Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
1-son Iyun 2025
261
MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGI TOMONIDAN IJTIMOIY
XAVFLI OILA FARZANDLARI BILAN ISHLASHNING PSIXOLOGIK
USULLARI
Esanova Gulnoz Axrolovna
Samarqand viloyati Urgut tuman 16-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
Oila tarkibiga, oiladagi oila aʼzolariga va umuman atrofdagi
insonlarga boʻlgan munosabatiga qarab, inson dunyoga ijobiy yoki salbiy qaraydi,
oʻz qarashlarini shakllantiradi, boshqalar bilan munosabatlarini quradi. Oilaviy
munosabatlar insonning kelajakda
oʻz
maqsadlarini qanday qurishiga, qaysi
yoʻldan borishiga taʼsir qiladi. Aynan oilada shaxs oʻzining birinchi hayotiy
tajribasini oladi, shuning uchun bola qaysi oilada, farovon yoki xavf ostida
tarbiyalanishi juda muhimdir.
Kalit soʻzlar:
Ijtimoiy xavfli
oila bolalari, oʻqituvchilar,
muloqot,
hamkorlik,ruhiy holat,psixik taraqqiyot
, ruhiy rivojlanish, sogʻlom muhit
, tarbiya
KIRISH
Psixolog olim Y.Y.Drevko xavf ostida boʻlgan oilalar qatoriga oʻz
hayotining muayyan sharoitlari tufayli jamiyat tomonidan salbiy tashqi taʼsirlarga
koʻproq moyil boʻlgan oilalar toifalarini kiritadi. A.N.Elizarovaning fikricha xavf
ostida boʻlgan oilalar quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi:
-
bunday oilalar aʼzolari oilada sodir boʻlayotgan voqealarni tahlil
qilish qobiliyatiga ega emaslar, shuning uchun ular oila hayotini yaxshilash va
samarali natijalarga erishish uchun maqsadlarni belgilashga qodir emaslar.
-
Oila muammolarini ogʻzaki muhokama qilish qobiliyati past;
psixolog ularga oila hayotini qanday yaxshilash mumkinligini va muammoning
sabablari nimada ekanligini soʻz bilan tushuntirishga harakat qilganda, bu oilalar
aʼzolari yaxshi tushunmaydilar.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
1-son Iyun 2025
262
-
Sevgi, gʻamxoʻrlik, oʻzaro yordam bilan bogʻliq his
-
tuygʻularga
qarshi kuchga erishish, tajovuzkorlik bilan bogʻliq hissiyotlar oilasida ustunlik
mavjud boʻladi.
-
Spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish
muammosiga nisbatan yuqori darajadagi xavf mavjud.
aktab oʻquvchilarini xulq
-
atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi,
Soʻnggi yillarda mamlakatimizdada bolaning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga
olgan holda sifatli taʼlim, zamonaviy va yetarli ijtimoiy himoya hamda
xavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq bolaning ijtimoiy huquqlari kafolatlarini
taʼminlash boʻyicha koʻp ishlar qilindi. Davlat taʼlim xizmatlari sifatini oshirish
orqali oʻz fuqarolarining, ayniqsa bolalarning ijtimoiy huquqlarini kafolatlashga
intiladi, chunki ular eng zaif guruhlardan biri hisoblanadi. Millat kelajagi bolalarga
gʻamxoʻrlik qilishga bogʻliq. Ruhiy
va jismonan sogʻlom, bagʻrikenglik va mehr
-
muhabbat ruhida tarbiyalangan inson jamiyat ravnaqi, sogʻlom yosh avlodni
shakllantirishga fidoyilik qiluvchi faol fuqaroga aylana oladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2023-yil 1-iyundagi
“Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali
nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora
-
tadbirlar toʻgʻrisida” gi
Farmoni bilan kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini
joriy qilish, ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali
aholining koʻmakka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini taʼminlash hamda ijtimoiy
himoyani mahalla darajasigacha tashkil e
tish, ogʻir hayotiy ahvolga tushib qolgan
oilalarga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishni
yoʻlga qoʻyishga maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy
boʻlinmalari va shahar, tumanlarida Inson‖ ijtimoiy xizmat
lar markazlari tashkil
etilib, hozirda faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Barcha bolalar huquq egasidir va bolalar hurmat qilinishi kerak boʻlgan
huquqlarning (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning 5
-qismi) subyekti
ekanligiga koʻra, davlat bolalar huquqlarini taʼminlashga harakat qilishi kerak.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
1-son Iyun 2025
263
Demokratik jamiyat qurish, shuningdek, xavf ostida boʻlgan oila bolalar uchun
yaxshi ijtimoiy himoya va xavfsizlik tizimini yaratish orqali amalga oshiriladi
hamda u taʼlim tizimi bilan birgalikda ishlashi kerak.
Xavf ostidagi oila bolalari umumtaʼlim maktablarida samarali
ijtimoiylashuviga erishish, sifatli bilim olishlari, bola huquqlari toʻgʻrisidagi
davlat va xalqaro huquqlarini himoya qilish uchun uchun maktab hamda ijtimoiy
ish tashkiloti xisoblangan Inson ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorlikda
ishlashlari kerak. Xavf ostida boʻlgan oila bolalari xavfli muhitda yashaydi, xavf
omillariga bevosita yoki bilvosita taʼsir qiladi, xavfli vaziyatda boʻladi hamda
xavfli harakatlar sodir etishi mumkin. Hozirda oʻqitu
vchilar sinf rahbar sifatida
ishlaganida, har kuni bolalar va ularning oilalari bilan ishlaydi, ularni oʻrgatadi va
tarbiyalaydi hamda bolalarni ijtimoiylashtirishning asosiy subyektlaridan biridir.
Ular jamiyatning boshqa ijtimoiy subyektlari, masalan, ijtimoiy xizmatlar va
boshqa bolalarni himoya qilish organlari bilan faol hamkorlik qilishlari kerak.
Bolalar va oilalar bilan taʼlim tashkilotlari va ijtimoiy ish muassasalari oʻrtasidagi
hamkorlik juda muhim, chunki bolalar himoyasi va ularning manfaatlarini himoya
qilish jamoaviy mehnatni talab qiladigan juda murakkab va masʼuliyatli vazifadir.
Oʻqituvchilar oʻrtasida olib borgan tadqiqotlarimiz tufayli ular sinf rahbar
sifatida koʻpincha oʻquvchilar bilan bogʻliq murakkab ijtimoiy muammolarga
duch kelishlarini va ularni mustaqil ravishda hal qilishga harakat qilishlarini
aniqladik, ammo ular taʼ
kidlaganidek, bu ishni ijtimoiy xodimlar yaxshiroq
bajarishi mumkin. Ularning fikriga koʻra, maktab rahbariyati va mahalla ijtimoiy
xodimini hamkorlikdagi ishi oʻqituvchilarga asosiy ishlariga, yaʼni oʻquv va
tarbiyaviy faoliyatga eʼtiborni qaratish imkoni
ni beradi.
Respondentlarning 76 foizi maktabda ijtimoiy xodim hamkorligi mavjudligi
ularning ishini qanday osonlashtirishi mumkinligini tushuntiradi:
-
mahalla ijtimoiy xodimlar kasbiy malakasi maktab mutaxassislariga
bolalarning taʼlim va tarbiyasini murakkablashtiradigan noqulay hayotiy
vaziyatlar natijasida xavf ostida boʻlgan bolalar hayotida yuzaga keladigan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
1-son Iyun 2025
264
muammolarni toʻgʻri tushunish va yengib oʻtishga yordam beradi. Bu maktab
darajasida ijtimoiy ishlarni oʻz vaqtida amalga oshirish imkonini beradi va ijtimoiy
xizmatlar bilan oʻzaro aloqani yaxshilaydi;
-
mahalla ijtimoiy xodimlar maktab va oila oʻrtasidagi aloqani
oʻzgartirishi va yaxshilashi mumkin;
-
mahalla ijtimoiy xodimlar maktab va ijtimoiy ish muassasalari
oʻrtasida vositachilik qilishlari mumkin. Ijtimoiy tizimning funktsiyalari va
imkoniyatlarini bilgan holda, ushbu xodimlar xavf ostida boʻlgan bolalarni
qoʻllab
-quvvatlashning maqbul va samarali
usulini topishda oʻqituvchilarning
ishini yengillashtirishi va oilalarni tegishli tuzilma yoki ijtimoiy xizmatga
yoʻnaltirishi mumkin.
Xavf ostidagi oila bolalari, bir tomondan, ta‘lim muassasalarida oʻqitiladi,
tarbiyalanadi va ijtimoiylashtiriladi, ikkinchi tomondan, ular ijtimoiy himoya
muassasal
ari tomonidan qoʻllab
-
quvvatlanadi, ikki ijtimoiy subyektning toʻliq
oʻzaro hamkorligini ta‘minlash juda muhimdir.
Oila ijtimoiy faoliyatning ajralmas
qismidir, chunki bolaning muvaffaqiyatli rivojlanishi va sotsializatsiyasi asosan
oilaviy vaziyat bilan belgilanadi. Inson rivojlanishiga biologik va ijtimoiy turli xil
omillar taʼsir qiladi. Shaxsning shakllanishiga taʼ
sir qiluvchi asosiy ijtimoiy omil
bu oila.
Oila tarkibiga, oiladagi oila aʼzolariga va umuman atrofdagi insonlarga
boʻlgan munosabatiga qarab, inson dunyoga ijobiy yoki salbiy qaraydi, oʻz
qarashlarini shakllantiradi, boshqalar bilan munosabatlarini quradi. Oilaviy
munosabatlar insonning kelajakda
oʻz karerasini qanday qurishiga, qaysi yoʻldan
borishiga taʼsir qiladi. Aynan oilada shaxs oʻzining birinchi hayotiy tajribasini
oladi, shuning uchun bola qaysi oilada, farovon yoki xavf ostida tarbiyalanishi juda
muhimdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Biz taʼlim
va tarbiya tizimining barcha boʻgʻinlari faoliyatini bugungi zamon talablari
asosida takomillashtirishni oʻzimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”
,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
1-son Iyun 2025
265
–
degan fikri, shuningdek, jadidchi Fitratning
“
Xalqning aniq maqsad sari harakat
qilishi, davlatmand boʻlishi, baxtli boʻlib izzat
-
hurmat topishi, jahongir boʻlishi
yoki zaif boʻlib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, eʼtibordan qolib,
oʻzgalarga tobe va qul, asir boʻlishi ularning oʻz ota o
nalaridan bolalikda olgan
tarbiyalariga bogʻliq”–
degan fikrlariga davlatimiz rahbarining alohida urgʻu
berishi zimmamizda xalq manfaatlari, farzandlar kelajagi, ularning oiladagi
tarbiyasi, muhiti va parvari
shiga oid masʼuliyat nechogʻli yuqori ekanidan
dalolatdir. Darhaqiqat, farzand tarbiyasi oilaga, yaʼni ota
-onalar tomonidan
berilgan tarbiyaga bogʻliq.
Farovon oila-bu ota-onalar moddiy, ijtimoiy, psixologik va boshqa ichki
manbalarga asoslangan moslashuvchan qobiliyatlar orqali oʻz vazifalarini
muvaffaqiyatli bajaradilar, ular tezda oʻz farzandlarining ehtiyojlariga
moslashadilar va uni tarbiyalash hamda rivojlantirish muammolarini
muvaffaqiyatli hal qiladilar. Ammo oilaning bir turi mavjud boʻlib, unda
meʼyorlardan maʼlum bir ogʻish mavjud boʻlib, uni farovon deb belgilashga imkon
bermaydi. Ushbu toifadagi oilalar xavf ostida boʻlgan oilaga tegishli.
Xavf ostida boʻlgan oila
-bu obyektiv yoki subyektiv sharoitlarda ijtimoiy
faoliyat qiyin boʻlgan va deyarli muqarrar ravishda hayotdagi qiyinchilik holatida
boʻlgan oila tushuniladi. Koʻpgina hollarda, bunday oila bolani tarbiyalash
vazifalarini hayotdagi katta qiyinchiliklar bilan birlashtiradi. Ota-onalar, qoida
tariqasida, adaptiv qobiliyatlarning sezilarli darajada pasayishi tufayli oilaviy
taʼlim funksiyalarini bajara olmaydilar, shuning uchun bunday oilada bolani
tarbiyalash jarayoni unchalik samarali emas. Ular bolaning xatti-harakatlariga
salbiy taʼsir qiladi, bolalarga nisbatan huquqi buzilgan xatti
-harakatlar qiladi.
Shuningdek, xavf ostida boʻlgan oila deganda biz tuzilishi buzilgan, ichki
chegaralari "xiralashgan", asosiy oilaviy funksiyalari qadrsizlangan yoki eʼtiborsiz
qoldirilgan, tarbiyaning aniq yoki yashirin nuqsonlari boʻlgan, natijada psixologik
iqlim buzil
gan va "qiyin" vaziyatdagi bolalar paydo boʻlgan oila [4, b
-23]ni
tushunamiz. Bundan tashqari, bunday oilada munosabatlar buzilishi mavjud
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
1-son Iyun 2025
266
boʻlib, oila aʼzolarining normal aqliy rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi, bu esa
jamiyatda moslashishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi va ijtimoiy xavf
tugʻdiradi [3, b
-254].
XULOSA.
Taʼlim muassasalarida xavf ostida boʻlgan oila bolalar bilan ishlashda
yuzaga keladigan muammolarga umumiy munosabat mavjudligi sababli, umuman
olganda, oʻqituvchilar maktab oʻquvchilarini taʼlim doirasidan tashqarida qoʻllab
-
quvvatlash bilan bogʻliq qoʻsh
imcha ishlarni bajarishga qarshi ekanligini
taʼkidlash mumkin. Oʻqituvchilar sinf rahbar sifatida haddan tashqari yuklanishni
boshdan kechirmoqda, chunki bunday holatlar ularning ishlarida tez-tez uchraydi.
Ular oʻz vakolatlariga koʻra bolani malakali qoʻl
lab-quvvatlay oladigan,
oʻqituvchilarning ishini yengillashtiradigan va ijtimoiy institutlar bilan aloqa
oʻrnata oladigan taʼlim muassasalari bilan maktab ijtimoiy xodimlar bilan
hamkorlik gʻoyasini qoʻllabquvvatlaydi. Oʻqituvchilar oilada turli xil inqiro
zlar
mavjud boʻlganda ijtimoiy xizmatlar bilan bogʻlanish zarurligini aniq koʻrishadi:
oiladagi zoʻravonlik, oila muhitining oʻquvchi farzandiga nisbatan xavfligi va h.k.
Umuman olgan xavf guruhidagi oila bolalari bilan ishlashda umumta‘lim maktabi
va ma
halla ijtimoiy xodimlari oʻrtasida hamkorlikni ta‘minlovchi mexanizm
yaratilishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI
:
1.
Агулина С.В., Рогова Ю.А. Семьи «группы риска» как
социальная и психолого
-
педагогическая проблема [Текст] / Северо
-
Кавказский федеральный университет Ставрополь
2.
Шульга Т.И. Работа с неблагополучной семьей [Текст]: учеб.
пособие /
Т.И.Шульга. –
М.: Дрофа, 2005. –
254, |2| с.
3.
Целуйко В.М. Вы и ваши дети. Психология семьи. [Текст]
Ростов
-
на
-
Дону: Феникс, 2004. 283 с.
-23 C.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
1-son Iyun 2025
267
2.
Древко Ю.Ю. Коррекция детско
-
родительских отношений в
семьях группы «риска» // Психология в экономике и управлении. Иркутск:
Байкальский государственный университет, 2014. –
С. 40
-44.
3.
Елизаров А.Н. Специфика работы психолога с семьями группы
риска [Текст] // Материалы Всероссийской научно
-
практической
конференции «Психологическое обеспечение профилактики социального
сиротства и отклоняющегося поведения детей и юношества» 13
-
15 апреля
20
04 года. –
М.: Консорциум «Социальное здоровье России», 2004. –
С. 114
-
115.
4.
Дишкова М.С. Взаимодействие между образователни и
социални учреждении за преодоля
-
ване на девиациите в поведението на
децата. –
Б.: «Университет «проф. д
-
р А.Златаров», 2017. –
310 с.
5.
Internet materiallari