Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
47
BO‘G‘LOVCHILAR VA TINISH BELGILARNING PRAGMATIK
KUCHI: O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA
Bozorova Gulruh Furqat Qizi
Webster University MA TESOL program
E-mail:
Kirish:
Til
–
bu nafaqat aloqa vositasi, balki nutq egasining munosabatini,
fikrini, maqsadini aniq ifodalovchi vositadir. Nutqning mazmunan va shaklan
to‘g‘ri yetkazilishida bo‘g‘lovchilar va tinish belgilarining tutgan o‘rni beqiyosdir.
Ayniqsa, ularning pragmatik kuchi
–
ya’ni kommunikativ maqsadni amalga
oshirishdagi ta’sirchanligi –
so‘zlovchining niyatini, kayfiyatini, urg‘usini,
shubhasini yoki ta’kidini aniqlashtirib beradi. Bu pragmatik funksiyalar har bir til
tizimida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Mazkur tezisda o‘zbek va ingliz
tillaridagi bo‘g‘lovchi birliklar va tinish belgilarining nutqdagi vazifasi va ularning
pragmatik yuki tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv davrida madaniyatlararo
aloqalar tobora jadallashib, turli tillar oʻrtasida samarali muloqot zaruriyati ortib
bormoqda. Xususan, tarjima jarayonida til va madaniyat oʻrtasidagi murakkab
bogʻliqlikni toʻgʻri anglash
muhim ahamiyat kasb etadi
Asosiy qism:
Bo‘g‘lovchilar –
bu so‘zlar yoki gaplar orasida grammatik yoki
mantiqiy aloqani ifodalovchi birliklardir. Ammo ularning vazifasi faqat grammatik
bog‘lov emas, balki ma’no va munosabat ifodalashda ham muhim rol o‘ynaydi.
Masalan: O‘zbek tilida: “lekin”, “ammo”, “xususan”, “biroq”, “ya’ni” singari
bo‘g‘lovchilar nutq egasining shubhasini, qarama
-qarshi fikrini, aniqlashtirish yoki
umumlashtirish niyatini ifoda etadi. Masalan, “U yaxshi inson, lekin ishga
kechikadi.” Bu yerda lekin bo‘g‘lovchisi q
arama-qarshilik va salbiy ohangni
bildiradi. Ingliz tilida: “however”, “although”, “because”, “therefore”, “in fact”
kabilar orqali muloqotdagi o‘zaro sabab
-
oqibat, aniqlik, e’tiroz kabi pragmatik
niyatlar ifodalanadi. Masalan: “He is clever. However, he lacks experience.” Bu
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
48
yerda however
–
qarshi fikr bildiruvchi marker. Shunday qilib, bo‘g‘lovchilar
pragmatik nuqtai nazardan fikrning ohangini, munosabatini va urg‘usini
belgilashda muhim vosita hisoblanadi.Tinish belgilarini grammatik vosita sifatida
talqin qilish an’anaviy y
ondashuvdir. Ammo zamonaviy pragmalingvistik
tadqiqotlar tinish belgilarining nutqning mazmuniy qatlamiga kuchli ta’sir
ko‘rsatishini isbotlaydi. Ular nafaqat fikrning tugaganini bildiradi, balki
intonatsiya, kayfiyat, e’tibor markazi, hatto nutq egasinin
g psixologik holatini
ifoda etadi: O‘zbek tilida: nuqta (.), vergul (,), tire (–), so‘roq (?) va undov (!)
belgilarining ishlatilishi orqali aytilgan fikrning urg‘usi yoki kuchi belgilanadi.
Masalan: “Senga aytdim!” –
bu gapda undov belgisi gapni buyruq yoki his-
tuyg‘u
bilan to‘ldiradi. Ingliz tilida: ayni belgilar o‘zbek tilidagiga o‘xshash, biroq colon
(:) va semicolon (;) belgilarining kengroq va mantiqiy bog‘lovchi vazifasi bor.
Masalan: “She had only one hobby: reading.” Bu yerda colon tafsilot ifodala
ydi,
ya’ni nutqni qasddan kengaytiradi. Shuningdek, ingliz tilida ellipsis (...) –
uzilish,
davom etayotgan fikr; dash (
—
)
–
kuchli pauza, urg‘u; question tag (?) –
so‘roq va
tasdiq aralash nuanslarni ifoda etishda qo‘llanadi. O‘zbek tili ag‘lab hollarda
i
ntonatsiyaviy ifoda bilan pragmatik ma’no beradi: gap ohangi, pauza, takrorlash,
xalq og‘zaki nutqidagi iboralar orqali bo‘g‘lovchilar o‘rnini bosadi. Ingliz tilida
esa strukturaviy-
grammatik vositalar bilan bu holat yaqqol ifodalanadi. O‘zbekcha:
“Sen kech keldingmi?” –
bu oddiy so‘roq, ammo intonatsiya orqali masxara,
tanbeh yoki hayronlik ifodalanadi. Inglizcha: “You came late, didn’t you?” –
question tag yordamida shubha va tanbeh birgalikda ifodalanadi. Bu farq
pragmatik kuchning har bir til tizimidagi
ifoda usulini ko‘rsatadi. Ingliz tilida
sintaktik va tinish belgilar orqali ko‘proq mexanik tizim mavjud bo‘lsa, o‘zbek
tilida esa og‘zaki nutqqa xos emotsionallik va ohang muhim ahamiyatga ega.
Xulosa:
Bo‘g‘lovchilar va tinish belgilarining pragmatik kuchi tildagi
muloqotni samarali tashkil etishda beqiyos ahamiyatga ega. Ular yordamida
so‘zlovchi o‘zining hissiy munosabatini, shubhasini, ta’kidini yoki e’tirozini
noverbal vositalarsiz ham ifoda eta oladi. O‘zbek va ingliz tillarini taqqoslaganda,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
3-son Iyun 2025
49
pragmatik kuchning ifodalanish vositalari o‘ziga xos –
o‘zbek tilida emotsionallik
va kontekst muhim o‘rin egallasa, ingliz tilida struktura va belgilar asosiy vosita
sifatida xizmat qiladi. Bu esa har ikki til o‘rganishda yoki tarjimada nafaqat
semantik,
balki pragmatik tafovutlarga ham e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi.
Bu sohadagi muammolarni bartaraf etish uchun tarjimashunoslik sohasida
integrativ
metodik
yondashuvlar,
tarjimonlar
tayyorlashda
madaniy
komponentning ustuvorligini ta’minlash, shuni
ngdek, madaniyatlararo muloqotga
yo‘naltirilgan lingvomadaniy korpuslar ishlab chiqilishi lozim.
Shundagina
tarjimada mazmuniy aniqlik, madaniy muvofiqlik va pragmatik uyg‘unlik
ta’minlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Alimova, M. T. (2019). Tarjimaning lingvomadaniy asoslari. Toshkent:
OʻzMU nashriyoti.
2. Baker, M. (2018). In Other Words: A Coursebook on Translation (3rd ed.).
London: Routledge.
3. Bassnett, S. (2014). Translation Studies (4th ed.). London: Routledge.
4. Hatim, B., & Mason, I. (2005). The Translator as Communicator. London:
Routledge.