Mualliflar

  • Islomova Iroda Erkin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123303

Annotasiya

Zamonaviy taʼlim tizimi inson huquqlarini taʼminlash, ijtimoiy adolat va tenglik prinsiplariga asoslanib shakllanmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida har bir shaxs taʼlim olish huquqiga egaligi qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Soʻnggi yillarda global taʼlim siyosatida inklyuziv taʼlim konsepsiyasi ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida ilgari surilmoqda. Inklyuziv taʼlim – bu barcha taʼlim oluvchilarning, jumladan, jismoniy, aqliy yoki boshqa turdagi cheklovlarga vaqtincha yoki doimiy ravishda ega boʻlgan shaxslarning taʼlim muassasalarida teng va sifatli taʼlim olish huquqini roʻyobga chiqarishga yoʻnaltirilgan pedagogik va huquqiy yondashuvdir.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

1-son May 2025

304

OʻZBEKISTONDA INKLYUZIV OLIY TAʼLIMNI TASHKIL ETISH VA

UNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Islomova Iroda Erkin qizi

Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichi talabasi

Zamonaviy taʼlim tizimi inson huquqlarini taʼminlash,

ijtimoiy adolat va

tenglik prinsiplariga asoslanib shakllanmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida har bir shaxs taʼlim olish huquqiga

egaligi qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Soʻnggi yillarda global taʼlim siyosatid

a

inklyuziv taʼlim konsepsiyasi ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida ilgari

surilmoqda. Inklyuziv taʼlim –

bu barcha taʼlim oluvchilarning, jumladan,

jismoniy, aqliy yoki boshqa turdagi cheklovlarga vaqtincha yoki doimiy ravishda

ega boʻlgan shaxslarning taʼlim muassasalarida teng va sifatli taʼlim olish huquqini

roʻyobga chiqarishga yoʻnaltirilgan pedagogik va huquqiy yondashuvdir.

Inklyuziv taʼlim olish huquqini taʼminlashning tahskiliy

-huquqiy asoslarini

tahlil qilishni xalqaro standartlar asosida boshlashni maqsadga muvofiq deb

hisoblaymiz.

Huquqshunos J.Bokiyevning eʼtirof etishicha, nogironligi boʻlgan

shaxslarning huquqlariga oid xalqaro hujjatlarning tarixi 1971-yilda Birlashgan

Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan Aqliy zaif shaxslarning

huquqlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya qabul qilingan paytdan boshlanadi

[1]. Mazkur

hujjatda aqqli zaif shaxslar, maksimal darajada, boshqa shaxslar bilan bir xil

huquqlarga egaligi belgilangan[2]

. Bu qoida inson huquqlarini taʼminlashda

tenglik prinsipining amalda taʼmilanishida muhim asoslardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1975-

yil 9-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan Nogironlarning huquqlari

toʻgʻrisidagi deklaratsiya nogironligi boʻlgan shaxslarning qoniqarli hayotga

boʻlgan huquqini, shuningdek, b

archa fuqaroviy va siyosiy huquqlarni tan oladigan


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

1-son May 2025

305

umumlashtirilgan xarakterdagi xalqaro huquqiy hujjat hisoblanadi[3]. Ushbu

deklaratsiya nogironlar uchun barcha fuqaroviy va siyosiy huquqlarning tan

olinishi va himoya qilinishini taʼminlovchi umumlashtirilgan xarakterga ega

xalqaro-huquqiy hujjat hisoblanadi. U barcha davlatlardan nogiron shaxslarning

teng huquqli ishtirokini kafolatlovchi qonunchilik va institutsional mexanizmlarni

shakllantirishni talab qiladi.

1993-

yilgacha qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari

boʻyicha xalqaro huquqiy hujjatlar nogironligi boʻlgan shaxslarning individual

muammolarini hal qilgan boʻlsa

-

da, ularning huquqlarini toʻliq amalga oshirish va

ularni himoyasini qila olmadi.

Faqatgina 1993-

yilda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari boʻyicha

asosiy kompleks hujjat

Nogironlar uchun imkoniyatlarni tenglashtirishning

standart qoidalari qabul qilindi[4]. Mazkur hujjatda keltirilgan 6-

qoida taʼlimga

bagʻishlangan boʻlib, unda Davlatlar integratsiyalashgan tuzilmalarda nogironligi

boʻlgan bolalar, yoshlar hamda kattalar uchun boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlimda

teng imkoniyatlar tamoyilini tan olishlari,

ularning taʼlimini umumiy taʼlim

tizimining ajralmas qismi boʻlishini taʼminlashlari kerakligi belgilandi.

Shu munosabat bilan, 1994-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh

Assambleyasi nogironlar uchun Butunjahon harakat dasturini kelgusida amalga

oshirish boʻyicha uzoq muddatli strategiyani maʼqulladi. Uning asosiy maqsadi

barcha xilma-xil inson resurslari

va har bir insonga oʻzining maksimal salohiyatini

rivojlantirishga imkon berishga qaratilgan

“barcha uchun” jamiyatini yaratish

deb eʼlon qilindi.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olish huquqini taʼminlashning

huquqiy asoslarini xalqaro doirada takomillashitirishda 1994-yil 7-10-iyun kunlari

alohida ahimiyatga ega. Sababi ushbu kunlarda Ispaniyaning Salamanka shahrida

boʻlib oʻtgan “Alohida ehtiyojli shaxslar uchun taʼlim: taʼlim olish imkoniyati va

sifati” boʻyicha Butunjahon konferensiyasida Salamanka deklaratsiyasi va

“Alohida ehtiyojli shaxslarning taʼlim olishi boʻyicha harakatlar asoslari” qabul


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

1-son May 2025

306

qilindi[5]. Unda barcha davlatlar hukumatlari quyidagilarni amalga oshirishga

chaqirildi:

taʼlim tizimini inklyuziv qilish zarurligiga ustuvor ahamiyat berish;

huquqiy yoki siyosiy tizimning tarkibiy qismi sifatida inklyuziv taʼlim

tamoyilini kiritish;

koʻrgazmali loyihalarni ishlab chiqish;

inklyuziv taʼlim faoliyati sohasida tajribaga ega davlatlar bilan hamkorlik

va tajriba almashinuvni rivojlantirish;

bolalar va kattalar taʼlimini rejalashtirish, monitoring qilish hamda

baholash usullarini ishlab chiqish;

nogironlarning ota-onalari va nogironlik tashkilotlarining ishtirokini

ragʻbatlantirish va koʻmaklashish;

erta tashxis va erta aralashuv strategiyasini moliyalashtirish;

inklyuziv taʼlimning kasbiy jihatlarini rivojlantirishni moliyalashtirish;

oʻqituvchilarni tayyorlash boʻyicha tegishli dasturlar mavjudligini

taʼminlash.

Shuningdek, “Alohida ehtiyojli shaxslarning taʼlim olishi boʻyicha

harakatlar asoslari” alohida ehtiyojlar uchun taʼlimga yangi yondashuvlarning

umumiy tavsifini, shuningdek, milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi

harakatlarning asosiy yoʻnalishlarini taqdim etadi.

Bugungi kunda nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish

sohasidagi eng muhim xalqaro hujjat hisoblanadigan Nogironlarning huquqlari

toʻgʻrisidagi

konvensiya

BMT

Bosh

Assambleyasining

2006

-yil

13-dekabrdagi 61/106-sonli rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan[6].

Konvensiyaning 24-moddasida shunday deyiladi:

“Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning taʼlim olish huquqini eʼtirof etadi.

Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu huquqni kamsitmasdan, imkoniyatlar tengligi

asosida amalga oshirish maqsadlarida barcha darajalarda inklyuziv taʼlimni va

butun umri davomida o

ʻqitilishlarini taʼminlaydi, bunda quyidagilarga harakat


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

1-son May 2025

307

qiladi:

a) inson salohiyatini, shuningdek, qadr-

qimmat va oʻzini hurmat qilish

hissini toʻla rivojlantirish, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishni

kuchaytirish;

b)

nogironlarning shaxsini, isteʼdodini va ijodini, shuningdek, aqliy va

jismoniy qobiliyatlarini toʻla hajmda rivojlantirish;

d) nogironlarga jamiyat hayotida samarali va erkin ishtirok etish

imkoniyatini yaratish”.

Koʻrib turganimizdek, mazkur konvensiyada nogironlarning taʼlim olish

huquqlarini taʼminlashga qaratilgan asosiy qoidalar va yoʻnalishlar nazarda

tutilgan boʻlib, Oʻzbekiston mazkur konvensiyani 2009

-

yilda imzolagan boʻlsa

[7],

Oʻzbekiston Respublikasining 2021

-yil 7-

iyundagi OʻRQ–

695-son qonuni bilan

ratifikatsiya qilgan[8].

Oʻzbekistonda ham 2017

-

yildan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarni

qoʻllab

-

quvvatlashning yangi tizimi joriy etildi. Xususan, Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan sohaga oid alohida

normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Oʻzbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2017

-yil

1-dekabrdagi

“Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab

-quvvatlash tizimini

tubdan takomillashtirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–

5270-son Farmoni

bilan Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻ

llab-quvvatlash tizimini yanada

takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish

kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora

-tadbirlar dasturi qabul qilinib,

unda 50 dan ortiq muhim vazifalar belgilandi[9].

Ushbu chora-tadbirlar doirasida, xususan, maxsus dasturlar ishlab

chiqilishini hisobga olgan holda, taʼlim muassasalariga jismoniy yetib borish

imkoniyatiga ega boʻlmagan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun masofaviy taʼlim

imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, 2018/2019-

oʻquv yilidan boshlab oliy

taʼlimga qabul qilinayotgan abituriyentlar umumiy sonining ustiga qoʻshimcha


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

1-son May 2025

308

tarzda ular uchun 2 foizlik kvota ajratish tartibini joriy etish koʻzda tutilgan edi.

Yuqorida tahlil qilingan Salamanka deklaratsiyasi bugungi kunda keng

qoʻllanayotgan va ushbu paragrafda amalga oshirilayotgan tadqiqotimizning

asosiy mavzusi boʻlgan inklyuzivlik tushunchasining paydo boʻlishiga sabab

boʻlgan. Inklyuzivlik tushunchasi ingliz tilidagi “inclusive” soʻzidan olingan

boʻlib, qamrab olish, oʻz ichiga olish kabi maʼnolarni bildiradi. Umuman olganda,

inklyuzivlik atamasi biror narsaning bir qismi sifatida qoʻshilish, ishtirok etish yoki

uning tarkibiga kirishni anglatadi.

G.Hornby va J.Kauffman imkoniyati cheklangan shaxslar uchun

moʻljallangan maxsus taʼlim boshlanishi Yevropada XVIII asr oxiri va XIX asr

boshlariga toʻgʻri kelishini, XIX asrning boshlari va oʻrtalarida Qoʻshma

Shtatlarda koʻr yoki kar va ogʻir intellektual yoki boshqa aqliy nuqsonlari boʻlgan

bolalar uchun maxsus maktablar tashkil etilganligini qayd etishadi. Ularning

fikricha, inlkyuziv taʼlim nuqsonli shaxslar uchun moʻljallangan maxsus taʼlim

hisoblanadi[10]

. Bizning fikrimizcha esa, inklyuziv taʼlimda

gi asosiy jihat bu faqat

nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan taʼlim emas, balki imkoniyatlar

nuqtayi nazaridan (jismoniy yoki aqliy) yuzaga kelgan farqlarni (doimiy yoki

vaqtincha) bartaraf etishni va bu farqlarni taʼlim jarayonlariga taʼsir q

ilmasligini

taʼminlaydigan taʼlim tamoyilidir.

Yuqorida keltirilgan nazariy qarashlarni tahlil qilgan holda “inklyuziv

taʼlim” tushunchasiga nisbatan quyidagicha mualliflik taʼrifi ishlab chiqildi:

“Inklyuziv taʼlim –

barcha taʼlim oluvchilarga –

ham sogʻlom, ham nogironligi

boʻlgan taʼlim oluvchilarga

moslashtirilgan, barcha taʼlim oluvchilarning taʼlimga

boʻlgan oʻz huquqlaridan hech qanday toʻsqinliklarsiz foydalanishiga asoslangan

taʼlim tizimidir”.

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida inklyuziv taʼlim

olish huquqi boʻyicha bir qator normalar belgilanganligini koʻrishimiz mumkin.

2023-yil 30-

aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumida

umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

1-son May 2025

309

Respublikasi Konstitutsiyasida inklyuziv taʼlimga boʻlgan huquq ham belgilab

qoʻyildi. Zero, Konstitutsiyaning 50

-

moddasiga koʻra taʼlim tashkilotlarida alohida

taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya

taʼminlanadi. Shu bi

lan birga, Konstitutsiyaning 57-moddasida davlat nogironligi

boʻlgan shaxslarning taʼlim olishiga koʻmaklashishi belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2020

-yil 23-sentyabrda qabul qilingan yangi

tahrirdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi OʻRQ–

637-

son Qonunida inklyuziv taʼlimga

taʼrif berildi. Ushbu qonunning 20

-

moddasiga muvofiq inklyuziv taʼlim alohida

taʼlim ehtiyojlari va individu

al imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan

holda barcha taʼlim oluvchilar uchun taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishga boʻlgan

teng imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan taʼlim shakli.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

1.

Bokiyev J.N.,

O‘zbekistonda raqamlashitirish sharoitida ta’lim olishning

tashkiliy-

huquqiy asoslarini takomillashtirish (oliy ta’lim misolida)/ y.f.f.d,. –

T.,

2024, 15-b.

2.

Декларация о правах умственно отсталых лиц. Принята резолюцией 2856

(XXVI) Генеральной Ассамблеи от 20 декабря 1971 года. URL:

https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/declarations/retarded.shtml

3.

Декларация о правах инвалидов. Принята резолюцией 3447 (XXX)

Генеральной

Ассамблеи

от

9

декабря

1975

года.

URL:

https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/declarations/disabled.shtml

4.

Стандартные правила обеспечения равных возможностей для инвалидов.

Приняты резолюцией 48/96 Генеральной Ассамблеи от 20 декабря 1993 года.

URL:

https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/disabled.shtml

5.

«Саламанкская декларация» и «Рамки действий по образованию лиц с

особыми потребностями». Всемирная конференция по образованию лиц с

особыми потребностями: доступ и качество (Саламанка, Испания, 7–10 июня


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

1-son May 2025

310

1994

года).

URL:

https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/declarations/pdf/salamanka.pdf

6.

Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida konvensiya (Nyu

-York, 2006-yil 13-dekabr).

Oʻzbekiston Respublikasi uchun 2021

-yil 28-iyuldan kuchga kirgan. URL:

https://lex.uz/docs/5501227

7. https://treaties.un.org/Pages/ViewDetails.aspx?src=TREATY&mtdsg_no=IV-

15&chapter=4&clang=_en

8.

Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 7 июндаги “Ногиронлар

ҳуқуқлари тўғрисидаги конвенцияни (Нью

-

Йорк, 2006 йил 13 декабрь)

ратификация қилиш ҳақида”ги ЎРҚ

-695-

сон Қонуни. Қонунчилик

маълумотлари миллий базаси, 08.06.2021 й., 03/21/695/0536

-

сон.

9.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 1 декабрдаги

“Ногиронлиги бўлган шахсларни давлат томонидан қўллаб

-

қувватлаш

тизимини тубдан такомиллаштириш чора

-

тадбирлари тўғрисида”ги ПФ

-

5270-

сон Фармони. Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.11.2021

й.,

06/21/26/1111-

сон.

10. Hornby, G.; Kauffman, J.M. Inclusive Education, Intellectual Disabilities and

the

Demise

of

Full

Inclusion.

J.

Intell.

2024,

12,

20.

https://doi.org/10.3390/jintelligence12020020