Mualliflar

  • Madraximova Inobat Bahodirovna
  • Yodgorova Nargiza Hamid qizi

Muallif tarjimai holi

  • Madraximova Inobat Bahodirovna

    CHDPU Boshlang’ich ta’lim fakulteti o’qituvchisi

  • Yodgorova Nargiza Hamid qizi

    Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti

    Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90439

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Interfaol metodlar yangicha yondashish kreativlik tanqidiy fikrlash kooperativ o’rganish.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich ta’limda ona tili darslarini o’qitishda umuman ta’lim jarayonida dars sifati samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan interfaol metodlar va ularning foydali jihatlari haqida batafsil ma’lumot berilgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

76

BOSHLANG’ICH TA’lIMDA ONA TILI O’QITISHDA QO’LLANILADIGAN

INTERFAOL METODLAR

Madraximova Inobat Bahodirovna

CHDPU Boshlang’ich ta’lim fakulteti o’qituvchisi

Yodgorova Nargiza Hamid qizi

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti

Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich ta’limda ona tili darslarini

o’qitishda umuman ta’lim jarayonida dars sifati samaradorligini oshirishga xizmat

qiladigan interfaol metodlar va ularning foydali jihatlari haqida batafsil ma’lumot

berilgan.

Kalit so’zlar: Interfaol metodlar, yangicha yondashish, kreativlik, tanqidiy

fikrlash, kooperativ o’rganish.

Istiqbolli kelajak va yuksak taraqqiyot sari intilib borayotgan jamiyatimizda

bugungi kunda axborotlar shiddati va yangiliklar oqimi tobora o’z ta’sirini ko’rsatib

bormoqda. Ayniqsa, bu jarayon jamiyatning sezilarli qismini tashkil etuvchi yoshlar

ongi va shu o’rinda keskin burilishlar, yangicha qarashlarni vujudga kelishiga ta’sir

ko’rsatadi. Yoshlar tarbiyasida, ta’limda qo’llanilayotgan yangicha ta’sirchan

yondashish ularning ertangi kunida ma’naviy-intellektual qiyofasini shakllantiruvchi

poydevor bo’lib xizmat qiladi. Ta’lim tizimiga ilg’or usullar bilan yangi mazmun va

shakl berish yangi asr avlodini tarbiyalashning muhim jihatidir.

So’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida

ulkan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali

kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o’z-o’zidan

o’quvchilarimizning darslarga qiziqishini oshirishni va o’qituvchilarning har

tomonlama ta’lim-tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

77

“Interfaol metodlar” deganda, odatda, foydalanuvchining faol ishtirokini talab

qiladigan yoki uni jalb qilishga mo’ljallangan usullar nazarda tutiladi. Bu asosan,

interaktivlikni ta’minlash uchun ishlatiladigan metodlarni anglatadi.

Boshlang’ich ta’limda ona tili o’qitishda qo’llaniladigan interfaol metodlar

o’quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlash qobilyatlarini

rivojlantirish, va samarali qilishga yordam beradi.Quyidagi interfaol metodlar

boshlang’ich ta’limda ona tili o’qitishda keng qo’llaniladi:

1)

Jamoaviy ishlash: O’quvchilarni guruhlarga bo’lib, ma’lum bir

matnni tahlil qilish, uni qismlarga ajratish yoki mazmunini muhokama qilishga

undash. Bu usul o’quvchilar o’rtasidagi muloqotni rag’batlantiradi va ularning

fikrlash doirasini kengaytiradi. Faqat ona tilida emas umuman boshqa fanlarda

ham fanni yaxshiroq tushunishga va yaxshiroq o’zlashtirishga imkon yaratadi.

2)

Bo’g’inga bo’lib o’rganish: Bu boshlang’ich sinf o’quvchisi uchun

talaffuzi va imlosi qiyinroq so’zlarni o’rganishi uchun foydali metod

hisoblanadi. So’zlarni osonroq talaffuz qilish va to’g’ri yozishni ta’minlash

uchun ishlatiladi. Masalan: ki-tob; av-to-mo-bil; (har bir bo’g’inda unli tovush

bo’lishi shart). Yani bu metod, so’zlarni bo’g’inlarga ajratib, talaffuzni

yaxshilaydi va to’g’ri yozishni ham ta’minlaydi.Chunki ko’pincha bo’g’inlar

bo’yicha yozish va talaffuz qilish aniqroq va tushunarli bo’ladi va bu usul

ayniqsa, talaffuzi va yozilishi qiyin bo’lgan chet tillaridan olingan so’zlarni

o’rganishda foydalidir.

3)

Interfaol taqdimotlar va vizual materiallar: O’quvchilarga mavzuga

doir taqdimotlar qilish, video yoki audio materiallar orqali tushuntirishlar berish.

Bu metod o’quvchilarga mavzuni turli xil usullar orqali o’zlashtirishga, fikr

almashish va muhokama uchun imkoniyat yaratish, yodlashni yaxshilash,

qiziqish va diqqatni jalb qilish, ma’lumotlarni yengil va samarali o’zlashtirish

kabi jihatlardan yordam beradi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

78

4)

Kreativlik yozuv mashqlari: O’quvchilarga biror bir rasm yoki

mavzuga doir so’zlar beriladi va ular bu narsalar orqali kichik bir matn

yaratishadi.Bu metod maqsadi o’quvchilarni o’z fikrlarini erkin ifodalashga

undashdir.

5)

Sinfdan tashqari o’qish: Bu ham darsni yanada samarali va

chuqurroq o’zlashtirishga yordam beradi. Nafaqat bu ona tilida balki hamma

fanlarda faqat darsga qaratilgan bilimlarni oshiribgina qolmay, balki uning

umumiy rivojlanishiga katta hissa qo’shadi.

6)

Savol-javob, krossvord va viktorinalar: O’quvchilarga savollar

berib, ularning fikrlarini tinglash va javoblarni yanada kengroq tahlil qilish. Bu

metod

o’quvchilarni

fikrlashga

o’rganganlarini

amalda

qo’llashga

o’rgatadi.Krossvord va viktorinalar bu usul bilan o’quvchilar yangi so’zlarni

o’rganishadi va mavjud bilimlarini mustahkamlashadi.

Va savollar chiroyli noodatiy ko’rinishda bo’lishi ham darsga bo’lgan e’tiborni

qiziqishni yanada orttiradi.

Xulosa qilib aytganda boshlang’ich ta’limda ona tili o’qitishda qo’llaniladigan

interfaol metodlar o’quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlash

qobilyatini rivojlantirish va tilni o’rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali

qilishga yordam beradi.

Interfaol metodlar o’quvchilarni faollikka undaydi; O’quvchilar yangi bilimlarni

interfaol va qiziqarli tarzda o’rganishadi; ijodkorlikni rivojlantiradi; o’quvchilar dars


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

79

davomida faqat eshitibgina qolmay, balki faol ishtirok etishadi bu esa ularning

o’zlashtirish darajasini oshiradi; tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi; kooperativ

o’rganish yani interfaol metodlar guruh ishlari va hamkorlikni rivojlantiradi.

Shu sababli, boshlang’ich ta’limda interfaol metodlarni qo’llash o’quvchilarning

umumiy rivojlanishi, bilimlarni chuqur o’zlashtirishi va hayotga tayyorlanishlari

uchun juda muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1)

Safo Matjon, Hilola Baliyeva, Xolida Gulyamova “Ona tilini o’qitish

metodikasi”

2)

Norbo’tayev Xo’shboq Bobonazarovich “Boshlang’ich sinflarda

integratsiyalashgan ta’lim”

3)

R.Qosimova “Boshlang’ich sinflarda imlosi qiyin so’zlarni o’rgatish”

4)

https://cyberleninka.ru

5)

https://ilmiyanjumanlar.uz

.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари