Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
261
O‘QIB TUSHUNISHDA INFOGRAFIKA VA DIAGRAMMALARDAN
FOYDALANISH
Ulmasova Zilola Fazliddin qizi
ToshDO'TAU O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada ona tili darslarida o‘qib tushunish
ko‘nikmasini shakllantirishda infografika va diagrammalardan foydalanishning
ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Hozirgi zamonaviy ona tili darsliklaridagi
infografika va diagrammalar tahlil qilindi.
Kalit so‘zlar: o‘qib tushunish, diagramma, infografika, matn.
Bugungi kun ona tili darsliklarimiz o‘ziga yarasha zamonaviy, kreativ,
o‘quvchining to‘rt nutqiy ko‘nikmasini shakillantirishga xizmat qiladi. To‘rt
nutqiy ko‘nikmalardan biri bu o‘qib tushunish ko‘nikmasidir. O‘qib tushunish -
bu matnni qayta ishlash, uning maʼnosini tushunish va oʻqiyotgan shaxs oldindan
bilgan narsalari bilan bogʻlab anglay olish qobiliyatidir. Bu ko‘nikmani
rivojlantirish uchun darsliklarda turli matn va u bilan bog‘liq topshiriqlar (test,
lug‘atlar bilan ishlash, to‘g‘ri-noto‘g‘ri shaklidagi topshiriqlar) berilgan. O‘quvchi
bularni bajarish orqali matnni qay darajada tushunganini tekshirishimiz mumkin.
Bundan tashqari ayrim sinf darsliklarida o‘qib tushunish ko‘nikmasini
shakillantirish uchun turli infografika va diagrammalardan ham foydalanilgan.
Avval infografika va diagramma nima ekanligiga izoh beramiz.
Infografika axborot, maʼlumot yoki bilimlarni tez va oson olish mumkin
boʻlgan tarzda namoyish etish. Unda ma'lumot almashishni qiziqarli va sodda
qilish uchun rasmlar, diagrammalar va bir oz matndan foydalaniladi. Infografika
kata hajmdagi ma’lumotlarni minimallashtirish va uni o‘quvchi uchun yanada
qiziqarli va ixcham shaklda taqdim etishni o‘z ichiga oladi.
1
https://www.mindonmap.com/uz/blog/how-to-make-infographic/
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
262
Diagramma (yun. diagramma – chizma, rasm, shakl) – muayyan miqdorlar
(temperatura, bosim va boshqa) oʻrtasidagi bogʻlanishni grafik tarzda ifodalash
(yaqqol koʻrsatish) usullaridan biri.
Infografika va diagrammalar o‘z navbatida visual savodxonlik elementlari
bo‘lib unga
Uileman (1993) “ Vizual savodxonlik-bu barcha turdagi
ma’lumotlarni ma’lumot bilan aloqa qilishga yordam beradigan rasmlar, grafikalar
yoki shakllarga aylantirish qobiliyati”, - deb ta’rif beradi. Demak o‘quvchi
berilgan matnni va unda aks etgan ma’lumotlarni grafik tasvirlar orqali ifodalshi
mumkin.
Zamonaviy darsliklarimizdagi infografika va diagrammalarga misollar: 6-
sinf darsligida “Shifoxona” mavzusi “Hududlar bo‘yicha kasalliklar statistikasi”
nomli diagramma, “Dehqon yurtni boqadi” mavzusida O‘zbekiston
Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari rivojlanishining asosiy
ko‘rsatkichlari (2021-yilning yanvar – sentyabr oylari bo‘yicha) bo‘yicha
infografika, 7-sinf darsligida O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining
yangiliklarga qiziqish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq diagramma, “C vitamini”
mavzusida 1ta infografika, 10-sinf darsligida esa faqat mustahkamlash darslarida
diagrammalardan foydalanilgan.
7-sinf C vitamin mavzusidan
2
https://uz.wikipedia.org/wiki/Diagramma
3
https://www.redalyc.org/journal/3057/305764540006/html/#B25
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
263
10-sinf Nutq savodxonligi
61-darsidan
Biz
darsliklarda
berilgan bu topshiriqlarni
asosan o‘qib tushunish va
og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun foydalanamiz. Lekin ularda berilgan
ma’lumotlardan foydalanib bergan savollarimiz asosida ularda tanqidiy, tahliliy va
qiyosiy fikrlash qobilyatini ham shakillantirish mumkin. Masalan: yuqorida
berilgan 10-sinf darsligidan olingan diagrammada kutubxonaga tashrif
buyuruvchilar sonini qiyoslab qaysi oyda eng ko‘p va eng kam ekanligini aniqlashi
mumkin.
Ona tili ta’limida infografikadan foydalanish orqali biz o‘quvchida o‘qib
tushunish, og‘zaki va yozma nutqni shakillantirishimiz shuningdek lingivistik
bilimlarni berishimiz mumkin. Masalan, o‘qib tushunish ko’nikmasini
shakillantirish uchun tayyor infografika yoki matn berib u asosida infografika
yaratishni so’rasak, o‘quvchi infografikani qay darajada tushunganini og‘zaki
nutqi yoki yozma topshiriq orqali, matnni esa o‘zi yaratgan infografikani sharhlash
orqali aniqlashimiz mumkin.
Endi o‘quvchi tayyor infografikani qay darajada tushunganini aniqlash
uchun o‘qituvchi o‘sha vaqtning o‘zida turli og‘zaki savollar berishi yoki
gapirtirishi mumkin. Infografika asosidagi yozma topshiriq esa biroz boshqacha
bo‘lib unda o‘quvchi ma’lumotlarni qay darajada tahlil qila olganligi ham
aniqlanadi. Endi unga na’muna keltiramiz. Masalan pastda keltirilgan rasm
asosida quyidagicha topshiriq tuzsa bo‘ladi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
264
Infografikadan olingan ma’lumotlardan
foydalanib matnni to’ldiring.
Kepios raqamli konsalting firmasi tomonidan
o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, qariyb
1._______
odam yoki
2._________
sal ortig‘i ijtimoiy
tarmoqlardan faol foydalanuvchi
Unda qayd etilishicha, 2022-yildan buyon
ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni
3,7
foizga
oshgan. Odamlarning ijtimoiy tarmoqlarda
o‘tkazadigan
vaqti
ham
oshib,
kuniga
o‘rtacha
3.________
tashkil qildi.
O‘rtacha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi
4._____
platformaga ulangan, ulardan
eng ommaboplari
5.______
,
6._______
va
7.____ .
Javoblar: 1. Besh milliard, 2. Dunyo aholisining 60 foizdan , 3. Ikki yarim
soatni, 4. Beshta, 5. Istagram, 6. YouTube, 7. Facebook.
Matn o‘qib tekshirilgandan so‘ng uni quyidagi savollar asosida muhokama qilish
ham mumkin. Bu savollar orqali o‘quvchida muloqot ko’nikmasi shakillanadi.
Masalan:
1.
Kepios raqamli konsalting firmasi haqida eshitganmisiz?
2.
Siz uchu qaysi ma’lumot kutilmagan yoki qiziqarli bo‘ldi?
3.
Siz qaysi ijtimoiy tarmoqdan va nima maqsadda foydalanasiz?
Infografika orqali qiziqarli dars o‘tish bilan birga lingivistik bilimlarni berishda
ham foydalanish mumkin. Masalan, yuqoridagi infografika orqali son mavzusini
o‘tishda darsning avvalida foydalanish mumkin. Bundan tashqari paronim,
omonim so‘zlar, iboralar va lug‘atlar bilan ishlashda foydalanish mumkun.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
265
Masalan 8-sinf ona tili darsligida berilgan quyidagi lug‘atni yangicha ko‘rinishda
berish mumkin.
Infografika nafaqat nutqiy ko‘nikmalarni shakillantiradi balki o‘quvchini tasviriy
san’atga bo‘lgan qiziqishini, agar kompyuter orqali yaratsa mediasavodxonligini
ham oshiradi. Quyida Abduvohit Hayitning “Boburda so‘z nisbati“ nomli
maqolasiga 6-sinf o‘quvchilarining chizgan rasmlari taqdim etiladi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
266
6-sinf
maktab
o‘quvchilarining
infagrafika
haqidagi
tasavvurlari aks etgan va
ular matnni to‘liq emas ayrim qismlarini alohida bo‘lib - bo‘lib tasvirlashgan. Biz
infografikalardan faqat sinfda emas uyga vazifa sifatida ham berishimiz mumkin.
Masalan:
1.
Infigrafika ma’lumotlaridan foydalanib yozma matn tuzish (bunda
o’quvchining yozma nutqi , fikrlashi rivojlanadi)
2.
Loyiha ishi sifatida guruh a’zolariga infografika tayyorlash topshirig;ini
berish.
(o‘quvchilarda
hamkorlikda
ishlash
va
shaxslararo
kommunikativlik rivojlanadi)
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
8-sinf Ona tili darsligi. Toshkent. Cho‘lpon nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi 2019. 104- bet.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
267
2.
Jadid gazetasi 2024-yil 8-soni.
3.
https://www.mindonmap.com/uz/blog/how-to-make-infographic/
4.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Diagramma
5.
https://www.redalyc.org/journal/3057/305764540006/html/#B25