Mualliflar

  • Ziroat Saliyeva Zokirovna

Muallif biografiyasi

  • Ziroat Saliyeva Zokirovna

    Samarqand davlat chet tillar institute Mustaqil izlanuvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123142

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar:yozuv kompetensiyasi grammatik aniqlik diskursiv ko‘nikmalar sotsiolingvistik moslashuv tanqidiy fikrlash akademik yozuv tahrir strategiyalari ta’limda texnologiyalar roli.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqola yozuv kompetensiyasining mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, u akademik, kasbiy va ijtimoiy sohalarda asosiy ko‘nikma sifatida o‘rganilgan. Muallif yozuv kompetensiyasini grammatik aniqlik, leksik boylik, diskursiv va sotsiolingvistik ko‘nikmalar, shuningdek strategik fikrlashni o‘z ichiga olgan ko‘p komponentli tushuncha sifatida tahlil qiladi. Til qoidalarini bilish bilan birga matnni mantiqiy tuzish, auditoriyaga mos uslub tanlash va ma’lumotlarni tanqidiy baholay olish qobiliyatlari orasidagi bog‘liqlik ta’kidlanadi. Flower & Hayes, Hyland va Kellogg kabi tadqiqotchilarning ishlariga tayanib, maqolada yozuv kompetensiyasi nafaqat til qoidalarini bilishni, balki kognitiv va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishni talab etishi ko‘rsatilgan. O‘qituvchilarning ushbu kompetensiyalarni shakllantirishdagi roli, shuningdek zamonaviy texnologiyalarning yozuvni o‘rgatish jarayoniga ta’siri alohida e’tiborga olingan. Maqola pedagoglar, tilshunoslar va yozuv kompetensiyalarini riivojlantirish metodikasi bilan qiziqadiganlar uchun foydali bo‘ladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

425

YOZUV KOMPETENTSIYASINING MOHIYATI VA AHAMIYATI

Ziroat Saliyeva Zokirovna

Samarqand davlat chet tillar institute Mustaqil izlanuvchi

+998933455555

e-mail: ziroat.salieva@gmail.com

Samarqand,Uzbekistan

Annotatsiya. Ushbu maqola yozuv kompetensiyasining mohiyati va

ahamiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, u akademik, kasbiy va ijtimoiy sohalarda asosiy

ko‘nikma sifatida o‘rganilgan. Muallif yozuv kompetensiyasini grammatik aniqlik,

leksik boylik, diskursiv va sotsiolingvistik ko‘nikmalar, shuningdek strategik

fikrlashni o‘z ichiga olgan ko‘p komponentli tushuncha sifatida tahlil qiladi. Til

qoidalarini bilish bilan birga matnni mantiqiy tuzish, auditoriyaga mos uslub

tanlash va ma’lumotlarni tanqidiy baholay olish qobiliyatlari orasidagi bog‘liqlik

ta’kidlanadi. Flower & Hayes, Hyland va Kellogg kabi tadqiqotchilarning

ishlariga tayanib, maqolada yozuv kompetensiyasi nafaqat til qoidalarini bilishni,

balki kognitiv va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishni talab etishi

ko‘rsatilgan. O‘qituvchilarning ushbu kompetensiyalarni shakllantirishdagi roli,

shuningdek zamonaviy texnologiyalarning yozuvni o‘rgatish jarayoniga ta’siri

alohida e’tiborga olingan. Maqola pedagoglar, tilshunoslar va yozuv

kompetensiyalarini riivojlantirish metodikasi bilan qiziqadiganlar uchun foydali

bo‘ladi.

Kalit so‘zlar:yozuv kompetensiyasi, grammatik aniqlik, diskursiv

ko‘nikmalar sotsiolingvistik moslashuv,tanqidiy fikrlash, akademik yozuv, tahrir

strategiyalari, ta’limda texnologiyalar roli.

Yozuv kompetensiyasi – bu shaxsning yozma matnlarni yaratish, tahrirlash

va baholash qobiliyatidir. Turli olimlar yozuv kompetensiyasiga turlicha ta’rif


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

426

berishadi. Masalan, Flower & Hayes yozuvni kognitiv jarayon sifatida ta’riflashsa,

Hyland yozuvni ijtimoiy amaliyot sifatida ko'radi. Ushbu tadqiqotda yozuv

kompetensiyasi shaxsning o‘z fikrlarini aniq, mantiqiy va grammatik jihatdan

to‘g‘ri ifodalash, turli janrlarda matn yarata olish va auditoriyani hisobga olgan

holda yozish qobiliyati sifatida tushuniladi [6,91].

Yozuv kompetensiyasi, shunchaki grammatik to‘g‘rilikka asoslangan

qobiliyat emas, balki yozma matnning sifatini belgilovchi bir nechta muhim

tarkibiy qismlardan iborat murakkab tushunchadir. Ushbu komponentlar

talabalarning yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega va

ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish ta’lim jarayonini yanada samarali qiladi.

Shunday qilib, til bilimi yozuv mahorati uchun zaruriy shart ekanligi

haqiqat. Gap tuzilishi, so'z boyligi va sintaktik qoidalarga rioya qilish yozuvning

poydevorini tashkil etadi. Grammatik to'g'rilik, so'zlarning ma'nosini teran anglash

va ularni gapda o'rinli qo'llash, shuningdek, sintaktik xatolardan xoli bo'lish

matnning tushunarli va ta'sirchan bo'lishini ta'minlaydi. Ilmiy dalillar ham shuni

ko'rsatadiki, til qoidalariga rioya qilmaslik o'qish jarayonini qiyinlashtiradi va

muallifga bo'lgan ishonchni kamaytiradi.

Lekin, til bilimidan tashqari, talaba bir qator boshqa muhim ko‘nikmalarga

ham ega bo‘lishi kerak. Yozayotgan mavzuni chuqur tushunish, tanqidiy fikrlash

orqali ma’lumotlarni baholash, auditoriyani aniqlash va ularga mos matn yaratish,

fikrlarni mantiqiy tartibda joylashtirish, maqsadga muvofiq uslub va ohang tanlash,

hamda tahrir va korrektura qilish kabi ko‘nikmalar o‘rganuvchi uchun juda

muhimdir.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, til bilimi yozuv kompetensiyasining

muhim asosi bo‘lishiga qaramay, u yakuniy maqsad emas. Yaxshi yozuvchi bo‘lish

uchun til bilimini boshqa muhim ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish

zarur.Diskursiv kompetensiya fikrni mantiqiy tuzish, abzatslar o‘rtasida

bog‘liqlikni ta’minlash va matnni yaxlit holda yaratish qobiliyatidir. Yaxshi tashkil

etilgan matn talabaga fikrlarni osongina tushunishga yordam beradi va matnning


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

427

mazmunli bo‘lishini ta’minlaydi. Tadqiqotlar diskursiv kompetensiya yuqori

bo‘lgan talabalarning yozma ishlarida mantiqiy bog‘liqlik va izchillik ko‘proq

bo‘lishini ko‘rsatadi.

Sotsiolingvistik kompetensiya, yozuvchi sifatida bizning maqsadimizga,

mo‘ljallangan auditoriyamizga va umumiy vaziyatga eng mos uslubni tanlash

qobiliyatimizni ifodalaydi. Bu esa, yaratilgan yozuvning o‘z maqsadiga muvofiq

va samarali bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shuni anglash lozimki,

turli auditoriyalar turli xil uslub va til talab qiladi. Misol uchun, ilmiy maqola

yuqori darajadagi rasmiy uslubda yozilishi lozim bo‘lsa, blog post erkin va

norasmiy uslubda yaratilishi mumkin. Bu qobiliyatning ahamiyati shundaki, u

yozuvimizning ta’sirini sezilarli darajada kuchaytirishga yordam beradi.

Tadqiqotlar

ham

sotsiolingvistik

kompetensiyaning

yozuvning

ta'sirini

kuchaytirishda muhim rol o'ynashini tasdiqlaydi. Demak, yozuvchi sifatida uslub

tanlashda e’tiborli bo‘lish, auditoriya bilan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish va o‘z

maqsadimizga erishish uchun muhim qadamdir.

Strategik kompetensiya yozuv jarayonida duch keladigan qiyinchiliklarni

bartaraf etish uchun turli strategiyalardan (masalan, lug‘atdan foydalanish, matnni

qayta ko‘rib chiqish) foydalanish qobiliyatidir. Bu yozuvning sifatini yaxshilashga

yordam beradi. Yozuv - bu takroriy jarayon bo‘lib, matnni qayta ko‘rib chiqish va

takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlar strategik kompetensiya

yuqori bo‘lgan talabalarning yozma ishlarida kamchiliklar kamroq bo‘lishini

ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, til bilimlari, diskursiv kompetensiya, sotsiolingvistik

kompetensiya va strategik kompetensiya yozuv kompetensiyasining asosini tashkil

etadi. Ushbu to‘rtta kompetensiyani rivojlantirish talabalarning yozuv

qobiliyatlarini oshirish va ularni yanada samarali kommunikatorlarga aylantirishga

yordam beradi. Kelajakdagi tadqiqotlar ushbu kompetensiyalarni rivojlantirishning

eng samarali usullarini aniqlashga qaratilishi kerak.

Yozuv kompetensiyasi bir qator muhim tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

428

Avvalo, grammatik to‘g‘rilik, ya’ni matnda grammatik qoidalarga rioya qilish,

xatolardan holi bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Bu shunchaki qoidalarni bilish

emas, balki ularni amalda qo‘llay olishni ham nazarda tutadi. Grammatik jihatdan

to‘g‘ri yozuv, fikrning aniq va tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga,

turli mavzularda matn yaratish uchun yetarli so‘z boyligiga ega bo‘lish, ya’ni lug‘at

boyligi ham muhim ahamiyatga ega. Lug‘at boyligi faqatgina so‘zlarni bilish emas,

balki ularni to‘g‘ri kontekstda ishlatishni ham o‘z ichiga oladi. So‘z boyligi

qanchalik keng bo‘lsa, yozuv shunchalik rang-barang va ta’sirchan bo‘ladi.

Bundan tashqari, matn tuzilishi, ya’ni matnni mantiqiy ketma-ketlikda

tuzish, kirish, asosiy qism va xulosa kabi elementlardan to‘g‘ri foydalanish ham

yozuv kompetensiyasining ajralmas qismidir. Matn tuzilishi fikrlarni aniq va

tushunarli tarzda ifodalashga yordam beradi. Qolaversa, turli janrlarda (insho, xat,

hisobot, taqriz va boshqalar) matn yarata olish, ya’ni janrlar bo‘yicha

kompetensiya ham muhimdir. Har bir janr o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib,

talabalar ushbu xususiyatlarni bilishi va ularga moslasha olishi kerak.

Yuqorida sanab o‘tilganlarga qo‘shimcha ravishda, mantiqiy fikrlash, ya’ni

fikrlarni aniq va ishonarli tarzda ifodalash, dalillar keltirish va xulosalar chiqarish

yozuvning sifatini oshiradi. Mantiqiy fikrlash yozuvni yanada ishonchli va

ta’sirchan qiladi. Va nihoyat, tanqidiy fikrlash, ya’ni matnni tahlil qilish, baholash

va o‘z fikrini bildirish ham yozuv kompetensiyasining muhim elementidir.

Tanqidiy fikrlash talabalarga mustaqil fikrlash va o‘z pozitsiyasini himoya qilish

imkoniyatini beradi. Shunday qilib, yozuv kompetensiyasi bir-biri bilan

chambarchas bog‘liq bo‘lgan ko‘nikmalar majmuasini o‘z ichiga oladi.

Yozuv kompetensiyasi shaxsning akademik, kasbiy va ijtimoiy hayotida

muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yozuv kompetensiyasi yuqori

bo‘lgan talabalar o‘qishda yaxshiroq natijalarga erishadilar, ish joyida

muvaffaqiyatli bo‘ladilar va jamiyatda faol ishtirok etadilar. Shuning uchun, yozuv

kompetensiyasini rivojlantirish ta’limning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Yozuv kompetentsiyasi, bugungi kunda global miqyosda keng tarqalgan


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

429

axborot almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar, biznes aloqalari va madaniy o‘zaro

ta’sirning muhim tarkibiy qismiga aylandi. Yozuv kompetentsiyasining mohiyati

va ahamiyatini tushunish, uni rivojlantirish bo‘yicha samarali strategiyalarni ishlab

chiqish uchun zarurdir.

Flower & Hayes fikriga ko‘ra, yozuv kompetentsiyasi deganda, shaxsning

fikrlarini aniq, ravon va grammatik jihatdan to‘g‘ri tarzda yozma shaklda ifodalash

qobiliyati tushuniladi [4,125]. Kellogg esa, bu nafaqat so‘zlarni to‘g‘ri yozish va

grammatik qoidalarga rioya qilishni, balki fikrni mantiqiy tuzish, turli

auditoriyalarga moslashish va maqsadga muvofiq uslubni tanlashni ham o‘z ichiga

oladi deb ta’kidlaydi [6,74]. Yozuv kompetentsiyasi, shuningdek, mavzuni chuqur

anglash, tanqidiy fikrlash va axborotni tahlil qilish qobiliyatini ham talab etadi

[7,183].

Yozuv kompetentsiyasining ahamiyati ko‘plab sohalarda namoyon bo‘ladi.

Akademik sohada talabalar o‘z bilimlarini namoyish etish, ilmiy ishlar yozish va

tadqiqot natijalarini taqdim etish uchun yozuv kompetentsiyasiga muhtojdirlar

[5,64]. Professional sohada, xodimlar hisobotlar, elektron pochta xabarlari,

taqdimotlar va boshqa hujjatlarni yozish orqali o‘z ishlarini samarali olib boradilar

[1,10]. Shaxsiy hayotda esa, yozuv kompetentsiyasi o‘z fikrlarini aniq ifodalash,

boshqalar bilan muloqot qilish va o‘zini ifoda etish uchun muhimdir [2,55].

Yozuv kompetentsiyasini rivojlantirish murakkab va ko‘p bosqichli

jarayondir. Bu jarayon, grammatika va leksika kabi til ko‘nikmalarini

o‘zlashtirishdan tashqari, yozuv jarayonini rejalashtirish, loyihalashtirish, yozish,

tahrir qilish va qayta ko‘rib chiqish kabi kognitiv kompetensiyalarni ham o‘z ichiga

oladi.

Elbow

fikriga

ko‘ra,

yozuv kompetentsiyasini

rivojlantirishda

o‘qituvchilarning roli muhimdir. O‘qituvchilar talabalarga yozuv jarayonini

boshqarish, turli yozuv uslublarini o‘rganish va o‘z yozuvlarini tanqidiy

baholashga yordam berishlari kerak [3,156].

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy texnologiyalar yozuv kompetentsiyasini


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

430

rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Kompyuterlar, internet va boshqa raqamli

vositalar o‘quvchilarga axborot manbalariga keng kirish imkoniyatini taqdim etadi,

yozuvlarini samarali tahrir qilishga yordam beradi va boshqalar bilan hamkorlik

qilishni osonlashtiradi. Ushbu texnologik rivojlanishlar nafaqat yozuv jarayonini

soddalashtiradi, balki yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun interaktiv va

resurslarga boy muhitni shakllantiradi. Shunday qilib, yozuv kompetentsiyasi

shaxsning muvaffaqiyati va jamiyatning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga

ega. Uni rivojlantirish, ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Beaufort, Anne. College Writing and Beyond: A New Framework for

University Writing Instruction. Utah State University Press, 2000.

2.

Brandt, D. (2001). Literacy in American lives. Cambridge University Press.

3.

Elbow, Peter. Writing Without Teachers. Oxford University Press, 1973.

4.

Hayes, John R., and Linda S. Flower. “Identifying the Organization of

Writing Processes.” Cognitive Processes in Writing, edited by L. W. Gregg

and E. R. Steinberg, Lawrence Erlbaum Associates, 1980, pp. 3-30.

5.

Hyland, Ken. Second Language Writing. Cambridge University Press,

2003.

6.

Kellogg, Ronald T. The Psychology of Writing. Oxford University Press,

1994.

7.

Scardamalia, Marlene, and Carl Bereiter. “The Development of Strategies

in Writing.” Comprehending Oral and Written Language, edited by

Rosalind Horowitz and S. Jay Samuels, Academic Press, 1987, pp. 183-210.

8.

Warschauer, Mark, and Richard Kern. Network-Based Language Teaching:

Concepts and Practice. Cambridge University Press, 2000

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари