Авторы

  • Muhammadjon Abdullayev
    Qo‘qon davlat pedagogika instituti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.87257

Ключевые слова:

Ijtimoiy tarmoqlar media fuqarolik jamiyati globallashuv jarayonlari “informatsiya” tushunchasi.

Аннотация

Hozirgi kunda Internet va ijtimoiy tarmoqlar ko‘plab odamlar hayotining ajralmas qismiga aylandi. Ular katta hajmdagi ma'lumotlarga kirishni ta'minlaydi, do‘stlar va tanishlar bilan muloqot qilish imkonini beradi, shuningdek kontentni yaratish va tarqatish imkonini beradi. Biroq, ularning ongimizga ta'sirini va bu zamonaviy media landshaftida qanday namoyon bo'lishini tushunish juda muhimdir. Bugungi kunda axborot olish va axborot tarqatish maydoni sifatida internetning hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Global tarmoq, globallashuv axborot va ommaviy axborot vositalari tushunchasini ham tubdan o‘zgartirib yubordi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

133

ZAMONAVIY MEDIA MAKONDA INTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARNING

INSON ONGIGA TA’SIRI

Abdullayev Muhammadjon Rustamjon o‘g‘li

Qo‘qon davlat pedagogika instituti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”

kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11204083

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda Internet va ijtimoiy tarmoqlar ko‘plab odamlar hayotining ajralmas qismiga
aylandi. Ular katta hajmdagi ma'lumotlarga kirishni ta'minlaydi, do‘stlar va tanishlar bilan
muloqot qilish imkonini beradi, shuningdek kontentni yaratish va tarqatish imkonini beradi.
Biroq, ularning ongimizga ta'sirini va bu zamonaviy media landshaftida qanday namoyon
bo'lishini tushunish juda muhimdir. Bugungi kunda axborot olish va axborot tarqatish maydoni
sifatida internetning hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Global tarmoq,
globallashuv axborot va ommaviy axborot vositalari tushunchasini ham tubdan o‘zgartirib
yubordi.

Kalit so'zlari:

Ijtimoiy tarmoqlar, media, fuqarolik jamiyati, globallashuv jarayonlari,

“informatsiya” tushunchasi.

INFLUENCE OF INTERNET AND SOCIAL NETWORKS ON HUMAN MIND IN

MODERN MEDIA SPACE

ABSTRACT

Today, the Internet and social networks have become an integral part of many people's lives.
They provide access to large amounts of information, allow communication with friends and
acquaintances, and create and distribute content. However, it is important to understand the
impact they have on our minds and how this plays out in today's media landscape. We observe
topical issues, events in the world through the first media. In this regard, the principles such as
the promotion, impartial, accuracy, is of the absence. Currently, the field of information and the
distribution of the information has become an integral part of the Internet. Global Networks,
Globalization The Compracts and Mass Media also changed radically.

Keywords:

Digital Technologies, Media, Civil Society, Universal Journalist, Internet journalist,

globalization processes, the concept of "information".

Internet va ijtimoiy tarmoqlar sizga bir necha soniya ichida katta hajmdagi ma'lumotlarga
kirish imkonini beradi. Bu ma'lumotlarni qidirish va tahlil qilish jarayonini tezlashtirdi,
savollarga javob topish va muammolarni avvalgidan tezroq hal qilish imkonini berdi. Biroq, bu
ma'lumotlarning haddan tashqari yuklanishi va ishonchli manbalarni tanlashda
qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.
Har xil axborot texnologiyalari, avtomatlashtirilgan sistemalar va maʼlumotlar bazasi davlat
strukturalarini, iqtisodiyotni va mamlakat mudofaasini boshqarishning ajralmas qismi boʻlib
qoladi. Bugungi kunda yanada rivojlanib, o’zining yangi yo’nalishlariga ega bo’lib borayotgan
internet jurnalistikasi keng qamrovliligi va auditoriyasining chegara bilmasligi bilan ajralib
turadi. Zamonaviy OAV turi hisoblangan internet jurnalistikasi OAV taraqqiyoti, uning


