Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
160
OʻZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH
MEXANIZMLARI
Shahrisabz davlat pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi
Ochilov Abrorxon Qiyom oʻgʻli
Shahrisabz davlat pedagogika instituti psixologiya yoʻnalishi 1-kurs 1.24-
guruhi talabasi
Roʻziyeva Laylo
Email: @layloruziyeva8@gmail.com
Tel raqam: +998 99 793 20 66
ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi
kurashish sohasidagi qonunchilik bazasining yaratilishi va sohaga oid muhim
tashkiliy-huquqiy
islohotlar
tahlil
etiladi.
Xususan,
keyingi
yillarda
mamlakatimizda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga,
jamiyatda korrupsiyaga murosasiz qarshi kurashish munosabatni shakllantirishga
yo'naltirilgan tizimli choralar ko'rildi. Shuningdek, maqolada korrupsiyaga qarshi
kurashish sohasidagi so 'nggi yillarda qabul qilingan normativ hujjatlar mazmuni
haqida
ham
ma'lumotlar berilib,
jamiyatimizda
korrupsiyaga
qarshi
kurashishning dolzarb muammolari bo'yicha ayrim takliflar ham sanab o'tilgan.
Kalit so'zlar: korrupsiya tushunchasi, korrupsion huquqbuzarlik, manfaatlar
to 'qnashuvi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, "halollik vaksinasi",
huquqiy ong va madaniyat.
ABSTRACT: This article analyzes the creation of a legal framework in the
field of combating corruption in Uzbekistan and important organizational and
legal reforms in this area. In particular, in recent years, our country has taken
systematic measures aimed at raising the legal awareness and legal culture of the
population, the formation of an intolerant attitude to corruption in society. The
article also provides information on the content of normative documents adopted
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
161
in recent years in the field of combating corruption, and lists some suggestions on
current issues of combating corruption in our society.
Keywords: concept of corruption, corruption offense, conflict of interest,
AntiCorruption Agency, "honesty vaccine ", legal consciousness and culture.
АННОТАЦИЯ: В данной статье анализируется создание правовой
базы в сфере противодействия коррупции в Узбекистане и важные
организационно-правовые реформы в этой сфере. В частности, в последние
годы в нашей стране принимаются системные меры, направленные на
повышение правосознания и правовой культуры населения, формирование в
обществе нетерпимого отношения к коррупции. В статье также
представлена информация о содержании антикоррупционных нормативных
актов, принятых в последние годы, а также некоторые предложения по
актуальным вопросам борьбы с коррупцией в нашем обществе.
Ключевые слова: понятие коррупции, коррупционное правонарушение,
конфликт
интересов,
Антикоррупционное
агентство,
«вакцина
честности», правосознание и культура.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun
ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim
shartlaridan biri hisoblanadi. So'nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh
qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik
kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Korrupsiyadan holi jamiyat va davlatni yaratish mamlakat taraqqiyotining
mustaxkam kafolati bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoev 2018 yil 7 dekabr kuni Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 26 yilligiga
bag'ishlangan marosimdagi ma'ruzasida "Korrupsiya bilan hech qachon
maqsadimizga erisha olmaymiz" deb [1], ta'kidlagan edi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
162
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
O'zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash va "korrupsiyasiz soha"ni
takomillashtirish bilan bog'liq dolzarb muammolarning muhim konseptual
g'oyalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qator ma'ruza
hamda asarlarida ("Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko'taramiz". I jild; "Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz
bilan birga quramiz"; "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarni ta'minlash yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi"; "Erkin va farovon demokratik
O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz"; BMT Bosh Assambleyasi 72, 75-
sessiyalarida so'zlagan nutqlari; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy
Majlisga
Murojaatnomalari),
shuningdek,
Respublikamiz
olimlaridan
Q.R.Abdurasulova ("Jinoyatning maxsus sub'ekti"), R.A.Zufarov ("Poraxo'rlik
uchun jinoiy javobganrlik"), I.M.Mirzaraimov ("Jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni oshkoralashtirishga qarshi kurashning huquqiy choralari"), Sh.R.
Qobilov ("Korrupsiya: sabablari, shart-sharoitlari, oqibatlari va oldini olish
yo'llari") laning asarlari, monografiyalari, risolalari, ilmiy-uslubiy maqolalarida
o'rganilgan.
