Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
97
BUXORO ERGONIMLARI ShAKLLANIShINING TARIXIY
ASOSLARI
Rustamov Akbar Sayfulloyevich,
Buxoro viloyati hokimining davlat tili
masalalari bo‘yicha maslahatchisi,
Buxoro davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
(O‘zbekiston)
e-mail:
Annotatsiya. Ushbu maqolada Buxoro ergonimlari shakllanishining tarixiy
asoslari keltirilgan. Buxoro tarixiy ergonimlari tasniflanadi. Tarixdagi
ergonimlarning bugungi muassasa va tadbirkorlik subyektlariga nisbatan
qo‘llanilishi orqoli ularning leksik, leksik –semantik xususiyatlari ochib
beriladi.Ma’noviy ishoralar ochiqlanadi. Buxorodagi tarixiy ergonimlar
mahsulotlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar, boshqa bir obyekt yoki subyekt, tarixiy-
tadrijiy omillar asosida nomlanganligi ayonlashadi. Bu bilan tariximizning
ajralmas qismi sanalgan ergonimlar orqali o‘tmish zamon hamda makondagi
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotning manzarasi ko‘z o‘ngimizda
gavdalanishiga imkon yaraladi.
Tayanch tushunchalar: ergonimlar, tarixiy ergonimlar, ergonimlarning
shakllanishi, til hodisalarini diaxron va sinxron o‘rganish, ergonimlarning boshqa
onomastik birliklar bilan aloqalari.
Аннотaция. В статье изложены исторические основы формирования
бухарских эргонимов. Классифицированы исторические эргонимы Бухары.
Через применение исторических эргонимов к современным учреждениям и
хозяйствующим субъектам раскрываются их лексические и лексико-
семантические
свойства.
Выявляются
содержательные
отсылки.
Оказывается, исторические эргонимы в Бухаре были названы в зависимости
от продукции, оказываемых услуг, другого объекта или субъекта, а также
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
98
исторических и
эволюционных
факторов.
Это
позволяет
нам
визуализировать социально-политическую, экономическую и культурную
жизнь прошлого посредством эргономий, которые являются неотъемлемой
частью нашей истории.
Ключевые слова: эргонимы, исторические эргонимы, образование
эргонимов, диахроническое и синхроническое изучение языковых явлений,
связи эргонимов с другими ономастическими единицами..
Abstrakt. This article presents the historical foundations of the formation of
Bukhara ergonyms. Bukhara historical ergonyms are classified. Through the
application of historical ergonyms to today's institutions and business entities, their
lexical, lexical-semantic properties are revealed. Spiritual references are revealed.
It is revealed that historical ergonyms in Bukhara are named based on
products, services provided, another object or subject, historical and developmental
factors. This allows us to visualize the picture of socio-political, economic, and
cultural life in the past and space through ergonyms, which are an integral part of
our history..
Supporting concepts: ergonyms, historical ergonyms, the formation of
ergonyms, diachronic and synchronous study of language phenomena, the
relationship of ergonyms with other onomastic units.
Movorounnahrning asosiy markazi sifatida Buxoroda savdo-sotiq, sanoat,
ishlab chiqarish, hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish taraqqiy etgan. Tabiiyki,
shaharda ushbu yo‘nalishga mo‘ljallangan korxona va tashkilotlar faoliyat yuritgan.
Tabiiyki bir-biriga turdosh va raqobatchi korxonalarning o‘ziga xos va ustuvor
jihatlarini ifoda etish zarurati paydo bo‘lgan hamda ushbu hodisa muassasalar
nomida aks etgan.
Shayboniylar sulolasi davrida Buxoroda juda ko‘p obodonlashtirish ishlari
amalga oshirildi. Savdo jonlandi. Ilm-fan masalasida ancha muvaffaqiyatli faoliyat
ko‘rsatgan, maishiy xizmat ko‘satish tarmoqlari rivojlangan. Toqi Sarrofon, Toqi
Telpakfurushon, Toqi Zargaron, Timi Abdullaxon kabi savdo va xizmat ko‘rsatgan.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
99
Toqi Sarrofonda pul almashtirish vazifasi bajarilgan, Toqi Telpakfurushda telpak,
Toqi Zargaronda zargarlik ishlanmalari bilan savdo qilingan. Timi Abdullaxonda
turli ashyo, mahsulotlar sotilgan.
Mazkur obidalarni diaxron tahlil qilish jarayonida bu obyektlarni ergonim
sifatida qarash mumkin, madrasalarning deyarli barchasi hozirgi kunda ergonim
sifatida belgilanmaydi, bu bino va inshootlar obodonlashtirish yoki Madaniy meros
obyektlarini himoya qilish boshqarmasi tasarrufiga o‘tkazilgan. Mirarab, Xotin-
qizlar madrasasi kabi inshootlar hozirgi kunda ham faoliyat yurgizmoqda. Toqlar
va timlarda hozirda ham savdo munosabatlari amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da,
maxsus ergonim sifatida qaralmaydi.
Buxoroda joylashgan bozorlar umumiy savdo maydonlari, maxsus yopiq
binolar, tim va toqlar, aniq, belgilangan mahsulotlar sotilishiga mo‘ljallangan
maydonchalar hamda karvonsaroylardan iborat bo‘lgan. Chakana savdolar, ba’zi
tovarlarni sotishga ixtisoslashgan joylarda amalga oshirilgan, ammo ko‘tara savdo
ishlari karvonsaroylarda va u yerda joylashgan hujralarda olib borilgan. Buxoroda
faol xizmat ko‘rtuvchi, faol savdo olib boruvchi joylar yo‘llarning kesishgan
joylarida joylashgan, bunday joylar ba’zi yerlarda Chorsu deyilgan, Buxoro shhrida
bunday maskan Toq deb atalgan. Odatda, Chorsu deb nomlanuvchi savdo
majmualari chorrahalarda joylashgan. Toqi Tirgaronda turli dehqonchilik
uskunalari, pichoq, o‘q-yoy va boshqa shunga o‘xshash mahsulotlar sotilgan. Toqi
Allofida un mahsulotlari bilan savdo qilingan.
Buxoro shahrining ichki savdosi uchun muhim bozorlardan biri Registonda
bo‘lgan. Unga turli mahsulotlar sotilgan. U yerdagi savdo maskanlari ham ayni
mahsulotning nomi bilan yuritilgan, hozirgi kunda ham xuddi shunday atalib
kelinadi. Bozori alaf, Bozori go‘sfand, Bozori kord, Bozori non va boshqalar.
Sadriddin Ayniy yozib qoldirganidek, qo‘y, qo‘zi (Bozori go‘sfand), ot bozori
(Bozori asp) shahar darvozasidan tashqariga kochirilgan. Katta masjid (Masjidi
Kalon) va Mir Arab o‘rtasida paxta bozori(bozori g‘o‘za) hamda pilla bozori(bozori
pilla) ham faoliyat ko‘rsatgan.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
100
Buxoro va Buxoro ergonimlari haqidagi qimmatli ma’lumotlarni
O.A.Suxareva “Buxoro.XIX asar va XX asr boshlarida” nomli 1966-yil nashr
etilgan kitobida
[9:214]
jamlagan. U mazkur ma’lumotlarni bir qator boshqa xorijlik
va mahalliy olimlar, sayyohlarning, diplomatik missiya vakillarining ma’lumotlari
orqali jamlagan. U bunday ma’lumotlarni keltirishda dastlab N.Xanikov
manbalariga tayangan Buxorodagi rus tarjimoni P.Yakovlev keltirgan dalillarga
asoslanadi. P.Yakovlev Buxoroning xaritasini tuzib chiqqan, unda davlat
xizmatchilaridan tortib, to xususiy sektorgacha bo‘lgan joylarning xaritasini keltirib
o‘tadi.
Xanikov Buxoroga sayohati davomida o‘ttiz sakkizta karvonsaroy mavjud
bo‘lgani, ulardan yigirma to‘rttasi tosh va gʻishtdan, o‘n to‘rttasi yogʻochdan qad
rostlaganini aytadi. Kapitan Fenin bunday karvoysaroylarni XX asr boshlarida
oltmishta ekanligini yozib qoldirgan bo‘lsa, M.S Yusupov yetmishdan oshganligini
qayd etadi va ularning nomlarini ham keltirib o‘tadi: Saroyi Jannat makoni, Saroyi
domullo Sher, Saroyi Hakim oyim, Saroyi Xonayi kalon, Saroyi podshohi(Saroyi
qushbegi, Saroyi qozi kalon), Saroyi shonataroshi, Saroyi Mirzoqul, Saroyi Qarshi,
Saroyi sanduq, Saroyi Matatillo, Saroyi Badriddin, Saroyi chiti chatti, Saroyi
Gʻulomjon, Saroyi latta, Saroyi Sayfiddin, Saroyi Barri ko‘hna, Saroyi Rashid,
Saroyi Jo‘rabek, Saroyi Xo‘jayi xurd, Saroyi Hindi, Saroyi Barri nay, Saroyi
qushbegi, Saroyi Sindil, Saroyi no‘gʻay, Saroyi karvonboshi, Saroyi Kapkoz (oldin
Saroyi Hindi deb atalgan),
Saroyi Abdullojon, Saroyi Urganch, Saroyi sangin,
Saroyi sanduq, Saroyi Avazbadal, Saroyi chinni, Saroyi Ulugʻbek, Saroyi Ahmadi
kalla, Saroyi Ayoz, Saroyi Fathullojon, Saroyi Badalbek, Saroyi pushaymon, Saroyi
shakar, Saroyi qozi kalon yoki saroyi choy, Saroyi mullo Oston, Saroyi urganji,
Saroyi Zohidjon, Saroyi Mirzo Fozil, Saroyi So‘xta yoki Saroyi ushturxona, Saroyi
Rajabbek, Saroyi buzgʻunch, Saroyi Poyi ostona, Saroyi meshi, Saroyi kafsh-u
mahsi, Saroyi po‘sti cho‘bin, Saroyi xo‘rjin, Saroyi abreshim, Saroyi tamaki, Saroyi
qolin, Saroyi Rajabbek, Saroyi po‘st; M.S.Yusupov yana o‘nta karvonsaroy nomini
keltiradi: Saroyi mayiz, Saroyi choy, Saroyi zigʻir, Saroyi anor, Saroyi gʻo‘za(turli
matolar sotilgan), Saroyi sabzi, Saroyi gʻo‘lung, Saroyi angisht, Saroyi taroshi,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
101
Saroyi kapponi birinj kabi.
Karvonsaroylar yana turli yurtlardan kelgan mehmonlar, savdogarlar uchun
boshpana, mehmonxona vazifasini ham o‘tagan. Karvonsaroylarga, odatda, maʼlum
bir yerdan kelgan savdogar yoki musofirlarga xizmat ko‘rsatgan, masalan,
urganchlik savdogar yoki mehmonlarning aniq bir qo‘nim makoni bo‘lgan, ular
uchun doimiy xizmat ko‘rsatuvchi maskan vazifasini o‘tagan, yaʼni ayni bir joyning
odamlari uchun muntazam qo‘algʻa vazifasini o‘tagan. Shundan kelib chiqib,
karvonsaroylar nomlangan. Xorazmlik savdogar va musofirlarga xizmat qiluvchi
karvonsaroy Saroyi Urganjiho deb yuritilgan. Toshkentlik savdogarlar tomonidan
asosan Toshkentning soyaki mayizlari keltirilgan va bu joy Saroyi mayizi
Toshkandiho nomini olgan. Bu borada jiddiy tadqiqotlar olib borgan M.S.Yusupov
Buxoro karvonsaroylarining qurilishi, undagi hujralar soni, qanday xizmatlar
ko‘rsatilganligi haqida ham maʼlumotlarni yozib qoldirgan. Olimning mazkur
ishidan anglash mumkinki, hujralar ham maʼlum bir vazifalarga ixtisoslashgan,
shundan kelib chiqib, maʼlum nomlar bilan ham atalgan. Mashhur Ko‘kaldosh
madrasasiniga yaqin bo‘lgan hududda Saroyi Jannati makon nomli ikki qavatli
karvonsaroy bo‘lgan, unda o‘ttiz ikkita hujra mavjud bo‘lib, o‘n sakkiztasi birinchi
qavatda, o‘n to‘rtta hujra esa ikkinchi qavatda joylashgan. Birinchi qavatda choy va
turli xil ziravorlar sotuvchi savdogarlar qo‘nim topgan, bu savdogarlar chofurushi
attor, ular savdo faoliyatini olib boruvchi joy esa do‘koni attoron deb nomlangan.
Yuqorida keltirilgan muassasa nomlarining qo‘yilishi shaxs nomlari,
sotiladigan mahsulot nomlari, qayerliklar bilan aloqalar mavjudligi asosida
nomlangan. Bu nomlarning aksariyati forsiy va arabiy kalimalardan tashkil topgan.
Eʼtibor qilinsa, saroy so‘zining asl, bosh maʼnosi ham aynan shu o‘rinlarda
qo‘llanilganligini kuzatish mumkin. O‘zbek tilining etimologik lugʻatida
bu so‘z
“karvonlar to‘xtab o‘tadigan joy, dam oladigan keng hovli” maʼnolarini anglatgan,
keyinchalik “qasr” maʼnosini ham ifodalagan. [9:208]
XVIII – XIX asrlarda Buxoro shahrida yigirmaga yaqin hammom bo‘lgan.
Toqi sarrofon bozori yonida sarrofon yoki Modarixon hammomi faoliyat yuritgan.
Sarrofon(Modarixon), Taxti Chorbog‘(mashhadi Qosim), Gavkushon, Abdulloxon,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
102
To‘qumdo‘zi, Amiri bozori kafi, Misgaron kabilar erkaklar hammomi sanalgan,
Xo‘ja Porso, Domullo Sher, G‘oziyon, Hazrati Ayyub, Kunjak, Poyi ostona, Xo‘ja
Habibullo (Xiyobon) kabilar faqat ayollarga xizmat ko‘rsatgan. Shishaxona
hammomi esa ham erkak, ham ayollarga xizmat qiluvchi hammom bo‘lgan.
Hammom so‘zi forsiy kalmina bo‘lib, Buxoroda hambom, ya’ni bir tom osti degan
ma’noni anglatadi. Hammomlarning nomlanishi u joylashgan mahalla, bozor yoki
uni ta’sis qilgan shaxslar nomi bilan yuritilgan.
Buxoroga turli joylardan tolibi ilmlar kelib tahsil olishgan. XX asr boshlarida
Buxoroda 400 ga yaqin madrasalar faoliyat ko‘rsatganligi haqida Muhammad Ali
Baljuvoniy ma’umot yozib qoldirgan. Madrasalar odatda, hukmdorlar,
hukumatning obro‘li kishilari, xalq orasida obro‘ qozongan ziyolilar tomonidan
tashkil etilgan, ularning nomalnishi ham aksariyat hollarda ularning ismi bilan
bog‘liq bo‘lgan. Ulug‘bek, Abdulazizxon, Nodir devonbegi, Ko‘kaldosh, Mirarab,
Mehtar Anbar va hokazolar. Ma’lum bir madrasalarning nomlanish u joylashgan
joyga nisbatan qo‘yilgan.
Fenin maʼlumotlarida quyidagi madrasa nomlari keltiriladi: Mirzabek Oxun,
To‘raqul, Sharifjon, Muhammad Yunusbiy, Mullo Muhammad Sharif, Chuchuk
oyim, Modarixon, Muzaffarxo‘ja, Dor ush-shifo, Bozori go‘sfand, Mir arab,
Quchoq, Gavkushon, va h.k..
Bularning nomlanishida uch holat ko‘zga tashlanadi:
- madrasalar shaxslar nomi asosida qo‘yilgan;
- maʼlum bir bozor nomi asosida nomlangan;
- mahalla nomi bilan berilgan;
- maʼlum masjid nomi bilan bogʻlangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Buxoro tarixiy ergonimlarini ikkiga ajratish
mumkin:
a) muassasa, tashkilot o’tmishda mavjud bo’lgan hozirgi kunda mavjud emas,
u bilan birga nom ham ishlatilmaydi.
b) muassasa yoki tashkilot hozirgi kunda ham mavjud, shuning uchun uni
atovchi nom ham saqlanib qolgan; masalan, Ko’kaldosh, Abdullazizxon, Ulug’bek,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
103
Minorayi kalon, Masjidi kalon va boshqalar. Bunday tashkilot, muassasalarni
ma’lum birlari hozirgi kunda ham faoliyat yuritmoqda, bino hamda nomi qo’llanilsa
ham faoliyat yuritmayotganlari ham mavjud. Tarixiy ergonimlar ma’lum bir yangi
tashkilot yoxud muassasaga nisbatan ishlatiladi.
Xulosa.
Demak, Buxorodagi tarixiy ergonimlar mahsulotlar, ko‘rsatiladigan
xizmatlar, boshqa bir obyekt yoki subyekt, tarixiy-tadrijiy omillar asosida
nomlanganligi ayonlashadi. Bu bilan tariximizning ajralmas qismi sanalgan
ergonimlar orqali o‘tmish zamon hamda makondagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,
madaniy hayotning manzarasi ko‘z o‘ngimizda gavdalanishiga imkon yaraladi
desak xato bo‘lmaydi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
Javliyev. X.Rustamova, N.Stojarova, Sh. Abdurashitova, Q.Nurmamatova.
Tibbiyot tarixi. - Toshkent: O‘zkitobsavdo, 2020. 216 b.
Kilichev B. Buxoro toponimlari izohli lug‘ati. – Buxoro: Durdona, 2024. 147 b.
To‘rayev H. Buxoro toponimikasi. – Buxoro: Durdona, 2021. 275 b
Saparniyazova M., Umurzakova C. Neyming va onomastika: ergonimlarning
funksional xususiyatlari // O‘zMU xabarlari. – T., 2022. №1/.7. – B. 254-257.
Saparniyazova M. O‘zbek tilida ergonimlar (struktur-semantik, pragmatik va
lingvomadaniy aspekt). – Toshkent: BOOKMANY PRINT, 2023. –168 b.
Monografiya
Исаев Л.М. Ришта и ее ликвидatsiя в Узбекситане, - Труды Узбекского
института малярии и медицинской паразитологии, т. II, Самарканд 1956. C.
78-96
Наршахий. Бухоро тарихи. – T.: Kamalak, 1991.
Сухарёва О.А. Бухара – XIX- начало XX век. – Москва: Наука. 1966. С. 312
Раҳматуллайев.Ш.Ўзбек тилининг этимологик луғати. III жилд. - T.:
Университет, 2009. 281б.