Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
389
O'ZBEKISTON EKSPORT SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Toshpo’latova Mohichehra Yuldosh qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari
fakulteti Iqtisodiyot mutaxassisligi 1-kurs magistr
Ilmiy rahbar: Tuyg’unoy Mamadjanova
Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining ustuvor
yo'nalishlaridan biri, eksport salohiyatini rivojlantirish va samaradorligini
oshirishdan iborat. Mamlakatning geografik joylashuvi, tabiiy resurslarga boyligi
va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari eksportni rag'batlantirish uchun katta imkoniyatlar
yaratadi. Shu bilan birga, xomashyo eksportiga qaramlik, ishlab chiqarishning past
diversifikatsiyasi va xalqaro bozorlarga chiqishda infratuzilma cheklovlari eksport
samaradorligini cheklab kelmoqda.
A.Ilyasov o’zining “Raqamli iqtisodiyotda sanoat mahsulotlarini eksport
qilishdagi ayrim muammolar” nomli maqolasida ”"UzAuto Motors" kompaniyasi
General Motors bilan hamkorlik qilib, yillar davomida avtomobillar ishlab chiqarib
kelmoqda. So'nggi yillarda Xitoyning MG (Morris Garages) va Volkswagen kabi
brendlari bilan hamkorlik o'rnatildi. 2023-yilda elektromobillarni ishlab chiqarish
yo'lga qo'yildi. Bu esa o'z navbatida avtomobil sanoati uchun ehtiyot qismlar ishlab
chiqarish mahalliylashtirilib, qo'shilgan qiymat ulushi oshirildi”
- deya fikr
bildiradi.
Eksportni rag‘batlantirish agentligi huzurida Eksportni qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi tashkil etilmoqda, uning hisobidan tijorat banklariga eksport bilan
bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish
maqsadida moliyaviy resurslarni ajratish mexanizmi joriy etiladi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi “Bozor islohotlarini yanada
jadallashtirish va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo
1
I
lyosov, А. (2020). Some problems in digital production and export of industrial products in the digital
economy// Economics and finance. 2020. №3. 175
-182 p. ISSN 2010-9997
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
390
tashkiloti
bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF-85-son Farmoni
hamda 2024-yil 15-maydagi “Uchinchi
Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining
navbatdagi yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-179-son qarori
ijrosini ta’minlash, shuningdek,
eksportni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini Jahon savdo tashkilotining
bitimlariga
muvofiqlashtirish
maqsadida,
eksportni
qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasining resurs bazasini shakllantirish va faoliyatini boshlash uchun
O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 100 mln AQSh dollari
miqdorida mablag‘ ajratildi
Masalan, ko’proq mahsulotni dunyo bozorlariga eksport qilishda transport
xarajatlari mahsulot qiymatining katta hajmini tashkil etishi mumkin, bu esa
O'zbekiston mahsulotlarini xorijiy bozorlarga chiqishida qiyinchilik tug'diradi.
Aytib o’tishimiz kerakki, davlat tomonidan ssudalar berish va biznes rejalarni
amalga oshirish eksportchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi shu bilan
birgalikda dunyo bozorlariga chiqishga o’z hissasini qo'shadi.
1-jadval. O’zbekiston Respublikasining 2022-2024-yillardagi yirik hamkor
davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi
T\r
Davlatlar
2022-y
2023-y
2024-y
1.
XXR
8333,5
12231,4
11255,0
eksport
2514,6
2274,3
1913,0
import
5818,9
9957,0
9342,0
2.
Rossiya
8424,0
8867,0
10681
eksport
2865,9
3006,5
3410,5
import
5558,1
5860,5
7271,0
3.
Qozog’iston
4202,5
4005,4
3854,7
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024
-yil 3-iyundagi
PF-85-son farmoni
3
2024-yil 15-maydagi PQ-179-sonli qarori
4
Statistika agentligi ma’lumotlari
5
Statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
391
eksport
1281,8
1286,6
1308,9
import
2920,8
2718,8
2545,7
4.
Turkiya
3065,5
2839,1
2635,2
eksport
1516,0
1175,6
1023,4
import
1549,5
1663,6
1611,8
1-jadvaldan ko’rinib turibdiki, O'zbekiston eksportining samaradorligini
oshirish mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun muhim omillardan
biri hisoblanadi. Mamlakatning iqtisodiy o'sishini ta'minlash, yangi ish o'rinlari
yaratish, valyuta tushumlarini oshirish va tashqi savdoni rivojlantirishda
eksportning rolini oshirish zarur. Shu bilan birga, keyingi tadqiqotlar ushbu
strategiyalarni amalga oshirishning amaliy samarasini baholash, iqtisodiy ta'sirini
o'rganish va kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yangi muammolarni hal
etish uchun yangi yechimlar ishlab chiqishni taqozo etadi.
2-jadval. 2026-2030-yillarda Surxondaryo viloyati eksport hajmi bo’yicha
prognoz va ishonch intervallari
Yillar
Ko‘rsatgi
ch
haqiqiy
qiymatlar
i
Ko‘rsatgi
ch
nazariy
qiymatlar
i
Standart
xato
95%
ishonch
intervali
quyi
chegaras
i
95%
ishonch
intervali
yuqori
chegaras
i
2026
-
27131.1
931.872
25304.6
28957.5
2027
-
29261.3
999.610
27302.1
31220.5
2028
-
31424.1
1002.21
29459.8
33388.4
2029
-
34808.6
1082.60
32686.8
36930.5
6
Arima modeli
ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
392
2030
-
39524.1
1215.76
37141.2
41906.9
O'zbekistonning eksport salohiyatini oshirish, uning iqtisodiyotini yanada
mustahkamlash va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish uchun zaruriy
strategik chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak. Eksportning samaradorligini
oshirish uchun mamlakatning eksport tarkibini diversifikatsiya qilish, yangi
bozorlarni izlash, modernizatsiya va innovatsiyalarni joriy etish, shuningdek,
xalqaro talablar va standartlarga moslashish muhim ahamiyat kasb etadi.
K.Kurpayanidi o’zining “O’zbekistonda raqobatbardosh milliy innovatsion
tizimni shakllantirish masalalari”
nomli maqolasida O'zbekistonning eksportini
rivojlantirish va uning global bozorlaridagi o'rnini mustahkamlash uchun quyidagi
qo'shimcha tavsiyalarni berib o’tadi:
- Yangi sanoat tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilish:
- Kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash
- Raqamli platformalarni rivojlantirish
- Innovatsion texnologiyalarni joriy etish,
- Yangi bozorlarni izlash va diplomatik tashabbuslarni kuchaytirish.
Eksportni qo'llab-quvvatlash uchun davlat dasturlarini ishlab chiqish,
mamlakatning eksport strategiyasiga asoslanib, ilg'or tajribalardan foydalanish va
davlat tomonidan eksportchilarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash tizimini
kuchaytirish lozim.
Xulosa
O'zbekistonning eksport salohiyatini oshirish uchun integratsiyalashgan
yondashuvni amalga oshirish zarur. K.Kurpayanidining yuqoridagi tavsiyalarini
hayotga tatbiq etish orqali O'zbekiston o'z iqtisodiy salohiyatini yanada
kuchaytirishi, xalqaro bozorlarida o'z o'rnini mustahkamlashi va global savdoda o'z
7
Kurpayanidi, K. et al. (2020). The issue of a competitive national innovative system formation in Uzbekistan. E3S
Web of Conferences.
–
EDP Sciences, 2020.
–
Т. 159. –
С. 04024. DOI:
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202015904024
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
393
o'rnini kengaytirishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ilyosov, А. (2020). Some problems in digital production and export
of industrial products in the digital economy// Economics and finance. 2020. №3.
175-182 p. ISSN 2010-9997
2. Kurpayanidi, K. I., & Ilyosov, A. A. (2020). Problems of the use of digital
technologies in industry in the context of increasing the export potential of the
country. ISJ Theoretical & Applied Science, 10 (90), 113-117. Doi:
https://dx.doi.org/10.15863/TAS
3. Kurpayanidi, K. et al. (2020). The issue of a competitive national
innovative system formation in Uzbekistan. E3S Web of Conferences. – EDP
Sciences,
2020.
–
Т.
159.
–
С.
04024.
DOI:
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202015904024
4. Kurpayanidi, K., Ilyosov, A. (2020) Problems of the use of digital
technologies in industry in the context of increasing the export potential of the
country// International Scientific Journal Theoretical & Applied Science. p. 113-
117.