Mualliflar

  • Z.Sh.Alimardonov,
  • B.B.Abduvasiyev,

Muallif tarjimai holi

  • Z.Sh.Alimardonov,

    O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi boshlig‘i, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent;

  • B.B.Abduvasiyev,

    O‘zbekiston Respublikasi

    Jamoat xavfsizligi universiteti 121-a guruh kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.122911

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: kompetentlik kompetensiya kasbiy kompetentlik psixologik mexanizmlar. Ключевые слова: компетентность компетентность профессиональная компетентность психологические механизмы. Key words: competence competence professional competence psychological mechanisms.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarda o’z kasblariga nisbatan kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning psixologik mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek ushbu maqsadga erishishning qay tartibda amalga oshirilishi uchun taklif va tamoyillar berib o’tiladi. 

Аннотация: В статье описаны психологические механизмы развития профессиональной компетентности студентов применительно к своей профессии. Также даны предложения и принципы, как достичь этой цели.

Abstract: This article describes the psychological mechanisms of developing professional competence in students in relation to their professions. Also, proposals and principles are given for how to achieve this goal.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

65

BO’LAJAK MUTAXASSISLARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI

RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI

Z.Sh.Alimardonov,

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat

faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi boshlig‘i, pedagogika

fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent;

B.B.Abduvasiyev,

O‘zbekiston Respublikasi

Jamoat xavfsizligi universiteti 121-a guruh kursanti

Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarda o’z kasblariga nisbatan kasbiy

kompetentlikni rivojlantirishning psixologik mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek

ushbu maqsadga erishishning qay tartibda amalga oshirilishi uchun taklif va

tamoyillar berib o’tiladi.

Kalit so’zlar: kompetentlik, kompetensiya, kasbiy kompetentlik, psixologik

mexanizmlar.

Аннотация: В статье описаны психологические механизмы развития

профессиональной компетентности студентов применительно к своей

профессии. Также даны предложения и принципы, как достичь этой цели.

Ключевые

слова:

компетентность,

компетентность,

профессиональная компетентность, психологические механизмы.

Abstract: This article describes the psychological mechanisms of developing

professional competence in students in relation to their professions. Also,

proposals and principles are given for how to achieve this goal.

Key

words:

competence,

competence,

professional

competence,

psychological mechanisms.

Hozirgi kunda muhtaram prezidentimiz tomonidan ta’lim tizimini

rivojlantirishga, maktabgacha ta’lim tizimidan tortib oliy ta’lim tizimiga qadar,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

66

yoshlarni o’qitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, hozir axborot asri bo’lib,

yoshlarimizni har tomonlama yangi bilimlar bilan qurollantirishda zamonaviy

texnika-texnologiyalarning ham o’rni beqiyosdir. Davlatimizning buyuk kelajagi

,albatta, biz yoshlarning qo’limizda ekanligini hisobga olib, yaratilayotgan

imkoniyatlarga munosib javob tariqasida bo’lajak kadrlarni har tomonlama yetuk

mutaxassis bo’lib yetishishlari uchun harakat qilishimiz zarur. Yuqoridagi

maqsadlarga erishish yo’lida talabalarni kasbiy kompetentligini shakllantirish

alohida o’rin egallaydi. Chunki har bir mutaxxassis avvalo o’z kasbini sevishi,

mehr qo’ya olishi lozim, shundagini o’z kasbining yetuk mutaxxassisiga aylanishi

hamda mamlakatimiz rivoji uchun o’z hissasini qo’sha olishi mumkin.

Psixologik jihatdan insonning ma’lum bir sohaga bo’lgan nazariy va amaliy

tayyorgarligi kompetentlik sanalib, uni professional kompetentlik tushunchasi

bilan kengroq izohlashimiz mumkin.

Kompetentlik va kasbiy kompetentlik tushunchalariga to’xtaladigan

bo’lsak, bu borada turli psixologlar tomonidan turlicha ta’riflar va qarashlar

mavjud. Quyida ulardan bir nechtasini ko’rib o’tamiz:

“Kompetentlik” (ing. “competence” – “qobiliyat” ) – faoliyatda nazariy

bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va

iqtidorni namoyon eta olish.

Yuqoridagi ta’rifga to’xtaladigan bo’lsak , unga ko’ra kompetentlik bu

talabalarning ya’ni bo’lajak mutaxassislarning ta’lim dargohlarida olgan nazariy

bilimlaridan o’zlarining kelgusidagi mehnat faoliyatlarida mukammal darajada

qo’llay olishi hisoblanadi.

Shu qatorda N.G.Vitkovskaya va A.K.Markovaning kompetenlikka bergan

ta’riflariga to’xtaladigan bo’lsak:

N.G.Vitkovskayaning

ta’riflashicha,

kompetentlik

qo’yilgan

muammolarni hal etishga qaratilgan insonning ichki ( bilim, ko’nikma va

malakalari, ma’naviy sifatlari, psixologik xususiyatlari) va tashqi ( moddiytexnik,

ijtimoiy ) imkoniyatlarini safarbar qila olishga qodirligidir.

A.K.Markovaning fikricha esa, kompetentlik – muayyan insonning


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

67

xarakteristikasi, ya’ni kasbiy talablarga munosibligi darajasi bo’yicha insonning

individual xarakteristikasi demakdir.

Yuqoridagi fikrlardan har bir psixolog kompetentlik masalasiga o’z

yo’nalish va qarashlaridan kelib chiqqan holda yondashganligini ko’rishimiz

mumkin.

O’z navbatida shaxsda kompetentlik namoyon bo’luvchi bir nechta holatlar

mavjud, ularga quyidagilar misol bo’la oladi.

-

Murakkab jarayonlarda;

-

Noaniq vazifalarni bajarishda;

-

Bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;

-

Kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo’la olishda kompetensiyaga

ega mutaxassis esa:

o

o’z bilimlarini izchil boyitib boradi;

o

yangi axborotlarni o’zlashtiradi;

o

davr talablarini chuqur anglaydi;

o

yangi bilimlarni izlab topadi;

o

ularni qayta ishlaydi va o’z amaliy faoliyatida samarali qo’llaydi.

Shu o’rinda kompetentlik sifatlariga ham to’xtalib o’tadigan bo’lsak, kasbiy

kompetentlik negizida quyidagi sifatlar aks etadi:

Sifatlar

Psixologik, metodik,
information, kreativ,

innovatsion,

kommunikativ

kompetentlik

Ekstremel kompetentlik

Maxsus kasbiy

kompetentlik

Shaxsiy kompetentlik

Ijtimoiy kompetentlik

Texnologik

kompetentlik


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

68

Tadqiqotchi T.V.Dobudkoning aytishicha, professional kompetentlikka oid

yondashuvlar ichida psixologik qarashlar o’ziga xos sanalib, unda kasb va shaxsga

ko’plab xaraktereologik sifatlar, professional muvaffaqiyatni ta’minlovchi

psixologik omillarning mazmuni aks etgan.

1

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki,

T.V.Dobudko professional kompetentlikni izohlashga shaxs va kasbning

xaraktereologik sifatlari hamda bir qancha psixologik omillarni hisobga olgan

holda yondashadi.

Talabalarda

kasbiy

kompetentlikni

rivojlantirish

mexanizmlariga

to’xtaladigan bo’lsak, bu jarayon albatta katta qiyinchiliklar hamda o’g’ir mehnat

talab qiladi. Shuningdek avvalo, talabadagi qiziqish hamda motivatsion sohalariga

ham alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Ularda quyidagi sifatlarni shakllantirish

ham muhim ahamiyat kasb etadi:

1.

Chidamlilik

2.

Ma’lumotlarga sezgirlik

3.

Faoliyatni to’g’ri tashkillashtira olish

4.

Tartib intizomlilik

5.

Adolatlilik

6.

Ijodkorlik

7.

Rejalilik

8.

Moslashuvchanlik

Bundan tashqari, o’qitish jarayonida pedagogik va psixologik shart-

sharoitlarni yaratish birdek muhimdir. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

1.

Mashg’ulotlar jarayonida o’qituvchi rolini o’zgartirib turish - bu

jarayonda avvalo o’qituvchi bilimlarni yetkazish vazifasini bajaradi, talabalarga

nazariy ma’lumotlarni berib o’tadi va so’ngra talabaga o’zini rivojlantirishi uchun

sharoit yaratgan holda o’z rolini o’zgartiradi.

1

Dobudko T.V Ta’limni axborotlashtirush sharoitida informatika o’qituvchisining kasbiy kompetentsiyasini

shakllantirish Sam.GPU, 1999.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

69

2.

Talabalarning mustaqil tayyorgarlik ko’rishi yoki o’z ustida ishlashi

uchun innovatsion usullarni joriy etish – bunda o’qituvchi talabalarga interaktiv

metodikalarni qo’llagan holda mashg’ulotlarni olib borishi, bu talabalarda

lohiyalashtirish qobiliyatini ham rivojlantirishga yordam beradi.

3.

Nazariy bilimlarni amaliyotda mustaqil qo’llash uchun sharoit yaratish –

hayotiy hamda kasbiy real vaziyatlarni yaratish.

Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilgan holda, hamda qo’shimcha qilib shuni

aytib o’tishimiz lozimki, o’z sohasida professional hamda jonkuyar kadrlarni

tayyorlash avvalo, to’g’ri kasb tanlashga ko’mak berish, to’g’ri hamda har jihatdan

mos sohaga yo’naltirish ya’ni psixologik jihatdan kishining qiziqishlarini,

yo’nalganligini, motivatsion sohasini hisobga olgan holda yo’naltirishdan

boshlanadi. Buning aksi bo’lgan hollarda ham yaxshi natijalarga erishishga

ko’maklashish kasbiy kompetentlikni shakllantirish mumkin , ammo bu kishidan

katta mashaqqat talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Ochilova G.O Kasbiy kompetentlik. O’quv qo’llanma. – T.:”Innovatsion

rivojlanish nashriyot- matbaa uyi”, 2021

2.

Dobudko T.V Ta’limni axborotlashtirush sharoitida informatika

o’qituvchisining kasbiy kompetentsiyasini shakllantirish Sam.GPU, 1999.

3.

Abduquddusov O.A. Kasbiy kompetensiyani shakllantirishda o’quv

amaliyotining o’rni. Pespublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari . Toshkent

2016 yil

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари