Mualliflar

  • Muradaliyev Rustambek Ramazon o‘g‘li

Muallif biografiyasi

  • Muradaliyev Rustambek Ramazon o‘g‘li

    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123321

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Butunjahon suv resurslari kuni globallashuv jarayoni iqlim o‘zgarishlari. ekologik holat suv tanqisligi innovatsion texnologiyayalar tomchilatib sug‘orish suv tejaydigan texnologiyalar kanalizatsiya ariqlarni betonlashtirish. Key words: World Water Day globalization process climate change. environmental condition water shortage innovative technologies drip irrigation water-saving technologies sewerage concreting of ditches. Ключевые слова: Всемирный день воды процесс глобализации изменение климата. состояние окружающей среды дефицит воды инновационные технологии капельное орошение водосберегающие технологии канализация бетонирование канав.

Annotasiya

Annotatsiya: Suv - hayot manbai. Uning qiymati dunyo globallashuvi jarayonida yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Zero, suv tiriklik evolyusiyasiga ham, atrof muhit, iqlim o‘zgarishlariga ham million yillardan buyon beqiyos ta’sir ko‘rsatib keladi. Shunday ekan, insoniyat uni ko‘z qorachig‘idek asrashi shart. BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil 22 fevraldagi qarori bilan 22 mart - Butunjahon suv resurslari kuni deb e’lon qilingan. Darhaqiqat, keskin iqlim o‘zgarishlari bugun insoniyatni jiddiy xovatirga solmoqda. Shu ma’noda, bugungi kunda dunyoda ro‘y berayotgan ekologik holatni keng jamoatchilikka yetkazish har qachongidan ham muhim hisoblanadi. Maqolada shu mavzuga oid zarur manbalar o‘rin olgan.

Abstract: Water is the source of life. Its value is becoming more evident in the process of world globalization. After all, water has been exerting an incomparable influence on the evolution of life, environment, and climate changes for millions of years. Therefore, humanity must protect it like the apple of an eye. By the decision of the UN General Assembly on February 22, 1993, March 22 was declared as World Water Resources Day. In fact, drastic climate changes are seriously worrying humanity today. In this sense, it is more important than ever to communicate the current environmental situation in the world to the general public. The article contains the necessary resources on this topic.

Аннотация: Вода – источник жизни. Ее ценность становится все более очевидной в процессе мировой глобализации. Ведь вода на протяжении миллионов лет оказывает ни с чем не сравнимое влияние на эволюцию жизни, окружающую среду и изменение климата. Поэтому человечество должно беречь его как зеницу ока. Решением Генеральной Ассамблеи ООН от 22 февраля 1993 года 22 марта было объявлено Всемирным днем ​​водных ресурсов. На самом деле, резкие изменения климата сегодня серьезно беспокоят человечество. В этом смысле как никогда важно доводить до сведения широкой общественности текущую экологическую ситуацию в мире. Статья содержит необходимые ресурсы по этой теме.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

193

TEJAMKOR SUV TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti assistenti;

Yuldoshevkomil67@gmail.com

Muradaliyev Rustambek Ramazon o‘g‘li

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti 3-kurs talabasi

Annotatsiya: Suv - hayot manbai. Uning qiymati dunyo globallashuvi

jarayonida yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Zero, suv tiriklik evolyusiyasiga

ham, atrof muhit, iqlim o‘zgarishlariga ham million yillardan buyon beqiyos ta’sir

ko‘rsatib keladi. Shunday ekan, insoniyat uni ko‘z qorachig‘idek asrashi shart.

BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil 22 fevraldagi qarori bilan 22 mart -

Butunjahon suv resurslari kuni deb e’lon qilingan. Darhaqiqat, keskin iqlim

o‘zgarishlari bugun insoniyatni jiddiy xovatirga solmoqda. Shu ma’noda, bugungi

kunda dunyoda ro‘y berayotgan ekologik holatni keng jamoatchilikka yetkazish

har qachongidan ham muhim hisoblanadi. Maqolada shu mavzuga oid zarur

manbalar o‘rin olgan.

Kalit so‘zlar: Butunjahon suv resurslari kuni, globallashuv jarayoni, iqlim

o‘zgarishlari. ekologik holat, suv tanqisligi,innovatsion texnologiyayalar,

tomchilatib sug‘orish, suv tejaydigan texnologiyalar, kanalizatsiya, ariqlarni

betonlashtirish.

Abstract: Water is the source of life. Its value is becoming more evident in

the process of world globalization. After all, water has been exerting an

incomparable influence on the evolution of life, environment, and climate changes

for millions of years. Therefore, humanity must protect it like the apple of an eye.

By the decision of the UN General Assembly on February 22, 1993, March 22 was

declared as World Water Resources Day. In fact, drastic climate changes are

seriously worrying humanity today. In this sense, it is more important than ever to

communicate the current environmental situation in the world to the general

public. The article contains the necessary resources on this topic.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

194

Key words: World Water Day, globalization process, climate change.

environmental condition, water shortage, innovative technologies, drip irrigation,

water-saving technologies, sewerage, concreting of ditches.

Аннотация: Вода – источник жизни. Ее ценность становится все

более очевидной в процессе мировой глобализации. Ведь вода на протяжении

миллионов лет оказывает ни с чем не сравнимое влияние на эволюцию жизни,

окружающую среду и изменение климата. Поэтому человечество должно

беречь его как зеницу ока. Решением Генеральной Ассамблеи ООН от 22

февраля 1993 года 22 марта было объявлено Всемирным днем водных

ресурсов. На самом деле, резкие изменения климата сегодня серьезно

беспокоят человечество. В этом смысле как никогда важно доводить до

сведения широкой общественности текущую экологическую ситуацию в

мире. Статья содержит необходимые ресурсы по этой теме.

Ключевые слова: Всемирный день воды, процесс глобализации,

изменение климата. состояние окружающей среды, дефицит воды,

инновационные технологии, капельное орошение, водосберегающие

технологии, канализация, бетонирование канав.

Markaziy Osiyoda suv azaldan aziz ne’mat va hayot manbai, mintaqada

istiqomat qiluvchi barcha xalqlar uchun rivojlanish va farovonlik asosi bo‘lib

kelgan. Shu bois asosiy suv manbalarimiz hisoblangan Amudaryo va Sirdaryo suv

resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, yurtimiz aholisining toza

ichimlik suv ta’minoti bilan bog‘liq masalaga oqilona yondoshuvi hozirgi davrning

asosiy talablaridan bo‘lib turibdi. Bugun foydalanilayotgan suvlar umumiy

miqdori o‘tgan asrning 80-yillariga nisbatan yiliga 64 milliard metr kubdan

o‘rtacha 51 milliard metr kubgacha kamaydi. Suv manbalaridan bir gektar

sug‘oriladigan maydonga 90-yillarda 18 ming metr kub ishlatilgan bo‘lsa, hozirda

bu ko‘rsatgich 10,5 ming metr kubni tashkil qilmoqda. Tan olish joizki, hozir jahon

mamlakatlarini birdek o‘ylantirayotgan, ta’bir joiz bo‘lsa, jiddiy tashvishga

solayotgan global muammolardan biri suv tanqisligi masalasi bo‘lib turibdi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

195

To‘g‘ri, mazkur muammo o‘tgan asrlarda ham insoniyatni o‘ylantirgan, ammo

bizning davrimizga kelib, masala yanada keskinlashdi. Bunday olib qaraganda, bir

tomonda iqlim o‘zgarishlarining oqibatlari va global isish xavfi ham insoniyatni

chuqur tashvishga solayotgani sir emas. Ochig‘ini aytganda, mavjud suv zaxiralari

kamayib, borgan sayin taqchillik ortib bormoqda. Bu holat esa o‘z vaqtida

barchaning oldiga jiddiy choralar ko‘rish vazifasini qo‘ymoqda. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh

Assasbleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqida jumladan shunday deydi:

“Keyingi 30 yilda mintaqamizda havo harorati bir yarim gradusga ko‘tarildi. Bu -

dunyodagi o‘rtacha isishdan ikki kara ko‘pdir. Oqibatda muzliklar umumiy

maydonining qariyb uchdan bir qismi yo‘qolib ketdi. Ushbu tendensiya saqlanib

qolsa, yaqin yigirma yilda mintaqamizdagi ikkita yirik daryo Amudaryo va

Sirdaryo oqimi 15 foizga qisqarishi mumkin. Jon boshiga suv bilan ta’minlash

darajasi 25 foizga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi esa 40 foizga kamayishi

kutilmoqda. Agar o‘z vaqtida ta’sirchan choralarni ko‘rmasak, ushbu muammolar

oqibatlari mintaqamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka jiddiy putur yetkazadi.

Bu vaziyatdan kelib chiqqan holda, biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh

kotibining Suv resurslari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi ta’sis etilishini qo‘llab-

quvvatlaymiz. Markaziy Osiyo suvni tejaydigan texnologiyalar platformasini

yaratish jarayonida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti - suv resurslari” mexanizmini

ishga solib, eng ilg‘or texnologiyalarni jalb etish va tatbiq qilish tarafdorimiz”.

Iqtisodi asosan qishloq xo‘jaligiga moslashgan Markaziy Osiyo mamlakatlarida

suv tanqisligi allaqachon sezila boshlagan. Buning oqibatida cho‘llanish,

sho‘rlanish va tuz shamollari kabi hodisalar ko‘paymoqda. Kelajakda iqlimning

tobora isib borishi va cho‘l hududlarining kengayishi oziq-ovqat mahsulotlari

yetishtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi borasida xulosalar ham yo‘q emas.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘ngi yillarda mintaqa davlatlari, xususan O‘zbekistonda

suv kam bo‘lgan yillar har 6-8 yillarda suv taqchilligi kuzatilgan bo‘lsa, oxirgi

vaqtlarda bu holat har 3-4 yilga to‘g‘ri kelayapti. Ekspertlarning suv resurslari

tejamkorlik bilan boshqarilmasa, 2050 yillarga borib, O‘zbekiston uchun ham suv


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

196

taqchilligi yuzaga kelishi mumkin, degan taxminlari bor. Buning ta’siri esa o‘z

vaqtida barcha sohalarda sezilishi turgan gap. Bundan ayniqsa, mamlakatimiz

qishloq xo‘jaligi jiddiy zarar ko‘radi. Boisi, yurtimizda suv eng ko‘p talab

qilinadigan soha agrar tarmoq bo‘lib, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlatiladigan

suvning 90 foizi aynan shu soha ulushiga to‘g‘ri keladi. Olingan ma’lumotlarga

ko‘ra, mamlakatimizda jami 4,3 million gektar sug‘oriladigan yer maydoni bo‘lib,

uning 44,7 foizi har xil darajada, jumladan, 31 foizi kuchsiz, 11,9 foizi o‘rtacha,

1,9 foizi esa kuchli sho‘rlangan. Bundan tashqari, keyingi paytda sug‘oriladigan

yerlarning nazoratsiz sug‘orilishi tufayli 38 ming gektar maydon ekinlari

yetishtirishga yaroqli joylar ro‘yxatidan chiqarilgan. “O‘zbekiston-2030”

strategisida suvdan foydalanish samaradorligini 25 foizga oshirish, qishloq

xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan

yerlarning umumiy maydonini 2 million gektargacha, jumladan tomchilatib

sug‘orish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish belgilangan. Bu

boradagi aniq vazifalar Davlat dasturida ham ko‘zda tutilgan. Mavjud suv

resurslaridan tejat-tergab foydalanish dolzarblashib borayapti. Yurtimizda so‘ngi

yillarda 472 ming gektar yer tomchilatib va 48 ming gektari yomg‘irlatib

sug‘orishga o‘tkazilgani, 97 ming gektarda esa boshqa suv tejovchi texnologiyalari

joriy qilinganining ham boisi ham shunda. Davlatimiz rahbari shu yilning 4 yanvar

kuni qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalnish samaradorligini oshirishga

qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishar ekan, bu boradagi ko‘lamni yanada

kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Ushbu yo‘nalishda yangi loyihalar, qo‘shimcha

imtiyozlar belgilangan. Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishdagi mavjud

kamchiliklarni bartaraf etish, suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish,

shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslaridan yanada

samarali foydalanish maqsadida aniq chora- tadbirlar amaliyotga yo‘naltirilmoqda.

Chunonchi, 2019 yildan mamlakatimizda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy

etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim – subsidiya

ajratish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi. 2022 yildan boshlab esa ushbu tizim

raqamlashtirildi. Ta’kidlash joizki, bugun barcha jabhada bo‘lgani kabi suv


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

197

xo‘jaligi sohasiga ham raqamli texnologiyalarni joriy qilishga jiddiy e’tibor

qaratilmoqda. Shu maqsadda 5479 ta “aqlli suv” nasos stansiyasiga 1446 ta onlayn

nazorat qurilmasi, shuningdek, meliortiv kuzatuv quduqlariga minerallashganlik

darajasini onlayn nazorat qiluvchi 5055 ta “Dayver” uskunasi o‘rnatildi. Amalga

oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 3 milliard. kub metr suv iqtisod qilinib,

qo‘shimcha 400 ming gektar maydonda suv ta’minoti yaxshilandi. Suvni

boshqarish jarayoni avtomatlashtirish orqali yo‘qotishlar 10 foizgacha

kamaytirildi. Shuni alohida e’tirof etish kerakki, O‘zbekiston suv tejovchi

texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi, MDH davlatlari

orasida ikkinchi, Osiyoda to‘rtinchi va dunyoda 13-o‘rinda ekani, albatta

quvonarli. Buni tizim faoliyatini yanada isloh qilishga qaratilgan chora-

tadbirlarning samarali ijrosi deyish mumkin. Natijalar. Tan olish joizki, yer

yuzidagi demografik o‘sish va iqlim o‘zgarishlari suv resurslaridan oqilona

foydalanishni global miqyosda muhokama qilishni, izchil choralar ko‘rishni taqozo

qilmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi tarixdan o‘zining mineral va vitaminlarga

to‘yingan mazali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan dunyoga dong taratgan. Lekin

kiyingi yillarda mintaqa davlatlarida, asosan, mintaqaning qoq markazida

joylashgan O‘zbekiston Respublikasida ham suv bilan bog‘liq muammolar

o‘tkirlasha boshladi. Muhokama jarayonida shunday murakkab holatda ham

suvdan samarasiz foydalanayotganimiz, jami suv resursining 90 foizi qishloq

xo‘jaligida sarflanayotgani alohida ta’kidlandi. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra,

yurtimizda bir gektar paxta maydonini sug‘orish uchun yiliga 10-11 ming kub metr

suv sarflangani holda, iqlimi va yeri biznikiga o‘xshash mamlakatlarda bundan 2-

3 baravar kam suv ishlatilayotgani misol tariqasida keltirib o‘tildi. Shuningdek, suv

xo‘jaligiga har yili o‘rtacha davlat budjetidan 1 milliard dollar mablag‘

yo‘naltirilayotgani ta’kidlandi. E’tiborlisi, soha davlat budjetidan mablag‘ olish

bo‘yicha ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligidan keyin 4-o‘rinda turishi

aytib o‘tildi. Ammo tizimda hisob-kitob to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani, suv

resurslarini boshqarishda eskicha yondoshuvlar saqlanib qolgani uchun samara

kam ekanligiga e’tibor qaratildi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

198

Xulosa.

Shu o‘rinda aytish mumkinki, dunyoda, xususan mintaqamizda

suv muammosi tobora keskinlashb borayotgan hozirgi bir sharoitda o‘ylanmay

tashlangan har bir qadam juda qimmatga tushishi mumkinligi ko‘rinib turgan

haqiqatdir. Buni hisobga olmaslik, vaziyatga xolisona baho bermaslik millionlab

odamlarning taqdiriga bepisand qarash demakdir. Zero, suv - tiriklik ramzi, bebaho

ne’mat va benazir tuhfa hisoblanadi. Suvning obihayotligi, uni isrof qilmaslik

haqida ota- bobolarimizdan bizgacha ko‘plab o‘gitlar yetib kelgan. O‘ylab ko‘rilsa,

ajdodlarimiz davrida suv muammosi hozirgidek global darajada muhokama

qilinmagan bo‘lsa ham ularning fikrlari hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini

yo‘qotmagan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Obihayotni asrab-avaylash - umumbashariy masala. Xalq so‘zi gazetasi,

2024y, 21 mart, №59, 3-bet

2. O‘zbekiston ovozi gazetasi, 2023y, 20 sentabr, №37, 2-bet
3. Yer - bebaho boylik. Yangi O‘zbekiston gazetasi, 2021y, 1 dekabr, №242,

b.5.

4. Suv tejamkorligi: avval 900 litr sarflangan, endi 100 litrga tushdi. Yangi

O‘zbekiston gazetasi, 2024 y, 6 yanvar №4, 2-bet

5. Muhim o‘zgarishlar va yangilanishlar aholi hayotida aks etmoqda. Xalq

so‘zi gazetasi, 2024 y, 16 mart, №56, 3-bet

6. Suv tanqisligi: Muammo va yechimlar. Xalq so‘zi gazetasi, 2023y, 15

sentabr, №193, 3-bet

7.

Xayitovna, P. M., & Faxriddinovich, M. S. (2022). Types of corn grown in

Uzbekistan and their peculiarities.

Texas Journal of Agriculture and Biological

Sciences

,

3

, 59-63.

8. Xayitovna, P. M., & Faxriddinovich, M. S. (2022). Cauliflower growing

technology.

Texas Journal of Multidisciplinary Studies

,

6

, 8-10.

9. Khayitovna, P. M., & Faxriddinovich, M. S. (2022). Peculiarities of growing

cauliflower.

Science and innovation

,

1

(D3), 144-146.

10.Faxriddinovich,

M.

S.

(2023).

ZIRK

(BERBERIS)

TURKUMI.

O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

,

2

(16), 690-694.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари