YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
63
MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARI
Abdurashidova Musharrafoy Ibrohimjon qizi
Tarix fakulteti 3-kurs talabasi
mushrafoyabdurashidova@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.11190089
Annotatsiya
Mustaqil O’zbekiston davlat organlarining vazifalarini belgilash, ularni mustaqil asosda
bajarish va shu yo’l bilan o’z faoliyatini yaxshilash uchun jiddiy chora-tadbirlar amalga
oshirildi. Buning uchun esa, avvalo, o’zbek milliy davlatchilik an`analariga murojat qilinib,
mahalliy ijroiya hokimiyatining boshlig’i sifatida hokim lavozimini ta`sis etish maqsadga
muvofiq deb topildi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi davlat hokimiyatining vakillik organi
hisoblanadi. U viloyat, tuman va shaharlarda tashkil etiladi. Viloyat, tuman va shaharlarda shu
hududlarning oliy mansabdor shaxsi – hokim vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi.
Hokimlarning vakillik organlariga rahbarligi vakillik organlarining ishini tashkil qilishga
qaratilgan. Mazkur maqolada mahalliy vakillik organlari, ularning vakolatlari, ahamiyati,
tashkiliy shakli, faoliyat tamoyillari, shuningdek, ular tomonidan hokim faoliyatini nazorat
qilishning mamlakatimizda amalda bo’lgan huquqiy mexanizmlari va ularni takomillashtirish
masalalari haqida so’z yuritiladi. Bu ishda kuzatish metodidan foydalanildi. Ushbu maqolada
ilgari surilgan takliflarni qonun ijodkorligi jarayonida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati
faoliyatida qo’llash mumkin.
Kalit soʻzlar:
hokimiyat, qonun, hujjat, kengash, deputat, vakillik, ijroiya, deputat.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o’zining davlat organlari va huquq tizimini
qayta shakllantirishga kirishdi. Mustaqil O’zbekiston davlat organlarining vazifalarini
chegaralash, ularning o’z vazifalarini mustaqil asosda bajarish va shu yo’l bilan o’z faoliyatini
yaxshilash uchun choralar ko’rila boshladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun o’zbek milliy
davlatchilik an`analariga murojat qilinib, mahalliy ijroiya hokimiyatining boshlig’i sifatida
hokim lavozimini ta`sis etish maqsadga muvofiq deb topildi.Mahalliy davlat hokimiyati
organlari (Oʻz) - joylardagi davlat boshqaruv idoralari. Ular mahalliy ahamiyatga molik
hamma masalalarni oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari hal etadilar, umumdavlat man-faatlarini
shu hududda yashab turgan fuqarolarning manfaatlari bilan uy-gʻunlashtiradilar, yagona
davlat hokimiyati organlarining tarkibiy boʻgʻini sifatida yuqori davlat organlari qarorlarining
amalga oshirilishini taʼminlaydilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, uzoq tarixiy
tajribaga, milliy anʼanalarga tayangan holda ilgʻor mamlakatlar tajribasidagi ijobiy tomonlarni
oʻrganib, oʻz davlat idoralarini tubdan qayta isloh qildi, Mahalliy davlat hokimiyati organlari
hokimiyat organlari tizimini yaratdi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir
qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi (1992-yil, 8 dekabr), "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi qonun (1993-
yil, 2-sentabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar toʻgʻrisida"gi
qonun (1994-yil, 5-may) kabilar mu-him oʻrin egallaydi. OʻzR Konstitusiyasining 20-bobida
Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. faoliyatining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari oʻz
aksini topgan (99—104moddalar). Mazkur moddalarda Mahalliy davlat hokimiyati organlari
hokimiyat organlari tizimi, mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada
mustahkamlab qoʻyilgan. Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining 2 boʻgʻinli tizimi (yaʼni,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
64
tuman, shahar xalq deputatlari kengashlari — quyi boʻgʻin; viloyatlar va Toshkent shahri xalq
deputatlari kengashlari — yuqori boʻgʻin)ni mustahkamladi va bu mahalliy davlat hokimiyati
toʻgʻrisidagi qonunda oʻz ifodasini topdi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari hokimiyat
organlari qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash,
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni shakllantirish va
uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlar belgilash, byudjetdan tashqari jamgʻarmalarni hosil
qilish; mahalliy kommunal xoʻjalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik
holati aktlarini qayd etishni taʼminlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga
oshiradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari hokimiyat organlati Oʻzbekidton Respublilasi
qonunlari, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga
oshiradi, xalq deputatlari quyi kengashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, respublika va mahalliy
hokimiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadiMahalliy davlat hokimiyati
organlari hokimiyat organlari 2 ga boʻlinadi: mahalliy vakillik organlari va mahalliy ijroiya
organlari. Mahalliy vakillik organlari oʻz faoliyatini kollegi-allik asosida olib boradi. Mahalliy
kengash ishining asosiy tashkiliyhuquqiy shakli sessiya hisoblanadi. Mahalliy vakillik
organlarining hamma boʻgʻinlari saylov yoʻli bilan tashkil qilinadi. Qonun vakillik organlariga
har tomonlama bilimga, tajribaga ega, keng , mustaqil fikrlovchi shaxslarning saylanishini va
bu organlar ishchan boʻlishini nazarda tutadi. 1994-yil 25 dekabrda va 1999-yil 5 dekabrda
Oʻzbekistondagi mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar oʻtkazildi. Mahalliy ijroiya organlari
— hokimiyatlarga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladi va u yakkaboshchilik
prinsipi asosida ish olib boradi. Hokimiyatlar boshqarmalar, boʻlimlar va boʻlinmalardan
iborat boʻlib, ularning tuzilishi, tashkil etilishi va faoliyati OʻzRning Vazirlar Mahkamasi
tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Viloyatlar va Toshkent shahri ijroiya
hokimiyati organlarining tuzilishi va shtatlari hokim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, tegishli xalq deputatlari kengashi tasdiqlagan
byudjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi. Tuman, shahar ijroiya hokimi-yati organlari va
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijroiya hokimiyati organlari tuzilishi va shtatlari tarkibi
Mahalliy davlat hokimiyati organlari hokimiyat organlari toʻgʻrisidagi qonun bilan tartibga
solinadi. Xalq deputatlari kengashlari va hokim munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy
hujjatlarga asosan hududdagi muhim masalalar, muammolarni hal qilishda maslahatlashish
uchun hokimlar huzurida maslahat kengashi tuzildi. Lekin bunday maslahat kengashlari
tuzilishi hokimning faoliyatidagi yakkaboshchilik prinsipiga putur yetkazmaydi. Ijroiya
hokimiyati boʻlinmalari rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan
holda va hokimning taqdimiga binoan, tegishli xalq deputatlari kengashlari sessiyalarida
lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Mahalliy vakillik organlari va hokimlar
qabul qiladigan hujjatlar konstitutsiya va qonunlarga zid boʻlmasligi lozim. Hokim tomonidan
qabul qilingan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin.
