Mualliflar

  • Xidirov Dodomaxmud Xasanzoda

Muallif biografiyasi

  • Xidirov Dodomaxmud Xasanzoda
    Fargʻona viloyati Soʻx tumani MMTB ga qarashli 22-maktab amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123334

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: O`smirlik davri fiziologik xususiyatlari bilish jarayonlar bolalarning psixik rivojlanishi ta’lim va tarbiya.

Annotasiya

Annotatsiya:O`smirlarning yangi ijtimoiy jihatdan tashkil topgan va rang-baranglantirilgan faoliyatni uning psixologik hamda shaxsning tarkib topishiga asos, sharoit va vosita xizmat qiladi. Shunday qilib, o`smirlarga ta’lim-tarbiya berishning yangi to`g`ri usullari hamda vositalarni topishi uchun o`smirlik yoshining o`ziga xos hususiyatlarini jismoniy va psixologik taraqqiyotini yaxshi bilishimiz kerak.

background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

120

O`SMIRLIK YOSHIDAGI OʻQUVCHILAR BILAN

ISHLASH,ULARNING RUHIYATINI OʻRGANISH.

Xidirov Dodomaxmud Xasanzoda

Fargʻona viloyati Soʻx tumani MMTB ga qarashli 22-maktab amaliyotchi

psixologi

Annotatsiya:O`smirlarning yangi ijtimoiy jihatdan tashkil topgan va rang-

baranglantirilgan faoliyatni uning psixologik hamda shaxsning tarkib topishiga

asos, sharoit va vosita xizmat qiladi. Shunday qilib, o`smirlarga ta’lim-tarbiya

berishning yangi to`g`ri usullari hamda vositalarni topishi uchun o`smirlik

yoshining o`ziga xos hususiyatlarini jismoniy va psixologik taraqqiyotini yaxshi

bilishimiz kerak.

Kalit so‘zlar: O`smirlik davri, fiziologik xususiyatlari,bilish jarayonlar,

bolalarning psixik rivojlanishi, ta’lim va tarbiya.

KIRISH

O'smirlar boshqaruvni O'smirlarda tez jahli chiqishining ikki sababi

bor.Birinchidan, ota-onasidan mustaqil bo'lmoqchi.Ikkinchidan-kattalardek

yashay olishga ikkilanadi.Ulardagi jismoniy va ruhiy o'zgarishlar odamlar orasida

o'zlarini noqulay sezishlariga sabab bo'ladi.O'smirlar bu yoshda har taraflama eng

zo'r bo'lishga harakat qilishadi.Eng chiroyli ,eng aqlli bo'lishni xohlashadi.Ular hali

dunyoda nuqsonsiz odam bo'lmasligini,shunga qaramay bir-biri bilan

do'stlashib,kelishib yashashni tushuna olishmaydi.

O'smirlarda ota-onasini xavotirga soladigan yana bir narsa ular(ayniqsa

qizlar)qo'shiqchi va kinoaktyor va bolgerlarning fanatiga aylanadi.Agar ota-onalar

o'z yoshliklarini eslasalar o'zlarida ham shunday holat bo'lganligini ko'radilar.

Uch-besh yosh oralig'idagi o'g'il-qizlar kattalarga taqlid qilib o'yinlarida

oilaviy hayotni aks ettiradilar.O'g'il bola-adasi,qiz bola-oyisi,kichkina uka-

singillarini esa ularni farzandlari qilib olishadi.Olti yoshdan o'n bir yoshgacha


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

121

bo'lgan bolalar esa qarama-qarshi jinsga nisbatdan dushmanlik ko'zi bilan

qarashadi.

O'smir sekin-asta jinsiy balog'atga yetishi bilan uzini va o'zga jinsni o'rganib

boradi.Tanasidagi bo'layotgan o'zgarishlardan o'zini noqulay sezadi.

O'smirlik yoshidagi muammolardan yana biri o'smirlar orasidagi

jiyonat.Ma'lumotlarga ko'ra o'smirlar orasida jinoyat o'n besh yoshdan o'n yetti

yoshgacha bo'lganda sodir etilar ekan.Ular ko'pincha o'g'irlik,bezorilik

jinoyatlarini sodir etishadi.Bunday bolalar odatda oilada ota-onasi bilan

kelisholmaganidan ,balki ota-onasi farzandini tushunmaganidan,hatto uydan

qochib ketishgacha boradi.

