Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
67
KONSTITUTSIYA – HAYOTIMIZ FAROVONLIGI VA
TARAQQIYOTIMIZ KAFOLATIDIR
Xamdamov Azizbek Xurshid o‘g‘li,
TDYU qoshidagi akademik litsey 2.1-guruh o‘quvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada bosh qomusimiz hisoblangan Konstitusiyaning
inson hayotida tutgan о‘rni, ahamiyati, unda belgilab qо‘yilgan huquq va
majburiyatlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Аннотация. В данной статье представлена информация о роли и
значении Конституции, которая считается нашей основной конституцией,
в жизни человека, а также о предусмотренных в ней правах и обязанностях.
Abstract. This article provides information about the role and significance of
the Constitution, which is considered our main constitution, in human life, as well
as the rights and responsibilities provided for in it.
Kalit so‘zlar. Konstitusiya, qonun, qarorlar, huquq, burch, mas’uliyat,
manfaat, huquqiy savodxonlik.
Ключевие слово. Конституция, закон, решения, право, обязанность,
ответственность, выгода, юридическая грамотность.
Keywords. Constitution, law, decisions, right, duty, responsibility, benefit,
legal literacy.
Kirish.
Ma’lumki, har bir davlatning о‘z qonunchiligi mavjud bо‘lib, uning
tarkibiy qismi hukumat tomonidan ishlab chiqilgan meyoriy hujjatlar yig‘indisidan
iborat bо‘ladi. О‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiladigan fuqarolar Prezident
farmonlari, Respublika qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, qolaversa
bosh qomusimiz hisoblangan Konstitusiyada belgilab qо‘yilgan moddalar asosida
faoliyat yuritishi lozim. Shuningdek, davlat va jamiyatning rivojlanishi va taraqqiy
etishi uchun tuzilgan konsepsiyalar, strategiyalarning ham о‘z о‘rni bor. Jumladan,
“2022-2026-yillarga mо‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
68
inson qadri uchun 100 maqsad belgilangan bо‘lib, bundan kо‘zlangan maqsad,
“Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan
taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri
uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot
tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson
huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini
shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash”
dan
iborat. Insonning yashashi davomida qanday sohada faoliyat yuritishi, qanday
tartibda hayot kechirishidan qat’iy nazar, barcha huquq va vakolatlari, burch va
mas’uliyatlari hisobga olingan. Shuningdek, 14-maqsadda, “Qonun ustuvorligi va
konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning
bosh mezoni sifatida belgilash”
ta’kidlab о‘tilgan. Darhaqiqat, mamlakatning
farovon va tinch bо‘lishi, rivojlangan mamlakatlar qatoriga qо‘shilishi undagi
qonun ustuvorligi bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi.
Asosiy qism.
Sо‘nggi yillarda О‘zbekiston Respublikasi har bir sohada taraqqiy etib borishi
bilan birga turli yо‘nalishlar bо‘yicha jahon andozalariga mos holda rivojlanib
bormoqda. Masalan, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi har bir fuqaroga
sezilarli darajada qulayliklar yaratib, ortiqcha ovoragarchiliklar, vaqt sarfining
oldini olmoqda. Hatto bu boradagi huquqiy asoslar ham qonun asosida nazoratga
olinadi. О‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 30-apreldagi yangilangan
Konstitusiyasining 72-moddasida ta’kidlanishicha, “Davlat nodavlat notijorat
tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi,
ularga jamiyat hayotida ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi”
Shuningdek, taraqqiyot strategiyasining konstitsiyaga bag‘ishlangan 14-maqsad, 3-
bandida aholining farovon yashashi uchun ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish,
ushbu yo‘nalishda boshlangan islohotlarni о‘z vaqtida yakuniga yetkazish masalasi
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida” ги PF-60 son Farmoni. 28.01.2022 yil
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida” ги PF-60 son Farmoni. 28.01.2022 yil
3
О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri, 30.04.2023 yil
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
69
e’tiborga olingan. Natijada, konstitusiyaviy mezonlar jamiyatdagi davlat va
nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya
etilishini ta’minlab boradi, kelajakda ularga jamiyat hayotida faol ishtirok etish
uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratishi kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi turli millat va elat vakillarining
tili, dini, urf-odatlari va an’analaridan qat’iy nazar ularning huquqlari tengdir va bu
konstitsiyaviy himoya qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqil
davlatning mustaqil-demokratik qomusi hisoblanadi.
Sо‘nggi yillarda davlatimiz yoshlarining aksariyat qismi о‘zining bilimi,
tafakkuri, keng dunyoqarashi va ilmiy salohiyati bilan dunyo hamjamiyatida
munosib о‘rin egallab kelmoqda. Ularning erkin bilim olishi, farovon yashashi,
yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olishi va kelajakda munosib kadr va malakali
mutaxassis bо‘lib yetishishiga asosiy sabab konstitusiyaviy huquq va
erkinliklarning kafolatlanganligidir. Ba’zan oliy ma’lumotli bо‘lish bilan munosib
ish о‘rniga ega bо‘lish qiyin, ish haqi va oylik maosh yetarli darajada bо‘lmaydi,
degan fikrlarni eshitib qolamiz. Aytish mumkinki, oliy ma’lumotga ega shaxs hech
bо‘lmaganda, burchi va mas’uliyatini anglaydi, oilasi, farzandlarigi tarbiya berishda
ijobiy yondashadi, gohida uchrab turadigan yot g‘oyalardan uzoqda yashaydi, ilmiy
salohiyati о‘sadi va dunyoqarashi kengayib boradi. Qolaversa, bilimsizlik va
konstitutsiya va boshqa qonunlarning mohiyatini anglab yetmaslik nafaqat
insoniyatni, balki jamiyatni ham jar yoqasiga olib kelishi mumkin. Chunki, xalqi
boy davlat ham boy bо‘ladi. Bunda ma’naviy va axloqiy nazarda tutilgan.
Boshqa millat va elat vakillarida kam uchraydigan insonparvarlik,
mehmondо‘stlik, mehr-oqibatlilik, odamiylik kabi yuksak fazilatlar ham
qonunchiligimizda о‘z aksini topgan. Xususan, Prezidentimiz tomonidan adashib
jinoyat yo‘liga kirib qolgan bir qancha fuqarolarning avf etilishi, ularga berilgan
jazolarning yengillashtirilishi mehr-oqibat va bag‘rikenglikdan nishonadir.
Xulosa.
Xulosa qilib aytish mumkinki, hamiyatdagi о‘zgarishlar yillar о‘tgan sayin
kengayib, takomillashib boraveradi. О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
70
yangi tahrirda qayta ishlab chiqilishi ham bejizga emas. Unda jamiyat va davlat
taraqqiyotiga turtki beruvchi g‘oyalar, rejalar, strategiyalar o‘z ifodasini
topganligini kо‘rish mumkin. Qabul qilingan konstitsiyad
a eng avvalo,
millatimizning yillar davomidagi tarixiy an’analari, milliy tafakkuri va madaniyati
о‘z aksini topgan.
Qolaversa, bosh qomusimiz jahon hamjamiyatining inson huquqlari borasidagi
katt-katta yutuqlarini о‘zida mujassam qilgan. Jumladan, insonning farovon
yashashi, erkinliklari va shaxsiy daxlsizlik huquqi, mulkka egalik qilish huquqi
kabilarni о‘z ichiga olgan. Ushbu muhim yuridik hujjat, milliy mafkuramizning
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy asosini tashkil etuvchi umuminsoniy
g‘oyalarga xizmat qilishi bilan e’tiborli sanaladi. О‘zbekiston mustaqilligini yanada
mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini
taraqqiy ettirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish bugungi kunning dolzarb
vazifalaridan biriga aylanishi lozim. qolaversa о‘sib-ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod
qalbida ona Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini singdirish,
Konstitusiyamiz va boshqa qonunlarga cheksiz hurmat ruhida tarbiyalash har bir
fuqaroning asosiy burchi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yangi tahriri, 30.04.2023 yil
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga
mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi
PF-60 son Farmoni. 28.01.2022 yil
3.
http://econferences.ru/index.php/dis/article/view/9172
4.
5.
6.
7.