagi manfur kimsalarning jinoyatlarini fosh etish oson kechmaydi.

Voqealar rivojiga nazar tashlar ekanmiz, bosh qahramon navbatdagi yirik jinoiy ishni

ochish uchun xizmat safariga otlangandayoq yo‘lda, xizmat mashinasida tergovchi bilan
haydovchi o‘rtasidagi suhbatning o‘zida bir talay hayotiy muammolar ko‘tariladi. Svetoforlar
ishining noto‘g‘ri tashkil etilganligi, shahar havosining o‘ta ifloslanganligi, kitobxonlik, maktab
ta’limi, oliy ta’limga kirishda yaqin o‘tmishda bo‘lgan korrupsion holatlar, yoshlarning to‘g‘ri
kasb tanlashi, maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim bilan qamrov darajasi pastligi, xususiy
universitetlarni ochish dolzarbligi, Nobel mukofoti, millat kelajagi, jadid bobolarimiz, qatag‘on
davri, mustamlakachilik siyosati, “Shum bola” asari, atrof-muhitning ifloslanib borayotganligi,
shamol va quyosh energiyasi, chet davlatlarda ishlab yurgan yoshlar kabi juda dolzarb va
keng qamrovli mavzular 1-2 bet orasida mohirlik bilan qisqa suhbat jarayonida aks etadi.
Bosh prokuratura tergovchisiga o‘ta zarur bo‘lgan keng dunyoqarashga egalik xislatlari
muallifning dialog tuzishdagi mahorati orqali ochib berilgan. Shuning o‘ziyoq kitobning
mazmuni o‘ta to‘qligi, uni shunchaki, birrov ko‘z tashlab o‘qib ketish murakkabligi, biroz
chalg‘itsa, kalavaning uchini yo‘qotib qo‘yish mumkinligi haqida xulosa chiqarib olishga imkon
beradi. Shu nuqtayi nazardan, garchi bu detektiv turkumdagi kitoblarning o‘n uchinchisi
bo‘lsa-da, uning mazmunini to‘liq tushunish, voqealar rivojining mantiqiy ketma-ketligini
to‘liq tasavvur qilish uchun beixtiyor avvalgi kitoblarni izlashga tushamiz.

3

Kitob mazmuni haqida dastlabki tushunchani shakllantirish maqsadida asarning xotima

qismidan bir parchani keltirishni lozim topdik:

“ – Sanjar aka, Bahrulla mulla to‘g‘risida fikringiz qanday? – talaba yangi mavzuni

qo‘zg‘adi.

– Hidoyat ortidagi zalolat! Bahrullaning ta’rifi shu. U dinni niqob qilib, razolat, qabohat,

axloqsizlik, fahsh, jaholat, xurofot, bid’at, mutaassiblik, shakkoklik, ochko‘zlik, yovuzlik,
xudbinlik va firibgarlik domiga botgan razil shaxs. U har qanday dushmandan xavfli, yovdan
yomon. Negaki, yovning yomonligi senga ma’lum, zarbasiga tayyor, ogoh turasan. Bahrulla
kabilar esa hidoyat niqobida sening qalb qasringga bemalol kirib, xonumoningni kuydiradi,
hayotingni do‘zaxga aylantiradi. Eyy, qo‘ying, bunaqalar haqida gapirish ham makruh.
Gunohga qolasan kishi...

– Ha, dinni qabih ishlarga niqob qilib olgan bunday kimsalar jamiyat yuzidagi qora dog‘,

– dedi talaba o‘ychan, – bular niqobi yuzidan shilib olingunga, asl basharalari ochilgunga
qadar qanchadan-qancha sodda, omi kishilarni changaliga ilintiradi, oilalarni barbod qiladi...”.

Detektiv janri, adabiyotning nasrdagi boshqa janrlaridan farqli o‘laroq, boqiy qiziqarli

mavzu! Misol uchun, Agata Kristi, Artur Konan Doyl kitoblari, Aleksandr Dyumaning “Graf
Monte Kristo“ nomli romani bundan necha yuz yillar avval yaratilgan, ammo hamon katta
qiziqish bilan o‘qiladi. Afsuski, o‘zbek adabiyotida shu kabi detektiv ruhdagi asarlar juda kam,

3

Yo'ldoshev B, Qurbonov T. Badiiy asar tili va uslubi masalalari. Samarqand. 2006. B.88.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

14

barmoq bilan sanarli. O‘zbek adabiyotining bu janrida nisbiy bo‘shliq yuzaga kelgan. Komil
Sindorovning huquqshunos yozuvchi sifatida detektiv janridagi mavjud bo‘shliqni to‘ldirishga
qo‘shayotgan hissasi salmoqlidir. “Salmoqli” deyishimga sabab, mana bugungi kunda birinchi,
ikkinchi, boringki, uchinchi ham emas, balki o‘n uchinchi detektiv asari kitobxonlar qo‘liga
yetib keldi.

Komil Sindorovga o‘zbek detektivi tarixiga umrbod muhrlanishga arzigulik boqiy

asarlarini muhrladi. Uning “XXI asr o‘zbek detektivi” turkumidagi kitoblari soni 13 taga yetdi,
so‘z borayotgan oxirgisi haqida qisqa ma’lumot berdik. O‘z o‘rnida, avvalgi 12 kitobini sanab
o‘tish joiz:

1) “Qimmatga tushgan xato”(2013);
2) “Temuriylar kutubxonasining siri”(2015);
3) “Kechikkan qasos” (2017);
4) “Amirlikning oltin taxti izidan” (2018);
5) “Tungi qotillik” (2019);
6) “O‘g‘irlangan bolalik” (2020);
7) “Dorixonadagi qotillik” (2020);
8) “So‘poqsoydagi sirli qotillik” (2021);
9) “Qadr kechasidagi qotillik”(2021);
10) “Surgun”dagi sarguzashtlar” (2022);
11) “Bir asrlik omonat” (2022);
12) “G‘ayrioddiy intiqom” (2023).
Oxirgi 11 yil davomida 13 ta detektiv kitobni yozib, sarguzasht ishqibozlariga taqdim

etish haqiqatdan ham salmoqli ishdir. Komil Sindorov ustozi Xudoyberdi To‘xtaboyev “Siz
mening yoshimga yetguncha 30 ta kitob yozasiz” degan bashoratini oqlab, o‘zbek adabiyotiga
qo‘shayotgan salmoqli hissasini yanada zalvorli qilishiga umid qilamiz.

Navbatdagi detektiv asarni o‘qish jarayonida, Termiz shahridagi Raxmatillo bobo bilan

bo‘lgan suhbatda nevarasi Og‘abekning birinchi marta sport musoboqasida qatnashib, o‘rin
ololmagan va shu zahoti bobosi o‘zi medal va sovrinlar olib kelib, murabbiyi orqali uni
taqdirlagani, yosh sportchini ruhlantirib, kelajakda yuksak marralarni zabt etishiga turtki
bo‘lgani beixtiyor kitobxon ko‘zlariga yosh kelishiga sabab bo‘ladi. Mashhur lampochka
ixtirochisi Thomas Edisson ham bolalik chog‘ida oqila onasining to‘g‘ri tadbiri va tarbiyasi
natijasida asarning qahramonlaridan biri Og‘abek singari o‘z kelajagining cho‘qqisini zabt
etadi. Qisqacha aytadigan bo‘lsak, yozuvchi bolalikdagi qobiliyatni vaqtida payqab, unga
e’tibor va ishlov berib, keyinchalik mehnatlar o‘z mevasini berishini amalda isbotlab berdi.

XX asrning eng aqlli insonlaridan biri hisoblanga Albert Eynshteyn “har bir inson,

qaysidur jihati bilan mendan ustun turadi” deya aytib ketganlar. Bu so‘zlarga qo‘shimcha qilib,
Abdulla Avloniy bobomizning oltinga teng bir iboralari bor, “tarbiya biz uchun-yo hayot-yo
mamot, yo najot-yo falokat, yo saodat-yo halokat masalasidir” degan ma’noli jumlalari doimo
ongimizda charxdek aylanib turadi. Ko‘rib turganingizdek, bu ikki buyuk shaxsning bir-biriga
ma’no jihatdan anchayin yaqin bo‘lgan o‘gitlari hozirgi zamon ota-onalari uchun dasturul
amal bo‘ladi desak to‘g‘ri bo‘lar edi. Yuqoridagi voqealar, Komil Sindarov asarlaridagi
tarbiyaviy ahamiyatga moyil sahnalarining mingdan bir qismi desak yanglishmagan bo‘lamiz
nazarimda. Sanjar Raxmonov va Fahriddin Karimovichning har bir safari chog‘ida


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

15

hamkasblariga, boshqacha qilib aytganda, yosh va tajribasiz tergovchilarga, fuqarolar bilan
qanday muomalada bo‘lish kerakligi, ularning qalbiga kirib, kerakli ma`lumotlarni osongina
olishligi, kitob o‘qish har bir soha vakillariga qay darajada muhim ekanligini, ayniqsa, adolat
va qonun ustuvor tamoyillarini har vaqt ta’kidlab, ularni to‘g‘ri qo‘llay olganligi kitobxonni
yanada o‘ziga tortib, asar qahramonlariga nisbatan yanada hurmat va mehr oshishiga sabab
bo‘ladi. Biz Komil Sindarov asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, ko‘p qismli serial tomosha qilib,
undagi qahramonlar bilan birga yashab kelmoqdamiz. Ayniqsa, adolat qaror topib, Fahriddin
Karimovichning oqlanib chiqqani barcha muhlislar uchun ajoyib yangilik bo‘ldi. Go‘yoki,
Sanjar Raxmonovning yaqin do‘sti va ustozi emas, balki o‘zimizning yaqin insonimiz ozod
bo‘lgandek. Bundan shuni anglash mumkin-ki, Komil Sindarov o‘zining mo‘jizakor istedodi
bilan biz muhlis va muhlisalarining qalbini egallab bo‘lgan. Avvalgi fikrlarimizda
ta’kidlanganidek, kitobni o‘qib tugatgach, inson zerikish hissini tuya boshlaydi, ma’lum vaqt
asar bilan birga yashab, uni tark etolmaydi. Bu yozuvchi uchun ulkan yutuq va mukofotdir
albatta.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Yo'ldoshev B, Qurbonov T. Badiiy asar tili va uslubi masalalari. Samarqand. 2006. B.88.

2.

Doniyorov X, Yo'ldoshev B. Adabiy til va badiiy stil. Toshkent: Fan. 1988. B.71.

3.

Виноградов В. О теории художественной речи. -М., 1971. -С. 105-211.

4.

Umurov H. Adabiyot qoidalari. Toshkent: O'qituvchi. 2002. B.5-8

5.

https://uza.uz/posts/386756

6.

https://uza.uz/posts/702703

Библиографические ссылки

Yo'ldoshev B, Qurbonov T. Badiiy asar tili va uslubi masalalari. Samarqand. 2006. B.88.

Doniyorov X, Yo'ldoshev B. Adabiy til va badiiy stil. Toshkent: Fan. 1988. B.71.

Виноградов В. О теории художественной речи. -М., 1971. -С. 105-211.

Umurov H. Adabiyot qoidalari. Toshkent: O'qituvchi. 2002. B.5-8