Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
40
O‘QUVCHILARDA NUTQ O‘STIRISHGA DOIR TAVSIYALAR
Norbutayeva Chehrona Akbarjon qizi
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 3-kur talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqni
shakllantirishda nutq uslublarining o‘rni va ularni o‘rgatish metodlari tahlil
qilinadi. Nutq uslublarini to‘g‘ri tanlash orqali o‘quvchilarning muloqot
madaniyati va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi.
Abstract: This article analyzes the role of speech styles in the formation of
oral and written speech in students and the methods of teaching them. It shows
ways to develop students' communication culture and creative thinking skills
through the correct choice of speech styles.
Kalit so‘zlar: nutq uslubi, o‘quvchi nutqi, ilmiy uslub, badiiy uslub, rasmiy
uslub, muloqot madaniyati.
Keywords: speech style, student speech, scientific style, artistic style, formal
style, communication culture.
Kirish
Nutq — bu fikrni ifoda etish va uni boshqalar bilan baham ko‘rish vositasidir.
Maktab ta’limi jarayonida o‘quvchilarda to‘g‘ri, aniq va maqsadga muvofiq nutq
tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb vazifalardan biridir. Bu esa, o‘z
navbatida, turli nutq uslublarini o‘rgatish va ular asosida mashg‘ulotlar olib
borishni talab etadi. Uslub arabcha so‘z bo‘lib, tartib, sistema demakdir. O‘zbek
tilida bu so‘z ma’nosining qamrovi asliga nisbatan bir qadar kengroq bo‘lib, “biror
faoliyatni bajarishdagi, boshqarishdagi o‘ziga xos yo‘l” yoki “biror narsa yoki
hodisa uchun xos bo‘lgan xususiyatlar” kabi ma‘nolari ham mavjud.
Tilshunoslikda “uslub” atamasi zamirida tilning alohida ma’no anglatish va
ifodalash maqsadlariga xizmat qiluvchi fonetik, leksik, sintaktik va frazeologik
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
41
vositalari tushuniladi. Tilshunoslikning tildan foydalanish usullarini o‘rganuvchi
tarmog‘i stilistika, ya’ni uslubiyat deb yuritiladi. Demak, uslubiyat tilshunoslik
fanining alohida sathi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisalaridan maqsadga, sharoitga
va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Yuqoridagi
fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkin: “uslubiyat” atamasi tilshunoslikda
ikki ma’noda qo‘llaniladi. U, avvalo, til vositalaridan nutqda o‘rinli va maqsadga
muvofiq ravishda foydalanishni anglatadi. Ayni zamonda til vositalarini nutqda
tanlab ishlatish qonun-qoidalarini o‘rganadigan fanning nomini ham bildiradi
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishda quyidagi asosiy nutq
uslublariga e’tibor qaratish muhim:
1. Ilmiy uslub
Ilmiy uslub yordamida o‘quvchilar ilmiy tushunchalarni aniqlik bilan
ifodalashni, fikrni mantiqiy izchillikda bayon qilishni o‘rganadilar. Bu uslub
referat, prezentatsiya va maqola yozish orqali mashq qilinadi. Ilmiy uslub tanqidiy
fikrlashni rivojlantiradi.
2. Badiiy uslub
Adabiyot darslari davomida o‘quvchilar badiiy matnlar bilan tanishadilar.
Badiiy uslub orqali obrazli ifodalar, metafora, tashbeh, epitet kabi badiiy
vositalarni o‘rganib, o‘z nutqlarida ularni qo‘llashga harakat qiladilar. Bu uslub
ijodiy fikrlash va estetik didni rivojlantiradi.
3. Rasmiy uslub
Rasmiy nutq uslubi orqali o‘quvchilar ariza, bayonot, e’lon, xat yozish
ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar. Bu uslub rasmiy muloqot qoidalarini tushunish va
ularga amal qilishni o‘rgatadi.
4. Og‘zaki uslub
Og‘zaki nutq uslubi kundalik muloqotda qo‘llaniladi. Mashg‘ulotlarda bahs-
munozara, suhbat va rolli o‘yinlar orqali bu uslubni rivojlantirish mumkin.
"4 x4" metodi
1
D.N. Yuldasheva. “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi”. – Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti,
2021. – 424 b. 355-bet.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
42
4 ta guruh
4 tadan ishtirokchi
4 ta mavzu
4 daqiqa vaqt
O‘quvchilarga o‘tilgan 4ta mavzuni bo‘lib berasiz. Shu mavzu asosida
reklama tayyorlashadi. Mavzuni reklama qilishadi.
Qaysi guruhning reklama mavzusi yutsa, o‘sha guruh darsni olib boradi.
Mavzuni tushuntirishadi.
Ba’zan darslarni noodatiy uslubda tashkil etish samaral bo‘ladi.