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

134

vazifalarining kengayishi, ishlab chiqarish va texnika sohasidagi keskin o‛zgarishlar,
jurnalistika va jamiyat o‛rtasidagi munosabatlarning murakkablashuvi jurnalistlar oldiga yangi
vazifalarni qo‛ymoqda. Bir vaqtning o‛zida yangiliklar yoza oladigan, intervyu olish, rasm va
videoga tushirish mahoratini egallay olgan, internet uchun materiallar tayyorlay oladigan
universal jurnalistlarni yetishtirish hozirgi kunda muhim. Shu bilan birga ushbu anʼanaviy
jurnalistik malakaga endilikda yana texnik xarakterdagi matematik va muhandislik kabi
sohalar bo‛yicha ham malaka hamda ko‛nikmalarni hosil qilishga to‛g‛ri kelayapti. Bu, ayniqsa,
internetdan foydalanuvchi jurnalistlar uchun juda zarurdir. Shunday qilib, turli sohalarning
konvergensiyasi jurnalistlardan ham universallashish, ham ixtisoslashuvni talab etadi. Shu
bilan birga universallashuv, to‛g‛rirog‛i, transprofessionallashuv, avvalambor, aynan bir sohani
to‛liq o‛zlashtirib olishni taqozo etadi. Universal jurnalist bu muayyan bir sohani to‛liq
egallagan mutaxassis ham demakdir. Aynan mana shu narsa bir-biriga yaqin bo‛lgan
ixtisosliklarni tezlikda o‛zlashtirib olish imkonini beradi. Yuzaki yondashuv, barcha narsani
shunchaki bajarish professional vazifani amalga oshirish uchun yetarli emas. Medialarning
birlashuvi, yaʼni konvergensiya sharoitida jurnalist ijodi o‛zining ko‛p qirraligi, axborotni qisqa,
faktlarga asoslangan holda, zamonaviy talablarga mos ravishda tezkor uzatishi bilan ajralib
turadi.
Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi sharoitida media va axborot savodxonligiga ega
bo‛lgan jurnalistlarning ijodiy faoliyati sifat bosqichiga ko‛tariladi. Shuningdek, universallashuv
jarayoni jurnalistlarni quyidagilarni bajara olishlariga sharoit yaratdi:

dolzarb, ijtimoiy axborotni yaratish;

mavjud ijtimoiy jarayonlarni tankidiy jihatdan tahlil eta olish;

medianing ijtimoiy jarayonlarga taʼsir etish ko‛lami va darajasini, unda axborotni

namoyish etish shakllarini tushunish;

ularning o‛zlarining faol fuqarolik pozitsiyasini namoyish etishda undan foydalanish va

ijodiy jihatdan tushunish;

har taraflama puxta va mustaqil qarorlar qabul qilish;

atrof-muhit haqida yangi axborot olish;

umumiylik hissiyotini shakllantirishga ko‛maklashish;

jamiyat rivojining dolzarb masalalari bo‛yicha ommaviy debatlar va dialoglarni taʼminlash

va qo‛llab-qo‛vvatlash;

hayoti davomida uzluksiz taʼlimni qo‛llab-quvvatlash;

o‛z xavfsizligini taʼminlagan va ijtimoiy masʼuliyatni his qilgan holda mediadan

foydalanish;

fuqarolik jamiyati va global axborot tarmog‛ini shakllanishi va rivojini qo‛llabquvvatlash

1

.

Yuqorida sanab o‛tilganlarning barchasi kun.uz saytida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarda
namoyon bo‛lmoqda. Saytning “O‛zbekiston yangiliklari”, “Jahon yangiliklari”, “Iqtisodiyot
yangiliklari”, “Jamiyat yangiliklari”, “Fan va texnika yangiliklari”, “Sport yangiliklari” ruknlari
ostida berilayotgan materiallar respublikamiz va xorijda sodir bo‛layotgan voqea-hodisalarga


1 Nozima Muratova, Nargis Qosimova, Gulnoza Alimova, A’zam Dadaxonov, Azizaxon Ilyosxonova, Sitora
Xolmatova, Nigina Xakimova: Jurnalistika “Onlayn jurnalistika va mediada yangi trendlar” –T.: O’zbekiston,
2019. 135-b.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

135

o‛zgacha, qolipdan chiqqan holda yondoshuv natijasida juda ham o‛qishlidir. Internet tizimida
faoliyat yurituvchi jurnalist radio, televideniye, matbuotda faoliyat yurituvchi jurnalistdan
albatta farq qiladi. Internet jurnalisti yuqorida tilga olingan jurnalistlarning barcha
xususiyatlarini o‛zida mujassam etgan holda o‛z faoliyatini bajarishi lozim.
Internet jurnalistining mahorati yangiliklarni baholay olishida bilinadi. Bu jurnalistdan talab
qilinadigan asosiy narsalardan biri hisoblanadi. Yangiliklarni tanlash va ularni baholash
internet jurnalisti kundalik faoliyatidagi eng qiyin yumushlardan biri hisoblanadi. Bu
jurnalistning tajribasini ham ko’rsatib beradi. Masalan, “kun.uz” sayti jurnalistlari yangiliklarni
baholashda mazkur saytning axborot siyosatiga, voqeaning ijtimoiy ahamiyati va dolzarbligiga
eʼtibor berishadi. Saytda berilgan “Nazorat qiluvchi idoralar mustaqil bo‘lishi kerak. Davlat
boshqaruvidagi muammolardan biri haqida” sarlavhasi ostida chop etilgan xabar 2 soat ichida
13 804 marta o’qilganini kuzatish mumkin, bu ham albatta auditoriyaning qiziquvchanligidan
dalolat beradi. “Musulmonlar idorasining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga doir fatvosi
e’lon qilindi” kabi xabarlar ham foydalanuvchilar diqqat-eʼtiborini tortib kelmoqda. Internet
jurnalistining mahorat qirralaridan yana biri uning tezkorligidir. Agarda 2-3 yil oldin
respublikamizda faoliyat yuritayotgan saytlarning salkam 50 foizi muntazam yangilanmagan
bo‛lsa, bugungi kunda sifatli axborotga bo‛lgan talabning oshishi, saytlarning ko‛payishi va
axborot bozori uchun kurash OAV maqomiga ega saytlarning har kuni yangilanib turishini
taqozo etmoqda. Buni “kun.uz”, “daryo.uz”, “gazeta.uz”, “qalampir.uz”, “xalq so’zi” saytlari
misolida ko‛rishimiz mumkin. Ularda berilayotgan bugungi kunning dolzarb muammolariga
bag‛ishlangan materiallar foydalanuvchilar xabardorligining oshishiga olib kelmoqda. Agarda
saytlar kontenti bilan tanishish dinamikasini kuzatadigan bo‛lsak, www. uz portalining
xabariga ko‛ra, bir kunda daryo.uz saytiga 422 496 mingga yaqin foydalanuvchilar kirsa,
reytingning uchinchi o‛rnini egallagan “qalampir.uz” saytiga 106 086 mingga yaqin
foydalanuvchi kirib, uning mazmuni bilan tanishar ekan. Bu ko`rsatkichlar ham bugungi kunda
insonlarning axborotga qanchalik kuchli ehtiyoji borligini ham ko`rsatib bermoqda.
Aslida jurnalistlar, o‘z kasbiy vazifalariga muvofiq, axborot vakuumida yashashlari mumkin
emas. Blogerlardan olingan ma’lumotlar jurnalistlar tomonidan rasman e’lon qilinmasa-da,
baribir ularni kundalik faoliyatlarida nazardan qochirmaydilar. Zero, an’anaviy OAVning
axborotni yashirish odati ularga bo‘lgan ishonchga putur yetkazadi. Natijada odamlar bloglarga
o‘xshagan axborot manbalariga murojaat etishga majbur bo‘ladilar. Bunda auditoriyaning
professional jurnalistlarga bo‘lgan ishonchi pasayadi, blogerlar mavqei esa oshib boraveradi.
Natijada an’anaviy jurnalistikaning reytingi biroz tushib ketishi mumkin.
Internet jurnalistining mahorati avvalo jurnalistika konvergensiyasi jarayonida o‛quvchi uchun
qiziq bo‛lgan faktlarni zudlik bilan har tomonlama, ya’ni matn, video va audio jamlanmasi
ko‛rinishida yetkazishdir. Bugungi kunga kelib saytlarda (“kun.uz”, “daryo.uz”, “gazeta.uz”,
“human.uz”) muhbir bilan birgalikda fotograf va operator faoliyatini kuzatishimiz mumkin, bu
albatta ularda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar matn va surat bilan chegaralanib qolmay,
axborotni video va audio shaklida ham aholiga yetkazib berishayotganliklarini ko’rishimiz
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy
kommunikasiya agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Elektron ommaviy
axborot vositalari milliy assosiatsiyasi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi va boshqa


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

136

tashkilotlarning samarali faoliyat ko‘rsatayotgani axborot sohasini rivojlantirish uchun zarur
barcha sharoitlar yaratilganidan yana bir dalolatdir.
Soha xodimlarini rag‘batlantirish, yangidan-yangi ijodiy parvozlar sari da’vat etish, kasb
malakasi va mahoratini yuksaltirish, zamon talabiga uyg‘un mutaxassis kadrlar tayyorlash
borasidagi ishlar ko‘lami tobora kengaymoqda. Bu jihatlar jurnalistikamiz rivojiga xizmat
qilayotgan turli ko‘rik-tanlovlar, ijodiy bellashuvlar, grant-loyihalar, ijtimoiy dasturlarda ham
o‘z ifodasini topmoqda.
Bu borada jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Oltin qalam” Milliy mukofoti, “Yilning
eng faol jurnalisti”, «Eng ulug‘, eng aziz» singari tanlovlar, ”Jurnalistlar bahori”, “Ijtimoiy media
maxsulotlar milliy festivali”, “Ozod yurt to‘lqinlari” kabi mediafestivallar ijod ahlining
jamiyatdagi faolligini oshirish, kasbiy mahoratini yuksaltirish, iqtidor sohiblarini
rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
OAV uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining takomillashtirilishiga ham
katta e’tibor berilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika, O‘zbekiston
davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetlarida, shuningdek,
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida soha uchun kadrlar
tayyorlanmoqda va hozirgi tez o‘zgarayotgan globallashuv davrida jurnalistikaning o‘ziga xos
xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti, bugungi holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalarni chuqur
o‘rganish, bu borada olib borilayotgan ilmiy- tadqiqot va ijodiy ishlar samaradorligini
ta’minlash hamda ushbu soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning sifatini tubdan
oshirish yo‘lida ish olib borilmoqda.
Milliy ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish, sifat jihatdan yangi bosqichga
ko‘tarish, jahon andozalari talablari darajasida faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlarni
yaratish, ijodkorlar mehnatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida doimiy e’tibor va
g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib kelinmoqda. “Bugun biz yashayotgan shiddatli XXI asrda zamonning o‘zi
hayotimizga keskin sur’atlar bilan kirib kelayotgan globallashuv jarayonlari O‘zbekiston
ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar ahli oldiga bizning ezgu maqsadimiz bo‘lgan
demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lida g‘oyat muhim, dolzarb vazifa va
talablarni qo‘ymoqda. Buning uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat
professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, o‘z so‘zi uchun ma’sulyati hissi, ayni vaqtda
yuksak grajdanlik pozitsiyasi, ma’naviy jasorat ham talab etiladi”, — degan edi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida. Davlat rahbarining biz
jurnalistlarga yuksak ishonchi, har tomonlama qo`llab quvvatlanishi, sharafli kasb egalari
oldiga yuksak va sharafli vazifalarni yuklaydi.
“Hamma davrlarda ham jurnalistlarga oson bo‘lmagan. Bu kasbni bilib turib tanlaganmiz.
Jurnalistika kurashishni talab qiladigan soha. Matbuot va ommaviy axborot vositalarini
to‘rtinchi hokimiyat darajasiga chiqishini istaymiz. Bugun biz shu kuchga to‘laqonli ega bo‘lish
uchun harakat qilyapmiz.
O‘zbek jurnalistikasining erkinligi, yutuqlari haqida gapirilganda ko‘pchilik avvalgi davr bilan
qiyoslashga o‘rganib qoldi. Bunday solishtirish u qadar to‘g‘ri emas, nazarimda. Chunki
jurnalistikamizni avvalgi vaziyati bilan qiyoslagandan ko‘ra, “Aslida jurnalistika qanday bo‘lishi
kerak?” degan savol nuqtai nazar bilan qarashimiz lozim.
Sohamizning bugungi natijalari uchun kimgadir rahmat aytishimiz shart emas. O‘zi shunday
bo‘lishi, bundan ham yaxshiroq bo‘lishi kerak-da. Hamkasblarimga shuni aytgan bo‘lardimki,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

137

oldinga yanayam katta maqsadlar qo‘yib, haqiqiy to‘rtinchi hokimiyat bo‘lishga intilaylik.
Bilasizmi, demokratiya ancha rivojlangan davlatlarda matbuot va ommaviy axborot
vositalariga nisbatan birinchi hokimiyat sifatida ham qarashadi. Bu jurnalistikaning kuchida
ko‘rinadi. Shuning uchun kuchli mamlakatlarda kuchli jurnalistika barqaror taraqqiyotning
asosiy omillaridan biri sifatida o‘zini ko‘rsatgan. O‘zbek jurnalistikasi ham ana shunday
maydonga chiqishi kerak. Buning uchun esa eng avvalo, jamiyatning, iqtisodiyotning
rivojlanishida shaffoflik muhim. Nima uchun aynan 27 iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni
sifatida nishonlanishini bilasiz-ku. Chunki bu kunda ilk milliy nashrimiz “Taraqqiy” chop etila
boshlangan. Bu kunni bayram sifatida nishonlar ekanmiz, mustamlakachilik zamonidagi o‘sha
og‘ir vaziyatlarda milliy matbuotimizning poydevorini qo‘ygan insonlardan shijoatni, jasoratni
o‘rganaylik, ulardan ruh olaylik. Ular millat qayg‘usi bilan yashagan.” “Rost24.uz” sayti bosh
muharriri Anora Sodiqova o’zining “Hurriyat” gazetasi 2021 yil 27 iyun soniga bergan
intervyusida jurnalistika sohasidagi yutuq va kamchiliklar haqida o`z qarashlarini bayon etgan.
Axborot (Informatsiya) termini “information” lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, ma’lumot berish,
tushuntirish ma’nosini anglatadi

2

. Qadimdan bu tushuncha orqali odamlar o‘rtasida og‘zaki,

yozma va boshqa usullar vositasida ma’lumot almashinish tushunilgan. “Informasiya”
tushunchasiga keng, har tomonlama izohni kibernetika beradi. Uning asoschisi Nobert Viner
shunday yozadi: “Informasiya bu tashqi olamdan olingan ma’lumot mohiyatiga bizning
moslashuvimiz va bizning xis-tuyg‘ularimiz moslashuvi jarayoni bilan izohlanadi”

3

. Ikkinchi

tomondan “informasiya” tushunchasi “ma’lumot bilan ta’minlangan, ya’ni axborot uzatish va
uni ommaviylashtirish” ma’nosini ham anglatadi. Axborot - inson va jamiyat hayotidagi o‘ziga
xos hodisadir. Bir tomondan, axborot bu inson va jamiyatning mavjudlik sharoitlariga
moslashuv imkoniyatini ta’minlovchi, atrofimizdagi dunyo haqidagi bilimlarni yig‘ish vositasi
bo‘lib, ular asosida inson va jamiyat o‘z ehtiyojlarini qondirish va manfaatlarini amalga oshirish
maqsadlarida to‘g‘ri keladigan harakat yo‘nalishini tanlashadi. Masalan, “ko‘chada yomg‘ir
yog‘yapti” degan axborot sayrga otlangan kishi uchun soyabon olish zarurligi haqida qaror
qabul qilishga yordam beradi.
Boshqa tomondan, axborot bu - insonni, uning harakatlarini, jamoat tashkilotlari faoliyatini,
davlat hokimiyati organlarini, texnik tizimlarni boshqarish vositasidir. Axborot muloqoti
shaxsni tarbiyalash, ta’lim berish va shakllantirishning asosini hosil qiladi. Axborot insonga
ijtimoiy va texnik me’yorlarning mazmunini yetkazish, uni ushbu me’yorlarga amal
qilmaslikning bo‘lg‘usi salbiy oqibatlari haqida ogohlantirishning yagona vositasi hisoblanadi.
Bugungi kun insonlari kundalik hayotini axborot yoki yangiliklarsiz tasavvur eta olmaydi.
Zamonaviy media makonda juda katta hajmdagi axborotlarni auditoriya har kuni qabul qilyapti.
“Buning uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat professional bilim va malaka,
hayotiy tajriba, o‘z so‘zi uchun ma’sulyati hissi, ayni vaqtda yuksak grajdanlik pozitsiyasi,
ma’naviy jasorat ham talab etiladi”

4

. Bugun biz yashayotgan shiddatli XXI asrda zamonning o‘zi,

hayotimizga keskin sur’atlar bilan kirib kelayotgan globallashuv jarayonlari O‘zbekiston


2 Nesterenko F.P., Irnazarov K.T., Mamatova Y.M. Lug‘at-ma’lumotnoma: jurnalistika, reklama, pablik
rileyshnz. - T., Zar qalam, 2003. 48-b.
3 Принципы международной журналистики и международный обмен информацией. –М., 1999. С.5.

4 http://xs.uz/uzkr/post/prezident-tabrigi-matbuot-va-ommavij-akhborot-vositalari-khodimlariga


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

138

ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar ahli oldiga bizning ezgu maqsadimiz bo‘lgan
demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lida go‘yat muhim, dolzarb vazifa va
talablarni qo‘ymoqda”.

5

Darhaqiqat, jahonda sodir bo‘layotgan dolzarb mavzular, hodisalar, voqealarni eng birinchi
OAV orqali kuzatamiz. Bu borada auditoriyaga tezkorlik, xolislik, aniqlik kabi tamoyillar
birlamchi ahamiyatga ega. Hozirgi kunda axborot olish va axborot tarqatish maydoni sifatida
internetning hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Global tarmoq, globallashuv
axborot va ommaviy axborot vositalari tushunchasini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Bu
haqida so‘z yuritganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev quyidagi fikrlarni
aytadi: “Internet hayotimizga tobora chuqur kirib borayotganini alohida qayd etish lozim.
Hozirgi vaqtda global tarmoqda Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan oshib
ketgani, ularning aksariyati xorijiy tillarda faoliyat ko‘rsatayotgani, ushbu yo‘nalishda yangi
ijodiy avlod – Internet jurnalistlari shakllanib borayotgani e’tiborga sazovordir. Haqiqatdan
ham internet jurnalistlar faoliyatida yangi shakl va uslublarni joriy etdi. Bu borada
muammoning yana bir jihatini e’tibordan qoldirmaslik kerak eng avvalo, internet aniq va
noaniq bo‘lgan axborot manbaidir. Ikkinchidan, bu global tarmoqda auditoriya ham axborot
iste’molchisi, ham axborot tarqatuvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. U o‘zida juda ko‘p manbalar
va manzillarni jamlagan.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy media landshaftida internet va ijtimoiy tarmoqlarning inson
ongiga ta’siri murakkab va serqirradir. Bu bizning ongimizga, ruhiyatimizga va shaxsiyatimizga
ijobiy va salbiy o'zgarishlar olib keladi. Ushbu omillarni hisobga olish va farovonligingiz uchun
choralar ko'rish muhimdir.

References:

1.

Nozima Muratova, Nargis Qosimova, Gulnoza Alimova, A’zam Dadaxonov, Azizaxon

Ilyosxonova, Sitora Xolmatova, Nigina Xakimova: Jurnalistika “Onlayn jurnalistika va mediada
yangi trendlar” –T.: O’zbekiston, 2019. 135-b.
2.

Nesterenko F.P., Irnazarov K.T., Mamatova Y.M. Lug‘at-ma’lumotnoma: jurnalistika,

reklama, pablik rileyshnz. - T., Zar qalam, 2003. 48-b.
3.

Принципы международной журналистики и международный обмен информацией.

–М., 1999. С.5.
4.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot va ommaviy axborot vositalari

xodimlariga tabrigi. “Xalq so’zi”, 2018 yil 28-iyun


5 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi. “Xalq
so’zi”, 2018 yil 28-iyun,

Библиографические ссылки

Nozima Muratova, Nargis Qosimova, Gulnoza Alimova, A’zam Dadaxonov, Azizaxon Ilyosxonova, Sitora Xolmatova, Nigina Xakimova: Jurnalistika “Onlayn jurnalistika va mediada yangi trendlar” –T.: O’zbekiston, 2019. 135-b.

Nesterenko F.P., Irnazarov K.T., Mamatova Y.M. Lug‘at-ma’lumotnoma: jurnalistika, reklama, pablik rileyshnz. - T., Zar qalam, 2003. 48-b.

Принципы международной журналистики и международный обмен информацией. –М., 1999. С.5.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi. “Xalq so’zi”, 2018 yil 28-iyun