«O’zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to’g’isida»gi
1992 yil 4 yanvardagi qonuni Respublikada mahalliy hokimiyat organlarining yangi tizimi
vujudga kelishida alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Ushbu qonunda ko’rsatilishicha,
iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tkazish sharoitida ijroiya hokimiyatini mustahkamlash
zarurligi munosabati bilan, O’zbekiston Respublikasining viloyatlari, tumanlari va
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
65
shaharlarida vakillik hokimiyatiga hamda ijroiya – boshqaruv hokimiyatiga boshchilik
qiladigan hokimlar lavozimini ta`sis etish lozim deb topildi.Viloyatlarning hokimlari
Respublika Prezidentining joylardagi rasmiy vakillari bo’lib, tegishli viloyat
Kengashlariga hisob beradilar. Ular O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tayinlanadilar va lavozimidan ozod etiladilar hamda xalq deputatlari tegishli viloyat
kengashlari tomonidan tasdiqlanadilar; tumanlar va shaharlarining hokimlari tegishli viloyat
hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar
hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar
kengashi tomonidan tasdiqlanadi.Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar
hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar
kengashi tomonidan tasdiqlanadi.Tumanlarga bo’ysungan shaharlarning hokimlarini tuman
hokimi tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi hamda xalq deputatlari tuman kengashi
tomonidan tasdiqlanadi.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobida O’zbekiston
Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining Konstitutsiyaviy asoslari
mustahkamlangan. Unda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tizimi; tuzilish
tartibi; ularning vakolatlari; faoliyatining shakllari; o’zini – o’zi boshqarish organlari va qabul
iladigan huquqiy hujjatlari to’g’risidagi Konstitutsiyaviy normalar ko’rsatilgan.O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga binoan, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda
(tumanga bo’ysunadigan shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan
tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari bo’lib, ular davlat va
fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab o’z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar. Demak,
mahalliy davlat hokimiyatining vakilligi tashkil etiladi. Tumanlarga bo’ysunadigan
shaharlarda va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda esa davlat hokimiyati vakillik organlari
tashkil etilmaydi. Bu joylarda faqat ijroiya hokimiyati organlari – hokimlar bo’lishi nazarda
tutiladi.Mahalliy vakillik organlari ham ijroiya hokimiyat boshlig’i – hokim rahbarlik kiladi.
«Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi qonun qabul qilinib, mahalliy hokimiyat organlari
to’g’risdagi Konstitutsiyaviy normalarni aniqlashtirdi va ularni hayotda qo’llash uchun aniq
huquqiy normalar bilan mustahkamladi. «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi qonunning
asosiy xususiyatlaridan biri shuki, u hamma pogonadagi mahalliy hokimiyat organlarining
faoliyatini yagona qonun asosida huquqiy jihatdan tartibga soldi.Bundan tashqari, ushbu
qonun mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyatlari organlarining yangi tizimini
mustahkamladi.Sho’rolar davrida O’zbekistonda barcha ma`muriy-hududiy bo’laklarda davlat
vakillik organlari tashkil etilar edi. Qishloqlar, ovullar va posyolkalarda, tumanga
bo’ysunuvchi shaharlarda vakillik hokimiyati organlari tashkil etilar, natijada vakillik
hokimiyati organlari tizimi ko’p sonli organlardan iborat bo’lar edi. Kengashlar ish tajribasi
shuni ko’rsatdiki, ma`muriy-hududiy bo’laklardagi vakillik organlari nomigagina tuzilar va
yuqori pog’onadagi vakillik organlarining faoliyatini takrorlardi, xolos. Quyi pog’onada
mustaqil hal qilinadigan ishlar deyarli yo’q edi. Ularni saylash esa ortiqcha tashvish va
xarajatlarni keltirib chiqarar, kishilarni asosiy ishlardan chalg’itar edi.Qonun shahar tarkibiga
kiruvchi tumanlarda ham vakillik organlari tuzishni nazarda tutmaydi. U joylarda bozor
iqtisodiyotiga o’tish jarayonini tezlashtirish, ijroiya hokimiyatini kuchaytirish maqsadida
hokimlar tayinlanadi va ular yuqori turuvchi hokimning shu hududdagi vakillari
hisoblanadilar.Xalq deputatlari mahalliy Kengashi davlat hokimiyatining vakillik organi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
66
hisoblanadi. U viloyat, tuman va shaharlarda tashkil etiladi. Viloyat, tuman va shaharlarda shu
hududlarning oliy mansabdor shaxsi – hokim vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi.
Hokimlarning vakillik organlariga rahbarligi vakillik organlarining ishini tashkil qilishga
qaratilgandir.Viloyat hokimi, Toshkent shahri hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va
tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. Tuman va shahar hokimi yuqori
turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar.Toshkent
shahridagi tumanlarda vakillik organlari bo’lganligi tufayli Toshkent shahridagi tuman
hokimlarini bevosita Toshkent shahar hokimi tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, ular
Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashida tasdikqanadi. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 93-moddasi 12-bandiga ko’ra, Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki
sha`ni va qadr-qimmatiga dog’ tushiradigan hatti-harakat sodir etgan tuman va shahar
hokimlarini Prezident o’z qarori bilan lavozimidan ozod etishga xaqli.Tuman markazlari
hisoblangan shaharlarda, viloyat hokimi shahar hokimini tuman hokimiga bo’ysundirish va
yagona boshqaruv organi tuzish vakolatiga ega. Qonunda bunday holatni ko’rsatishdan
maqsad, hokimlik tizimini mustahkamlash va uning ishini samarali tashkil qilish, boshqaruv
apparatini ixchamlashtirish va arzonlashtirishdir. Xalq deputatlari barcha pog’onasidagi
Kengashlarining va hokimning vakolat muddati besh yil.O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 100-moddasiga muvofiq, mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga
quyidagilar kiradi:
- qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash;
- hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
- mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash,
byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;
- mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;
- atrof muhitni muhofaza qilish;
- fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta`minlash;
- normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid
kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oishirish.
Bu vazifalar mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining birgalikda amalga
oshiradigan vazifalari bo’lib, ularning vakolatlari shu vazifalardan kelib chiqadi.Mahalliy
hokimiyat organlari tegishli hududda qonuniylik, huquqiy tartibot va fuqarolarning
xavfsizligini ta`minlashda turli organlarni shu maqsad sari yo’naltiruvchi, ularning faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi rolni o’ynaydi. Ular mazkur hududda qonuniylikni va huquqiy tartibotni
mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurash
choralarining umumiy yo’llarini, tadbirlarini ishlab chiqadi va shu tadbirlarning bajarilishini
nazorat qiladi.Mahalliy hokimiyat organlari o’z hududida hududni iqtisodiy-ijtimoiy va
madaniy rivojlantirishga rahbarlik kiladi. Mahalliy Kengashlar hududni rivojlantirishning
istiqbolga mo’ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini
tasdiqlaydi. Mahalliy Kengashlar va hokimlar O’zbekiston Respublikasi mulki bo’lgan davlat
mulki ob’yektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlarni samarali joylashtirish,
tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholini
ijtimoiy himoya qilish kabi sohalarda nazoratni amalga oshiradilar. Bundan tashqari, xalq
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida o’ziga
berilgan yoki qonunlarga muvofik o’zi sotib olgan ob’yektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
67
to’liq amalga oshiradi.Vakillik organlari, hokimlar o’z mulklarini qonunga zid bo’lmagan
tartibda vaqtincha foydalanish yoki doimiy egalik qilish uchun boshqa shaxslarga berish
huquqiga ega. Mahalliy organlar bu huquqdan o’z hududida ishlab chiqarishni rivojlantirish,
aholining turmush farovonligini oshirish maqsadida foydalanadilar.Viloyat, shahar hokimi
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo’jaliklari va fuqarolarga egalik qilish,
foydalanish uchun ijaraga yer berishga, bu sub’yektlarning yerga egalik qilish va yerdan
foydalanish huquqini to’xtatib qo’yishga, shuningdek yerlarni olib qo’yishga haqli bo’lib, uning
bu xususda qabul qilgan qarorlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
References:
1.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T; 2003
2.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar. T; 1996 .
3.
R.Qayumov.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. T; 1998
4.
U. Tadjixanov, A. Saidov, X. Odilqoriev. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy
huquqi. T; 2001y
5.
«O’zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat organlari to’g’risida» gi qonun. T; 1993 y
2 sentyabr`
6.
«Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi qonun. 1993 yil 2 sentyabr