O‘quvchilarda liderlikni, mustaqillikni rivojlantirish uchun binar mashg‘ulotlarini
tashkillashtirish samaralidir. Pedagogika sohasiga qiziqadigan o‘quvchilar uchun
esa ayni muddao. Qolaversa, nutqiy qobiliyat, omma oldida o‘zini tutish
shakllanadi. Jamoaviy ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi.
Nutq madaniyati – insoniyat umummadaniyatining bir qismi bo‘lgan ijtimoiy
hodisa. Nutq jarayonida yuksak axloqiy me’yorlarga rioya qilish, ta’sirchan,
chiroyli va o‘rinli so‘zlash, tinglash madaniyati, suhbat madaniyati, bahs-
munozara madaniyati, tildan nutqda e’tibor va ehtiyotkorlik bilan foydalanish
shoirona so‘zlar bilan aytganda “har bir so‘zni yor tanlagandek” saylab ishlatish
nutq madaniyatining asosini tashkil etadi. Uslubiyat bilan nutq madaniyati aynan
bir narsa emas, ular bir-birini taqozo etuvchi, bir-birini to‘ldirib, yuksaltirib
boradigan alohida-alohida hodisalardir
“Zakovatli zukko” metodi.
Mavjud bilimlarni puxta o‘zlashtirishda
o‘quvchlarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim
ahamiyatga ega. “Zakovatli zukko” metodi o‘quvchlarda tezkor fikrlash
ko‘nikmalarini shaklalantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini
aniqlashga yordam beradi. Metod o‘z bilimlarini sinab ko‘rish istagida bo‘lgan
2
D.N. Yuldasheva. “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi”. – Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti,
2021. – 424 b. 355-bet.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
43
o‘quvchlar uchun qulay imkoniyat yaratadi.
O‘quvchilarga ilmiy, badiiy, publissistik, rasmiy va so‘zlashuv uslubiga oid
matnlar beriladi va ularni tezkorlik bilan qaysi uslubga tegishli ekanligini aytishlari
lozim bo‘ladi.
“Transformatsiya” (o‘zgartirish) metodi
Metod mazmuni:
Ushbu metodda o‘quvchilarga biror matn ma’lum nutq uslubida beriladi va
ular uni boshqa nutq uslubiga o‘zgartirish vazifasini bajaradilar. Bu metod
o‘quvchilarni har bir uslubga xos til vositalarini ongli tanlashga, nutq funksiyasini
tushunishga va ijodiy fikrlashga o‘rgatadi.
Metodni qo‘llash tartibi:
1. O‘quvchilarga matn beriladi (masalan, badiiy uslubda yozilgan hikoya).
2. Topshiriq beriladi: “Ushbu matnni ilmiy (yoki rasmiy, publitsistik) uslubga
moslab qayta yozing.”
3. O‘quvchi quyidagi elementlarga e’tibor beradi:
Leksik vositalar (so‘z tanlovi),
Gap tuzilishi (oddiy/murakkab, qisqa/uzoq),
Emotsionallik darajasi, uslubga xos iboralar (terminlar, rasmiy ifodalar,
tasviriy vositalar).
Amaliy misol: publisistik matn:
“O‘rmon jimjit edi. Barglar shivirladi. Quyon mo‘ralab atrofga qaradi va bir
sapchib g‘oyib bo‘ldi.”
Transformatsiya (badiiy uslub):
“O‘rmon hududida atrof tabiiy sukunat bilan ajralib turadi. Daraxt
barglarining harakati fonida hayvonlarning tezkor reaktsiyasi kuzatiladi, masalan,
quyonning xavfga javoban o‘rni o‘zgarishi.”
Afzalliklari:
Har bir uslubga xos til va uslubiy vositalarni ongli o‘zlashtirish imkonini
beradi.
O‘quvchi uslublararo farqni chuqur tahlil qiladi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
44
Nutqni kontekstga moslashtirish malakasi rivojlanadi.
So‘z boyligi ortadi, nutq moslashuvchan bo‘ladi.
Xulosa
Turli nutq uslublarini tizimli o‘rgatish o‘quvchilarning so‘z boyligini
oshiradi, fikrni aniq ifoda etish, muloqotda erkin bo‘lish va ijodkorlik qobiliyatini
rivojlantiradi. O‘qituvchilar tomonidan nutq uslublariga doir interaktiv metodlar
qo‘llansa, o‘quvchilarda nutq madaniyati mustahkam shakllanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
G‘ulomov A., Qodirov M., Ernazarova M., va boshq. Ona tili
o‘qitish metodikasi. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012, 380 bet.
2.
D.N. Yuldasheva. “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi”. –
Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2021. – 424 b.
3.
B.To‘xliyev, M. Shamsiyeva, T. Ziyodova.O‘zbek tili o‘qitish
metodikasi. O‘quv qo‘llanma. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, T.: 2006. 192 b.
4.
Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi. Nasaf.
2000. 3. Tolip ov O‘. Q., Usmanboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya
va amaliyot. - Toshkent: “Fan”. 2005.