Mazkur maqolada o'rganilayotgan muammo ilmiy tadqiqotning siyosiy-
huquqiy tahlil, qiyosiy tahlil, mantiqiylik, ilmiylik va xolislik metodlari asosida
yoritilishiga harakat qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Barcha sohalarda islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq
va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta'minlash mexanizmlari
takomillashtirildi.
Albatta, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy
mexanizmi
mustaqillikning
dastlabki
yillaridanoq
yaratila
boshlangan.
Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida Vazirlar
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
163
Mahkamasining 1992-yil 3-martdagi "O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi
tuzilmasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi poraxo'rlik, o'g'irliklar va boshqa
suiiste'molchiliklarga qarshi kurash boshqarmasini tashkil etish to'g'risida"gi;
1994-yil 11-maydagi "Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va
uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko'rinishlaridan himoya qilishning tashkiliy
chora-tadbirlari to'g'risida"gi; 1997 yil 28 maydagi "Korrupsiya, reket va
terrorizmga qarshi kurashni takomillashtirish ishlarini yanada rivojlantirish
to'g'risida"gi qarorlari qabul qilindi va ularning ijrosini ta'minlash yuzasidan chora-
tadbirlar ishlab chiqildi.
2008 yilda BMTning 2003 yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish»
Konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi va ushbu konvensiyaga O'zbekiston
Respublikasi qo'shilishi to'g'risida»gi Qonun qabul qilinishi katta ahamiyat kasb
etmoqda. Bundan tashqari, so'nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashning
huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Byudjet va Bojxona
kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida»gi,
«Ijtimoiy sheriklik to'g'risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyatining ochiqligi to'g'risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida»gi,
«Elektron hukumat to'g'risida»gi, «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonunlar
qabul qilindi. Bularning bari tom ma'noda davlatimiz tinchligini va xalq
farovonligining huquqiy garovidir.
Mamlakatimizda "Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risida"gi O'zbekiston
Respublikasi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24-noyabrda qabul
qilinib, Senat tomonidan 2016 yil 13-dekabrda ma'qullangan. Prezident tomonidan
2017 yil 3-yanvarda tasdiqlanib, 4 yanvardan kuchga kirdi. Qonun 34 moddadan
iborat [2].
O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi
qonuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta'minlash,
davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor
shaxslarning o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
164
mas'uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Qonunda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to'qnashuvi
kabi iboralarning mazmuni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yildi.
"Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonunning mazmun mohiyatiga
qisqacha to'xtaladigan bo'lsak, unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi
huquqiy munosabatlarni to'liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari,
tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan
korrupsiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga,
shuningdek korrupsiyani ijtimoiy hayotning barcha sohalaridan to'liq bartaraf
etishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali
jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko'rinishlariga toqat qilmaslik muhitini
yaratishga qaratilgan me'yorlar o'z aksini topganligini ko'rishimiz mumkin [2].
Shuningdek, qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo'nalishlari, vakolatli organlar
tizimi, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari,
ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki,
shuningdek xalqaro hamkorlik mustahkamlab qo'yilgan [4].
Qonun asosida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 2
fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi
Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul
qilindi. Mazkur hujjatlar o'z mazmun mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda
korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi.
Qonun normalarini hayotga tatbiq etish maqsadida yuqorida ko'rsatilgan
Prezidentimiz qarori bilan 2017-2018 yillarga mo'ljallangan korrupsiyaga qarshi
kurashish bo'yicha davlat dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha
respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi
organlar va ularning hududiy boshqarmalarida davlat va jamiyat hayotining barcha
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
165
sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish
hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularga chek
qo'yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni
bartaraf etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda [5,6].
Qonundan ko'zlangan maqsad - korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Hujjatda "korrupsiya", "korrupsion
huquqbuzarlik", va "manfaatlar mojarosi" kabi tushunchalarga izoh berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-maydagi "O'zbekiston
Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5729-sonli Farmoni asosida 2019 yil 1-avgustdan
boshlab eksperiment tariqasida aynan oliy ta'lim sohasida "korrupsiyasiz soha"
loyihasini amalga oshirish belgilab qo'yilganligi mamlakatda kechayotgan har
qanday islohotning muvaffaqiyati birinchi navbatda ta'limga bog'liqligini
ko'rsatadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-maydagi "O'zbekiston
Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5729-son Farmoni bilan 2019-2020 yillarda
korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi va Korrupsiyaga qarshi kurashish
bo'yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Bundan
tashqari
Korrupsiyaga
qarshi
kurashish
sohasidagi
faoliyat
samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo'yicha
maxsus komissiya tuzildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida
muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va
huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni
shakllantirishga yo'naltirilgan tizimli choralar ko'rildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi
tomonidan 2019 yil 30-avgustda Oliy ta'lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
166
tizimini takomillashtirish va «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish
bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlangan. Loyihaning maqsadi- tizimda olib
borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, korrupsiyaning har qanday
ko'rinishiga barham berishdan iboratdir.
2020 yil 29-iyun kuni ushbu farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish
agentligi tashkil etildi [7]. Agentlik korrupsiyani oldini olish va unga qarshi
kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus
vakolatli davlat organi hisoblanib, prezidentga bo'ysunishi va Oliy Majlis palatalari
oldida hisobdor bo'lishi ko'zda tutilgan.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o'stirish, xalq farovonligini oshirish,
mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal
etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga
oshirilishini ta'minlash hamda korrupsiya ko'rinishlarining sabab va shart-
sharoitlarini bartaraf etish bo'yicha "Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda
bo'lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni
keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari
to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-iyuldagi PF-
6257-son Farmoni e'lon qilindi [8].
XULOSA VA TAKLIFLAR.
Yuqoridagi ma'lumotlar va fikrlardan kelib chiqib, jamiyatimizda
korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari bo'yicha quyidagi takliflar
bermoqchimiz:
- jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga
qaratilgan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo'yicha
chora-tadbirlar oshirish;
- korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida davlat
organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
167
institutlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlaridan, shu jumladan davlat organlari
va
nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari
o'rtasida kelishuvlar va shartnomalar tuzishni nazarda tutadigan mexanizmlardan
keng foydalanish;
- ma'muriy va byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, ro'yxatga olish, ruxsat
etish va lisenziyaga doir tartib-tamoyillarni soddalashtirish hamda ularning
tezkorligini oshirish;
- davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish,
ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo'l qo'ymaslik;
-
davlat organlari
va
tadbirkorlik
sub'ektlari
o'rtasidagi
o'zaro
munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun hujjatlari mazmun-
mohiyatini tushuntirishga qaratilgan axborot ma'lumotlarini tayyorlash va keng
tarqatish, shu jumladan mavzuga oid videoroliklar yaratish, bosma materiallarni
chop etishni kuchaytirish (plakatlar, risolalar, bukletlar);
- korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga doir o'quv-metodik va ilmiy
adabiyotlarni ishlab chiqish va hokazolar.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvar
kuni Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida "Korrupsiyaga qarshi kurashishda
aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan,
jamiyatimizning barcha a'zolari, ta'bir joiz bo'lsa, "halollik vaksinasi" bilan
emlanmas ekan, o'z oldimizga qo'ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz
korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga
o'tishimiz kerak", deb ta'kidlab o'tdilar.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
168
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1.
Prezident
Shavkat
Mirziyoyevning
O'zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali
marosimdagi
ma'ruzasi
//
https://uza.uz/uz/posts/bilimli-avlod-buyuk-
kelazhakning-tadbirkor-khal-farovon-ayet-08-12-2018
2.
"Korrupsiyaga
qarshi
kurashish
to'g'risida"gi
Qonun
//
https://lex.uz/docs/3088008
3. "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to'g'risida"
PF-5729-sonli
Farmoni
//
https://lex.uz/docs/4355387
4. "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini
takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-iyundagi PF-6013-sonli Farmoni //
https://lex.uz/docs/4875784
5. "Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lish muhitini yaratish,
davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va
bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-iyuldagi PF-6257-son Farmoni
// https://lex.uz/docs/5495529
6. Mustafayev, U. U. (2021). TA'LIM BOZORI VA INTELLEKTUAL
SOTSIAL "TOVAR" SIFATI. Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences, 1(8), 218-226.
7. Худайбердиева, Г. Х., & Алланазаров, М. М. (2020). Ёшларни гоявий
тарбиялашнинг усуллари, шакллари ва воситалари. ИННОВАЦИИ В
ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, (SI-2№ 1).