Oiladan

keyin

bola

tarbiyasida

asosiy

rol

o'ynovchi

maskan

maktabdir.Aynan o'sha yerda o'quvchi shxs sifatida shakllanadi.Voyaga yetmagan

jinoyatchilar orasida maktabdan yomon tavsiyanoma olgan bolalar juda ko'p.

Bu yoshdagi o'g'il bolalar o'zlariga va atrofdagilarga endi yosh bola

emas,yiggitliklarini isbotlamoqchi boladilar.Bu qat'iy maqsad uni hayotda

nimagadir erishishga,kuchli,qo'rqmas bo'lishga o'rgatadi.O'smirlarning ota-onalari

uchun maslahatlar:

Farzandlaringiz bilan haftasiga qancha vaqt o'tkazasiz? Sotsiologik

so'rovlarga ko'ra, ko'pchilik kattalar haftasiga o'rtacha 1,5 soatdan ko'p bo'lmagan

vaqtlarini bolalarga bag'ishlaydilar! Va qanday qilib biz samimiy suhbatlarda, teatr

va tabiatga sayohatlar, kitoblarni o'qish va boshqa umumiy tadbirlarni siqib

chiqarishimiz mumkin? Bu oilasi uchun pul topish uchun kun bo'yi ishda

o'tkazishga majbur bo'lgan aksariyat ota-onalarning muammosi. Ba'zi tarbiya

muammolarini o'z zimmasiga oladigan bobo va buvilar bo'lsa yaxshi.

O`smirlik yoshining mazmuniy xarakteritsikasi vaqt o`tishi bilan o`zgarib

boradi, chunki inson xayotining xususan ijtimoiy sharoitlari o`zgaradi. Psixologiya

taraqqiyotining biologik omillariga o`smirlar ongiga og`ir, ba’zan kuchi

yetmaydigan bo`lib tushadigan, ularni jiddiy psixik inqirozga va hayajonga

soladigan, masalan: o`smirlar uchun xarakterli bo`lgan norozilik, qo`pollik,

qaysarlik, o`z-o`zini analiz qilishga moyillik sub’ektiv olamga va shunga o`xshash


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

122

hislatlarni keltiradigan jinsiy etilishga nihoyatda katta ahamiyat beradilar. Jinsiy

yetilish munosabati bilan paydo bo`ladigan yangi sezgilar fikrlar, maylliklar,

kechinmalar go’yo o’smirlar ongida hukmron bo`ladi. Ularning xulqi atvorini

belgilaydi. Mana shu tariqa oqibat natijada o`smirlarning psixologik qiyofalari

asosan yolg`iz sof biologik omil deb qaraladi.

Psixologlarning fikricha yosh psixologik xususiyatlari faqatgina yolg`iz

biologik jihatidan etilishi va taraqqiyot etilishining natijasi bo`lmay balki bolaning

ijtimoiy hayot sharoitlari va faoliyatlarining o`zgarishi hamda bu jihatdan yangi

ijtimoiy omillarning paydo bo`lishi natijasida o`smirning taraqqiyotiga va unga

beriladigan maktabdagi ta’lim va tarbiya berishni aniq tashkil qilish o`smirlarning

konkret hayot sharoitlari va faoliyatning mahsuli deb qarab bo`lmaydi. Bu davrda

yurak qon tomirlari sitsemasining taraqqiyotida mos kelmaslik hodisasi

kuchlaniladi. Bu paytda yurak xajmi jihatidan ancha kattalashadi, ancha kuchli

ishlay boshlaydi. Ko`pincha qon aylanishining vaqtincha buzilishida qok

bosimining yoshga bog`liq xolda ko`tarilishiga, yurak faoliyatining zo`r

berilishiga olib keladi. Natijada o`smirlarda uchraydigan bosh aylanishi, yurak

urishi, bosh og`rig`i paydo bo`ladi.

O`smirlarning yoshi ham jismoniy psixik xususiyatga egadir, organizm

Pavlov ta’limotiga ko`ra, bir butun sitsemadan iborat bo`lib, bunda barcha

to`qimalar va organlar fiziologik jarayonlar uzviy ravishda bir-biri bilan

bog`langan bo`ladi. Lekin bir butunlikda nerv sitemasi va uning bilan bog`langan

yuqori qismi I.P.Pavlov so`zi bilan aytganda organizmda sodir bo`ladigan barcha

hodisalarni boshqarib turuvchi bosh miya po`tsi asosiy yetakchi rolni o`ynaydi.

O`smirlik yoshida nerv sitsemasining yuqori qismi sifat jihatidan o`sa boshlaydi

va miya ichki tuzilishining murakkablashishga o`tadi. Katta yarim sharda nerv

hujayralarning etilishi tugallanadi.

O’smirlar maktabdaga o’qituvchilar. kattalar ota-onalar nutqidagi

kamchiliklarga kitob, gazeta radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e’tibor

beradilar. Bu holat o’smirning bir tomondan o’z nutqini nazorat qilish o‘rgatsa,

ikkinchi tomondai kattalar ham nutq, qoidalari bu’zilishi mumkinligini bilishlariga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

123

va o’zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi. U endi

o’z mutqida yosh bola singari emas, bolki katta odamlardan so’zlarni tanlashga

harakat qiladi. Nutq madaniyatnii egallash borasida o’smir uchui o’qituvchi,

albatta, namuna bo’lishi shartdir.

Aynan maktab talimi o’smir bilshi jarayonlarini rivojlanish yo’nalishini

sifat jihatidan o’zgarishdi asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bilish jarayonlarining

rivojlanishida nutq ham oshadi, ham yozma mavjud bo’lishi bilan ham kuchli

vosita xisoblanadi. Maktabdagi o’quv jarayonlarining to’g`ri tashkil etiliishi va

amalga oshirilishi bilan o’smir nutqining to’g`ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi

Nutqni o’zlashtirishga harakat bu o’smirniig muomala, bilish va ijodiy

faoliyatga kirilishi ehtiyoj va intilish hisoblanadi. O’smirlik davrida o’qish va

yozma monologik nutq jadal rivojlanadi. 5 sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o’qish

to’g`ri, tez va ifodali bo’lish darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish

darajasigacha ko’tariladi. Monilogik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta

so’zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, ogzaki

mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o’zgaradi. Yozma

nutq ham yaxshilangan holda o’smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo’yicha

mustaqil holda insho yoza oladilar.

XULOSA

O`smir shu yoshning datslabki davrlarida oldin o`zlashtirib bilimlari

asosida yangi bilim ola boshlaydi. Bu bilim boshlang`ich maktabda ham o`qituvchi

ham tarbiyachi bo`lgan o`qituvchi emas. U endi bir qator o`qituvchiga ko`nikish

har biriga o`ziga yarasha muomala qilishi ularning talablariga ko`nikishi va shunga

qarab o`zini tutish kerak. Shu sababli o`quvchi o`smirlar bir xil to`la sezmaydilar

ular kattalarning shaxsiy xulqlari faoliyatlari va munosabatlarini quradilar.

Ularning kattalar tomonidan o`zlariga shaxslarga berilgan har xil baholarni eshita

boshlaydilar.

O`smirlik yoshiga yetgan bolalarda burch va javobgarlik tuyg`ulari yetarli

darajada o`sgan bo`ladi. Bolalar o`zlari ongli ravishda tanlagan qobil bo`lib qoladi.

Mana

shu

davrda

kattalar

bolalarga

«bemalol

ish

topshirishni


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

124

ishonadilar»o`smirlarni oilada «kichkina» deb hisoblamay ulardan ho`jalik

ishlariga yordam berish topshirilgan ishga javob berishni talab qiladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

G'oziyev E.G'.. Mamedov K.K.."Kasb psixologiyasi". Toshkent 2003.

2.

Abduraxmonov F.R., Abduraxmonova Z.E. "Kasb psixologiyasi".

Toshkent 2018.

3.

Yoshlarning ijtimoiy-psixologik muammolari, sabab va yechimlari.

Maqolalar to'plami. Toshkent. 2020.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари