Mualliflar

  • Mametova Qunduz Amatovna

Muallif biografiyasi

  • Mametova Qunduz Amatovna

     Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani 43-maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.122983

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: agressiya axborot-psixologik xavfsizlik depressiya axborot huruji destruktiv g‘oya addiktiv xulq

Annotasiya

Annotatsiya: Zararli odatlar shaxs yoki butun bir millat, jamiyatga tegishli ma’naviy, madaniy, moddiy o‘zaro munosabatlar, dunyoqarash va hokazo nuqtai nazaridan g‘ayriinsoniy yoki g‘ayriodatiy deb bilinadigan xususiyatlarni ifodalovchi tushuncha. Zararli odatlar insonning ma’naviyat talablarini yaxshi anglamagani, ma’naviy tamoyillarga rioya qilmagani, noto‘g‘ri tarbiyalangani oqibatida kelib chiqadi. Inson bilim olar ekan, o‘rgangan bilimlarining bir qismi butun hayoti davomida uning doimiy amaliy ko‘nikmalariga aylana boradi. 


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

202

OʻQUVCHILARDA ZARARLI ODATLARNING SHAKLLANISHI

HAMDA PSIXOLOGIK TA’SIRI

Mametova Qunduz Amatovna

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani 43-maktab psixologi

Annotatsiya: Zararli odatlar shaxs yoki butun bir millat, jamiyatga

tegishli ma’naviy, madaniy, moddiy o‘zaro munosabatlar, dunyoqarash va hokazo

nuqtai nazaridan g‘ayriinsoniy yoki g‘ayriodatiy deb bilinadigan xususiyatlarni

ifodalovchi tushuncha. Zararli odatlar insonning ma’naviyat talablarini yaxshi

anglamagani, ma’naviy tamoyillarga rioya qilmagani, noto‘g‘ri tarbiyalangani

oqibatida kelib chiqadi. Inson bilim olar ekan, o‘rgangan bilimlarining bir qismi

butun hayoti davomida uning doimiy amaliy ko‘nikmalariga aylana boradi.

Kalit so‘zlar: agressiya, axborot-psixologik xavfsizlik, depressiya, axborot

huruji, destruktiv g‘oya, addiktiv xulq,

KIRISH

Maktab davrida har bir bola deyarli bir marta chekib ko'radi, bunga asosiy

sabablardan biri jamiyatning unga ko'rsatayotgan ta'siridir, aynan shu yoshda katta

sinf o'quvchilari tomonidan kichik sinflarga tazyiq o'tkazish, ularni o'zlariga

boysundirishga erishishga intiladilar, bola tengdoshlaridan ortda qolmaslik uchun

chekishni boshlaydi. Bolada o'zgarishlarni sezib uni oldini ola bilgan ota-

onalargina bolada kashandalik kelib chiqmasligiga erisha oladi. Bunda ta'lim

muassasidagi o'qituvchilar va o'rnatilgan tartib qoidaning ham o'rni yuqoridir.

Mashhur Yunon faylasufi Suqroq aytganidek "O'zini anglagan inson o'zi uchun

nima foydaliligini va nimalarga qodir ekanligini yaxshi tushunadi. Oqibatda o'zini

kulfatlardan asraydi. Yana shuni aytib o'tish lozimki biror narsa haqida yetarli

ma'lumotga ega bo'lmagan shaxsni, aynan shu narsa orqali boshqarish oson bo'ladi

shuning uchun ham bolalar orasida zararlari odatlarning oqibatlarni tez-tez

muhokama qilish ularni fikrlashga undash lozim.Agar, bu muammoni alohida


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

203

nuqtai nazardan ko'rib chiqsak chekish, ichish, giyohvandlik o'smirlar guruhining

asosan maktab o'quvchilari orasida eng dolzarb muammolardan biridir.

O'quvchining shakllanmagan ongiga tengdoshlarning ta'siri juda katta bo'lganligi

sababli, tashvishlanish uchun juda ko'p sabablar mavjud. Boshqalarning ta'siridan

tashqari, bugungi zamonaviy bolalarga xos bo'lgan "tezroq ulg'ayish" uchun

shaxsiy xohish mavjud. Bola atrofidagilarga o'zining katta bo'lganini turli yangi

odatlar bilan isbotlashga urinadi.

O'tkazilgan ko'plab tajribalar shuni ko'rsatdiki ichuvchi va chekuvchi

insonlarning bolalarida ham ushbu illatlarga moyillik mavjud bo'lar ekan. Insonlar

orasida tamakining zararlilik xususiyati spirtli ichimliklarnikidan kam ekanligi

haqida noto'gri qarashlar mavjud. Tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish ham spirtli

ichimliklarni iste'mol qilish kabi, inson tanasining barcha tizimlariga salbiy ta'sir

qiladi.

Nikotin ogohlantiruvchi ta'sirga ega, bunda markaziy asab tizimi to'liq

ishlay olmaydi. Miyaga kislorod yaxshi yetib bormaydi, ozroq qon kiradi, bu

chekuvchining aqliy faolligining pasayishiga olib keladi, bundan tashqari

insonning nafas olish tizimi ham zararlaydi, chunki tamaki tutunining

nafas olishi tufayli chekuvchi og'iz bo'shlig'i, halqum, burun, traxeya va

bronxlarning shilliq pardalarini bezovta qila boshlaydi. Natijada, odam nafas

yo'llarining yallig'lanishini rivojlantiradi. Chekuvchi insonlarda nafas qisilishi

astma va pnevmoniya rivojlanadi. Chekish yurak qon-tomir kasalliklarining

qo'zg'atuvchisi hamdir, uzoq vaqt mobaynida chekkan insonlar infarkt va insult

bo'lish havfi yuqori. Bundan tashqari nikotin oshqozon, tishlarga ham o'z kuchini

ko'rsatadi oshqozonda yaralar, yallig'lanishga sabab bo'ladi, buning oqibatida

insonning tashqi ko'rinishi o'zgaradi, tishlar emali ketib sarg'ayishni boshlaydi. Bir

so'z bilan aytganda chekish insonning butun tanasini yemiradi, barcha a'zolariga

nojo'ya ta' sir ko'rsatadi. Chekish faqat chekuvchining emas sigaret tutunidan nafas

oluvchilarni ham zararlaydi jamiyat orasida ular passiv chekuvchilar deb atalishi

sababi ham mana shundandir. Bolalar orasida zararli odatlardan yana biri

ichkilikbozlikdir. Olimlarning tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, o'g'il bolalar va


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

204

qizlarda alkogolizm og'ir, davolash qiyin bo'lgan kasallik sifatida kattalarnikiga

qaraganda to'rt baravar tezroq paydo bo'ladi va rivojlanadi. Ularda shaxsiyatning

yo'q qilinishi ham tezroq sodir bo'ladi.

Ular sharob ichishganda, barcha organlar ta'sir qiladi, markaziy asab tizimi

ayniqsa zaif bo'ladi, xotira keskin pasayadi, psixika buziladi, o'z harakatlari

ustidan nazorat kamayadi. O'rganishlardan ma'lumki axloqni tuzatish

kalonyalariga tushib qolgan bolalarning ba'zilari yaxshi xulqli va bilimli bo'lgan

holatlarida alkagol istemol qilish natijasida bunday joylarga tushib qoladilar.

Akademik I. P. Pavlovning o’tkazgan tajribalari shuni ko’rsatadiki, bosh miyada

hosil bo’lgan reflekslar spirtli ichimliklar ta’sirida darrov buzilib ketar ekan.

1

Demak, spirtli ichimliklar kishida ota-onalar, tarbiyachilar, pedagoglar va

jamoatchilik ta’sirida shakllangan tarbiya elementlarini izdan chiqaradi. (Tarbiya

- yaxshi odatlarni shakllantirish ham refleks harakteriga ega.) Shuning uchun ham,

ota-bobolarimiz spirtli ichimliklarga baho berganda “o’zidan ham qilmishi

yomon” deb juda to’g’ri baho berganlar.

Spirtli ichimliklar yoqimli, yuqori kayfiyatni keltirib chiqaradi va bu spirtli

ichimliklarni qayta-qayta ichish va unga qaramlikka olib keladi. Dastlab, agar

o'smirda xohish va irodaning mustahkamligi bo'lsa, u sharobdan voz kechishi

mumkin. Aks holda, alkogolli mastlik ta'sirida iroda zaiflashadi va odam endi

spirtli ichimliklarga bo'lgan ishtiyoqga qarshi tura olmaydi. Spirtli ichimliklar

ta'sirida instinktlar bo'sh joy egallaydi, iroda va o'zini o'zi boshqarish zaiflashadi

va ko'pincha o'smirlar noto'g'ri xatti-harakatlar va xatolarga yo'l qo'yishadi.

O'smirlardagi yana bir yomon odatlardan biri. Giyohvand moddalar

tarkibidagi kuchli faol birikmalar - alkaloidlar hisobiga u kishi organizmiga

tushgandanoq tez qonga so’rilib, barcha a’zo va to’qimalarga, jumladan, miya

hujayralarigacha etib boradi. Miya markazlaridagi axborotlarni qabul qilish va

nazorat-mushohada qobiliyatlarini susaytiradi. Buning hisobiga kishi butun

badanida soxta osoyishtalik sezadi. Aslida, bu ichki a’zolar va to’qimalar bilan

bosh miya markazlari o’rtasidagi aloqalarning susayishidir. Bu hol go’yo uning

kayfiyatini yaxshilab, xuzur-halovat baxsh etadi. Lekin, bu xuzur-halovat havfli


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

205

oqibatlarga olib keladi Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotiga

qaraganda, (2002yil) er yuzida 200 mln.dan ortiq giyohvandlar bor. Mutaxassislar

esa haqiqiy ahvol bundan 5-10 marotaba ko’proq bo’lishi kerak, deb taxmin

qiladilar. Chunki ba’zi regionlarda katta yoshdagi aholining 70-80 foizigacha

giyohvandlikka berilgan. Xalqaro YuNISEF tashkiloti tomomidan dunyoning 35

mamlakatida o’tkazilgan (2002 yil) co’povlap shuni ko’rsatadiki, 60 foiz

giyohvandlar uni maktablar, kollejlar va o’quv yurtlarida totib ko’rganlar. Natijada

giyohvandlik nafaqat sog’liqni saqlash tizimining, balki, huquq-tartibot

tashkilotlari, siyosatchilar va xukumat boshliqlarining ham muammosi bo’lib qoldi

ichki a’zolar va to’qimalardagi axborotlarning kelishida susayish, miya

markazlaridagi nazorat-mushohada qobiliyatining pasayishi hisobiga a’zolardagi

bo’zilishlarni miya yarim sharlari sezmay, bilmay qoladi. Oqibatda, a’zo yoki

to’qimalarda jiddiy kasalliklar rivojlanib, xatto ularning faoliyati butunlay izdan

chiqishi mumkin.

Har bir fuqaro o‘z shaxsiy nuqtai nazari, qarashlari, ma‘naviy-ma‘rifiy,

axloqiyruhiy imkoniyatlari doirasidagina faoliyat ko‘rsatadi. O‘z olami hududida

yashaydi va tashqi olamga o‘z aqli doirasida munosabat bildiradi. Har bir individ

mustaqil inson sifatida tabiiy-biologik kamolotidan va ruhiy ehtiyojidan kelib

chiqib, o‘ziga mos axborotni qabul qiladi, tahlil etadi. Mushohada va tahlillar

asosida shaxsiy xulosasiga ega bo‘ladi. Natijada mazkur shaxs u yoki bu tarzdagi

nuqtai nazarini shakllantiradi. Demak, har qanday axborotning mazmuni, mohiyati,

ta’sir etish darajasi, jamiyatga foydali yoki zararliligi, kishini ezgulikka yoki

yovuzlikka da’vat etishi bilan shaxs, jamiyat, davlat mutanosibligiga ijobiy yoki

salbiy ta‘sir etadi. Ana shu jihatdan qaraganda, milliy manfaatlarni asrash va

rivojlantirishda informatsion-psixologik xavfsizlikni ta‘minlashning roli yana ham

oshadi. Atrofimizda fan va texnika taraqqiyoti va uni insonga bo‘lgan ta'siri

jamiyat va tabiatning tasiridan kuchli va ustun bo‘lib bormoqda. Insoniyat

tomonidan to‘plangan va yaratilgan axborot hajmi kengaymoqda va har o‘n

yillikda yanada kengayib borishi kuzatilmoqda, ammo inson miyasi va uni tashkil

etadigan hujayralarning soni o‘zgarmagan, qolaversa ta’limning davomiyligi ortib


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

206

bormoqda va shuning о’zi informatsion stress ortishi xavfini tug'diradi.

Miyaning o‘z imkoniyatlari axborotni qabul qilishi keng, axborot hajmini

ortishi xafli, ammo qisqa muddatda katta hajmdagi axborotni qayta ishlash

zaruriyati paydo bo‘lsa bu kuchli asab zo‘rqishini olib keladi va infarmatsion

stressni keltirib chiqaradi, ya’ni miyaga kirib turgan axborot hajmi va tezligi,

bioiogik va ijtimoiy imkoniyatlarga to‘g’ri kelmasligi ham infarmatsion stress

yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu yerda axborot hajmi bir omil bo‘lsa,

ikkinchidan vaqt kamligi va unga shaxs motivatsiyasi ijtimoiy sabablar ham

qo‘shilsa miyani o‘z o‘zini himoyalash mexanizmi ishlamay qoladi, va inson o‘zini

informatsion stresslardan muxofaza qilaolmay qoladi. O‘smirlar bunday holatda

eng zaif tasirchan guruh sifatida namoyon boladi.Axborot-psixologik xavfsizlik,

avvalo, bevosita inson ruhiyatiga ta‘sir o‘tkazish orqali uni o‘z aqidalaridan,

e‘tiqodidan ayiradigan buzg‘unchi g‘oyalardan asrashdir. Bundan kelib chiqib

shuni aytish mumkinki, informatsion-psixologik xavfsizligiga ehtiyoj, eng avvalo,

bevosita inson va jamiyat, inson va davlat, shaxs va uning daxlsizligi, millat va

milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an‘analar, tarixiy va madaniy meros, avlodlarga

ta‘sir etuvchi buzg‘unchi g‘oyalar va tajovuzkor mafkuralarning mavjudligidan

kelib chiqadi. Qolaversa, axborot-psixologik xavfsizlikka rioya qilinmasa, uning

ta‘sirchan choralari ko‘rilmasa, destruktiv g‘oyalar milliy xavsizlikka putur

yetkazishi mumkin. Tig‘iz axborotlashgan jamiyatda axborot orqali zamonaviy

ruhiy ta‘sir texnologiyalarining tobora rivojlanib borayotgani shaxs va jamiyat

tafakkurining shakllanishiga u yoki bu tarzda kuchli ta‘sir o‘tkazadi.

XULOSA

Bugungi murakkab va shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda Zararli

odatlarni atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning aholiga ta’sirini o‘rganish

milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan

tomonlarini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom

dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. Faqat ana

shunday asosda yoshlarni o‘z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit

tura olishga qodir, mustahkam irodali va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

207

erishish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI :

1.

Abduazimov O. Ommaviy axborot vositalari – fuqarolik jamiyatini

barpo etish omili. –Toshkent: Akademiya, 2008 98 b.

2.

Kenjaboyev A.T. Axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish

muammolari. – Toshkent: Ibn-Sino, 2004. – 252 b.

3.

Yoqubova M. Axborot texnologiyalarining falsafiy asoslari. /Uslubiy

qo‘llanma. Toshkent: Star – Poligraf. 2008

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари