YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
6
KRAXMAL ASOSIDA BIOPARCHALANUVCHI GIDROGELLAR VA
PLYONKALAR OLISH
Ungarova Sohiba Isomiddin qizi
TDTU 2- kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15165207
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kraxmal asosida bioparchalanuvchi gidrogellar va
plyonkalar olish texnologiyasi hamda ularning fizik-kimyoviy xossalari yoritilgan. Olingan
namunalar ekologik xavfsizligi, parchalanish tezligi va amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari
bo‘yicha o‘rganildi. Tadqiqot natijalari bunday materiallarning qadoqlash sanoati va boshqa
sohalarda qo‘llanilish imkonini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar:
kraxmal, bioparchalanuvchi material, gidrogellar, plyonkalar, ekologik
toza texnologiya.
Hozirgi kunda ekologik muhitni muhofaza qilish, ayniqsa plastik chiqindilar
muammosini kamaytirish eng dolzarb masalalardan biridir. Plastik materiallarning uzoq vaqt
parchalanmasligi ularning tabiatga salbiy ta’sirini kuchaytiradi. Shu sababli,
bioparchalanuvchi, ekologik toza materiallarga talab ortib bormoqda. Tabiiy polimerlar,
xususan kraxmal, bu borada muhim xomashyolardan biri hisoblanadi.
Plastik materiallarning atrof-muhitga zarar yetkazishi bugungi kundagi dolzarb ekologik
muammolardan biridir. Ularning yuz yillab parchalanmay qolishi biologik muvozanatga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, tabiiy xomashyolardan olinadigan, bioparchalanuvchi
materiallarga ehtiyoj ortmoqda. Kraxmal arzon, qayta tiklanadigan va biologik
parchalanadigan modda sifatida ekologik toza alternativalardan biri hisoblanadi.
Tabiiy polimerlar asosida xalq xo‘jaligi, sanoat, iste’mol va boshqa sohalar uchun
mahsulot va materiallar olishga hozirda butun dunyoda e’tibor katta. Chunki tabiiy
polimerlarning inson salomatligi va atrof-muhitga zararli ta’siri kam bo‘lib, ular vaqt o‘tishi
bilan tabiiy sharoitda bezarar moddalarga parchalanadi. Bezarar va har yili zahirasi qayta
tiklanuvchi homashyolardan olinadigan katta ko‘p tonnali tabiiy polimerlardan biri bu
kraxmaldir. Ushbu polimer tarkibida turli reaksion qobiliyatli funksional guruhlarning
mavjudligi esa uni kimyoviy modifikatsiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Mamlakatimiz ham kraxmal olish mumkin bo‘lgan o‘simlik homashyolariga boy hisoblanadi.
Bunday plyonkalar makkajo‘xori, kartoshka yoki bug‘doydan tayyorlanadi. Bioparchalanuvchi
plyonkaning ushbu shakli 90 kun ichida kamida 90 % parchalanadi, ammo ushbu turdagi
plyonkadan foydalangan.
Kraxmal, shuningdek selluloza uglerodlarning uchinchi gruppasiga-polisaxaridlarga
kiradi.
Bu moddaning molekular massasi aniq topilmagan, lekin uning kattaligi ma’lum va har
xil namunalarida turlicha bo‘lishi (100000 gacha) mumkin. Shu sababli boshqa polisaxaridlar
singari kraxmalning formulasi ham (С6Н |0О5) tarzida ifodalanadi. Har qaysi polisaxarid
uchun uning qiymati turlicha boladi.
Kraxmal ta’msiz, oq kukun bo‘lib, sovuq suvda erimaydi. Qaynoq suvda kleyster hosil
qiladi.
Kraxmal tabiatda keng tarqalgan. U turli xil o‘simliklar uchun zaxira oziq-ashyo
hisoblanadi va ularda kraxmal donachalari holida bo‘ladi. Quyidagi boshoqli o‘simliklar
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
7
donlarida kraxmal eng ko‘p bo‘ladi: guruch (86 % gacha), bug‘doy (75% gacha), jo‘xori (72%
gacha), shuningdek kartoshka tugunaklari (24% gacha). Kartoshka tugunaklarida kraxmal
donlari hujayra shirasida suzib yuradi, boshoqlilarda esa ular kleykovina deyiladigan oqsil
modda vositasida bir-biriga zich yopishgan bo‘ladi. Kraxmal fotosintez mahsulotlaridan biri
hisoblanadi.
Bundan tashqari, tabiiy polimer sifatida kraxmalga yaqin orada neftga asoslangan
polimerlarga qaraganda muqobil bo‘lgani uchun katta e’tibor qaratiladi. Uning qayta
tiklanadigan ekologik toza xomashyo ekanligi, biologik parchalanishi, ko‘plab yetishtirish
imkoniyati mavjudligi va narxi arzon ekanligi afzalligi hisoblanadi. Kraxmalni o‘simliklar
o‘zining tabiiy talablarini qondirish uchun sintez qilishi hisobiga ham kraxmalning
mikrotuzilishi an’anaviy polimerlarga qaraganda ancha murakkab.
Kraxmal o‘simliklarda suvda erimaydigan zarrachalar - kraxmal granulalari shaklida
to‘planadi, boshqa ko‘pchilik o‘simliklar esa suvda eriydigan uglevodlarga aylangan holda
saqlanadi. Kraxmalni tashkil etuvchi ikkala polimer ham biologik funksiyasi va kimyoviy
tarkibi bo‘yicha o‘xshash bo‘lib, α-1,4 va α-1,6 glikozid bog‘lari bilan bog‘langan glyukoza
birliklaridan iborat. Amilopektin asosan qat’iy chiziqli (α-1,4-bog‘langan) va ba’zi
tarmoqlangan poliglukanlarning murakkab aralashmasi bo‘lgan amilozaga qaraganda sezilarli
darajada ko‘proq tarmoqlanib ketgan.
Kraxmalli polimerlarga quyidagilar misol bo‘ladi:
Polikaprolakton (PCL)
Polivinil spirt (PVA)
Polilaktik kislota (PLA
Olingan plyonkalar zichligi, shaffofligi va egiluvchanligi bilan ajralib turdi. Plastifikator
miqdoriga qarab ularning cho‘zilish qobiliyati 20–50% oralig‘ida o‘zgardi. Bioparchalanish
sinovlari shuni ko‘rsatdiki, namunalar 30–40 kun ichida tabiiy muhitda butunlay
parchalanadi. Bu ko‘rsatkichlar bunday materiallarning ekologik toza alternativalar sifatida
istiqbolli ekanligini tasdiqlaydi.
Bioparchalanuvchi plyonkalarning qo‘llanilish sohalari. Yuk ko‘tarish sumkalari, axlat
qutilari, sabzavot paketlari, oziq-ovqat plyonkalari, qishloq xo‘jaligi plyonkalari, pochta
plyonkalari. Biroq, ushbu plyonkalar hali ham neftga asoslangan plastik plyonkalarga nisbatan
juda cheklangan. Mikrobial hujumni yengillashtirish uchun oksidlovchi darajasida
parchalanadigan yoki ko‘proq gidrofil holga keltirish uchun oddiy polimerlarga qo‘shimchalar
qo‘shilishi mumkin. Ushbu plyonkalar odatdagi polimerlarga qo‘shimchalarni qo‘shib
oksidlovchi va keyinchalik biologik degradasiya mexanizmlarini ta’minlash orqali
tayyorlanadi. Bu odatda atrof-muhitda kislorod ta’sirida 6 oydan 1 yilgacha davom etadi.
Shuningdek, so‘nggi paytlarda sellyuloza asosidagi kompozitlar ushbu qayta
tiklanadigan tolalar mavjud bo‘lgan ko‘plab afzalliklar tufayli tadqiqotchilarning e'tiborini
tortdi. Sellyuloza tabiatda eng koʻp tarqalgan biopolimerlardan biri boʻlib, yiliga 10 mln
tonnaga yaqin boʻlishi taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, sellyuloza qayta tiklanadigan eng
istiqbolli resurslardan biri va neft-kimyo mahsulotlariga ekologik jihatdan muqobil
hisoblanadi. O‘simlik sellyulozasi mustahkamlovchi material sifatida keng qo‘llanilgan. So‘nggi
paytlarda modifikatsiyalangan sellyuloza o‘zining mukammal mexanik ishlashi va atrof-
muhitning keng doirasi sharoitida to‘liq biologik parchalanishi tufayli turli kompozitsiyalar
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
8
uchun mustahkamlovchi asos sifatida ishlatilgan. Natijada sellyuloza asosidagi turli xil
kompozitsiyalar olindi. Sellyulozaning kimyoviy modifikatsiyasi koʻp funksiyali materiallar
ishlab chiqarishning muhim yoʻnalishi hisoblanadi.
1
Xulosa qilib aytganda, kraxmal asosida tayyorlangan bioparchalanuvchi gidrogellar va
plyonkalar tabiatda parchalanadigan, inson salomatligi va atrof-muhitga zarar
yetkazmaydigan materiallar hisoblanadi. Ular qadoqlash sanoatida, tibbiyotda va qishloq
xo‘jaligida samarali qo‘llanilishi mumkin. Tadqiqot natijalari bu sohada yanada chuqurroq
ishlanmalar olib borishga asos bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
А. В. Павленок, О. В. Давыдова, Н. Е. Дробышевская, Е. Н. Подденежный, А. А. Бойко,
Получение И Свойства Биоразлагаемых Композиционных Материалов На Основе
Поливинилового Спирта И Крахмала, Вестник Ггту Им. П. О. Сухого № 1 2018
2.
Биоразлагаемые композиционные материалы на основе смесей крахмала и
синтетических полимеров / Е. Н. Подденежный [и др.] // Горная механика и
машиностроение. – 2016.
3.
Keeling, P. L., & Myers, A. M. (2010). Biochemistry and Genetics of Starch Synthesis.
Annual Review of Food Science and Technology, 1(1), р.271–303.
1
Keeling, P. L., & Myers, A. M. (2010). Biochemistry and Genetics of Starch Synthesis. Annual Review of Food Science and
Technology, 1(1), р.271–303.