Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
105
DAVLAT FUNKSIYASI TUSHUNCHASI VA UNI TASNIFLASHDA
FRENSIS FUKUYAMA YONDASHUVINING AHAMIYATI
Nuraliyev Tolibjon Ne’mat o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti
Davlat boshqaruvi huquqi magistranti
Annotatsiya.
Davlat funksiyalarini tasniflash orqali uning faoliyat
yo‘nalishi, davlatning maqsad va vazifalari qay sohaga yo‘nalganligini
aniqlashimiz mumkin. Davlat funksiyalarini tasniflash masalasida aniq bir
mezonlar shu kungacha ishlab chiqilmagan. Bu davlatning tadrijiy rivojlanishi
bilan bog‘liq bo‘lib, taraqqiyotning u yoki bu bosqichida davlatning funksiyalariga
e’tibor ortib ayrim funksiyalariga esa kamayib boradi. Bugungi kunda globallashuv
natijasida davlat funksiyalariga ham yangicha qarashlar bilan yondashish zarurati
paydo bo‘lmoqda. Professor Frensis Fukuyama qarashlari orqali bugungi kunda
davlat funksiyalarini tasniflashda zamonaviy yondashuvlarga asoslanish
tendensiyalarini tahlil qilish imkoniyatiga ega bo
‘
lamiz.
Kalit so‘zlar.
Davlat qurilishi, globallashuv, integratsiyalashuv, ekologik
inqiroz, ijtimoiy funksiyalar, diplomatik jozibadorlik, axborot asri, jamiyat, shaxs,
minimal funksiyalar, faol funksiyalar, o‘rtacha funksiyalar
.
Аннотация.
Классифицируя функции государства, мы можем
определить направление его деятельности, на какую сферу направлены цели
и задачи государства. Конкретные критерии в вопросе классификации
функций государства до сих пор не разработаны. Это связано с историческим
развитием государства, когда на той или иной
стадии развития внимание к
функциям государства возрастает, а к отдельным функциям
-
уменьшается.
Сегодня в результате глобализации возникает необходимость подойти и к
функциям государства с новыми взглядами. Благодаря видению профессора
Фрэнсиса Фукуямы мы
сможем проанализировать тенденции, лежащие в
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
106
основе современных подходов к классификации государственных функций
сегодня.
Ключевые слова.
Государственное строительство, глобализация,
интеграция, экологический кризис, социальные функции, дипломатическая
привлекательность,
информационный
век,
общество,
личность,
минимальные функции, активные функции, средние функции.
Annotation.
By classifying the functions of the state, we can determine the
direction of its activity, what area the goals and objectives of the state are oriented.
When it comes to classifying state functions, no specific criteria have been
developed to this day. This is due to the evolutionary development of the state, and
at one stage or another of the development, attention to the functions of the state
increases, while it decreases to certain functions. Today, as a result of
globalization, there is also a need to approach state functions with new
perspectives. Through the views of Professor Francis Fukuyama, today we will
have the opportunity to analyze trends in building on modern approaches to the
classification of state functions.
Keywords.
Nation-building, globalization, integration, environmental
crisis, social functions, diplomatic appeal, Information Age, society, identity,
minimal functions, active functions, intermediate functions.
Kirish
Davlat funksiyasi bu davlatning rivojlantirishning asosiy faoliyat
y
o‘nalishlari bo‘lib, davlatning jamiyatni boshqarishdagigi faoliyatlarining bosh
yo‘nalishlari qamrab olishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar va jarayonlarga
davlat ta’sirining maxsus mexanizmi hisoblanadi. Davlat funksiyalari davlatning
xususiyatlari, un
ing turi va shakllari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan faoliyat
hisoblanadi.
Davlat funksiyalari sifatida davlat o‘ziga yuklatilgan vazifalarni hal qilishga
qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi. Sababi davlat fuqarolarning huquq va
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
107
erkinliklarini ta’minlash va davlatning manfaatlarini amalga oshirish yuzasidan bir
qator faoliyatlarni ishlab chiqadi. Davlat funksiyasi sifatida uni oldida turgan u
yoki bu tarixiy bosqichda bajarilishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Bunga misol
tariqasida mamlakatimizning agra
r davlatdan indistrual davlatga o‘tish bosqichida
olib borilayotgan faoliyatini yoki, huquqiy davlatni shakllantirish yuzasidan
amalga oshirayotgan harakatlarini,
huquqiy tartibotni ta’minlash yuzasidan amalga
oshirayotgan faoliyatlarini davlat funksiyalari sifatida keltirishimiz mumkin.
Yanada soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak, davlat funksiyalariga davlat
tomonidan
olib borilayotgan islohotlarni, jamiyat munosabatlarini huquqiy tartibga solish
yuzasidan olib borayotgan ishlarni davlat funksiyalariga kiritishimiz mumkin.
Har bir davlatning xususiyatidan kelib chiquvchi faoliyat olib borayotgan
funksiyalarda jamiyatning mavjudligining tabiiy shart-
sharoitlarini qo‘llab
-
quvvatlashga doir barcha yo‘nalishlari kiradi. Davlat funksiyalari nima ekanligi,
qanday munosabatlar jarayonida namoyon bo‘lishini, davlat funksiyalarini davlat
vazifalaridan farqlari yoki ularning umumiyligini davlat funksiyalarining
xususiyatlari orqali tushunib olishimiz mumkin. Chunki aynan xususiyat muayyan
narsalarning o‘zaro ta’siri va munosabatlari jarayonida o‘zini namoyon etadi.
Xususiyat barcha narsalarga tegishli bo‘lib, o‘ziga xos va umumiy, asosiy hamda
asosiy bo‘lmagan, zaruriy va tasodifiy, tabiiy va sun’iy va shu kabi xossalarga
ajratiladi. Shu o‘rinda davlat funksiyalarining xususiyatlari orqali biz davlat
funksiyalarini davlat vazifalaridan ajratib olishimiz mumkin. Bu holatda shuni
qayd etishimiz mumkinki, funksiya va vazifalar tushunchasi bir-biridan ajralmas
bo‘lib, davlatning vazifalarga mos kelishi davlat funksiyasi kategoriyasining
asosiy belgisini tashkil etishi bejiz emas. Davlat funksiyasining xususiyatlari va
yuridik tabiatiga qaraydigan bo‘lsak funksiyalarni vazifalardan qanday farqlashni
tushunishimiz, ya’ni vazifalar bu muayyan sohada mavjud bo‘lgan muammoni
yechilishini talab qilayotgan masala bo‘lsa, funksiya esa aynan shunday yechimga
yo‘naltirilgan
faoliyat hisoblanadi
.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
108
Davlat funksiyalarini xususiyatlari orqali funksiyalarni boshqa ijtimoiy
kategoriyalardan ajratib olishni yuqorida aytib o‘tganimizdek, davlat funksiyalari
ajratib turuvchi asosiy yo‘nalishlardan iborat. Ular quyidagilarni tashkil qiladi:
Mazmuni-
davlat faoliyati bir xil jihatlarining yig‘indisi;
Miqyosi- funksiyalar davlatni bir butun sifatida qamrab oladi;
Xususiyat- kopleks, majmuaviy;
Maqsadi- insonni ijtimoiy himoyalanganligini va tashqi xavfsizligi kabi
belgilar davlatning boshqa vazifalaridan ajralib turadi
Lyudmila Aleksandrovna Morozova “Теория государства и права”
darsligida davlat funksiyalari xususiyatlari quyidagilardan iboratligini
ta’kidlagan
Davlat va jamiyat hayotining eng muhim sohalaridagi barqaror ijtimoiy
faoliyati;
Davlatning mohiyati va uning ijtimoiyligi o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni
davlat faoliyatida amalga oshirilishini ta’minlash;
Davlat faoliyatining asosiy vazifalarini amalga oshirishga qaratilganligi va
har bir tarixiy bosqichda yuzaga keladigan maqsadlarga erishish;
Davlat funksiyalarini amalga oshirishning maxsus shakllari(huquqiy va
tashkiliy) o‘ziga xos boshqaruv usullaridan foydalanish natijasida yuzaga kelgan
davlatning majburlashi kabi faoliyatlarni davlat funksiyalarining asosiy belgilari
deb hisoblashimiz mumkin.
Demak ushbu fikrlardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, davlat
funksiyalarining xususiyatlari deganda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan
har qandan faoliyatni tushunishimiz mum
kin, ya’ni davlat tomonidan fuqarolarini
huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan qonun va
qarorlar qabul qilish, tashqi siyosatda davlatning o‘z o‘rni va ta’sirini kuchaytirish,
xalqaro doirada davlatlar bilan tashqi munosabatlarni mustahkamlash, rivojlangan
1
В.Я. Любашиц, А.Ю. Мордовцев, А.Ю. Мамычев. Х_ «Теория государства и права» . —
М.: РИОР, 2014
. .
—
154 с.
2
Теория государства и права : учебное пособие / О.А. Колоткина, А.С. Морозова, И.Д. Ягофарова.
—
Москва : ИНФРА
-
М, 2021. —
214 с.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
109
fuqaroviy-huquqiy davlat tashkil qilish kabi ishlarni amalga oshirishga qaratilgan
davlatning yaxlit siyosatini ko‘rsatadi. Ushbu faoliyatlarning barchasi davlatning
muayyan bir maqsadga erishishga qaratilgan faoliyatlari yig‘indisi hisoblanadi.
Shuningdek davlat funksiyalarining xususiyatlari haqida nazariy
adabiyotlarda turli-xil ta
’riflar
bildirgan. Jumaladan davlat funksiyalarining
quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
davlat funksiyalarida mamlakat ichki va xalqaro maydondagi amaliy
faoliyati namoyon bo‘ladi;
davlat funksiyalari uning tarixiy taraqqiyotidagi maqsad va vazifalariga mos
ravishda yuzaga keladi va rivojlanib boradi;
davlat funksiyalarida jamiyat hayotida ro‘y berayotgan ijtimoiy
-iqtisodiy,
siyosiy va ma’naviy sohalardagi o‘zgarishlar va islohotlar aks etadi
Demak ushbu jumlalardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, davlat
funksiyalarida davlatning ichki va tashqi siyosati, xalqaro maydondagi obro‘
-
e’tibori, dunyoda tinchlik
-
osoyishtalikni ta’minlash, turli millat va elatlar
o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdagi faoliyatlarda namoyon bo‘ladi. Davlat
funksiyalarining rivojlanib borishi natijasida jamiyatda adolatli boshqaruvning
vujudga kelishi, shubhasiz, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning
ustuvor
yo‘nalishlarini
takomillashtirish
imk
oniyatini
yaratadi.
Ular
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini
saqlash, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi
tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, uning raqobatbardoshligini
oshi
rish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal
rivojlantirishning
yangi
innovatsion
texnologiyalarining
tatbiq
etish
imkoniyatlarini yaratadi. Ya’ni rivojlanishning ichki qonuniyatlariga ko‘ra, yangi
bosqichga ko
‘tarilish murakkab, ammo takomillashgan shakllari paydo bo‘ladi.
Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk
huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik
3
Сайдуллаев Ш. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Дарслик. –Тошкент: ТДЮУ, 2018.
220
–
б.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
110
biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional
va tarkibiy islohotlarni amalga oshiradi. Natijada mavjud salohiyatdan samarali
foydalanish orqali joylarda mutanosib ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish o‘sish
sur’atlari vuju
dga keladi. Ushbu ijtimoiy-
iqtisodiy o‘sish davlat funksiyalarining
yuridik tabiatida namoyon bo‘ladi. Ya’ni turli
-xil taraqqiyot bosqichlarida
davlatning maqsad va vazifalarida mos ravishda uning funksiyalari rivojlanib
borishida o‘z aksini ko‘rsatadi. Davlat paydo bo‘lganidan buyon uning
rivojlanishida ko‘p davrlar o‘tgan. Shunday ekan, jamiyat taraqqiyotining turli
bosqichlarida davlat funksiyalarining mazmuni va tizimi ham o‘zgarib boravergan.
Masalan, ilk bor davlat kelib chiqqan paytdagi funksiyalarda
n ularning tizimi o‘z
mazmuni va hajmi jihatdan ancha farq qiladi. Bu holat birinchi navbatda jamiyat
rivojlanishining mazkur bosqichdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va
vazifalari bilan bog‘liq. Ushbu nuqtai nazardan qaraganda, davlatning hozirg
i
davrda tan olinayotgan tabiat boyliklari va atrof-muhitni muhofaza qilish
funksiyasi quldorlik davlatida bo‘lmaganligini ko‘ramiz, chunki bunga hali ehtiyoj
ham bo‘lmagan. U paytda insonning hayot kechirishi uchun tabiiy shart
-sharoitlar
yetarli va zarar
siz bo‘lgan. Davlatning umumiy, kelajakka mo‘ljallangan siyosati
va maqsadidan uning muayyan vazifalari kelib chiqadi. Davlatning vazifalari,
uning funksiyalaridan farq qilib, hali bajarilmagan reja, ado etilishi lozim bo‘lgan
topshiriq, ko‘rsatma, navbatd
agi ishlar, tadbirlar hisoblanadi
Davlatning jamiyat va shaxs hayotiga aralashuvi darajasi uning funksiyalari
chegarasini, mazmunini va qolaversa, ularning butun mohiyatini belgilaydi.
Agarda bu aralashuv jamiyat va insonning mazkur bosqichdagi talablari darajasida
bo‘lsa, demak davlat ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatdir. Agar davlat bu
ishlarga ortiqcha aralashsa, iqtisodiy va ijtimoiy erkinlikni chegaralab qo‘ysa,
hayotda salbiy rol o‘ynaydi va totalitarizm sari qadam qo‘ygan bo‘ladi. Shuning
bilan birgalikda jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi vazifalar faqat davlat
faoliyati orqaligana hal etiladi. Misol uchun mamlakatni mudofaa qilish, huquqiy
4
Черноголовкин Н.В. Теория функций социалистического государства. М., 1970
.
–
65 c
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
111
tartibotni o‘rnatish va qo‘riqlash, shu jumladan jinoyatchilikka qarshi kurash
kabilar. Davlat faoliyatining eng muhim sohalarga bo‘linishi, yuqorida
aytganimizdek, uning funksiyalarini keltirib chiqaradi.
Funksiyalar davlat faoliyatining shunchaki to‘plami
emas. Ular davlat
faoliyatining muhim, asosan yirik sohalardagi yo‘nalishlaridan iborat. Masalan,
iqtisodiyot, ijtimoiy hayot yoki mamlakat mudofaa sohalarida davlat olib
borayotgan ishlarni alohida-
alohida asosiy funksiyalar sifatida ko‘rsatish mumkin.
Shunday qilib, davlat funksiyalari uning siyosati, maqsadi, vazifalari va
vakolatlari bilan belgilanadigan ma’lum bosqichdagi, ya’ni muayyan davrdagi
faoliyatning asosiy yo‘nalishlaridir. Mazkur asosiy funksiyalar tarkibiga nisbatan
kichikroq yo‘nalishlar ham bo‘lishi tabiiydir. Masalan, davlatning hozirgi
zamondagi madaniy-
tarbiyaviy funksiyasi tarkibida insonlarni ma’naviyat
yutuqlari asosida tarbiyalash bitta kichik yo‘nalish bo‘lsa, fan va texnikani taraqqiy
ettirish -
ikkinchi, oliy, o‘rta maxsus va umumta’lim tizimini rivojlantirish
-
uchinchi yo‘nalishdir.
Ma’lumki, har bir funksiya qator qismlardan tarkib topadi. Buni aniqroq
tushunish uchun quyida mudofaa funksiyasini misol qilishimiz mumkin. Mazkur
funksiya tarkibiga davlatning tashqi chegaralarini aniq belgilash va uni qo‘riqlash
chora-
tadbirlarini ko‘ri
sh, qurolli kuchlarni shakllantirish va tarbiyalash, ularni
qurol-aslaha, oziq-ovqat, kiyim-
kechak bilan ta’minlab turish, zarur bo‘lganda
mamlakatni harbiy kuch bilan himoya qilish, davlat xavfsizligi haqida g‘amxo‘rlik
qilish, mudofaa sohasidagi ishlarga
rahbarlik qilish bo‘yicha davlat organlarini
tashkil etish, harbiy-mudofaa haqidagi qonunlarni yaratish hamda takomillashtirish
kabilar kiradi.
Davlat o‘z funksiyalarini ado etish uchun qonun chiqarish, ijro etish va
sudlov faoliyatini olib boradi. Davlat o‘z funksiyalarini amalga oshirishda
ishontirish, rag‘batlantirish va majbur etish usullaridan foydalanadi. Mazkur
shakllar va usullarning qo‘ll
anish darajasi davlat funksiyalarining hajmi, davri,
tizimi, xarakterli xususiyatlari bilan bog‘liq.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
112
Davlat funksiyalarining mohiyati, mazmuni, ayrim bosqichlardagi
xususiyatlari ularni tasniflashga sabab bo‘ladi. Davlatning faoliyati obyektiv
bo‘lgani holda uning funksiyalarini tasniflash subyektiv xususiyatga ega. Chunki
funksiyalarni tasniflash olimlar tomonidan fanda, nazariyada amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham hatto bir davrdagi funksiyalar tasnifi har xil ifodalanadi.
Funksiyalarni tasniflash davlatning mohiyatini chuqurroq anglashga, uning jamiyat
taraqqiyotidagi rolini yaqqolroq namoyish etishga yordamlashadi. Bunday
holatlarda davlat faoliyatining ma’lum bosqichidagi bosh yo‘nalishlari
(misol
uchun iqtisodiy, ijtimoiy, tashqi va boshqa sohalar) asos qilib olinadi. Ilgari,
mamlakatimizda davlat funksiyalarini marksizmning davlat tarixiy tiplari
to‘g‘risidagi ta’limotiga binoan tasniflash prinsipi hukmron edi. Quldorlik va
feodalizm tuzumida aholining bir qismi deyarli huquqsiz yoki chegaralangan
doirada huquqli bo‘lgan. Bu hol davlat funksiyalarida o‘z ifodasini topganligi
tabiiy holdir. Insoniyat bosib o‘tgan asosiy davrlar davlat funksiyalarini tasniflash
ularning muayyan mazmun va tizimini chuqurroq anglashga imkon beradi.
S.A.Komarov davlat funksiyalarini nafaqat uning faoliyat yo‘nalishlari,
balki jamiyatdagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish mexanizmi sifatida talqin
qilishni
taklif etadi. U davlat jamiyat hayotining u yoki bu sohalarida ma’lum funksiyalarni
bajara borib, bir vaqtning o‘zida, o‘tkazilayotgan islohotlar, turli o‘zgarishlar,
ijtimoiy aloqalarni huquqiy tartibga solish vositasida jamiyatdagi jarayonlarning
holatiga ta’sir ko‘rsatishga ishora qiladi
Bundan kelib chiqib shuni aytishimz mumkinki, davlat jamiyatdagi
jarayonlar rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmini davlat funksiyalari
tushunchasiga kiritish to‘g‘ri hisoblanmaydi, chunki bunda davlat funksiyalari
umuman uning mexanizmi faoliyatiga yaqinlashtirish hamda davlat faoliyatini
turli-
xil huquqiy ta’sir vositalari bilan almashtirishga urinish ko‘zga tashlanadi,
jumladan fanda davlat funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy shakllari deb
nom olgan mustaqil tushuncha mavjud. Davlat funksiyalari bosh belgilari, ularning
5
С.А.Комаров. «Теория государства и права» учебно –
методическое пособие Краткий учебник для вузов.
Издательская группа НОРМА–ИНФРА.М. Москва, 1999
.
–
315 c
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
113
davlat mohiyati va ijtimoiy vazifalari bilan bevosita bog‘liqligi, ma’lum tarixiy
bosqichlarda turlicha bo‘ladigan, davlatning oyoqqa turish, mustahkamlanish va
rivojlanish jarayonida o‘zgarib boradigan vazifalarni davlat maqsadlarida hal
qilishga yo‘naltirilganidan iborat bo‘lishi umumiy qabul qilingan.
Davlatning har bir funksiyasi siyosiy
–
predmet ta’rifiga ega bo‘ladi. Chunki
uning mazmuni, faoliyat predmeti nimadan iborat ekani, u yoki bu maqsadlarga
erishish yo‘lida qanday vositalar qo‘llanishini ko‘rsatadi. Bunga misol tariqasida
ekologik muvozanatni saqlash zarurati; alohida mamlakatlarning manfaatlari
doirasiga sig‘maydigan muammolarni hal qilishda xalqaro madaniy va ilmiy
-
texnik hamkorlik (koinotni o‘zlashtirish, jahon okeani resurslarini o‘rganish va
ulardan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish, xalqaro standartlar va umumjahon radio-kommunikatsiya aloqasini
ishlab chiqish, transport vositalarini rivojlantirish va boshqalar).
Jamiyat rivojlanishining kapitalistik va hozirgi demokratik bosqichlarida
barcha hozirgi ijtimoiy bazasi tubdan kengayib, aholining hamma guruhlarini o‘z
ichiga oladi, ya’ni ular sinf emas, balki butun xalq, millat manfaatiga xizmat qiladi.
Umuman olganda davlat funksiyalariga faqat sinfiy nuqtai nazardan qarash
davlatning jamiyatdagi rolini kamaytiradi va xolisona bayon etishga xalaqit beradi.
Davlatning umumiy ishlar funksiyasi mavjudligi sinfiylikni birinchi o‘ringa
ko‘tarishga imkon bermaydi. Bu funksiyaga mamlakatni mudofaa qilish, huquqiy
tartibotni o‘rnatish va muhofaza qilish, shu jumladan jinoyatchilikka va
huquqbuzarlikka qarshi kurashi
sh, butun millat, xalq manfaatlarini ko‘zlab
umumiy iqtisodiy, ijtimoiy-
madaniy (g‘oyaviy) ishlar olib borishni kiritilishi
mumkin.
L.I.Spiridonov mazkur funksiyani yanada keng ma’noda olib, uning
umuman insonlarning hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib
berishga qaratilganligani ta’kidlaydi. Uning fikricha, bu funksiya tarkibiga
kishilarning hayoti, soglig‘i va normal yashashi uchun zarur bo‘lgan tabiiy
sharoitlarni ta’minlash; ijtimoiy
-madaniy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlarni
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
114
ta’minlash bilan bog‘liq davlat faoliyati kiradi
Huquqshunos olim S.A.Komarov davlatning funksiyalarini nafaqat uning
faoliyat yo‘nalishlari, balki jamiyatdagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish mexanizmi
sifatida ham talqin qilishni taklif etadi. U davlat jamiyat hayotining u yoki bu
sohalarida ma’lum funksiyalarni bajara borib, bir vaqtning o‘zida o‘tkazilayotgan
islohotlar, turli o‘zgarishlar, ijtimoiy aloqalarni huquqiy tartibga solish vositasida
jamiyatdagi jarayonlarning holatiga ta’sir ko‘rsatishga ishora qiladi
. Bundan kelib
chiqadiki, davlatning jamiyatdagi jarayonlar rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish
mexanizmini davlatning funksiyalari tushunchasiga kiritish u qadar to‘g‘ri
hisoblanmaydi, sababi bunday holatda davlatning funksiyalarini uning mexanizmi
faoliyati
ga yaqinlashtirish hamda davlatning faoliyatini turli huquqiy ta’sir
vositalari bilan almashtirishga urinish ko‘zga tashlanadi
.
Davlat funksiyalarini yuridik tabiati bu - davlat funksiyalari davlat
vazifalaridan farqli ravishda davlat tomonidan olib borilayotgan muayyan bir
maqsadga erishishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Davlat funksiyalari muayyan
bir amalga oshirish shakllari ega bo‘ladi. Bundan tashqari davlat funksiyalari
ishontirish va majburlash kabi metodlarga ega bo‘ladi
. Davlat funksiyalarini
muayyan bir guruhlarga tasniflash orqali amalga oshiriladi. Muayyan bir mezonlar
asosida tahlil qilinadigan faoliyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi. Davlat
funksiyalari o‘zida jamiyatdagi eng ijtimoiy bo‘lgan munosabatlarni a
malga
oshirishga qaratilgan faoliyatlarini tashkil qiladi. Davlat funksiyalarini
mohiyatidagi faoliyatlarni amalga oshirish tashkiliy va huquqiy tartibda hal
qilinadi. Ya’ni davlat funksiyalari xususiyatlari shundan iboratki, unda
ko‘rasatilgan faoliyatlar normativ
-
huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topadi. Mi
sol
uchun
ekologik
funksiyasini
amalga
oshirish
yuzasidan
ekologik
qonunbuzilishlarni oldini olish yuzasidan qabul qilingan nomativ-huquqiy
hujjatlarini keltirishimiz mumkin. Davlat funksiyalari muayyan tarixiy bosqichda
6
Темнов Е.И. Форма государства //
Общая теория права и государства. М., «Юрист», 1994. –
255 c.
7
Комаров С.А., Малько А.В. Теория государства и права. Учебно
-
методическое пособие./ Краткий учебник
для вузов. –М.; НОРМА, 1999. –448 с.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
115
yuzaga keladi va shunga mos ravishda faoliyat olib borish xususiyatiga ega. Yana
bir o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, har bir davlat o‘z funksiyalarini o‘zi
belgilashidir. Davlat funksiyalari tashqi va ichkiga bo‘linsada ularning faoliyatidan
ko‘zlangan maqsad bir butunlikni ko‘satadi. Ya’ni iqtisodiy, moliyaviy. ijtimoiy,
mudofaa funksiyalari davlatning umumiy maqsadga erishishga yo‘naltirilgan
bo‘ladi. Yana bir o‘ziga xos bo‘lgan xususiyati davlat funksiyalari orqali davlat
nima ishlarni amalga oshirayotganligini, qanday faoliyatlar uning asosiy
yo‘nalishlari qilib belgilab olganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bugungi kunda davlat funksiyalarini klassik usulda tasniflash o‘zining
ahamiyatini yo‘qotmoqda. Misol uchun davlatning ichki va tashqi funksiyalarga
bo‘lib tasniflashni oladigan bo‘lsak ham, bugungi kunda davlatlarning
integratsiyalashuvi, tez sur’atda globallashuv jarayonlari bir davlatda bo‘ladigan
hodisalarni boshqa davlatga ham ta’sirini kuchaytirmoqda. Shu bilan bir qatorda
,
Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlarning tuzilishi ham bunga ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Shu sababli ham hozirda davlat funksiyalarini qayta tasniflash zarurati yuzaga
keldi.
F.Fukuyamaning fikricha ham davlat funksiyalarining tasniflashning aniq
ishlab chiqilgan institutsional modellari va uni barcha davlatlar boshqaruviga joriy
qilishning universal yechimlari yo‘q. Yangi institutsional universal modelni ishlab
chiqish uchun m
ahalliy madaniy me’yorlar, qadriyatlar va jamiyat an’analariga
e’tibor qaratishni talab etadi. Bundan tashqari, davlat funksiyalari o‘ziga xos
bo‘lib, keng qamrovli umumlashtirishlarga to‘g‘ri kelmaydi. Bu shuni anglatadiki,
dunyoning bir qismida samarali
bo‘lgan amaliyot boshqa joylarda har doim ham
yaxshi natija bermasligi mumkin. Buning asosiy sababi shundaki, har qanday
institutsional modelning samarali ishlashi bevosita davlat boshqaruvchilari
nazoratidan tashqari bo‘lgan ijtimoiy tuzilma, madaniyat va
boshqa omillarga
bog‘liq. Shu bilan bir qatorda, olim 11
-sentabr voqealarini ham davlat funksiyalari
bilan bog‘lar ekan, bu voqealardan keyin Amerika davlatining tashqi mudofaa
funksiyasini notog‘ri maqsadlarga yo‘naltirganligini buni
ng oqibatida esa, Yaqin
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
116
Sharqdagi vaziyat tubdan o‘zgarganligini tanqidiy baholaydi.
Professor Fukuyamaning davlat funksiyalarining zamonaviy tasnifida qilgan
eng ajoyib ishlaridan biri bu davlat funksiyalarini tasniflashda kvadrant tizimining
mukammal qurilishi va undan davlatchilikning ikki o‘lchovi o‘rtasidagi
munosabatni ko‘rsatish uchun samarali foydalanishidir. Bu o‘lchovlar davlat
ko‘lami va uning kuchi.
Demak, davlat funksiyalari qanchalik ixcham va davlat uchun ortiqcha yuk
bo‘lmaydigan qilib tasniflansa, bu davlatning keying rivoji uchun muvaffaqiyat
olib keladigan jarayon hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, zamonaviy usulda
tasniflashda ham hamma uchun
unikal bo‘lgan yechimni topish ham imkonsiz.
Buning sabablari haqida yuqorida fikr bildirib o‘tdik. Jumladan, davlat
funksiyalarini ixchamlashtirishda tarixiy tajribani va davlatning etnik-madaniy
hayot tarzini hisobga olgan holda, yondashib uning ayrim funksiyalarini xususiy
sektorga o‘tkazish ham mumkin. Bu esa, har bir davlat o‘zining tarixiy tajribasi,
madaniyati va an’analariga mos holda ish olib borishi shart ekanligini anglatadi.
Masalan, ba’zi mamlakatlarda sog‘liqni saqlash yoki ta’lim sohalarini
qisman
xususiy sektorga topshirish samarali bo‘ladi, boshqa mamlakatlarda esa bu model
ishlamasligi mumkin. Shuning uchun ham xususiy sektorga topshiriladigan
funksiyalarni diqqat bilan tanlash kerak. Infratuzilma, kommunal xizmatlar,
telekommunikatsiya ka
bi sohalardagi funksiyalarni xususiy sektorga o‘tkazilsa,
faoliyati ham samaraliroq bo‘lishi mumkin. Lekin sud
-huquq tizimi, tashqi siyosat,
milliy xavfsizlik kabi muhim sohalarda davlat nazorati saqlanib qolishi zarur.
Biroq, xususiy sektorga o‘tkazilgan
davlat funksiyalarida ham davlatning
nazoratini saqlab qolish kerak. Aks holsa, narxlarning sun’iy o‘sishi va
xizmatlarning sifati yomonlashuvi holati kuzatilishi hech gap emas. Shuni ham
hisobga olish kerakki, davlat funksiyalarini optimallashtirish bu darrov sodir
bo‘ladigan jarayon emas
.
Shunday qilib, Yaponiyalik olim F.Fukuyama davlat funksiyalarini
tasniflashda yangi bosqichni amalga oshirgan. U tasniflashda yangicha matritsa
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
117
ishlab chiqib, davlatlar uchun turlicha mezonlarni asos qilib oladi. Uning asosida
davlatlar uchun davlat funksiyalari qanday ahamiyatga ega ekanligiga
ko‘ra ularni
bo‘lib chiqadi. Bu funksiyalarni aniqlashda albatta, xalqaro standartlarni ham
hisobga olgan. Olimning fikricha, davlat funksiyalarini uch guruhga bo‘lib
o‘rganish maqsadga muvofiq. Minimal funksiyalar, o‘rtacha funksiyalar va
funksiyalar.
Minimal funksiyalarga: Mulk huquqi, makroiqtisodiy boshqaruv, mudofaa,
k
ambag‘allikni qisqartirish
, jamoat salomatligi, h
uquqiy tartibni ta’minlash
kiradi.
O‘rtacha funksiyalarga:
Davlatning tashqi siyosatini amalga oshirish, t
a’lim va
atrof-muhitni tartibga solish, monopoliyaga qarshi kurashish, i
jtimoiy sug‘urta
,
moliyaviy faoliyatni tartibga solish kirsa, faol davlat funksiyalariga: sanoat
siyosatini amalga oshirish, boyliklarni qayta taqsimlashni misol qilib keltirgan.
Bizning fikrimizcha ham yangicha davlat funksiyalarini tasniflashda klassik
usuldan
qochish va xalqaro reytingdagi davlatning o‘rniga qarab xuddi
F.Fukuyama ishlab chiqqandek, davlat funksiyalarini tasniflashni joriy qilishni
kiritish kerak. Bunga esa, yuqorida aytganimizdek, ichki va tashqi funksiyalarini
birlashtirib yuborish orqali amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Xulosa.
Albatta, bu yondashuvlar ham nisbiy
bo‘lib dunyoning barcha davlatlari
uchun universal ahamiyatga ega mezon sifatida professor F.Fukuyamaning
nazariyasini olish ham o‘rinli hisoblanmaydi. F.Fukuyama davlat funksiyalarini
tasniflashda asosan, xalqaro reytinglarda va indekslarda davlatlarning tutgan
o‘rniga qarab funksiyalar doirasini kengaytirish yoki uning ko‘lamin
i qisqartirishni
taklif qilgan.
Dunyo tez o‘zgarib borayotgani uchun, davlat o‘z vazifalarini doimiy
ravishda qayta ko‘rib, yangi sharoitlarga moslashtirib borishi kerak. Bunda
muvaffaqiyatga erishish uchun xalqning ehtiyojlari, mamlakatning haqiqiy
imkoniyatlari va xalqaro tajribalarni uyg‘unlashtirish muhim ahamiyatga ega
bo‘ladi.
Shu maqsadda ham u davlat funksiyalarini tasniflashning klassik usullari
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
118
bilan bir qatorda o‘zining uch turdagi
funksiyalarga tasniflash nazariyasini ishlab
chiqadi. F.Fukuyamaning boshqa qarash vakillaridan farqi ham uning yagicha
yondashuvlarga asoslanganligida deb bilish mumkin. Bizningcha, davlat
funksiyalarini tasniflshda uning qarashlarini qo‘llab tasniflashni ilgari sursak
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
В.Я. Любашиц, А.Ю. Мордовцев, А.Ю. Мамычев. Х_ «Теория
государства и права» . —
М.: РИОР, 2014
2.
Людмила Александровна Морозова Теория государства и права
3.
Сайдуллаев Ш. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Дарслик. –Тошкент:
ТДЮУ, 2018
4.
Черноголовкин Н.В. Теория функций социалистического государства.
М., 1970
5.
С.А.Комаров. «Теория государства и права» учебно –
методическое
пособие Краткий учебник для вузов. Издательская группа НОРМА–
ИНФРА.М. Москва, 1999
6.
Темнов Е.И. Форма государства //Общая теория права и государства.
М., «Юрист», 1994.
7.
Комаров С.А., Малько А.В. Теория государства и права. Учебно
-
методическое пособие./ Краткий учебник для вузов. –М.; НОРМА,
1999.
8.
Siddique, Basil. (2010). State Building: Governance and the World Order in
the 21st Century, a Book Review.
9.
State-building : Governance and world order in the 21st century / Francis
Fukuyama.