Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
285
BO‘G‘LOVCHI VA ULARNING TURLARINI O‘QITILISHI
Xazratqulova Sevinch Anvar qizi
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU talabasi
hazratqulovasevinch410@gmail.com
Annotatsiya:Ushbu maqolada bog‘lovchilarning qo‘llanilishiga ko‘ra
turlari,gap bo‘laklari va gaplarni bir-biriga ko‘ra turlari,hamda
bog‘lovchilarning vazifalarini haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: bog‘lovchilar, so‘zlar, gap, qo‘shma gap, ayiruv
bog‘lovchilari,zidlov bog‘lovchilari,takrorlanuvchi bog‘lovchilar, sof bog‘Iovchi,
nisbiy bog‘Iovchi, qo‘shimchasimon bog‘lovchi.
Til inson muloqotining eng muhim vositasi bo‘lib, fikr va tuyg‘ularni ifodalashda,
insonlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishda alohida o‘rin tutadi. Tilning mazmuni va
mahorati nutqni tashkil etuvchi qismlar orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu qismlardan
biri – bog‘lovchilardir.Ular matn va nutq bo‘laklari o‘rtasida mantiqiy va ma’noli
aloqani ta’minlaydi. Bog‘lovchi so‘zlar fikrni ravon va tushunarli ifodalashga
yordam beradi, o‘quvchining matndan to‘laqonli mazmun va mohiyat olishini
ta’minlaydi. Ushbu maqolada bog‘lovchi so‘zlarning til va nutqdagi roli, ularning
xilma-xilligi hamda ahamiyati haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Adabiyotlarda bog‘lovchilar haqida ko‘plab ma’lumotlar berilgan.Quyidagi
ma’lumotni ko‘rib chiqamiz. Sayfullayeva R. va boshqa mualliflar ’’Hozirgi
o‘zbek adabiy tili’’ o‘quv qo‘llanmasida bog‘lovchi haqida keng ma’lumotlar berib
o‘tilgan.
Bog‘lovchi va uning shakliy ko‘rinishlari
. Bog‘lovchi ham ko‘makchi
kabi sintaktik aloqa vositasi sanalib, ulardan tobe munosabatni ifodalashdan
tashqari, teng munosabatni ham hosil qilishi bilan ajralib turadi. Bog‘lovchi gap
bo‘laklari, qo‘shma gapning sodda gapga teng qismlari orasidagi turlicha aloqani,
grammatik munosabatni ko'rsatadi. Bog‘lovchining mohiyati, o‘zbek adabiy
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
286
tilidagi bog‘lovchining turi, bu turga oid so‘zlar tilshunosligimizda keng
o‘rganilgan. Mavjud adabiyotlarda bog‘lovchining turi va bu turga qaysi so‘z
mansubligi masalasida turlicha nuqtayi nazar bor, ya’ni bir tadqiqotda bog‘lovchi
deb berilgan birlik boshqasida yuklama qatoriga kiritiladi, ko‘makchi deb berilgan
birlik bog‘lovchi deb tan olinadi. Bog‘Iovchiga oid so‘zning aniq beIgilanmasligi
sababi ular lison-nutq jihatidan o‘rganilmaganligida bo‘Isa kerak.
Bog‘Iovchini ham ko‘makchi singari shakliy jihatdan uch guruh (sof
bog‘Iovchi, nisbiy bog‘Iovchi, qo‘shimchasimon bog‘lovchi) ga ajratib o‘rganish
lozim. Sof bog‘lovchi guruhiga faqat bog‘lovchi vazifasida qo‘llaniladigan [va],
[hamda], [yo], [yoxud], [yoki], [ammo], [Iekin], [biroq], [chunki], [shuning
uchun],
[agar], [ya’ni] kabi yordamchi so‘z xos. Qo‘shimchasimon bog‘lovchi guruhiga
[-ki (-kim)], bog‘lovchi va yuklama vazifasida kela oladigan [-u/-yu], [-da], [-mi]
qo‘shimchasi mansub. [-u/yu], [-da] qo‘shimchasining bog‘lovchi vazifasini to‘la-
to‘kis bajarishi qator manbada qayd etilgan , [-mi] qo‘shimchasida ham
bog‘lovchilik xususiyati borligini 1. Yomg‘ir yog‘di
mi
, hamma joy nam bo‘ladi.
2.Karim keldimi, to‘polon boshlanadi tipidagi gaplar tasdiqlaydi. Ushbu gaplarda
qo‘llangan [-mi] qo‘shimchasi ta’kid ma’nosini voqelantirgan holda sodda
gaplarni bir-biriga bog‘lash vazifasini bajarmoqda. Nisbiy bog‘lovchiga mustaqil
so‘z turkumidan o‘sib chiqqan, «oraliq uchinchi» tabiatiga (ham mustaqil, ham
yordamchi) ega bo‘lgan [ba’zan], [bir], [vaqtida], [hali], [goh] ([goho]) kabi
so‘zlarning takroriy shakli misol bo‘ladi. Chunonchi, l.
Ba’zan
Qoratoyning
ishxonasida,
ba’zan
choyxonada tunab yurdi. (Oyb.). 2. Ikki kundan beri
goh
savalab,
goh
shiddat bilan yog‘ayotgan yomg‘ir hammayoqni ivitib yubordi.
(A.Qah.). 3.
Vaqtida
qor yog‘adi, vaqtida yomg‘ir. Bu gaplarda qo‘llanilgan
[ba‘zan], [goh], [vaqtida] so‘zlarining vazifasi bog‘lovchiga juda yaqin.
1.Salima tez qaytdi. U yangi xabar olib keldi. 2. Brigadada mehnat yaxshi
uyushtirilmadi. Natijada hosil kam bo‘ldi. 3. Azimboy ko‘p zulm o‘tkazdi.
Oqibatda xalqning sabr kosasi to‘ldi
gaplaridagi [u], [natijada], [oqibatda] so‘zlari
birinchi gapni ikkinchi gap bilan bog‘lab kelmoqda. Demak, [u], [natijada],
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
287
[oqibatda] so‘zi ham nisbiy bog‘lovchi sirasiga kiritilsa to‘g‘ri bo‘ladi. Ikkinchi
gapning mazmuni birinchi gapsiz aniq emas. Yordamchi so‘z nafaqat so‘z, hatto
gap va matn qismlarini ham bog‘lashga xizmat qiladi.
Ushbu ma’lumotlardan ma’lumki bog‘lovchilar keng tushuntirilgan.
Bog‘lovchining qo‘shimchalari haqida qachon?,qanday? Qo‘yilishi haqida
ma’lumotlar aytilgan.Bu esa o‘quchilarga tushunarli bo‘lishini ta’minlagan.
Buni maktab darsliklariga olib kirishlikni yoki darsni tushuntirishga foydalanishni
maslahat beramiz.Chunki bu kitobda sodda qilib yoritib berilgan.
Bog‘lovchilar haqida Andijon davlat chet tillari institute magistranti
Mashrabjonov O. o‘zining maqolasida quyidagi ma’lumotlarni aytib o‘tgan.
Bog‘lovchilar gapda qo‘llanilishiga ko‘ra ikki xil: yakka holda
qo‘llaniladigan bog‘lovchilar va takrorlangan holda qo‘llaniladigan bog‘lovchilar.
Yakka holda qo‘llaniluvchi bog‘lovchilarga
va, ham, hamda, ammo, lekin, biroq,
balki
bog'lovchilari kiradi. Takrorlangan holda qo‘llaniluvchi bog‘lovchilarga
bir bir,
goh goh, ba’zan ba’zan, yo yo,
yoki yoki kabilar kiradi. Bog‘lovchilar vazifasiga
koʻra
teng bog‘lovchilar
va
ergashtiruvchi bogʻlovchilar
ga boʻlinadi.
Sayfullayeva R. va boshqa mualliflar ’’Hozirgi o‘zbek adabiy tili’’ o‘quv
qo‘llanmasida ham ushbu ma’lumotlar bor.Faqat bu kitobda ilmiy yondashilgan va
ko‘plab ma’lumotlar berilgan.Ular quyidagilar:
1. Teng bog'lovchi
. 1. Biriktiruv bog'lovchisi: [va], [-u/-yu], [hamda]. 2.
Ayiruv bog'lovchilari: [yo], [yokil, [yoxud], [goho] , [dam] ... dam, [bir ... bir],
[ba‘zan ... ba ‘zan]. 3. Zidlov bog‘lovchisi: [ammo], [lekin], [biroq].
2.Ergashtiruvchi bog‘lovchi
. 1. Aniqlov bog‘lovchisi: [ya‘ni], [-ki,-kim].
2. Sabab bog‘lovchisi: [chunki], [shuning uchun], [zeroki,]. 3. Shart
bog‘lovchilari: [agar], [agarda], [agarchi]. 4. Chog‘ishtiruv bog‘lovchisi: [go‘yo],
[go‘yoki,]. Teng bog‘lovchi, ergashtiruvchi bog‘lovchining ma’no va vazifa
tomoni, imlo xususiyati formal tilshunoslik bo‘yicha darslik va qo‘llanmada
1
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili
.
Sayfullayeva R. Mengliyev B.”
2
“Yordamchi so‘z turkumlarining grammatik xususiyatlari.Mashrabjonov O.”
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
288
atroflicha bayon etilgan.
Bog‘lovchilar kelib chiqishiga ko‘ra, sof va vazifadosh bog‘lovchilar
singari turlarga ajraladi.
Sof bog‘lovchilar
faqat bog‘lovchi vazifasini bajaradigan
so‘zlardir:
va, lekin, chunki, agar
.
Vazifadosh bog'lovchi
lar esa, boshqa
turkumlarga mansub bo‘lib, o‘rni bilan bog‘lovchi vazifasini bajaradigan
so‘zlardir.
Ushbu mavzuni o‘rgatish uchun quyidagi metoddan foydalansak bo‘ladi.
Til faktlarini analiz qilish metodi
. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida muayyan
matn tarkibidan til hodisalarini belgilangan mavzu yoki bo‘lim mohiyati nuqtayu
nazaridan kuzatadilar, o‘z fikrlarini aytadilar, xulosa chiqaradilar.
Bu metod orqali o‘quvchilar bog‘lovchining turli turlarini,ularning gapdagi
vazifalarini va boshqa so‘z turkumlari bilan munosabatlarini chuqur
o‘rganishlariga yordam beradi.Ushbu metodni quyidagi matn orqali ko‘rib
chiqamiz.
Bahor
Bahor fasli-tabiatning eng go‘zal va yangilanish davri.Bu faslning eng
sevimli va intizorlik bilan kutiladigan fasli hisoblanadi.Bahor kelishi bilan
qishning sovuqlari ortda qoladi,ob-havo iliqlashadi.Quyosh yanada balandroq
ko‘tariladi va tabiat jonlanadi.Har bir inson,ayniqsa,bahor faslini yangilanish,
o‘zgarish va yangilanishlar bilan bog‘laydi.Bahorning tarovati va go‘zalligi,tabiiy
manzaralari hamda uning doirasidagi bayramlar inson ruhini yangilaydi.
Bahorda tabiat o‘zining eng go‘zal ko‘rinishini namoyon qiladi,yerga yangi
hayot barglari chiqadi.Bahorda gullagan daraxtlar tabiatga yanada go‘zallik
bag‘ishlaydi.Yashil hududlar kengayib, hovlilarda, gullar ochiladi. Gullar,
qushlarning sayrashi,asalarilarning asal yig’ishlari kabi manzaralarni ko ‘ramiz.
Navro‘z-bahorning kelishi bilan nishonlanadigan bayramlardan biri.
Navro‘z,asosan 21-mart kuni,bahor teng kunligida boshlanadi,ya’ni kunduzi va
tunda vaqt tenglashadi,bu tabiatning uyg ‘onishini va yangi hayotning
3
Hozirgi o‘zbek adabiy tili.Sayfullayeva R. Mengliyev B
4
O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi.Yuldasheva D.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
289
boshlanishini anglatadi.Bu bayramda ko ‘plab odamlar bir-birlariga ezguliklar
tilaydilar.
Ushbu matnni o‘quvchilar guruh bo‘lgan holatda faktlarni analiz
qiladilar.Bog‘lovchilarning vazifasini tushuntiradilar.Bog‘lovchilarning qaysi
turga mansubligini aniqlaydilar.
Toshkent shahar Yangihayot tumani 285-maktabning 8 -“d” sinf
o‘quvchilari ga bo‘g‘lovchini tushuntirib ushbu usuldan foydalandim.Ushbu usulni
guruh bilan ishlagan holda qo‘lladim.O‘quvchilar matndan bog‘lovchilarni
topishdi,qanday vazifada kelganini tushuntirishdi va nega aynan bog‘lovchining
bu turidan foydalanganliklarini aytib o‘tishdi.Bu usul o‘quvchilarni nafaqat
bog‘lovchilarni o‘rgatishga balki matn ustida ishlashlariga ham yordam berdi.
,,Grafik test” metodi.
Grafik test metodikasi bolaning o‘quv faoliyatiga
individual tayyorligi haqida kerakli ma’lumotlarni beradi.Bu jarayonda
o‘qituvchining o‘quvchiga u yoki bu o‘quv ma’lumotini berish emas, balki
o‘quvchining mustaqil faoliyati shakllantiriladigan muhitni yaratishdan
iborat.Grafik test o‘quvchining o‘qituvchini tinglashga,diqqatini jamlay olishga,
tushuntirishlarni eslab qolishga qodir yoki qodir emasligini ko‘rsatadi. Grafik test
orqali o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida butun sinf bilimini tekshira olishga qodir
bo‘ladi.Bu turdagi metod orqali darsning o‘tilgan mavzusini mustahkamlash
qismida ishlash juda qulay.,,Grafik test” metodidan matematika, o‘qish
savodxonligi ,ona tili va boshqa barcha fan darslarida foydalanish mumkin. Bunda
o‘qituvchi mavzularga mos testlarni tuzish ularda jadvalda ma’lum grafika hosil
bo‘lishini oldindan tayyorlab oladi.
Ona tili darslarida “Grafik test’’dan foydalanish uslubi. Yangi mavzuni
mustahkamlash qismida, yoki o‘tilgan mavzuni so‘rashda frontal bilimni
tekshirishda foydalaniladi.
O‘quvchilarning qo‘llarida grafik test jadvallari bor.Ular o‘qituvchi o‘qigan
har bir savolni to‘g‘rilab belgilab boradilar. Oxirida qaysi o‘quvchilarga grafika
5
,,Boshlang‘ich sinf darslarida zamonaviy metodlar va interaktiv o‘yinlardan foydalanish” bo‘yicha metodik
qo‘llanma
Radjabova Sh.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
290
to‘g‘ri chiqsa, o‘sha o‘quvchi rag‘bat kartochkasi bilan rag‘batlantiriladi.
chunki
Ayiruv
bog‘lovchisi
Shuning
uchun
Lekin
Ammo
1
2
3
1.
Qaysi bogʻlovchi sabab munosabatini bildiradi?
2.
A) "U darsga kechikdi, ___ u uyqudan kech uyg‘ondi." Gapda qaysi
bogʻlovchi mos?
B) "Lekin", "ammo", "biroq" bogʻlovchilari qanday munosabat bildiradi?
3. "U ko‘p mehnat qildi, ___ muvaffaqiyatga erishdi." Bo‘sh joyga qaysi
bog‘lovchi qo‘yiladi?
O‘quvchilarni rag‘batlantirish.
chunki
Ayiruv
bog‘lovchisi
Shuning
uchun
Lekin
Ammo
1
2
A
B
3
Xulosa
. Bogʻlovchilar tilimizda gap va so‘zlar orasidagi mantiqiy
bog‘liqlikni ta’minlovchi muhim vositalardan biridir. Ular orqali fikrlar izchil,
mazmunli va tushunarli bayon qilinadi. Bogʻlovchilarning turli shakllari (teng va
ergashtiruvchi, sabab, shartli, inkor va h.k.) matnning mazmuniy yaxlitligini
ta’minlab, nutqning ravonligiga xizmat qiladi. Bu mavzuni o‘rgatishda til faktlarini
tahlil qilish metodidan foydalanish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
291
kuchaytirib, til birliklarini chuqurroq anglashiga imkon yaratadi. Shunday qilib,
bogʻlovchilar nafaqat grammatik birlik, balki muloqot samaradorligini
ta’minlovchi vosita sifatida ham alohida o‘rin tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Abituriyent.uz sayti.
2. ,,Boshlang‘ich sinf darslarida zamonaviy metodlar va interaktiv o‘yinlardan
foydalanish” bo‘yicha metodik qo‘llanma Radjabova Sh.
3.“Hozirgi o‘zbek adabiy tili.Sayfullayeva R. Mengliyev B, Boqiyeva
D,Qurbonova M,Yusupova Z, Abuzalova M.Toshkent-2009
4.“Yordamchi so‘z turkumlarining grammatik xususiyatlari.Mashrabjonov O.”
5.
O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi.Yuldasheva D. “Durdona” nashriyoti Buxoro –
2021
---